Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 9-sinf Biologiya olimpiada №2 Biologiya olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Biologiya olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 355 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 2 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Biologiya olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Kartoshka o‘simligi qaysi oila (a) va turkum (b)ga mansub ekanligini aniqlang. A) a – ituzumdoshlar; b – ituzum B) a – ituzumdoshlar; b – baqlajon C) a – ituzumdoshlar; b – kartoshka D) a – karamdoshlar; b – ituzum 2 / 25 2. Ayirish sistemasi bir uchi berk naychalardan iborat organizmlar qatorini aniqlang. A) midiya, bitiniya B) dengiz ko‘p tuklisi, nereida C) exinokokk, planariya D) omar, langust 3 / 25 3. Qaysi javobda hasharotlarga mansub bo‘lgan entomofaglar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) ninachi; 2) falanga; 3) zlatka; 4) tugmacha qo‘ng‘iz;5) tillako‘z; 6) chigirtka A) 5, 6 B) 1, 4 C) 3, 4 D) 1, 2 4 / 25 4. Endokrin sistemaga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayrisimon bezning chaqaloqdagi massa 12 gr; 2) gipofiz o‘rta miya asosida turk egarchasi sohasida joylashgan; 3) epifiz bezidan intermidin gormoni ajralib chiqadi; 4) gipofiz faoliyati gipotalamusdagi neyrogormonlar ta’sirida boshqariladi; 5) gipotireoz kasalligida nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 6) Bazedov kasalligida uyquszlik, yurak o‘ynashi kabi holatlar kuzatiladi; 7)katexolamin to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi; 8)gipofizning orqa bo‘lagidan ADG gormoni ajraladi; 9) buyrakusti bezining po‘stloq qavatidan yurak faoliyatiga ta’sir etadigan gormonlar ajraladi; 10) qalqon orqa bezining massasi 0,2 gr ni tashkil etadi. A) 2, 4, 5, 8, 9 B) 2, 3, 5, 9, 10 C) 1,4, 6, 7, 8 D) 1, 4, 6, 8, 9 5 / 25 5. Osiyo chigirtkasi (a) tunlam(b) kolorado(c) zarar keltiradigan oilalarning o’ziga xos xususiyatlari bilan juftlab ko`rsating? 1.ostgulkosachasining bo`lishi; 2.gajak to`pgulli; 3.ostki va ustki gul qipig`iga ega; 4.barg navi; 5.barg qini; 6.changchi iplari urug`chini o`rab turishi; 7.o`troq changchili bo`lishi; 8.urug`chi tumshuqchasi patsimon shoxlanganligi. A) a-3,5,8; b-1,6; c-2,7 B) a-3,4,8; b-1,6; c-2,7 C) a-1,6; b-3,4,8; c-2,7 D) a-3,5,8; b.1,7; c-2,6 6 / 25 6. 3-bosqichda 144 malekula ATF hosil bo`lgan bo`lsa, 2-bosqicha ATF da to`plangan energiya(kj) miqdorini(a) va shu vaqtda xloraplastlarda sintezlanga ATF mol miqdorini(b) aniqlang. A) a-8, b-8640 B) a-7, b-5040 C) a-2, b-1080 D) a-5, b-2700 7 / 25 7. Koala va kojan uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini sut bilanboqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘I kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi;5) barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilanqoplangan; 7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi;8) primatlar turkumiga kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi;10) kloakasi bo‘lmaydi A) 3, 4, 6, 7 B) 3, 5, 7, 9 C) 1, 2, 6, 10 D) 1, 5, 8, 9 8 / 25 8. Quyidagi kloakali hayvonlar ichidan chap qorincha (a) o`ng bo`lmacha (b) ega bo`lganlarini juftlab ko`rsating? 