11-sinf Fizika olimpiada №4

0

11-sinf Fizika olimpiada №4

2022-yil 14-oktyabr:

2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 32

1. Zaryadlari 2, 3, 5, 10 nC va radiuslari mos holda 2R, R, 4R va 3R ga teng bo’lgan sharlar bir-biriga tekkazilib, ajratildi. 4-shar olgan zaryad miqdorini aniqlang(nC).

2 / 32

2. Quyidagi moddalardan qaysi birining elektr o’tkazuvchanligi eng kichik?

3 / 32

3. Gorizontal silliq sirtda joylashgan ?1 va ?2 massali brusoklar deformatsiyalanmagan prujina yordamida o’zaro bog’langan. Ikkinchi brusokka rasmda ko’rsatilganidek gorizontal tezlik ?0 berildi. Brusoklarning harakati davomida prujinaning potensial energiyasi maksimal qiymatga yetgan vaqt momentda brusoklarning tezliklari ?1  va ?2 bo’lsa, ?1 ni toping.

4 / 32

4. Tinch turgan diskning cheti bo’ylab doimiy tezlikda harakatlanayotgan chumolining tezlanishi ?1 = 9 ?/?². Disk o’zgarmas tezlikda aylansa uning chetki nuqtasining tezlanishi ?2 = 4 ?/?² ga teng bo’ladi. Chumoli aylanayotgan disk bo’ylab bir hil yo’nalishda harakatini davom ettirsa uning tezlanishi necha ?/?² ga teng bo’ladi.

5 / 32

5. Yer atrofida uchib yurgan kosmik kemaning to’liq mexanik energiyasi -60MJ ga teng bo’lsa, shu kemaning potesial energiyasi necha MJ ga teng?

6 / 32

6. Prujinada garmonik tebranayotgan nuqta  muvozanat vaziyatidan 4sm siljigandagi tezligii 6sm/s, 3 sm siljigandagi tezligi 8sm/s. Uning siklik chastotasini toping.

7 / 32

7. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakatlanib, 5- sekundning oxirida 36 km/h tezlikka Avtomobil harakatining 3-sekundida bosib o’tgan yo’lini toping.

8 / 32

8. Ikkita idish krani bor ingichka trubkacha  yordamida ulangan. Birinchi hajmi 3 l bo'lgan idish bosimi 10kPa  bo'lgan gaz bilan to'ldirilgan, ikkinchi hajmi 6 l bo'lgan idishdagi bosim hisobga olmasa bo'ladigan darajada kichik. Birinchi idishdagi  gazning harorati 27°C. Agar kranni ochib gazning harorati 177°C gacha ko'tarilsa,  idishlarda qanday bosim (kPa da) qaror topadi?

9 / 32

9. Yo’lovchidan vago'n eshigigacha 25 m qolganda, poyezd joyidan 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakatlanishni boshladi. Buni ko’rgan yo’lovchi o’zgarmas tezlik bilan yugurishni boshladi. Qanday eng kichik tezlik bilan  yugurganda yo’lovchi vago'n eshigini quvib yetadi ?

10 / 32

10. Bir mol gaz izoxorik ravishda shunday  sovutildiki bunda uning bosimi 5 marta kamaydi. Shundan so'ng izobarik ravishda dastlabki 400K haroratgacha qizdirildi. Gaz qanday ish bajargan? Universal gaz doimiysi 8,3 J/(mol·K).

11 / 32

11. Gorizontga nisbatan qiyaligi 300 burchak tashkil  qilgan tog’ qiyaligiga nisbatan perpendikulyar holatda 6m/s tezlik bilan koptok otildi. Koptok qiyalik bo’ylab otilish nuqtasidan qanday masofaga (sm da) borib tushadi?

12 / 32

12. Jism to’gri chiziqli o’zgarmas tezlanishli harakatining 5-sekundida 5 m yo’l bosib o’tib to’xtadi. Jism shu harakatining ikkinchi sekundida qancha yo’l bosib o’tadi?

13 / 32

13. Harorati 27°C bo'lgan 2mol ideal gaz  molekulalarning ilgarilanma harakatidagi to'liq kinetik energiyasini (J) aniqlang. Universal gaz doimiysi 8,31 J/(mol·K) .

14 / 32

14. Vertikal silindirni og'ir ishqalanishsiz  harakatlana oladigan porshen ikki qismga bo'lib turadi. Porshen ostidagi gazning massasi porshen ustidagi gazning massasiga qaraganda 3 marta katta. Harorat 300K bo'lganda porshen  silindirni teng ikki bo'lakga bo'ladi. Harorat 800K bo'lganda porshen ostidagi gazning hajmi porshen ustidagi gazning hajmidan necha marta katta bo'ladi?

15 / 32

15. Modda miqdori 1mol bo'lgan gazni izobarik  jarayonda qizdirilganda uning ichki energiyasi 747 J ga oshgani va o'zgarmas bosimda gaz solishtirma issiqlik sig'imi universal gaz doimiysiga qaraganda 20,75 J/(mol·K) ga ko'pligi malum bo'lsa, bu jarayonda gaz harorati nech gradusga ko'tarilganini toping.

16 / 32

16. Ikkita nuqtaviy zaryad vakuumda 10sm  masofada turganda, suyuq dielektrik ichida 5sm masofada turgandagidek kuch bilan tasirlashmoqda. Dielektrikning dielektrik singdiruvchanligini aniqlang.

17 / 32

17. 64 km/soat tezlik bilan ketayotgan poyezdning  1/5 qismi ajralib ketdi. Qandaydir vaqtdan keyin poyezdning ajralib ketgan qismining tezligi ikki marta kamaydi. Ajralishdan so’ng poyezdning tortish kuchi o’zgarmadi deb  hisoblab, o’sha vaqt momentida poyezdning asosiy qismining tezligini aniqlang (km/soat). Ishqalanish kuchini ogirlikga proportsional deb hisoblang.

18 / 32

18. Qiyalik burchagi 30° ga teng bo’lgan qiya tekislikda 5 kg massali kub shaklidagi taxtacha yotibdi. Qiya tekislik, 2m/s² tezlanish bilan ko’tarilayotgan liftda o’rnatilgan. Taxtachaning qiya tekislikga ko’rsatyotgan normal bosim kuchini aniqlang. g =10m/s². √3=1,7.

19 / 32

19. Harorati 20°C bo'lgan 1kg massali suvga nam  qor (tarkibida 0°C haroratdagi suvi bor) bo'lagi tashlandi. Qor bo'lagining massasi 250g. Issiqlik muvozanati holatida suvning harorati 5°C ga teng bo'lsa, qor bo'lagidagi suvning miqdorini toping(g). Muzning solishtirma erish issiqligi 330kJ/kg , suvning solishtirma issiqlik sig'imi
4200 J/(K·kg) .

20 / 32

20. 600 va 300 W quvvat istemol qiluvchi elektr  kastryulya va choynak elektr tarmoqga parallel ulanganda ulardagi suv bir hil vaqtda 20 minutdan song qaynaydi. Ularni tarmoqga ketma-ket ulaganda kastryulyadagi suv choynakdagi suvdan necha minut keyin qaynaydi? Asboblarning qarshiligi ish sharoitiga bogliq emas.

21 / 32

21. Ipak ipga osilgan kichkina sharcha 49 nC zaryadga ega. Sharcha kuchlanganligi 100 kN/m bo'lgan gorizontal elektr maydonda tangensi 0,125 ga teng bo'lgan burchakka og'gan. Sharcha massasini (g) toping? g=9.8m/s².

22 / 32

22. Sigimlari 3 va 1 µF bo’lgan kondensato’rlar  ketma–ket holda EYK si 200 V bo’lgan to’k manbaiga ulangan. Kichik sigimli kondensato’r ishdan chiqib to’k o’tkaza boshlasa zanjirda qancha issiqlik (mJ da) ajralib chiqadi?

23 / 32

23. Kubning har bir qirrasi 6 Om qarshilikka ega. Kub katta dioganali bo'ylab qarama-qarshi uchlari orasidagi umumiy qarshilikni hisoblang.

24 / 32

24. Massasi 3 kg bo’lgan jism  deformatsiyalanmagan prujina yordamida vertikal devorga mahkamlangan. Prujinaning bikirligi 54N/m ga teng va prujinaning o’qi gorizontal yo’nalgan. Sirt va jism orasidagi ishqalanish
koeffitsienti 0,3 ga teng. Jismga qanday minimal tezlik berilganda u o’zining dastlabki holatiga qaytib keladi? g=10m/s²

25 / 32

25. 1,3 m/s² tezlanish bilan tushayotgan lift shiftiga maxkamlangan prujinaga yuk osilgan. Prujinaning bikirligi 595 N/m. Agar harakat davomida prujina 1 sm ga cho’zilgan bo’lsa, yukning massasini (g da) toping. g =9.8m/s² .

26 / 32

26. Yo’lovchidan vago'n eshigigacha 25 m qolganda, poyezd joyidan 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakatlanishni boshladi. Buni ko’rgan yo’lovchi o’zgarmas tezlik bilan yugurishni boshladi. Qanday eng kichik tezlik bilan  yugurganda yo’lovchi vago'n eshigini quvib yetadi ?

27 / 32

27. Sig'imi 1nF bo'lgan zaryadlanmagan yassi  kondensatorning qoplamalaridan biri yerga, ikkinchisi esa ingichka uzun o'tkazgich yordamida radiusi 20sm, zaryadi 92µC bo'lgan sharchaga ulandi. Sharda qanday zaryad (µC da) qoldi? k=9·109 m/F

28 / 32

28. Zaryadi 10nC bo'lgan nuqtaviy zaryadni cheksizlikdan to radiusi 4sm bo'lgan tekis zaryadlangan shar sirtidan 20 sm uzoqlikdagi nuqtagacha olib kelish uchun 0,5 µJ ish bajarish kerak. Shar sirtidagi potensialni toping.

29 / 32

29. Shamolning tezligi 10 m/s bo’lgan paytda yomg’ir tomchilari vertikalga 30°burchak tashkil qilib tushadi. Shamolning tezligi (m/s) qanday bo’lganda yomg’ir tomchilari vertikalga 60° burchak ostida tushadi?

30 / 32

30. Nuqtaviy yoruglik manbai fo’kus masofasi 6 sm  bo’lgan yiguvchi linzaning bosh o’ptic o’qida linzadan 8 sm masofada joylashgan. Linzani uning bosh o’ptic o’qiga perpendikyular yo’nalishda 3 mm/s tezlik bilan siljita boshlashdi. Manbaning tasviri qanday tezlik bilan harakatlana boshlaydi.

31 / 32

31. Massasi 120 kg bo’lgan arava ustida massasi 80 kg bo’lgan odam bilan birga 0,3 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Odam arava ustida, aravaning harakati yo’nalishida o’zgarmas tezlik bilan yurishni boshladi. Odam aravaga nisbatdan qanday tezlik (sm/s) bilan harakatlanganda arava to’xtaydi?

32 / 32

32. Sindirish korsatkichi 1,5 bolgan shishaning ichida radiusi 9 sm bolgan sferik kovak bor. Kovak sindirish korsatkichi 4/3 bolgan suv bilan toldirilgan. Kovakga parallel yoruglik nurlari tushmoqda. Kovak ichiga otuvchi yoruglik dastasining radiusini (sm da) aniqlang.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0