Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 1411 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 5 18 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Ushbu gaplarning qaysi birida // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta qo‘yiladi? A) Hamal keldi // amal keldi. B) Yana uvlar dahshat shamoli// Ko‘kni qora bulut quchadi. C) Ruboiyni ichida o‘qidi// yuzini tabassum qopladi. D) Mening bir jaydari falsafamdir shu// Hargiz iltimosga kuning qolmasin. 2 / 25 Qaysi qo‘shma gap qismlari nisbiy so‘z yordamida birikmagan? A) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi B) Kimning ko‘ngli to‘g’ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g’ri bo‘ladi C) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning barchasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor. D) Qalandarov yugurdagini “Eshon, hoy!”, deb chaqirganda Saida qanchalik xursand bo‘lgan bo‘lsa, buni ko‘rib, ta’bi shunchalik tirriq bo‘ldi 3 / 25 Bobur qaysi tillarda ijod qilgan? A) Turk B) Fors C) O’zbek D) O’zbek va fors 4 / 25 deb so'zi yordamida bog'lanadigan ergash gaplarning kesimi qanday shaklda bo'ladi? A) III shaxs shart mayli shaklida B) III shaxs buyruq mayli shaklida. C) I shaxs buyruq mayli shaklida D) II shaxs buyruq mayli shaklida 5 / 25 Boychiborning oyog’idagi gulmixlarni kim tishi bilan sug’urib oladi? A) Qaldirg’och B) Qorajon C) Barchin D) Alpomish 6 / 25 “Demonkim ko’ngli pok-u, ham ko’zi pok, tili pok-u, so’zi pok-u o’zi pok” – ushbu ta’rif kim haqida? A) Shirin B) Bahrom C) Farhod D) Iskandar 7 / 25 Bog 'lovchi vazifasidagi vositalarni toping. A) Bo'lsa, esa, deb, -sa B) A,B,C C) Nisbiy so'zlar, shuning uchun D) -u,-yu,-da,-ki 8 / 25 Qaysi qatordagi gapda ega olmosh bilan ifodalangan? A) Soddalik –kamtarlik alomatidir B) Iste`dodli adib ko`p nasriy asarlar va dramalar yozdi C) Undan yoqimli va shirin hid kjelardi D) U biz bilan ketishi lozim 9 / 25 Teng bog`lovchilar berilgan qatorni toping A) yoki,zeroki,chunki,-ki B) ammo,biroq balki, agar C) sababli,natijada,va lekin D) va,ham,ammo,lekin 10 / 25 “Agar oshig’lig’im aytsam, kuyub jon-u jahon o’rtar...” deb boshlanuvchi g’azal muallifi kim? A) Alisher Navoiy B) Z. M. Bobur C) Boborahim Mashrab D) Muhammad Rizo Ogahiy 11 / 25 “Ko’zini yog’ bosgan” iborasining ma’nosi to’g’ri izohlangan qatorni toping. A) Ko’rmay qolgan B) Qaysarlik qilgan C) Mag’rurlangan D) Bilib bilmaganga olgan 12 / 25 Ajratilgan izoh bo’lakli gapni toping. A) Qobiljon Umaraliyev, tasviriy san’at o’qituvchisi, to’garak ishini yo’lga qo’yib yubordi. B) Afsuski, yer yuzida urushsiz yashab bo’lmayapti. C) Sa’va, mayna, bulbullar, qanot qoqib kelinglar. D) Bektemir ko’zlarini ochganda, yomg’ir tez va shiddat bilan yog’moqda edi. 13 / 25 Ergashtiruvchi bog'lovchilar yordamida bog'langan ergashgan qo'shma gaplarni toping. A) Odobli odam tabibga o'xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko'ngildagi g'amni quvadi. B) Odob ulug'lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. C) Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir. D) Kishida odob bo'lsa, ilm ham bo'lishi lozim. 14 / 25 Sodda gapni aniqlang A) Qong`iroq chalindi va mashg`ulotlar boshlandi B) Atrof yorishgach biz yo`lga otlandik C) Atrof yorishdi va biz yo`lga otlandik D) Opam ishdan tez qaytdilar 15 / 25 Dedi: “Qaydinsen ey majnuni gumrah?” Dedi: “Majnun vatandin qayda ogoh?” - parcha qaysi asardan olingan, savol- javob kimga tegishli? A) “Layli va Majnun” dostonida Navfal-Majnun B) “Sab’ai sayyor”dostonida Bahrom va Moniy C) “Sab’ai sayyor” dostonida Jo’na va Mas’ud D) “Farhod va Shirin” dostonida Xusrav va Farhod 16 / 25 Teng bog’lovchili bog’langan qo’shma gapni aniqlang. A) Fan qudratli va bepayondir, ammo u mohirlik va halol shug’ullanishni talab qiladi. B) Ko’p bilgan ems, kerakni bilgan dono C) Inson aql va idrok soyasida o’ziga keladigan zarar va zulmlradan saqlanur. D) Donolikning zamiri – sabr- qanoat 17 / 25 Furqatning ijodida nechta ilmiy asar uchraydi? A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 4 ta 18 / 25 “Vasldin so’z derga yo’q yoro …..” tushib qolgan so’zni toping. A) yo qildi B) alam C) bor D) manga 19 / 25 Qaysi qo’shma gap tarkibida nisbiy so’z qo’llangan? A) Shu binafsha bahona bo’ldi-yu gap-gapga ulanib ketdi. B) Binafsha qo’ldan – qo’lga o’tdi. C) Mana, bahor nishonasi hidla, sog’ingandirsan D) Kimki ajdodlar yaratgan boyliklarni bilmasa, demak u nafosatdan bebahra yashagan. 20 / 25 Nisbiy so 'zlar juftligidagi so' roq olmoshlari qaysi gap tarkibida keladi? A) Bu olmoshlarning ishtiroki shart emas. B) Har ikkala gap tarkibida C) Bosh gap gap tarkibida D) Ergash gap tarkibida 21 / 25 Egasi ma`lum gap berilgan qatorni A) Boshqalar ham xayrlashib chiqib ketishdi B) Bunday unvonlar bekorga berilmaydi ,albatta. C) Bugun biznikida qolsangiz bo`lmaydimi? D) Tekslik ufq bilan tutashgan joyda bir suruv qo`y elas-elas ko`zga tashlandi 22 / 25 „Farhod va Shirin“ dostonidagi ushbu misralar kim tomonidan aytilgan? Menga ne yor-u, ne oshiq havasdur, Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur. A) Shirin. B) Mehnbonu. C) Layli. D) Mehr. 23 / 25 Yuklama vositasida bo’g’langan qo’shma gap qaysi qatorda berilgan? A) Kitoblar inson tafakkirining javohirlarini yig’ib, avlodlarga meros qoldiradi. B) Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do’stlardir. C) Oy sekin-sekin havolanib terak bo’yi ko’tarildi-da, qimirlamay qoldi. D) Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat-ikrom bilan qadam qo’ymoq lozim. 24 / 25 “... men turli bo’hton, shaxsiyat va soxtalar bilan ikkinchi oqlanmaydurg’on bo’lib qoralandim. Ko’nglida shamsi g’uboroti, teskarichilik maqsadi bo’lmag’on sodda, vijdonli yigitga xo’rlikdan o’lim tansiqroqdir” – ushbu jumlalar kimning suddagi nutqidan? A) Cho’lpon B) G’. G’ulom C) Fitrat D) A. Qodiriy 25 / 25 Uyushiq bo`lakli gap berilgan qatorni aniqlang A) Birni birov beradi ,ko`pni mehnat beradi B) Butun zamin larzaga keldi C) Saida goh kuyunib,goh achinib gapirib berdi D) Ilk bahor shamollari yoqimli esadi 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6