1) triton; 2) gavial; 3) zog`cha; 4) yehidna; 5) kapcha; 6) salamandra; 7) qizilto`sh; 8) o`rdakburun; 9) qalqontumshuq. A) a-2,6,4,5,7,8; b-1,6,9,5 B) a-3,4,7,6,9; b-2,3,5,9 C) a-2,3,4,7,8; b-1,2,7,4,8 D) a-3,4,8,5,1; b-1.6.2.9.5 9 / 25 9. Eng kichik sistematik birliklarni ko`rsating? 1) oddiy qarag`ay; 2) oddiy xlorella; 3) yapon laminariyasi; 4) sershox qirqbo`g`im; 5) sharq sauri; 6) buxoro otostegiyasi; 7) drobov tangao`ti; 8) rafiya palmasi. A) 1,2,4,5 B) 2,6,7,8 C) 1,2,3,4,5 D) barchasi 10 / 25 10. Qaysi qonunga ko`ra kelib chiqishi jihatdan yaqin turlar va avlodlar o`zlaridagi irsiy o`zgaruvchanligi bilan bir-biriga o`xshash bo`ladi? A) irsiy o`zgaruvchanlikning gomologik qatorlar B) mustaqil holda irsiylanish C) birikkan holda irsiylanish D) retsessiv genlarning markazdan chetga chiqish qonuni 11 / 25 11. Juft (a) va toq (b) ayirish organlariga ega bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating. 1) letyaga; 2) kalmar; 3) ay-ay; 4) kanna; 5) bitiniya; 6) tridakna; 7) dafniya; 8) nereida; 9) dreysena; 10) perlovitsa; 11) semga. A) a-1, 3,4,7,8, 11; b-2, 5, 6,9, 10 B) a-1,4, 7, 8,11; b-2, 3, 5, 6, 9, 11 C) a-1, 3, 4,7,8; b-2, 5, 6, 9,10, 11 D) a-1, 3, 7, 8; b-2,4, 5, 6, 9, 10, 11 12 / 25 12. Urug`chi tumshuqchasi patsimon shohlangan oila vakillarining zararkunandalarini ko`rsating? 1)zang zamburug`i; gommoz; 3) osiyo chigirtkasi; 4) tunlam; 5) xasva; 6) vertitsil; 7) bo`rtma nematoda; 8) qorakuya zamburug`i; 9) kolorodo qo`ng`izi. A) 3,4,5,7 B) 2,4,6,7 C) 1,5,6,8 D) 1,3,5,8 13 / 25 13. Translatsiya va transkripsiya jarayoni sitoplazmada kechuvchi organizmlarni ko`rsating. 1.xrokok 2.usneya 3.nostok 4.temir bakteriyasi 5.klodoniya 6.amyoba 7.tripanasoma 8.ossilatoriya A) 4,7,6 B) 6,7,2 C) 2,3,4 D) 1,4,8 14 / 25 14. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang. A) 128 B) 64 C) 256 D) 512 15 / 25 15. Olti ilmoqli lichinka qaysi organizmda rivojlanadi? A) chuchuk suv shillig‘ida B) odam ichagida C) qoramolda D) yirtqich hayvonlarning jigarida 16 / 25 16. To`pguli shoxlangan gulpoyaga ega bo`lmagan o`simliklar qatorini tanglang? 1) nastarin; 2) qurttana; 3) bodiyon; 4) zubturum; 5) olcha; 6) oqqayin; 7) bo`tako`z; 8) qashqarbeda. A) 2,3,7,8 B) 2,4,5,6,7,8 C) 1,4,5,7,8 D) 1,3,6,8 17 / 25 17. Qora kalamushning zigotasi 4 marata meridianal bo`lingandan so`ng uning blastulasidagi blastamerlarida jami xromasomalr soni 2688 taga yetgan bo`lsa, uning tuxum hujayrasidagi xromasomalar sonini aniqlang. A) 18 B) 21 C) 19 D) 20 18 / 25 18. Mitoxondrada kechuvchi energiya almashinuviga xos bo`lmagan xususiyatni aniqlang A) sut kislotani oksidlanishi B) kislorodni hosil bo`lishi C) kislorodni sarflanishi D) karbanat angidiritni ajralishi 19 / 25 19. Qushlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating. 