Uy » Attestatsiya testlar » Boshlang'ich sinf » Boshlang’ich attestatsiya №13 Boshlang'ich sinf Boshlang’ich attestatsiya №13 InfoMaster Oktabr 14, 2022 29 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Boshlang'ich sinf attestatsiya №13 Metodikadan savollar qo'shildi. DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. X+12=X+X+X+X tenglamadagi X belgisi ostidagi sonni toping A) 6 B) 5 C) 2 D) 4 2 / 40 2. Eng qattiq tosh. A) To’g’ri javob yo’q B) Marmar C) Koʻmir D) Temir 3 / 40 3. Quyosh atrofida nechta sayyora aylanib yuradi? A) 6 ta B) 10 ta C) 9 ta D) 8 ta 4 / 40 4. O'z ma'nosida berilgan jumlani toping A) Qattiq sovuq B) Qattiq yer C) Qattiq shamol D) Qattiq gap 5 / 40 5. Agar bir songa 7 ni qoʻshsa, yigʼindini 7 ga boʻlib, bo'linmadan 7ni ayrib, ayrima 7ga koʻpaysa natija 7 chiqadi bu qanday son. A) 49 B) 52 C) 42 D) 70 6 / 40 6. Minerallar qaysilar ? A) Granit, marmar B) Qumtosh, ohaktosh C) Oltin, mis, olmos, temir, kvars, oltingugurt D) Barchasi 7 / 40 7. 1234 betli kitobning 123 betini o'qidim. Kitobning o'rtasigacha yetish uchun yana necha bet o'qishim kerak? A) 194 B) 617 C) 213 D) 304 8 / 40 8. Bog’bon 0,35 g yerga 0,021 t urug’ sepdi. 0,3 t urug’ni qancha joyga ekiladi? A) 6 g B) 5 g C) 7 g D) 4 g 9 / 40 9. O'quvchilarni badiiy adabiyot o'qishga yo'naltiruvchi dars turi qaysi? A) Sinfdan tashqari o‘qish B) Sidirg‘a o‘qish C) Muammoli o‘qish D) Izohli o‘qish 10 / 40 10. Yuza o’lchov birliklari qanday usulda o’rgatiladi? A) Og'zaki bayonlar,ko’rgazmalar yordamida B) Formulalar ishlab chiqiladi C) to’g’ri javob yo’q D) Yuz o’lchov birligi sifatida birlik kvadratning yuzi qabul qilinadi 11 / 40 11. Kelasi zamon fe’li qaysi savolga javob beradi? A) Nima qiyapti? B) Kim? C) Nima qildi? D) Nima qilmoqchi? 12 / 40 12. Tovush ustida ishlash mashqlarini turlarga ajrating: 1. Nutq (gap)dan so'zni ajratish 2.So'zdan tovushni cho'zib talaffuz qilish bilan ajratish 3.Bo'g'in jadvalini tuzish 4.Bo'g'inlarni almashtirib yangi so'z hosil qilish va o'qish A) Analiz mashqlari- 1, 3 ; suntez mashqlari- 2 , 4 B) Analiz mashqlari- 2 , 4 ; suntez mashqlari- 1 , 3 C) Analiz mashqlari- 1, 2 ; suntez mashqlari- 3 , ,4 D) Analiz mashqlari- 3 , 4 ; suntez mashqlari- 1 , 2 13 / 40 13. Fonetik tamoyil yangi o'zbek imlosining yetakchi tamoyili bo'lib, bunga binoan so'zlar va ularning tarkibiy qismi (o'zak va qo'shimchalar) ko'proq talaffuziga muvofiq yoziladi. A) To'g'ri B) Noto'g'ri 14 / 40 14. Metodikada imloga oid mashqlarga nimalarkiradi? 1) grammatik-orfografik tahlil; 2) ko'chirib yozuv: 3) diktantlar; 4) leksik-grammatik tahlil; 5) bayonlar A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 1, 2, 4 15 / 40 15. Ta'limiy diktantning bu turida o'qituvchi avval matnni bir marta ifodali o'qib beradi, so'ngra matn mazmuni yuzasidan suhbat o'tkazadi. Ayrim qoidalarni eslatadi. Keyin matnning bir qismi qayta o'qib beriladi, o'quvchilar uning mazmunini yozadilar. A) Saylanma diktant B) Erkin diktant C) O'z diktant D) Ta'kidiy diktant 16 / 40 16. Berilgan mashqlardan mantiqiy mashq turlari berilgan qatorni toping 1) Narsalarning mavzuga tegishli guruhini tuzish 