Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №13 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №13 InfoMaster Oktabr 24, 2022 140 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №13 19.10.2022 Toshkent savollari! Testni Toshev Anvar tayyorladi. 1 / 40 1. Radiusi 4 m bo’lgan aylana trayektoriya bo'ylab tekis harakatlanayotgan jismning chiziqli tezligi 4 m/s ga teng. Jismning markazga intilma tezlanishini (m/s2 ) toping. A) 4 B) 8 C) 6 D) 2 2 / 40 2. OX o‘qi bo‘ylab harakatlanayotgan jism kordinatasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi berilgan (t)=10-10t+t² ([x]=m, [t]=s) Tezlik proeksiyasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi qaysi rasmga mos keladi? A) 1 B) 3 C) 4 D) 2 3 / 40 3. Gorizontal yo`nalishda harakatlanib ketayotgan samolyotdan snaryad erkin tushib ketdi. Uning samolyotga nisbatan harakat trayektoriyasi qanday shaklda bo`ladi? A) to`g`ri chiziq B) giperbola C) egri chiziq D) parabola 4 / 40 4. O’lchamlari 0,5x0,4x0,1 m bo’lgan taxta suvli bakda0,6 m masofada turubdi. Suv taxtani pastki qismini qanday kuch (kN) bilan bosadi. Bu yerda 0,1 taxtaning qalinligi deb hisoblang. A) 1.4 B) 2.6 C) 1.2 D) 12 5 / 40 5. O’z inersiyasi bilan harakatlanayotgan jismga ishqalanish kuchlari ta’sir eta boshlagach tekis sekinlanuvchan harakatlana boshladi. Shu vaqtdan boshlab toki to’xtaguncha bo’lgan yo’lning birinchi yarmida tezligi qanday o’zgaradi? A) 71%ga kamayadi B) 29% ga kamayadi C) 50% ga kamayadi D) Nolga teng bo’lib qoladi 6 / 40 6. Nur optik zichligi zichligi 2 ga teng bo’lgan muhitdan optik Zichligi √3 ga teng bo’lgan muhitga tushmoqda. Bu holatda to’la ichki qaytishning chegaraviy burchagini toping? A) 30° B) 60° C) 45° D) 70° 7 / 40 7. “Neksiya” avtomobili 15 sekundda tezligini 108 km/h gacha yetkazdi. Avtomobilning tezlanishi qanday (m/s²). A) 15 B) 3,6 C) 2 D) 7,2 8 / 40 8. m1=4 kg va m2=1 kg massali jismlar rasmda ko‘rsatilganidek muvozanatga keltirilgan. m₁ massali jismning qancha hajmi (dm³) suv ostida ekanligi aniqlansin. ρsuv=1000 kg/m³ A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 9 / 40 9. Yutish koeffitsiyenti 0,2 ga teng bo‘lgan sirtga 900 W/m2 intensivlikli yorug‘lik nuri tushmoqda. Yorug‘lik bosimini aniqlang (µPa)? A) 5,4 B) 3,6 C) 5 D) 4 10 / 40 10. Har birining qarshiligi R = 60 Ω dan bo‘lgan uchta rezistorga ega bo‘lgan holda, qanday qarshiliklarni hosil qilish mumkin? A) 8,4 N B) 180Ω, 20Ω, 90Ω C) 180Ω, 20Ω, 90Ω D) 180Ω, 20Ω, 90Ω, 30Ω, 40Ω, 60Ω, 120Ω 11 / 40 11. Massasi 2000 t bo‘lgan poyezd to‘g'ri chiziqli harakatlanayotib, tezligini 36 dan 72 km/soatga oshirdi. Impulsning o‘zgarishini toping. A) 2•10⁷ kg•m/s B) 2•10⁹ kg•m/s C) 10⁷ kg•m/s D) 4•10³ kg•m/s 12 / 40 12. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida .... A) Tok kuchi maksimum bo’lishi mumkin emas. B) Elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. C) Magnit va elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. D) Magnit maydon energiyasi maksimum bo’ladi. 13 / 40 13. Kuchni 3 marta orttirib, yelkani 2 marta kamaytirsak, kuch momenti qanday o’zgaradi? A) 2 marta ortadi B) 1,5 marta ortadi C) 6 marta ortadi D) 3 marta ortadi 14 / 40 14. 45 m balandlikdan erkin tashlab yuborilgan metall sharcha yerga elastik urilib, 5 m balandlikka ko’tarildi. Yerga urilish vaqtidagi sharcha impulsining o’zgarishini toping (kg·m/s). (m=5 kg). g=10m/s2. A) 200 B) 100 C) 198 D) 400 15 / 40 15. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)? A) 1,2 B) 4,8 C) 2,4 D) 2 16 / 40 16. Katodga 4 s davomida kelgan ionlarning umumiy zaryadi 16 С bo’lsa, elektrolit eritmasidan o‘tib turgan o‘zgarmas tokning kuchi necha amper boladi? A) 1,5 B) 4 C) 6 D) 1 17 / 40 17. Kunduzgi yorug'likda material qizil rangda ko'rindi. Agar qorong'ida shu materialga havorang nur tushirilsa, u qaysi rangda ko'rinadi? A) sariq B) qizil C) qora D) havorang 18 / 40 18. Matematik mayatning uzunligi 2,5 m, unga osilgan sharchaning massasi 100 gr. Tebranish davrini hisoblang(s). g=10m/s2. A) 6,28 B) 1,73 C) 31,4 D) 3,14 19 / 40 19. 2 kg va 1 kg massali silindrlar qo`zg`almas blok orqali vaznsiz ipga osilgan. Bunda birinchi silindrning 4% qismi suvga botganda muvozanat vujudga kelgan. Silindrlarning zichligini (kg/m3 ) aniqlang. A) 20 B) 100 C) 40 D) 80 20 / 40 20. 10 sm uzunlikdagi o`tkazgich induksiyasi 50 mTl bo`lgan magnit maydon kuch chiziqlariga tik joylashgan. Amper kuchi o`tkazgichni o`zining yo`nalishida 8 sm siljitib, 0,004 J ish bajaradi. O`tkazgichdagi tok kuchi (A) qanday? A) 0,1 B) 64 C) 0,01 D) 10 21 / 40 21. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalari orasidan nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo'lgan modda chiqarib olinsa, zanjirdagi zaryadning tebranish davri qanday o'zgaradi? A) 16 marta kamayadi B) 2 marta kamayadi C) 2marta ortadi D) 4 marta kamayadi 22 / 40 22. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N). A) 17,3 B) 30 C) 27,3 D) 10 23 / 40 23. Atom E2 energiyali holatdan E1 energiyali holatga o'tganida nurlangan fotonning energiyasi qanday bo’ladi? A) E2- E1 B) E1+E2 C) E2 D) E1 24 / 40 24. Agar boshlang’ich tezlikka ega bo’lmagan elektron yassi kondensatorda bir plastinkadan ikkinchisigacha bo’lgan yo’lni o’tganda 109 sm/s tezlikga erishganligi ma’lum bo’lsa, kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligini aniqlang(nC/m2). Plastinkalar orasidagi masofa 3 sm. εo=8.85·10-12 F/m, e=-1.6·10-19 C, me=9.1·10-31 kg. A) 8,4 B) 84•10⁻⁹ C) 84 D) 84•10⁻⁵ 25 / 40 25. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi shu hodisa uchun qaysi qonunning qo‘llanishidir? A) tok kuchini saqlanish qonuni B) impulsning saqlanish qonuni C) zaryadning saqlanish qonuni D) energiyaning saqlanish qonuni 26 / 40 26. