Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 182 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Tarix olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Quyidagilardan Kiyev Rusidagi vaziyatni yanada murakkablashtirgan omilni aniqlang? A) qonli urushlar B) iqtisodiy inqiroz C) qipchoqlar hujumlari D) nemislar hujumi 2 / 25 2. Ilk o‘rta asrlarda qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda kimlar sarkor ishboshi sifatida faol qatnashganlar? A) Kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar B) Qishloq jamoalarining azolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari C) Kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar D) Mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari 3 / 25 3. “Amir Temur Rusning Oltin O‘rda zulmidan xalos bo‘lishini hamda bu davlatning yuksalishini tezlashtirdi”. Ushbu fikr qaysi kitobdan keltirilgan? A) “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” B) “Ikki buyuk sarkarda” C) “Temur tuzuklari” D) “Buyuk Temur” 4 / 25 4. Alouddin Atomalik Juvayniy tomonidan yozilgan asarni toping. A) ’’Tarixi arba ulus’’ B) ’’Al-Komil fit-tarix’’ C) ’’Tarixi jahonkushoy’’ D) ’’Ravzat us-safo’’ 5 / 25 5. Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Ural va Volga daryosi bo`ylaridan turli davrlarda Movaraunnahr- ga kirib kelgan etnoslar asosan qaysi tillarda so`zlashgan? A) turk va sharqiy Eron B) eftal va oromiy C) turk va xorazm D) sug`d va turk 6 / 25 6. Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi…nishonlandi. A) 2001-yil oktabrda B) 1998-yil oktabrda C) 1999-yil dekabrda D) 2000-yil noyabrda 7 / 25 7. Baronlarning deyarli barchasi qirilib ketgan urush tugagandan to’rt yil o’tgandan so’ng bo’lgan voqeani toping. A) Karl VIII taxtga o’tirdi B) Mo’g’ullarga qarshi kurashda Moskva knyazi dastlabki g’alabaga erishgan C) Ibrohim Lo’diy taxtga o’tirdi D) Genrix VII Tyudor taxtga o’tirdi 8 / 25 8. 1875-1900-yillarda Fransiyaning chet ellarda joylashtirgan kapitali qanchaga oshgan? A) 2,25 barobar B) 7,5 barobar C) 2 barobar D) 3 barobar 9 / 25 9. Yassaviy tariqatining asosida qanday g`oya ilgari suriladi? A) bu dunyo noz-ne`matlaridan bahramand bo`lishning joizligi B) dunyo rohati va farog`atidan voz kechmay, uzlatda toat va ibodat yo`lida zahmat chekish C) kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish D) mehnatsevarlik, odillik, bilimdonlik, 10 / 25 10. Quyidagilardan qay biri o`zini shoir emas, balki adabmuallimi deb hisoblagan? A) Mahmud Qoshg`ariy B) Yusuf Xos Hojib C) Ahmad Yugnakiy D) Ahmad Yassaviy 11 / 25 11. Qaysi atama yunoncha so’zdan olingan bo’lib birgalikda ishlash degan ma`noni anglatadi? A) sindikat B) trest C) kartel D) industriya 12 / 25 12. XX asr boshlarida “ishchi aristokratiyasi” Buyuk Britaniya umumiy ishchilarining necha qismini tashkil qilgan? A) 2/3 ι B) 3/4 ι C) 1/3 ι D) 1/4 ι 13 / 25 13. Qachon industrial davlatlarda aholining qariyb yarmi shaharlarda to`plandi? A) XIX asr boshlarida B) XVII asr oxirlarida C) XIX asr o`rtalarida D) XVIII asr o`rtalarida 14 / 25 14. Amerigo Vespuchchi vatani tarixiga oid to`g`ri javobni toping. A) 1872-yilda Fransiya ta`sirida bo`lgan Rim shahri Italiya qirolligiga qo`shib olindi B) J.Garibaldi Avstriya zulmiga qarshi kurashda Fransiya bilan shartnoma tuzishga erishgan C) J.Garibaldi Palermoni egallaganidan so`ng Neapolga yurish qildi D) Italiyani birlashtirish Sitsiliya qirolligi zimmasiga tushdi 15 / 25 15. Xivaning XVI asrdan 1812-yilga qadar bo`lgan tarixini yozgan tarixchining jiyani nechta asarning muallifi bo`lgan? A) 16 ta B) 15 ta C) 13 ta D) 12 ta 16 / 25 16. O`rta Osiyoga yuborilgan ingliz elchilarining kelgan yillari bilan muvofiqlashtiring? 1.A.Byorns 2.I.Volf 3.A.Murkroft 4.J.Abbot a)1843 -yil b)1844-yil c)1832-yil d)1825-yil A) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a 17 / 25 17. O`rta osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishining nechanchi bosqichida Turkiston viloyati tuziladi? A) )to`rtinchi bosqich B) ikkinchi bosqich C) birinchi bosqich D) uchinchi bosqich 18 / 25 18. Noto`g`ri javobni toping. A) Toxariston Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar o`rnatgan B) O`rta asrlarda “ko`handiz”, “shahriston”, “rabot” deb yuritilgan shaharlarning uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o`rab olingan C) G`arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o`rtasida VI asrning birinchi yarmida iqtisodiy aloqalar faollashdi D) Toxariston nomi qadimda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila – yuechjilar nomidan olingan 19 / 25 19. Quyidagi atamalar juftligidan qaysi biri bir xil ma’noni beradi? A) patent-dividend B) sanoat-industriya C) sudebnik-edikt D) deklaratsiya-bill 20 / 25 20. Qaysi ijtimoiy-siyosiy ta`limot hokimiyat tepasida turgan sanoat burjuaziyasining g`oyasi sifatida paydo bo`ldi? A) sotsializm B) konservatizm C) liberalizm D) neokonservatizm 21 / 25 21. Qaysi shayboniy hukmdorlar o`z davrining nihoyatda o`qimishli kishilari bo`lganlar? 1.Ubaydulloxon 2.Shayboniyxon 3.Abdulazizxon 4.Abdullaxon 5.Ko`chkunchixon A) 2,3,5 B) 1,2,5 C) 2,3,4 D) 1,2,4 22 / 25 22. Jaloliddin Manguberdining Jazira va Ko’niya hukmdorlariga Jaloliddindan hokimiyatni tortib olish maqsadida maktub yozgan bosh vaziri kim? A) Sharofulmulk B) Taynol no’yon C) Sunqurjiq D) Alouddin Qayqubod 23 / 25 23. O`rta Osiyoga Angliya bilan aloqalarni yo`lga qo`yish uchun yuborilgan elchi qachon Buxoroga kelgan? A) 1832-yilda B) 1825-yilda C) 1843-yilda D) 1844-yilda 24 / 25 24. Muhammad Alixon davri voqealari batafsil yoritilgan asarning muallifi kim? A) Ali Mirzo B) Muhammad Yunus C) Shermuhammad Avazbiy D) Rizo Ernazarbiy 25 / 25 25. Qadimda Qashqadaryoning sharqiy qismi qanday atalgan? A) Yerqo`rg`on B) Nautaka C) Afrosiyob D) Uzunqir 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz