Fizika attestatsiya №13

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №13

19.10.2022 Toshkent savollari!

Testni Toshev Anvar tayyorladi.

 

1 / 40

1. Mexanik harakat va jismlarning o`zaro ta`siri haqidagi ta`limot kim tomonidan yaratilgan?

2 / 40

2. Uzunligi 20 sm, bikirligi 300 N/m bo’lgan prujina uzunliklari 15 sm va 5 sm bo’lgan qismlarga ajratiladi. Kichkina prujinaning bikirligini toping.

3 / 40

3. Suvga nisbatan 15 m/s tezlik bilan suzayotgan aviatashuvchi kema palubasi bo‘ylab kema tezligi vektoriga30° burchak ostida10 m/s tezlik bilan avtomobil harakatlanmoqda. Avtomobilning okean suviga nisbatan tezligi modulini aniqlang (m/s).

4 / 40

4. Massasi 10 g, hajmi 15 sm³ bo`lgan jism suv bilan limmo lim to`ldirilgan stakanga solinsa necha sm³ suv to`kiladi?

5 / 40

5. 3q, 2q va 3q nuqtaviy zaryadlar bir to’g’ri chiziqda o’zaro a masofada ketma-ket mahkamlangan. Agar zaryadi 3q, massasi m bo’lgan zaryad bo’shatilsa, qanday maksimal tezlikka erishadi?

6 / 40

6. Bosimi 60 kPa va hajmi 1 m³ bo’lgan gaz izotermik ravishda 4 m³ gacha kengaydi. Gazning keyigi bosimini (kPa) da toping?

7 / 40

7. Uzunliklari 10 sm va 40 sm bo’lgan prujinalarning har biriga m massali jism osilgan holda tebranmoqda. Yuklarning tebranish davrlari nisbati T1/T2 topilsin.

8 / 40

8. Moddiy nuqta x = A sin(πt/8) qonun bo‘yicha tebranmoqda. Vaqt o‘lchovi t=0 dan boshlansa qanday t vaqtda (s) moddiy nuqta bosgan yo‘l 1,5A ga yetadi?

9 / 40

9. X jism suyuqliklar solingan idishlarga tushurilganda, idishlardagi suyuqliklar balandliklari h bo‘lib muvozanatda qolmoqda. Bunga asosan, K, L, M nuqtalardagi suyuqlikning bosimlari PK, PL, PM orasidagi munosabat qanday?

10 / 40

10. M = 60 kg massa va V=700 m/s tezlikka ega bo`lgan snaryad portlab ikki bo`lakka bo`lindi, M/2 massa va V tezlikka ega bo`lgan birinchi bo`lak dastlabki yo`nalishiga nisbatan π /4 burchak ostida uchib ketdi. Ikkinchi bo`lakning impulsi snaryadning dastlabki impulsidan necha marta katta?

11 / 40

11. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h).

12 / 40

12. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida ....

13 / 40

13. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)?

14 / 40

14. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)?

15 / 40

15. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida ....

16 / 40

16. O‘zgarmas kuchlanish manbayiga 10 Ω , 16 Ω va 18 Ω qarshiliklar ketma-ket ulangan. Umumiy qarshilikni toping (Ω).

17 / 40

17. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan biroz katta bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub?

18 / 40

18. Kislorod atomini ionlashtirish uchun 14 eVga yaqin energiya zarur. Ionlashtiruvchi nurlanishning chastotasini toping. h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s, e = 1,6·10-19 C

19 / 40

19. XBS dagi o’lchamligi N/T·m bo’lgan fizik kattalik birligining nomi nima?

20 / 40

20. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi?

21 / 40

21. Matematik mayatning uzunligi 2,5 m, unga osilgan  sharchaning massasi 100 gr. Tebranish davrini hisoblang(s). g=10m/s2.

22 / 40

22. Difraksion panjaraga monoxromatik yorug`lik nuri tik tushmoqda. Panjaraning 1 mm da 100 ta shtrix bor. Ekrandagi birinchi tartibli ikkita maksimum orasidagi masofa 10 sm ga teng bo`ldi. Ekran bilan difraksiya panjarasi orasidagi masofa 1 m bo`lsa, yorug`likning to`lqin uzunligini ( μm) toping.

23 / 40

23. Atom E2 energiyali holatdan E1 energiyali holatga o'tganida nurlangan fotonning energiyasi qanday bo’ladi?

24 / 40

24. Radioaktiv elementning aktivligi 8 kunda 4 marta kamaydi. Yarim yemirilish davrini toping.

25 / 40

25. Agar jismga 3 s davomida 15 N kuch ta’sir etsa, jism impulsining o'zgarishi (kg·m/s) nimaga teng?

26 / 40

26. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi shu hodisa uchun qaysi qonunning qo‘llanishidir?

27 / 40

27. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N).

28 / 40

28. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi?

29 / 40

29. Elektr zanjir qarshiligi 4 Ω bo‘lgan rezistor EYUKi 12 V, ichki qarshiligi 2 Ω bo‘lgan tok manbayidan  iborat. Rezistorning kuchlanishi qanday?

30 / 40

30.
 

Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing.

31 / 40

31. Yerning massasi 6,0 ·1024 kg, Oyning massasi 7,35 · 1022 kg, ularning markazlari orasidagi masofa 384400 km. Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi topilsin (N).

32 / 40

32. Kuchni 3 marta orttirib, yelkani 2 marta kamaytirsak, kuch momenti qanday o’zgaradi?

33 / 40

33. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalari orasidan nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo'lgan modda chiqarib olinsa, zanjirdagi zaryadning tebranish davri qanday o'zgaradi?

34 / 40

34. 45 m balandlikdan erkin tashlab yuborilgan metall sharcha yerga elastik urilib, 5 m balandlikka ko’tarildi. Yerga urilish  vaqtidagi sharcha impulsining o’zgarishini toping (kg·m/s). (m=5 kg). g=10m/s2.

35 / 40

35. Lift shiftidagi dinamometrga osilgan m  massali yuk vertikal bo`ylab a  tezlanish bilan pastga harakat qilmoqda. Agar dinamometr prujinasining bikrligi k  bo`lsa, bu prujina qanchaga uzayadi?

36 / 40

36. 10 sm uzunlikdagi o`tkazgich induksiyasi 50 mTl bo`lgan magnit maydon kuch chiziqlariga tik joylashgan. Amper kuchi o`tkazgichni o`zining yo`nalishida 8 sm siljitib, 0,004 J ish bajaradi. O`tkazgichdagi tok kuchi (A) qanday?

37 / 40

37. Kislorod atomining ionizatsiya energiyasi 14 eV. Bu atom uchun fotoeffektning qizil chegarasi (nm) topilsin. h=6,63·10-34 J s, 1 eV= 1,6·10-19 J.

38 / 40

38. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo’l o’tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5 soatda qancha yo’l o’tadi.

39 / 40

39. Uzunligi 10 sm bo‘lgan prujinaga 0,4 kg massali yuk osilganida u 1 sm ga uzaydi. Prujinaning bikrligini aniqlang (N/m).

40 / 40

40. Atom bombalarining quvvati istalgancha katta bo’la olmasligining sababi nimada?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0