Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 41 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 11-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Qavs ichidagi ma’nolar ifodalanishi uchun nuqtalar o‘rniga qaysi so‘z qo‘yilishi lozim? Ovqatni … (“ulashmoq”), qamchi … (“urmoq”), qo‘yni … (“o‘lchamoq”). A) tortmoq B) uzmoq C) bermoq D) urmoq 2 / 25 2. Kelishik qoʻshimchalarini qoʻllash bilan bogʻliq xatolik uchraydigan javobni aniqlang. A) Maqsadlarimizga erishish uchun oldimizda turgan toʻsiq va gʻovlarni yengib oʻtishimiz kerak. B) Xalqimizning eng noyob fazilatlaridan biri – uning bir tan, bir jon boʻlib yashashidir. C) Salohiyatimizni yurtimizning xalqaro maydondagi obroʻ-e’tibori oshishi uchun safarbar etamiz. D) Nasimning otasi Qoʻqonnigina emas, butun xonlikning tanilgan kishilaridan edi. 3 / 25 3. Berilgan gapda nechta payt holi ishtirok etgan? Kecha maktab tomonidan ikki marta majlis o‘kazildi va kelasi o‘quv yili uchun rejalar belgilandi. A) to‘rtta B) bitta C) uchta D) ikkita 4 / 25 4. Matnni o‘qing. Unga mos nomni aniqlang. Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) Sharq olimlari B) Insoniyat tamadduni C) Kashfiyot va ixtirolar D) Olimlarning ilmiy tadqiqotlar 5 / 25 5. Quyidagi berilgan gaplarning nechtasida tire to‘g‘ri qo‘yilgan? 1) Ikki karra to‘rt – sakkiz; 2) Vatan – muqaddas; 3)Mening iqrorim – shu; 4) Niyatim – o‘qish; 5) Odob – insonning boyligi. A) Ikkita o‘rinda to‘g‘ri; uchta o‘rinda noto‘g‘ri. B) To‘rtta o‘rinda to‘g‘ri; uchta o‘rinda noto‘g‘ri. C) Berilgan barcha holatlarda tire to‘g‘ri qo‘llangan. D) Uchta o‘rinda to‘g‘ri; ikkita o‘rinda noto‘g‘ri. 6 / 25 6. Matnni o‘qing. “Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish” ilmiy nazariyasi kim tomonidan takror isbotlanganligini belgilang? Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. -Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. -Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) Karol Yov B) Beruniy C) Kopernik D) Nyuton 7 / 25 7. To‘ldiruvchi quyidagi so‘z turkumlaridan qaysi biri bilan gapda ifodalanib kelmaydi? A) sifatdosh bilan B) otlashgan sifat bilan C) ot bilan D) yuqoridagi ifodalangan so‘z turkumlarining barchasi bilan ifodalanadi 8 / 25 8. Ikkinchi darajali bo‘laklarga nimalar kiradi? A) hol, kesim, ega B) ega, kesim C) faqat kesim. D) aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol 9 / 25 9. Quyidagi berilgan gapning turini aniqlang. Sayohatga juda erta kelibsan. A) Buyruq gap B) Yig‘iq gap C) Tasdiq gap D) Inkor gap 10 / 25 10. Berilgan gaplardan ot-kesimga misol bo‘la oladigan gaplarni belgilang. 1) Osmonimiz musaffo; 2) Qushlar uchib keldi; 3) Gullar ochildi; 4) Mehmon aziz. A) 1; 4 B) 1; 3 C) 3; 4 D) 2; 4 11 / 25 11. Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni qaysi so‘z turkumlariga mosligini aniqlang? Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) sifat, ravish, sifat B) ot, sifat, sifat C) ot, hol, sifat D) ot, ravish, hol 12 / 25 12. Berilgan gapdagi sifatdoshni aniqlang. Olimpiadaga qatnashuvchi talabalar jurnali yozildi. A) yozildi B) olimpiadaga C) qatnashuvchi D) talabalar 13 / 25 13. Bosh harf bilan yozish qoidasi amal qilib yozilgan birlikni aniqlang. A) Davlat Soliq Qumitasi B) Vazirlar Mahkamasi C) Oliy Xoʻchalik Sudi D) Adliya Vazirligi 14 / 25 14. … egani yoki to‘ldiruvchini aniqlab, qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi. A) aniqlovchi B) kesim C) hol va kesim D) hol 15 / 25 15. Ushbu gapda holining qaysi turi ishtirok etgan? Gapiravermagach o‘zim so‘roqqa tutdim. A) o‘rin holi B) payt holi C) holat holi D) sabab holi 16 / 25 16. Qaysi gapda yasama so‘zlar soni nisbatan ko‘proq? A) Istarali kishining kiyimidagi yamoqlar ham yarashib turadi. B) Biror yangilik eshitib qolsangiz, bizni xabardor qiling. C) Ota-onaning roziligi umrni ziyoda qiladi. D) Kimki berahmdir — rahm qilinmas, Kechirmaganlarni kechirmas Olloh. 17 / 25 17. Berilgan gapda nechta to‘ldiruvchi qatnashgan va to‘ldiruvchining nechtasi otlashgan sifat bilan ifodalangan? Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. A) Gapda bitta to‘ldiruvchi bor. To‘ldiruvchi otlashgan sifat bilan ifodalanmagan. B) Gapda ikkita to‘ldiruvchi bor. Ikkalasi ham otlashgan sifat bilan ifodalangan. C) Gapda uchta to‘ldiruvchi bor. Ikkatasi otlashgan sifat bilan ifodalangan. D) Gapda ikkita to‘ldiruvchi bor. Bittasi otlashgan sifat bilan ifodalangan. 18 / 25 18. O‘zlashtirma gapning kesimi qanday fe’llar bilan ifodalanadi? A) gapirmoq, so‘zlamoq, demoq B) so‘ramoq, buyurmoq, aytmoq C) aytmoq, gapirmoq D) demoq, aytmoq, gapirmoq 19 / 25 19. Ot-kesim qatnashgan gapni belgilang. A) Bizning yurtda har doim mehmon aziz. B) Qushlar chiroyli sayrayapti. C) Nodira uyga vazifalarini qilib bo‘lmadi. D) Dronlar bugungi kunda harbiy kuch sifatida foydalanilmoqda. 20 / 25 20. Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan? Bu hududning tabiati, havosi, sharoiti juda yaxshi. A) aniqlovchi B) kesim C) ega D) hol 21 / 25 21. Bo‘sh qoldirilgan joylarni kerakli qo‘shimchalar bilan to‘ldiring. Men ko‘p kitob o‘qiy…. Kerak... joylarini eslab qolish uchun kitob… varaqlarini buklab, ma’lumotlarning tagi… chizib qo‘yaman. A) -man; -li; -ni; -ga. B) -man; -lik, -ni; -dan. C) -man; -li; -ning; -ga. D) -man; -lik; -ning; -ga; 22 / 25 22. Sabab holi ishtirok etgan gapni belgilang. A) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur. B) Dushman chorasizlikdan taslim bo‘ldi. C) Kecha majlis bo‘ldi. D) Olimjon orqada qoldi. 23 / 25 23. Berilgan namunalardan qaysi birida bog‘lovchi vositasida qo‘llanuvchi so‘zlar berilgan? A) goho, ba’zan, goh B) shuning uchun, agar C) deb, bo‘lsa, esa D) biroq, ammo, lekin 24 / 25 24. Qaysi javoblarda gap bo‘laklariga to‘g‘ri ajratilgan? Aziza ertalab she’r yozadi. A) ega, kesim, to‘ldiruvchi, hol B) ega, hol, to‘ldiruvchi, kesim C) hol, ega, to‘ldiruvchi, kesim D) kesim, to‘ldiruvchi, hol, kesim 25 / 25 25. Vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan gapni toping. A) Birni kessang, o‘nni ek. B) Bu olmani ukam uchun oldim. C) Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘. D) Til qilichdan o‘tkir. 0% Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1