Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 44 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Quyidagi gaplar qaysi yozuvchi haqida? Ish kunlari ertalab soat 8 dan boshlanardi. Nonushtadan so‘ng soat 12 gacha ishlar, bu vaqt ichida hech kim ularni bezota qilmas edi. Bir yarim- ikki sahifa ijod qilish uchun 4-5 soat o‘tirar, biror so‘zni o‘zgartirish kerak bo‘lsa,o‘sha sahifani yana qayta ko‘chirib chiqar edilar. A) G‘afur G‘ulom B) Abdulla Qahhor C) Oybek D) Usmon Nosir 2 / 25 2. Fe’l nisbatini aniqlang. Buyumlarga qo‘l tegizilmasin! A) birgalik B) orttirma C) o‘zlik D) majhul 3 / 25 3. Egali gapni toping. A) Laylo, sening oldingda bir dam ko‘rmoqchiydim o‘zimni. B) Balki, o‘chgan edim yodingdan. C) Shirin xayollaring oldimmu? D) Bugungi ishing hech kimga yoqmadi. 4 / 25 4. Berilgan ma’lumotlardan to‘g‘risini toping. A) Mazmunan faqat I va II shaxsga talluqli gaplar shaxsi umumlashgan gaplar deyiladi. B) Shaxsi topilmas gaplar egasini topib ham, gap tarkibiga kiritib bo‘lmaydigan gaplarga aytiladi. C) Modal so‘z-gaplar his-tuyg‘uni ifodalab keladi. D) Ikki so‘zdan iborat bo‘lib, boshqa so‘zlar bilan kengaya olish imkoniga ega gaplar so‘z-gaplar deyiladi. 5 / 25 5. Sifatdan yasalgan so‘zni aniqlang. A) beaql B) do‘stlik C) qaynoq D) qiynamoq 6 / 25 6. Ushbu parchadagi olmoshlar sonini aniqlang. Sen niholsan, zavoling – o‘zim, Sen – tiriklik, men esa o‘lim. Kunduz bo‘lsang, men tun bo‘laman, Sen bor bo‘lsang, butun bo‘laman. (E. Vohidov) A) 7 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 6 ta 7 / 25 7. Matni o‘qing va mos keladigan nomni aniqlang. Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) Tillashayx masjidi B) Hastimom majmuasi C) Usta Shirin Murodov yodgorligi D) Temuriylar maqbarasi 8 / 25 8. Qaysi so‘zlar talaffuzida so‘z oxiridagi jarangli undosh tushib qoladi? 1) gramm; 2) poyezd; 3) go‘sht; 4) kilovatt. A) 1, 2, 3 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 1, 2, 3, 4 9 / 25 9. Qaysi javobda undov, taqlid va modal so‘zlarning har biriga misol berilgan? A) voy, pisht, shekilli B) yoxud, qars, hay C) yal-yal, miyov, darvoqe D) xullas, shildir-shildir, eh 10 / 25 10. Berilgan namunlardan qaysi birida faol kirish so‘zlar ishtirok etmagan? A) Ehtimol, men uni ertaga ko‘raman. B) Afsus, futbol jamoamiz musobaqada yutqizib qo‘ydi. C) Abdulla Avloniy, o‘z davri boshlang‘ich maktablari uchun bir nechta o‘quv qo‘llanmalar yaratgan. D) Birinchidan, matnni diqqat bilan o‘qib chiqish kerak, ikkinchidan uning mazmunini so‘zlab berish kerak. 11 / 25 11. His-hayajon undovlari ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Yosh bo‘lsa-da, barchaga bosh bolam. B) Keksalarga yordam berish hammamizning burchimiz/ C) Hoy, kim bor, yordam bering! D) Televizorni faqat kechqurunlarigina ko‘radi. 12 / 25 12. Ushbu gapda qaysi nisbat shaklidagi fe’l qo‘llanmagan? Chaqirilmagan joyga bormas, rejalarini ertaga qoldirmas edi. A) o‘zlik nisbati B) majhul nisbat C) orttirma nisbati D) aniq nisbat 13 / 25 13. Ravish holi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? A) qachongacha?, nega? B) qanday qilib?, qay tarzda? C) qancha?, nechalab? D) qachon?, qayerga? 