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)? A) 2 B) 4,8 C) 1,2 D) 2,4 27 / 40 27. O‘zgarmas kuchlanish manbayiga 10 Ω , 16 Ω va 18 Ω qarshiliklar ketma-ket ulangan. Umumiy qarshilikni toping (Ω). A) 44 B) 4,4 C) 4,235 D) 7,72 28 / 40 28. Elektr zanjir qarshiligi 4 Ω bo‘lgan rezistor EYUKi 12 V, ichki qarshiligi 2 Ω bo‘lgan tok manbayidan iborat. Rezistorning kuchlanishi qanday? A) 12 V B) 8 V C) 4 V D) 2 V 29 / 40 29. Radioaktiv elementning aktivligi 8 kunda 4 marta kamaydi. Yarim yemirilish davrini toping. A) 1 sutka B) 4 sutka C) 2 sutka D) 8 sutka 30 / 40 30. Elektr plita tuzatilayotganda uning spirali dastlabki uzunligining 0,2 ulushiga qisqartirildi. Bu holda plitaning quvvati necha marta ortadi? A) 1,25 B) 0,8 C) 1,8 D) 1,2 31 / 40 31. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo’l o’tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5 soatda qancha yo’l o’tadi. A) 1800 m B) 3600 m C) 3000 m D) 6000 m 32 / 40 32. Uzunligi 10 sm bo‘lgan prujinaga 0,4 kg massali yuk osilganida u 1 sm ga uzaydi. Prujinaning bikrligini aniqlang (N/m). A) 360 B) 440 C) 40 D) 400 33 / 40 33. XBS dagi o’lchamligi N/T·m bo’lgan fizik kattalik birligining nomi nima? A) Veber B) Genri C) Amper D) Joul 34 / 40 34. α – zarraning tezligi 0 dan v=0,9 c gacha orttirilganda, uning massasi qanchaga ortadi? α-zarraning tinchlikdagi massasi m0=4,0 m.a.b. deb hisoblang. c=3·108 m/s. A) 2,6 m.a.b B) 5,8 m.a.b C) 5,2 m.a.b D) 10,4 m.a.b 35 / 40 35. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi? A) 400 B) 4000 C) 4 D) 40 36 / 40 36. Kislorod atomini ionlashtirish uchun 14 eVga yaqin energiya zarur. Ionlashtiruvchi nurlanishning chastotasini toping. h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s, e = 1,6·10-19 C A) 3,4•10 darajasi 15 Hz B) 0,34•10 darajasi 15 Hz C) 34•10 darajasi 15 Hz D) 6,8•10 darajasi 15 Hz 37 / 40 37. Lift shiftidagi dinamometrga osilgan m massali yuk vertikal bo`ylab a tezlanish bilan pastga harakat qilmoqda. Agar dinamometr prujinasining bikrligi k bo`lsa, bu prujina qanchaga uzayadi? A) m/k (g-a) B) m/k (a-g) C) k/m (a-g) D) m/k (g+a) 38 / 40 38. Atom bombalarining quvvati istalgancha katta bo’la olmasligining sababi nimada? A) Bombaning quvvati uni tashkil qiluvchi zarralar soni bilan aniqlanadi. B) Portlovchi moddaning har bir bo’lagining massasi kritik massadan kichik bo’lishi kerak. Bombaning quvvati bu bo’laklar soni bilan aniqlanadi. C) Bombaning quvvati istalgancha katta bo’lishi mumkin. D) Portlovchi moddaning har bir bo’lagining massasi kritik massadan katta bo’lishi kerak. Bombaning quvvati bu bo’laklar soni bilan aniqlanadi. 39 / 40 39. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan biroz katta bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub? A) Diamagnetik va paramagnetik B) ferromagnetik C) diamagnetik D) paramagnetik 40 / 40 40. Induksiya EYUK ning birligini ko‘rsating. A) F/C B) Wb/s C) Gn/s D) T/s 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15