1) birinchi tartib patlari bilak suyaklariga birlashgan; 2) tishlari bo‘lmaydi; 3) to‘ti kabi qushlarda ikkinchi signal sistemasi shakllangani uchun, og‘zaki nutq mavjud; 4) arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan; 5) tuyaqushning erkagining patlari qora, dumi va qanotlarining uchidagi patlari kulrang; 6) qushlarni xatti-harakati bosh miyasining oldingi yarimsharlari bilan bo‘ladi; 7) o‘ng bo‘lmacha sistolasi vaqtida arterial qon o‘ng qorinchaga o‘tadi; 8) gastruliyatsiya jarayoni qat-qat bo‘lib embrion varaqlari hosil boiadi; 9) bulbullar tropic Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi; 10) ichak epiteliysi embrionning endoderma qavatidan rivojlanadi. . A) 1, 3, 5, 7, 9 B) 2,4, 6, 8, 10 C) 1,4, 6, 7, 9 D) 2, 3, 5, 8, 10 20 / 25 20. Yuksak o`simliklarning eng tubani (a) va eng yuksagi (b) sanalgan bo`lim vakillarini ko`rsating? 1.funariya; 2.zuhrasoch; 3.virgin; 4.matur; 5.sershox qirqbo`g`im; 6.ulotriks; 7.suv qirqqulog`i; 8.saur; 9.olabo`ta; 10.xolmon A) a-2,5,7; b-4,9,10 B) a-1; b-3,8 C) a-2,7; b-3,4,8,9,10 D) a-1; b-4,9,10 21 / 25 21. Qirqquloqlarning gametofiti uchun xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmagan (b) javobni belgilang. 1) jinsiy bo‘g‘in hisoblanadi; 2) zigota hosil qiladi; 3) sporangiyga ega; 4) ildizpoyali o‘simlik; 5) fotosintez qiladi; 6) poya-bargli o'simlik; 7) ko‘p hujayrali anteridiyga ega. A) a-1,2 b-5,6 B) a-5,7 b-1,4 C) a-3,6 b-1,2 D) a-2,7 b-3,4 22 / 25 22. Odam qon aylanish sistemasining qaysi qismlari karbonat angidridga to‘yingan qon harakatini ta’minlaydi?. 1) ikki tavaqali klapin; 2) chap qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 3) uch tavaqali klapan; 4) o‘ng qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 5) pastki kovak vena; 6) o‘pka arteriyasi; 7) buyrak arteriyasi; 8) o‘pka venalari. A) 3,4, 8 B) 5, 6, 7 C) 3, 4, 6 D) 1, 2, 8 23 / 25 23. i-RNK da U-25% va A-15% bo`lsa teskari transkripsiya jarayonida hosil bo`lgan DNK qo`sh zanjiridagi fosfodiefir bog`lar sonini aniqlang. A) 198 B) 188 C) 168 D) 178 24 / 25 24. Qalampir(a) no`xat(b) bug’doy(c) makkajo`xori(d) ning bitta mikrosporasidagi xromosomalar sonini ko`rsating? A) a-24; b-7; c-7; d-10 B) a-48; b-7; c-14; d-10 C) a-48; b-14; c-7; d-20 D) a-14; b-7; c-7; d-48 25 / 25 25. To‘g‘ri rivojlanuvchi germafrodit (a) va noto‘g‘ri (b) rivojlanuvchi ayrim jinsli organizmlarni aniqlang. 1) echkemar; 2) maxaon; 3) planariya; 4) qizil chuvalchang; 5) qutb meduzasi; 6) perlovitsiya; 7) triton; 8) rishta A) a-1, 4; b-2, 6 B) a-2, 6; b-3, 5 C) a-4, 7; b-1, 8 D) a-3,4 ; b-7, 8 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6