2) Namuna asoosidagi mashqlar 3) Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish 4) Qarama-qarshi qo‘yish bilan umumlashtirish A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 4 17 / 40 17. Boshlang'ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq nechanchi sinfda so'z turkumlarini o'rganish bilan bog'liq holda so'zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko'zda tutiladi? A) 4 B) 2 C) 1 D) 3 18 / 40 18. O'qitishda suhbatning qanday turlaridan foydalaniladi? A) Savol-javob B) Everestik C) Katexezik D) Katexezik va everestik 19 / 40 19. Kelishiklar haqidagi malakani shakllantirish ustida ishlashning samaraliligini ta’minlaydigan shartlarni ko'rsating: 1.maqsadga muvofiq mashq tanlash 2.mashq materialini astmurakkablashtirib borish bilan o'quvchilaming mustaqqlligini oshirish 3.imloni grammatik bilimni takomillashtirib borish 4. o'quvchilaming nutqini o'stirish bilan bog'lab o'rgatish A) 1, 3 B) 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 3, 4 20 / 40 20. Oz komplektli maktablarda dars jadvali qanday tuziladi? A) Komplektlashtirilgan B) Bir xillikda bo'ladi. C) Dars jadvali tuzilmaydi. D) Integrallashtirilgan 21 / 40 21. O'quvchilar gap haqida amaliy tushunchalarni nechanchi sinfda oladilar? A) 3 B) 4 C) 1 D) 2 22 / 40 22. O'quvchi savod o'rgatish jarayonida o'qish va yozishni o'zlashtirish uchun qanday qoidalarni o'zlashtirishi lozim? A) Chiroyli yozuvga oid qoidalarni B) To'g'ri talaffuzga oid qoidalarni C) Til hodisalariga oid qoidalarni D) Tovush va harflarning o'zaro mumosabatiga oid qoidalarni 23 / 40 23. Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo'llangan qanday badiiy vositalar ustida ishlash muhim ahamiyat kasb etadi? 1) jonlantirsh 2) metafora 3) mubolag'a A) 1 B) 1, 2, 3 C) 1, 2 D) 2, 3 24 / 40 24. Boshlang'ich sinflarda so'zlarni guruhlash mashqlarini bajarganda o'qituvchi o'quvchilarni nechanchi sinfda tire va ikki nuqtaning ishlatilishi bilan amaliy tanishtiradi? A) 4 B) 1 C) 2 D) 3 25 / 40 25. Boshlang'ich sinflarda ijodiy qayta hikoyalashning qaysi turlaridan foydalaniladi? 1. Shaxsini o ‘zgartirib qayta hikoyalash va bayon 2. Hikoyada ishtirok etuvchi biror personaj tilidan qayta hikoya qilish 3. Matnni ijodiy to'ldirib qayta hikoyalash. 4. So‘z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish A) 1, 3 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4 26 / 40 26. Nutq (gap)dan so'zni ajratish; so'zni aniq talaffuz qilish; bo 'g'inlarga bo'lish va bo'g'inlarni aniq talaffuz qilish, so'zdan, bo‘g'indan tovushni kuchli talaffuz qilib o'qish, muayyan tovushni ajratgan holda so'zni bo'g'inlab o'qish qanday mashq ? A) Sintaktik B) Analiz C) Morfologik D) Sintez 27 / 40 27. Boshlang'ich sinflarda she'rni o'rganishda ko'rgazmali ta’limning asosiy shakli nima hisoblanadi? A) ifodali o'qish B) ma'nosini anglash C) izohlash D) ifodali yodlash 28 / 40 28. STO'ga rahbarlikning asosiy shaklini ko'rsating. A) ekskursiya B) maktab kutubxonasi bilan hamkorlik C) maxsus sinfdan tashqari o'qish darslari D) ona tili darslari 29 / 40 29. Boshlang'ich sinf ona tili dasturiga muvofiq so'zning morfemik tarkibi necha bosqichda o'rganiladi? A) 3 B) 4 C) 5 D) 2 30 / 40 30. Boshlang'ich sinflar uchun otlarda egalik qo'shimchalari mavzusining murakkab hisoblanishining sababi nimada? A) Qo'shimchalar tarkibi o'xshashligi B) Nutq o'stirish mashqlaridan foydalanmaslik C) Mavzuni yaxshi o'zlashtirmaslik D) „shaxs" tushunchasi bilan hali tanishtirilmaganligi 31 / 40 31. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi maqsadga yo'naltirilganiga ko'ra quyidagicha tasnif qilinadi: 1. Asar mazmunini o'zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savol-topshiriqlar. 2. Asar tilini o'rganish va o'zlashtirishga doir savol-topshiriqlar.3.Asar qahramonlarining xususiyatlariga doir savol-topshiriqlar A) 2, 3 B) 1, 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 3 32 / 40 32. Tilga oid tushunchalarni shakllantirish jarayonining 1-bosqichi nimani nazarda tutadi? A) yangi til materiali asosida o'rganilayotgan tushunchani aniqlashtirish B) tushunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida til materialini tahlil qilish C) tushunchaning belgilarini umumlashtirish D) tushuncha ta’rifini ifodalashni tushunish 33 / 40 33. O'zbek grafikasining yetakchi tamoyili A) So'z B) Bo'g'in C) Gap D) Tovush 34 / 40 34. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar bilimini yetarli darajaga keltirish maqsadida sonlar ishtirok etgan gapiar asosida kuzatish, aniqlash, guruhlash va umumlashtirish faoliyati sonni o'rganishning nechanchi bosqichida bosqichida ishga solinadi? A) 1 B) 4 C) 3 D) 2 35 / 40 35. Nutq faoliyatining turlari va ularning shakllanishini ko'rsating A) O'qish va yozish: o'zgalar nutqini eshitish orqali B) O'qish va yozish:og'zaki va yozma C) O'qish va yozish: o'z fikrini og'zaki yoki yozma ifodalash D) Og'zaki va yozma: ichki nutq va tashqi nutq 36 / 40 36. Quyidagilarning qaysilari diksiya ustida ishlash mashqlariga kiradi? A) 1 2 3 4 B) 1 3 4 5 C) 1 2 4 5 D) 2 3 4 5 37 / 40 37. Ta'limiy diktantning qaysi turida o'qituvchining topshirig'iga mos qisminigina yozadilar? A) Izohli diktant B) Erkin diktant C) O'z diktant D) Saylanma diktant 38 / 40 38. O'quvchilar nechanchi sinfdan boshlab qo'shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani va dastlabki ko'nikmani hosil qiladilar ? A) 3-sinfdan B) 4-sinfdan C) 3-4-sinfdan D) 2-4-sinfdan 39 / 40 39. O'quv dasturi davlat hujjati bo'lib, unda.... belgilangan bo'ladi. A) o'quv predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu predmetdan BKM baholash talablari B) o'quv predmetining mazmuni va hajmi, shu predmetdan BKM darajasiga qo'yilgan asosiy talablar C) unda ona tilidan o'quvchilarning ko'nikma va malakalar darajasiga qo'yilgan talablar D) boshlang'ich sinf ona tili darslari turlari va darsga qo'yiladigan talablar 40 / 40 40. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitishning yetakchi tamoyilini toping A) Tilning barcha jihatlarini bog'liq holda o'rganish B) Fonetika bilan grafikani bog'liq holda o'rganish C) Morfologiya bilan sintaksisni bg'liq holda o'rganish D) Grafika bilan orfografiyani bog'liq holda o'rganish 0% Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz