Uy » Abituriyent » Blok testlar » Tarix va Geografiya yo’nalishi №1 Blok testlar Tarix va Geografiya yo’nalishi №1 InfoMaster May 4, 2022 455 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tarix va Geografiya yo'nalishi №1 Asosiy fanlar: ? Tarix (3.1 ball) ? Geografiya (3.1 ball) Majburiy fanlar: ? Matematika (1.1 ball) ? Ona tili (1.1 ball) ? O'zbekiston tarixi (1.1 ball) 1 / 90 1. Eskilik bilan yengilik, eski va yangi dunyo o‘rtasidagi kurash mavzusi Amerikaning qaysi yozuvchilar asarlarida aks etgan? A) Mark Tven, Genri Longfello B) Mark Tven, Jon Kopli C) Uolt Uitmen, Mark Tven D) Uolt Uitmen, Genri Longfello 2 / 90 2. Bir vaqtda sodir bo’lgan voqealarni belgilang? A) Quyosh xudosi Amon Ra firavnlarning bosh homiysi va ilohiga aylandi va eneolit davri nihoyasiga yetdi B) Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi yirik qudratli davlatga aylandi va Sargon I shumer va akkad shaharlarini o’z hokimiyati ostida birlashtirdi C) So’ngi Misr podsholigiga asos solindi va Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi D) Shumerlar jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri mixxatni ixtiro qilishdi va neolit davri boshlandi 3 / 90 3. Yaponiyada hokimiyatni Mikado-imperator boshqara boshlagan asrda bo’lib o’tgan voqealarni toping. 1)Xitoyda ipakdan shoyi so’zana – panno to’qish ixtiro qilindi; 2)Xitoyda paxtadan gazlama tayyorlash yo’lga qo’yildi; 3)asteklar Tenochtitlan shahriga asos soldilar 4)mo’g’ullarning ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat mulkiy tabaqalanish kuchaya boshladi 5)nemis feodallari urush boshladi 6)Yevropaning yirik shaharlarida dastlabki universitetlar ochila boshladi A) 2,3,5,6 B) 3,4,5,6 C) 1,3,4,6 D) 1,2,3,4 4 / 90 4. Simoneseki sulhiga ko’ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo’lga kiritgan edi? A) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini B) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini C) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini D) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini 5 / 90 5. “Tarbiyayi atfol” ni tashkil qilgan shaxslarni aniqlang. 1. Hoji Rafiy 2. A.Fitrat 3. Mirzo Abduvohid 4. Hamidxo’ja Mehriy 5. A.Avloniy 6. Usmonxo’ja 7. Muhammadxo’ja 8. Munavvar Qori9. Shakuriy A) 1,3,5,8,9 B) 1,2,3,4,5,6 C) 1,3,4,6,7 D) 2,4,6,8,9 6 / 90 6. Qarz yoki kreditni to'lash shartlarini qayta ko'rib chiqish va o'zgartirish nima deyiladi? A) Subsidiya B) Restrukturizatsiya C) Integratsiya D) Kapital 7 / 90 7. Rasmda berilgan tarixiy shaxs bilan bog’liq unga oid ma’lumotdni aniqlang. A) O’z maktubida Buxoro Hindiston birgalikda Eronga yordam ko’rsatishi zarurligini ta’kidlagan; B) Safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qilishga intilgan; C) Xurosonning Marv, Nishopur, Mashhad kabi yirik shaharlarini egallaydi; D) O’z maktunida Eronni o’zaro taqsimlab olishni taklif qilgan; 8 / 90 8. Xiva xoni Muhammad Rahimxon I ga tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurashda o`z raqiblarini birin- ketin bo`ysundira bordi? A) savdogarlar va ruhoniylar tabaqasi B) urug` oqsoqollari va ruhoniylar tabaqasi C) yirik zodagonlar va ruhoniylar tabaqasi D) “xon ” navkarlari deb atalgan muntazam qo`shin 9 / 90 9. Quyidagi olimlarni millatiaga qarab moslashtiring. 