11-sinf Fizika olimpiada №3

0

11-sinf Fizika olimpiada №3

2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Sig’imi 200 pF ga teng bo’lgan kondensatorga qanday sig’imli (pF) kondensator ketma – ket ulansa umumiy sig’im 40 pF ga teng bo’lib qoladi?

2 / 25

2. Jism  h=19,6 m balandlikdan boshlang’ich tezliksiz tushmoqda. Jism o'z harakatining oxirgi 0,1 sekundda qanch yo`l o`tadi? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.

3 / 25

3. Velosipedchi doimiy 20 km/h bilan yo’l bo’ylab harakatlanmoqda. Yo’lga parallel bo’lgan relslar bo’ylab harakatlanuvchi poyezd velosipedchini 10 s da quvib o’tdi. Agar poyezdning harakat yo’nalishi teskari bo’lib qolganida, velosipedchining oldidan 6 sekundda o’tsa, uning tezligini (km/h) aniqlang.

4 / 25

4. Jism aylana bo’ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanmoqda. Biror vaqt momentida burchak tezligining qiymati ?0. Shu momentdan burchak tezligi uch marta kamayguncha jism aylana bo’ylab to’liq ? marta aylandi. Jism to’xtash momentigacha yana necha marta aylanadi?

5 / 25

5. Porshen ostida joylashgan ideal gaz juda tez siqildi. Bu qaysi jarayonga mos keladi?

6 / 25

6. Shlang bo’ylab oqayotgan suvning tezligi 3 marta orttirilsa, uning quvvati qanday o’zgaradi?

7 / 25

7. Gorizontal sirtda sirpanmasdan dumalayotgan diskning ilgarilanma harakat tezligi ?0 = 8 ?/s ga, massasi esa 2 kg teng bo’lsa, diskning kinetik energiyasini (J) toping.

8 / 25

8. Vodorod atomining 3 – energetik sathida joylashgan elektronning impulsi x ∗ 10−25 kg ∗ m/s ga teng. Elektronning massasi 9,1 ∗ 10−31 kg. x  ni toping.

9 / 25

9. Yer atrofida uchib yurgan kosmik kemaning to’liq mexanik energiyasi -60MJ ga teng bo’lsa, shu kemaning potesial energiyasi necha MJ ga teng?

10 / 25

10. Chizmada ko’rsatilgan sistemaning aylana markazida hosil qilgan natijaviy magnit maydon induksiya vektorini toping. ?0?/2?= ? deb oling.

11 / 25

11. Uzunligi ? bo`lgan arava silliq relslar ustida turibdi. Aravaning ikki uchida massalari ?1 va ?2 bo`lgan bolalar turibdi. Agar ular o`zaro joy almashib olishsa, arava yerga nisbatan qanday masofaga siljiydi? Aravaning massasi ?0.

12 / 25

12. m massali kichik sharcha bir uchi mahkamlangan ipning ikkinchi uchiga bog’langan. Ipni gorizontal holatga olib kelinib boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Sharchaning tezlanishi gorizontal yo’nalgan vaqt momentida ipning taranglik kuchi (N) nimaga teng? m = √3 kg, g = 10 m/s².

13 / 25

13. Radiusi R bo’lgan halqa ?1 = ? zaryad bilan zaryadlangan, halqa markazida joylashgan ?2 = −? zaryadning potensial energiyasini aniqalng.

14 / 25

14. m massali kichik sharcha bir uchi mahkamlangan ipning ikkinchi uchiga bog’langan. Ipni gorizontal holatga olib kelinib boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Sharchaning tezlanishi vertikal yuqoriga yo’nalgan vaqt momentida ipning taranglik kuchi nimaga teng?

15 / 25

15. Ichida kub shaklidagi kovagi mavjud bo’lgan va tomoni 10 sm li kub shaklidagi jism tayyorlandi. Agar kubning barcha devorlari 1 sm qalinlikda bo’lsa, kubning massasini (kg) aniqlang. Kub yasalgan metallning zichligi 4000 kg/m³.

16 / 25

16. Suvning sirtida suzib yurgan muz bo’lagi issiqlik ta’sirida sekin erimoqda. Erish jarayonida muzning qaysi parametrlari o’zgarmaydi? Relyativistik o’zgarishlar hisobga olinmasin.
a – massa
b – hajm
c – zichligi
d – botgan qismi (%)
e – botgan qismining hajmi
f – botmagan qisming hajmi
j – og’irligi

17 / 25

17. Sig’imi 200 mkF va 50 mkF bo’lgan ikki kondensator o’zaro ketma-ket ravishda U =8cos100t qonun bo’yicha o’zgarayotgan o’zgaruvchan tok manbaiga ulansa, sistemaning to’liq qarshiligini (Om) toping.

18 / 25

18. Tinch turgan diskning cheti bo’ylab doimiy tezlikda harakatlanayotgan chumolining tezlanishi ?1 = 9 ?/?². Disk o’zgarmas tezlikda aylansa uning chetki nuqtasining tezlanishi ?2 = 4 ?/?² ga teng bo’ladi. Chumoli aylanayotgan disk bo’ylab bir hil yo’nalishda harakatini davom ettirsa uning tezlanishi necha ?/?² ga teng bo’ladi.

19 / 25

19. Kranga osilgan yukni ishchi arqon yordamida F kuch bilan tortib turibdi. Yukning massasi m = 100 kg bo’lsa, F (N) ni toping. α = 30° ; g= 10 m/s²

20 / 25

20. Gorizontal silliq sirtda joylashgan ?1 va ?2 massali brusoklar deformatsiyalanmagan prujina yordamida o’zaro bog’langan. Ikkinchi brusokka rasmda ko’rsatilganidek gorizontal tezlik ?0 berildi. Brusoklarning harakati davomida prujinaning potensial energiyasi maksimal qiymatga yetgan vaqt momentda brusoklarning tezliklari ?1  va ?2 bo’lsa, ?1 ni toping.

21 / 25

21. Jism tinch holatdan harakatni boshlab dastlabki 3 s da 10 m masofani bosib o’tsa, ? = 18 ÷ 21 s vaqt oralig’ida necha metr masofani bosib o’tadi.

22 / 25

22. Sinish qonuniga ko’ra sharti bajarilganida, α = β bo’lishi mumkinmi?

23 / 25

23. Koptok rasmda ko’rsatilganidek orasidagi masofa ?0 = 2 ? ga teng bo’lgan ikki bino orasida gorizontga burchak ostida ?0 = 20 ?/? tezlik bilan uloqtiriladi. Koptokning devorlar bilan to’qnashuvlar sonining maksimal qiymati nechta? Koptokning devorlar bilan barcha to’qnashuvlarni absolyut elastik deb oling.

24 / 25

24. Chizmada ko’rsatilgan sistemada M=8 kg bo’lsa, m ning qanday minimal qiymatida (kg) sistema muvozanatda qoladi?

25 / 25

25. 1 dengiz milyasi taqriban necha km ga mos kelishini ko’rsating. Ma’lumot uchun, 1 dengiz milyasi yer ekvatori aylanasining 1'(bir minut) burchagiga mos keladi.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0