9-sinf Biologiya olimpiada №2

0

9-sinf Biologiya olimpiada №2

2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 25

1. Gul formulasi Gk(5)Gt(5)Ch5U1 bo‘lgan oilaning nechta turi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan?

2 / 25

2. Turp o‘simligi hayotining ikkinchi yilida qaysi vegetativ organlarni hosil qiladi.

3 / 25

3. Baliqlarning jabralari... (1) qismlardan iborat bo‘lib, gaz almashinuvi... (2) qismida sodir bo‘ladi. a) jabra ravoqlari; b) jabra varaqlari; c) jabra qilchalari; d) jabra qopqog‘i; e) jabra varaqlaridagi kapillarlar; f) jabra qilchalaridagi kapillarlar.

4 / 25

4. Olti ilmoqli lichinka qaysi organizmda rivojlanadi?

5 / 25

5. Qalampir(a) no`xat(b) bug’doy(c) makkajo`xori(d) ning bitta mikrosporasidagi xromosomalar sonini ko`rsating?

6 / 25

6. Qaysi javobda hasharotlarga mansub bo‘lgan entomofaglar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) ninachi; 2) falanga; 3) zlatka; 4) tugmacha qo‘ng‘iz;5) tillako‘z; 6) chigirtka

7 / 25

7. Qaysi qonunga ko`ra kelib chiqishi jihatdan yaqin turlar va avlodlar o`zlaridagi irsiy o`zgaruvchanligi bilan bir-biriga o`xshash bo`ladi?

8 / 25

8. Faqat o‘ng yarim sharda (a), chap yarimsharda (b) va ikkala yarim sharda ham uchraydigan nerv markazlari juftlang. hid bilish; 2) siypalash (o‘ng qo‘l); 3) o‘qish; 4) eshitish; 5) moljal olish (o‘zi turgan joyni aniqlash); 6) hisoblash; 7) yozuv(o‘ng qo‘l); 8) ko‘rish; 9) siypalash (chap qoi); ohang, intonatsiya; 11) gapirish; 12) geometrik shakllarni aniqlash markazi.

9 / 25

9. i-RNK da U-25% va A-15% bo`lsa teskari transkripsiya jarayonida hosil bo`lgan DNK qo`sh zanjiridagi fosfodiefir bog`lar sonini aniqlang.

10 / 25

10. Mitoxondrada kechuvchi energiya almashinuviga xos bo`lmagan xususiyatni aniqlang

11 / 25

11. Yuksak o`simliklarning eng tubani (a) va eng yuksagi (b) sanalgan bo`lim vakillarini ko`rsating? 1.funariya; 2.zuhrasoch; 3.virgin; 4.matur; 5.sershox qirqbo`g`im; 6.ulotriks; 7.suv qirqqulog`i; 8.saur; 9.olabo`ta; 10.xolmon

12 / 25

12. Koala va kojan uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini sut bilanboqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘I kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi;5) barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilanqoplangan; 7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi;8) primatlar turkumiga kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi;10) kloakasi bo‘lmaydi

13 / 25

13. Noto‘g‘ri fikrni aniqlang. 1) 1 gr yog‘ paj-chalanganda 9,3 kj energiya ajraldi; 2) shartli refleks hosil bo‘lishi uchun oldin shartli ta’sirlovchi bo‘lishi kerak; 3) oqimtir yadro targ‘il tana ishi boshqaradi; 4) gipogiz funksiyasi o‘rta miyadagi gipotalamusdan ajralgan neyrogormon-lar ta’sirida boshqariladi; 5) qo‘l kafti suyaklari 15-16 yoshda suyaklanib bo‘ladi; 6) vazopressin garmoni yurak ishi tezlatib qon bosimini tushiradi; 7) bir sutkada 1200-1500 ml limfa hosil bo‘ladi; 8) terining derma qavatida yog* bezlari bo'ladi; 9) hid bilish retseptorlari soni 30-40 mln. atrofida; langergans orolchalarida insulin fermenti sinezlanadi.

14 / 25

14. 3-bosqichda 144 malekula ATF hosil bo`lgan bo`lsa, 2-bosqicha ATF da to`plangan energiya(kj) miqdorini(a) va shu vaqtda xloraplastlarda sintezlanga ATF mol miqdorini(b) aniqlang.

15 / 25

15. Quyidagi kloakali hayvonlar ichidan chap qorincha (a) o`ng bo`lmacha (b) ega bo`lganlarini juftlab ko`rsating? 1) triton; 2) gavial; 3) zog`cha; 4) yehidna; 5) kapcha; 6) salamandra; 7) qizilto`sh; 8) o`rdakburun; 9) qalqontumshuq.

16 / 25

16. Translatsiya va transkripsiya jarayoni sitoplazmada kechuvchi organizmlarni ko`rsating. 1.xrokok 2.usneya 3.nostok 4.temir bakteriyasi 5.klodoniya 6.amyoba 7.tripanasoma 8.ossilatoriya

17 / 25

17. Endokrin sistemaga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayrisimon bezning chaqaloqdagi massa 12 gr; 2) gipofiz o‘rta miya asosida turk egarchasi sohasida joylashgan; 3) epifiz bezidan intermidin gormoni ajralib chiqadi; 4) gipofiz faoliyati gipotalamusdagi neyrogormonlar ta’sirida boshqariladi; 5) gipotireoz kasalligida nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 6) Bazedov kasalligida uyquszlik, yurak o‘ynashi kabi holatlar kuzatiladi; 7)katexolamin to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi; 8)gipofizning orqa bo‘lagidan ADG gormoni ajraladi; 9) buyrakusti bezining po‘stloq qavatidan yurak faoliyatiga ta’sir etadigan gormonlar ajraladi; 10) qalqon orqa bezining massasi 0,2 gr ni tashkil etadi.

18 / 25

18. Xirzutum g‘o‘zasida urug'lanish natijasida birnechta zigota hosil bo‘ldi. Zigotalarda gixromosomalarning umumiy soni 6240 ta bo'lsa,tuxum hujayrani urug'lantirishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping.

19 / 25

19. Qaysi javobda kalxat (a) va tasqara (b) uchun xos belgilar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan? 1) dumi ayri; 2) o‘lkamizdagi qushlarning eng yirigi;3) boshidagi patlari siyrak; 4) qanotlari keng va uzun;5) Markaziy Afrikada qishlaydi; 6) daraxt shoxiga in quradi;7) oqish patlari panjasimon yoziladi; 8) havoda balanduchadi; 9) yerda beso‘naqay qadam tashlaydi; 10) o‘laksalarbilan oziqlanadi; 11) sayhonlikda o‘laksa izlaydi;12) tirnoqlari kuchsiz

20 / 25

20. To`pguli shoxlangan gulpoyaga ega bo`lmagan o`simliklar qatorini tanglang? 1) nastarin; 2) qurttana; 3) bodiyon; 4) zubturum; 5) olcha; 6) oqqayin; 7) bo`tako`z; 8) qashqarbeda.

21 / 25

21. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang.

22 / 25

22. Hidni yaxshi ajrata olmaydigan,jish bolalaydigan yirtqichlarni ajrating 1) lochin; 2) korsak; 3) yaguar; 4) qarchig`ay; 5) latcha; 6) silovsin; 7) sarisor; 8) bo`rsiq.

23 / 25

23. Eng kichik sistematik birliklarni ko`rsating? 1) oddiy qarag`ay; 2) oddiy xlorella; 3) yapon laminariyasi; 4) sershox qirqbo`g`im; 5) sharq sauri; 6) buxoro otostegiyasi; 7) drobov tangao`ti; 8) rafiya palmasi.

24 / 25

24. Selluloza qobig`iga ega bo`lgan organizmga zarar keltiruvchi eukariot(a) va prokariot(b) organizmni ko`rsating. 1.gommoz bakteriyasi 2.vertitsil qo`zg`atuvchisi 3.qorakuya zamburug`i 4.bo`rtma nemotoda 5.agrobakterium 6.zang kasalligini qo`zg`atuvchisi 7.temir bakteriyasi

25 / 25

25. Qora kalamushning zigotasi 4 marata meridianal bo`lingandan so`ng uning blastulasidagi blastamerlarida jami xromasomalr soni 2688 taga yetgan bo`lsa, uning tuxum hujayrasidagi xromasomalar sonini aniqlang.

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0