14 / 25 14. Matni o‘qing. Quyidagi berilgan javoblardagi qaysi ma’lumot mantda keltirilgan ma’lumotlarga mos emas? Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) Masjidning ichki qismini bezashda gulli bezaklar, ganch naqshlaridan foydalanilgan. B) Masjidning tashqi tomonida bezaklar yo‘q. C) Yodgorlik Shirin Murodov tomonidan bunyod etilgan. D) Tillashayx masjidida arklar soni uchtani tashkil etadi. 15 / 25 15. Quyidagi berilgan gaplarga mos keluvchi nisbat qo‘shimchalarni toping. 1)Nurga to‘ldi dara, to‘ldi soy, Nur yog‘…di qorong‘u jarga. 2)Yaltiraydi, doim tovla…ar, Oy nuriga cho‘miluvchu tosh. 3)Dalalarda boshla…adi ish, Boshla…adi ijod va tashvish. A) -il, -n, -n, -n. B) -il, -n, -n, -in. C) -in, -n, -l, -in. D) -il, -in, -n, -in. 16 / 25 16. Quyidagi jonzot nomlaridan nechtasi o‘z shakldoshiga ega? 1)ot; 2) bit; 3) sug‘ur; 4) sher; 5) qurt; 6) qarg‘a. A) 6 tasi B) 3 tasi C) 5 tasi D) 4 tasi 17 / 25 17. “Men faqat a’lo baholarga o‘qiyman” gapidagi qaysi so‘z tushirilsa, ma’no kuchsizlanadi? A) men B) faqat C) o‘qiyman D) baholarga 18 / 25 18. Qaysi qatordagi qo‘shimchlarni so‘zga qo‘shganda yangi so‘z yasab bo‘lmaydi? A) -da, -ni, -ning B) -li, ba-, -bo C) -gi, -chi, -kor D) -ona, -siz, -lab 19 / 25 19. Nuqtalar o‘rniga mos ravishda qanday undoshlar qo‘yilishi kerak? Hamma yo...da to‘kin-sochinlik. Shunday yurt...a yashayot...animizdan fa...rlansak arziydi. A) q, d, g, x B) g‘, t, k, h C) q, d, t, x D) g‘, d, k, x 20 / 25 20. Quyidagi berilgan gaplardan qaysi birida ravishdosh bilan ifodalangan kesim berilgan? A) Motor gurullab, mashina oldinga intildi. B) Botir xatni kecha yuborgan C) Men maktabga boraman. D) 8- “B” sinf o‘quvchilari musobaqadan qaytishdi. 21 / 25 21. Matnda ostiga chizilgan so‘zlarni qaysi so‘z turkumidaligini aniqlang. Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) son, sifat, ot B) son, ot, ot C) sifat, ot, ot D) sifat, sifat, ot 22 / 25 22. Qanday birlik vergul yoki undov belgisi bilan ajratilishi mumkin? A) Undalma B) Kiritma C) Umumlashtiruvchi bo‘lak D) Ajratilgan bo‘lak 23 / 25 23. Ayiruv bo‘g‘lovchisi ishtirok etgan gapni toping. A) Kechki payt yo Sobir, yoki Hasan ukasini bog‘chadan olib keladi. B) Ikkovi ham onasiga uy-ro‘zg‘or ishlariga yordam berishdi. C) U na do‘stini na ukasini topa olamdi. D) A’zamjon va Azizjon maktabdan uyga kelishdi. 24 / 25 24. va, ham, hamda bog‘lovchilarning qaysi turiga kiradi. A) inkor bog‘lovchisi B) zidlov bog‘lovchisi C) ayiruv bog‘lovchisi D) biriktiruv bog‘lovchisi 25 / 25 25. Ey, baxt ulashganlar, bizga qo‘shiling! Yuqoridagi gapda undalma qaysi so‘z turkumi bilan ifodalab keltirilgan? A) Ot bilan B) Sifat bilan C) Sifatdosh bilan D) Olmosh bilan 0% Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1