9-sinf Biologiya olimpiada №2

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

9-sinf Biologiya olimpiada №2

2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 25

1. Odam yuragining chap bo‘lmachasi diastola holatida bo‘lgan vaqtda …

1) ikki tavaqali klapan yopiq bo‘ladi; 2) qorincha sistola holatida bo‘ladi; 3) yarimoysimon klapan yopiq bo‘ladi; 4) sistolik bosim kuzatiladi; 5) qorincha diastola holatida bo‘ladi

2 / 25

2. Qirqbo‘g‘imlarning sporofiti uchun xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmagan (b) javobni belgilang.

1) zigotadan rivojlanadi; 2) mustaqil oziqlanadi; 3) sporadan rivojlanadi; 4) gametofit hisobiga oziqlanadi; 5) oziq modda to‘playdi; 6) jinsiy bo‘g‘in hisoblanadi; 7) poya-bargli o‘simlik

3 / 25

3. Selluloza qobig`iga ega bo`lgan organizmga zarar keltiruvchi eukariot(a) va prokariot(b) organizmni ko`rsating. 1.gommoz bakteriyasi 2.vertitsil qo`zg`atuvchisi 3.qorakuya zamburug`i 4.bo`rtma nemotoda 5.agrobakterium 6.zang kasalligini qo`zg`atuvchisi 7.temir bakteriyasi

4 / 25

4. Dengiz mushugi (a) va tulen (b) bolalari uchun xosxususiyatlar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) qishda tug‘iladi; 2) terisi oq jun bilan qoplangan; 3) terisiqora jun bilan qoplangan; 4) yoz boshlarida tug‘iladi;5) momiq juni dag‘al jun bilan almashgandan so‘ng suzaboshlaydi; 6) suza boshlagandan so‘ng dag‘al juni momiq junbilan almashinadi

5 / 25

5. Urug`chi tumshuqchasi patsimon shohlangan oila vakillarining zararkunandalarini ko`rsating? 1)zang zamburug`i; gommoz; 3) osiyo chigirtkasi; 4) tunlam; 5) xasva; 6) vertitsil; 7) bo`rtma nematoda; 8) qorakuya zamburug`i; 9) kolorodo qo`ng`izi.

6 / 25

6. Qora kalamushning zigotasi 4 marata meridianal bo`lingandan so`ng uning blastulasidagi blastamerlarida jami xromasomalr soni 2688 taga yetgan bo`lsa, uning tuxum hujayrasidagi xromasomalar sonini aniqlang.

7 / 25

7. Juft (a) va toq (b) ayirish organlariga ega bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating. 1) letyaga; 2) kalmar; 3) ay-ay; 4) kanna; 5) bitiniya; 6) tridakna; 7) dafniya; 8) nereida; 9) dreysena; 10) perlovitsa; 11) semga.

8 / 25

8. Qushlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating. 1) birinchi tartib patlari bilak suyaklariga birlashgan; 2) tishlari bo‘lmaydi; 3) to‘ti kabi qushlarda ikkinchi signal sistemasi shakllangani uchun, og‘zaki nutq mavjud; 4) arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan; 5) tuyaqushning erkagining patlari qora, dumi va qanotlarining uchidagi patlari kulrang; 6) qushlarni xatti-harakati bosh miyasining oldingi yarimsharlari bilan bo‘ladi; 7) o‘ng bo‘lmacha sistolasi vaqtida arterial qon o‘ng qorinchaga o‘tadi; 8) gastruliyatsiya jarayoni qat-qat bo‘lib embrion varaqlari hosil boiadi; 9) bulbullar tropic Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi; 10) ichak epiteliysi embrionning endoderma qavatidan rivojlanadi. .

9 / 25

9. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang.

10 / 25

10. Quyidagi kloakali hayvonlar ichidan chap qorincha (a) o`ng bo`lmacha (b) ega bo`lganlarini juftlab ko`rsating? 1) triton; 2) gavial; 3) zog`cha; 4) yehidna; 5) kapcha; 6) salamandra; 7) qizilto`sh; 8) o`rdakburun; 9) qalqontumshuq.

11 / 25

11. Endokrin sistemaga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayrisimon bezning chaqaloqdagi massa 12 gr; 2) gipofiz o‘rta miya asosida turk egarchasi sohasida joylashgan; 3) epifiz bezidan intermidin gormoni ajralib chiqadi; 4) gipofiz faoliyati gipotalamusdagi neyrogormonlar ta’sirida boshqariladi; 5) gipotireoz kasalligida nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 6) Bazedov kasalligida uyquszlik, yurak o‘ynashi kabi holatlar kuzatiladi; 7)katexolamin to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi; 8)gipofizning orqa bo‘lagidan ADG gormoni ajraladi; 9) buyrakusti bezining po‘stloq qavatidan yurak faoliyatiga ta’sir etadigan gormonlar ajraladi; 10) qalqon orqa bezining massasi 0,2 gr ni tashkil etadi.

12 / 25

12. Sekvoyadendronda struktura, xolmonda energetik, qashqaldoqda quvvat, vertitsillda struktura vazifasini bajaradigan gomopolimerlar qaysi javobda to`g`ri tartibda berilgan?

13 / 25

13. Eng kichik sistematik birliklarni ko`rsating? 1) oddiy qarag`ay; 2) oddiy xlorella; 3) yapon laminariyasi; 4) sershox qirqbo`g`im; 5) sharq sauri; 6) buxoro otostegiyasi; 7) drobov tangao`ti; 8) rafiya palmasi.

14 / 25

14. Baliqlarning jabralari... (1) qismlardan iborat bo‘lib, gaz almashinuvi... (2) qismida sodir bo‘ladi. a) jabra ravoqlari; b) jabra varaqlari; c) jabra qilchalari; d) jabra qopqog‘i; e) jabra varaqlaridagi kapillarlar; f) jabra qilchalaridagi kapillarlar.

15 / 25

15. Qaysi qonunga ko`ra kelib chiqishi jihatdan yaqin turlar va avlodlar o`zlaridagi irsiy o`zgaruvchanligi bilan bir-biriga o`xshash bo`ladi?

16 / 25

16. Xirzutum g‘o‘zasida urug'lanish natijasida birnechta zigota hosil bo‘ldi. Zigotalarda gixromosomalarning umumiy soni 6240 ta bo'lsa,tuxum hujayrani urug'lantirishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping.

17 / 25

17. Tana massasi qancha (a) bo‘lgan odam bir kech-kunduzda asosiy moddalarni taminlash uchun 1920 kkal energiya sarflangan. Shu odam tana xarorati doimiyligini taminlash uchun bir sutkada 1400 kkal energiya sarflangan bo‘lsa, bu odam ozuqa moddalardan parchalangan energiyasi miqdori qancha (b) va to‘qim va organlarni hayotiy jarayonlarini taminlash uchun (c) qancha energiya sarflanadi?

18 / 25

18. Olti ilmoqli lichinka qaysi organizmda rivojlanadi?

19 / 25

19. Mitoxondrada kechuvchi energiya almashinuviga xos bo`lmagan xususiyatni aniqlang

20 / 25

20. Hidni yaxshi ajrata olmaydigan,jish bolalaydigan yirtqichlarni ajrating 1) lochin; 2) korsak; 3) yaguar; 4) qarchig`ay; 5) latcha; 6) silovsin; 7) sarisor; 8) bo`rsiq.

21 / 25

21. Qirqquloqlarning gametofiti uchun xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmagan (b) javobni belgilang. 1) jinsiy bo‘g‘in hisoblanadi; 2) zigota hosil qiladi; 3) sporangiyga ega; 4) ildizpoyali o‘simlik; 5) fotosintez qiladi; 6) poya-bargli o'simlik; 7) ko‘p hujayrali anteridiyga ega.

22 / 25

22. Faqat o‘ng yarim sharda (a), chap yarimsharda (b) va ikkala yarim sharda ham uchraydigan nerv markazlari juftlang. hid bilish; 2) siypalash (o‘ng qo‘l); 3) o‘qish; 4) eshitish; 5) moljal olish (o‘zi turgan joyni aniqlash); 6) hisoblash; 7) yozuv(o‘ng qo‘l); 8) ko‘rish; 9) siypalash (chap qoi); ohang, intonatsiya; 11) gapirish; 12) geometrik shakllarni aniqlash markazi.

23 / 25

23. Qaysi javobda kalxat (a) va tasqara (b) uchun xos belgilar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan? 1) dumi ayri; 2) o‘lkamizdagi qushlarning eng yirigi;3) boshidagi patlari siyrak; 4) qanotlari keng va uzun;5) Markaziy Afrikada qishlaydi; 6) daraxt shoxiga in quradi;7) oqish patlari panjasimon yoziladi; 8) havoda balanduchadi; 9) yerda beso‘naqay qadam tashlaydi; 10) o‘laksalarbilan oziqlanadi; 11) sayhonlikda o‘laksa izlaydi;12) tirnoqlari kuchsiz

24 / 25

24. Osiyo chigirtkasi (a) tunlam(b) kolorado(c) zarar keltiradigan oilalarning o’ziga xos xususiyatlari bilan juftlab ko`rsating? 1.ostgulkosachasining bo`lishi; 2.gajak to`pgulli; 3.ostki va ustki gul qipig`iga ega; 4.barg navi; 5.barg qini; 6.changchi iplari urug`chini o`rab turishi; 7.o`troq changchili bo`lishi; 8.urug`chi tumshuqchasi patsimon shoxlanganligi.

25 / 25

25. Translatsiya va transkripsiya jarayoni sitoplazmada kechuvchi organizmlarni ko`rsating. 1.xrokok 2.usneya 3.nostok 4.temir bakteriyasi 5.klodoniya 6.amyoba 7.tripanasoma 8.ossilatoriya

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0