1. E.Rezerford 2.A.Bekkerel3. S.Arrenius 4. F.A.Lesh5. R.Virxov a) fransuzb) rus c) ingliz d) shved e) nemis A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-e, 5-b B) 1-b, 2-e, 3-c, 4-d, 5-a C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-e, 5-c D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b, 5-e 10 / 90 10. Quyidagi Lotin Amerikasi davlatlarining qaysi birining mustaqilligi muvufiq keladi? A) 1-3-5-7 B) 2-3-5-6 C) 1-2-5-6 D) 2-4-6-8 11 / 90 11. Milliy Markaz – Turkistono’lkamusulmonlarkengashitashkil etilgach, kimlar rais kotiblari bo’lishgan? A) Islom Shahmedov, Zaki Validiy B) Mustafo Cho’qay, Islom Shoahmedov C) Behbudiy, Munavvarqori D) Munavvarqori, Zaki Validiy 12 / 90 12. Quyidagilardan qabilalar bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang. A) Etrusklar – Italiyaning shimoli-g’arbiy qismida joylashgan; B) Karfagenliklar – Afrikaning shimoliy qismida joylashgan Yunon koloniyasi C) Lig’urlar – Italiyaning eng qadimgi qabilalaridan biri bo’lib, chorvachilik bilan shug’ullangan; D) Lotinlar – Tibr daryosi bo’yida joylashgan daryo va botqoqlik lotinlarni qo’shni qabilalardan hujumlaridan himoya qilar edi; 13 / 90 13. Quyidagi javoblarni moslashtiring. 1)Rossiyaning Bolqon yarim orolidagi manfaatlarini mensimay Avstriya- Vengriyani Bolqon siyosatini qo’llab quvvatlagan davlat 2)XIX asr oxiri – XX asr boshida sanoat ishlab chiqarish hajmi 2 marta kamaygan davlat 3)XIX asr oxiriga kelib xorijiy davlatlar 3 mlrd dollar kapital kiritgan davlat 4)AQSH asoratli shartlar asosida qarz bergan davlatlardan bir A) 1-Germaniya, 2-B. Britaniya, 3-AQSH, 4-Gonduras B) 1-B. Britaniya, 2-Germaniya, 3-Germaniya, 4-Nikaragua C) 1-Germaniya, 2-B. Britaniya, 3-AQSH, 4-Kosta-Rika D) 1-Germaniya, 2-Fransiya, 3-AQSH, 4-Gvatemala 14 / 90 14. Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» korxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilingan yildan keyin sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) «O‘zbekiston havo yo‘llari» zamonaviy havo kemalari bilan ta’minlandi. B) Toshkent xalqaro aeroportiga Islom Karimov nomi berildi C) Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 7,1 kilometr bo’lgan Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi olib borilmoqda D) Afrosiyob tezyurar poyezdining Toshkent–Xiva yo‘nalishi ishga tushirildi. 15 / 90 15. Napaleon Bonapartni Fransiyada obro‘sini ko‘tarib yuborgan voqea nima edi? A) Mirga qilgan urushi B) Italiyaga qilingan yurish va uning bo‘ysundirilishi C) Yirik davlatlar bilan yaxshi aloqalar D) Qirol hokimiyatini Napaleonga berilishi 16 / 90 16. Buxoro amirligi qo‘shinida to‘plarning sozligi kimlarning nazoratida bo'lgan? A) rus va nemis mutaxassislari B) rus va fransuz mutaxassislari C) fransuz va fors mutaxassislari D) rus va fors mutaxassislari 17 / 90 17. Qaysi qatorda Fransiya qiroli Filipp IV hukmronligi bilan bog’liq ma’lumotlar ko’rsatilgan? 1)Normandiya Angliyadan tortib olindi 2)Shampan grafligi va Lion viloyati qirol domeniga qo’shib olindi 3)cherkov yerlari soliqqa tortildi 4)General shtatlar chaqirildi A) 1.4 B) 2.4 C) 3.4 D) 2,3,4 18 / 90 18. Kimni davridaGermaniya Yevropa Ittifoqining yetakchi davlatiga aylandi? A) Gelmut Gol B) Konrad Adenaur C) Angela Markel D) Gerxard Shryoder 19 / 90 19. Jaloliddin Manguberdi bilan bog’liq quyidagi voqealarni yuz berish davriga ko’ra to’g’ri xronologik tartibda belgilang. 1)Gurjiston to’liq egallandi; 2)Isfahon yaqinida mo’g’ullarning Taynol no’yon boshliq qo’shinlarini maglub etadi; 3)U Hindistonda muqim o‘rnashish, ittifoqchilar topish mushkul ekanligini anglab, Iroqqa yo‘l oladi; 4)Xalifa Nosirning 20 ming kishilik qo’shini Basra yaqinidagi jangda tor-mor etildi; 5)Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi; 6)Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari Arzinjon yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchradi; A) 5, 3, 4, 6, 2, 1 B) 5, 3, 4, 2, 1, 6 C) 5, 3, 4, 1, 2, 6 D) 5, 4, 3, 1, 2, 6 20 / 90 20. Quyidagi voqealarni ketma-ketlikda joylashtiring? 1.U.Cherchill Fulton shahrida Vestminster kolleji tinglovchilari oldida so’zga chiqdi 2.O’zaro Iqtisdiy Yordam Kengashi tuzildi 3.J.Marshall Yevropa mamlakatlariga urush oqibatlarini bartaraf qilishda yordam ko’rsatish g’oyasini ilgari surdi 4.NATO tashkil etildi A) 1,2,3,4 B) 3,1,2,4 C) 2,1,3,4 D) 1,3,2,4 21 / 90 21. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy okruglarini ularga mos hududlar bilan muvofiqlashtiring. 1)Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari 2)Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari 3)Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari 4)Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati a) Sharqiy harbiy okrug b) Markaziy harbiy okrug Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug c)Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c 22 / 90 22. Rossiya istilosi natijasida egallangan hududlar bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumotni aniqlang. A) Xo’jand – Qo’qon xonligi bilan Buxoro amirligi o’rtasida joylashgan ushbu shahar podsho qo’shinlari tomonidan 24-may kuni egallandi ; B) O’ratepa - F.Romanovskiy harbiy qo’shinlari ushbu shaharga yetib borgach, shahar uch kun o’qqa tutildi ; C) Jizzax – ushbu shaharni bosib olish uchun bo’lgan jangdaharikkala tomondan 2 mingdan ko’proq kishi halok bo’ldi ; D) Erjar qishlog’i – Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan ushbu hududda podsho qo’shinlari Buxoro amirligi qo’shinlari o’rtasidagi dastlabki jang bo’lib o’tgan 23 / 90 23. Quyidagilardan qaysi birining xronologiyasi to’g’ri kelmaydi ? A) XV asr - Madrasalarda mavjud Olimlar yasovuli paydo bo’lgan ; B) 1819 – Munis Mirxondning « Ravzat us-safo » asarinitarjimaqilishni boshladi ; C) XIX asr – Ahmad Donish amir Muzaffar taklifi bilan « Manozir ul-kavokib » nomli astronomiyaga oid kitob yozgan D) 1857 – Ahmad Donish Amir Nasrullo elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlari bo’ylab sayohat qilgan ; 24 / 90 24. Quyidagilarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1)AQSH va Germaniya o’rtasida jahon elektr bozorini bo’lib olish va o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida shartnoma tuzilgan ; 2)Yevropa shaharlari qurilishida o’zgarishlar yuz bera boshladi ; 3)Millatlararo korporatsiyalar soni 100 taga yetdi ; 4)Mustamlakachilik siyosati natijasida « egallanmagan yerlar »ni bosib olish yakunlandi ; A) 3-4-2-1 B) 2-4-1-3 C) 3-2-1-4 D) 2-3-4-1 25 / 90 25. O’rta asrlarda quyidagi qaysi shaharlarda nomlanishi bir xil bo’lgan inshootlar mavjud? 1. Istanbul. 2. Moskva. 3. Vladimir. 4. Kiyev. 5. Parij. 6. Sevilya A) 5, 6 B) 2, 3, 5 C) 1, 4 D) 1, 2 26 / 90 26. Ilmga bo’lgan chanqoqlik tufayli Buxoro, marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bag’dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini diniy ilmlarini, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf- odatlarini chuqur o’rgangan alloma tavallud topgan yildan 205 yil muqaddam quyidagilardan kim tavallud topgan? A) “Al-jome as-Sahih” asari muallifi; B) “Hidoya” asarining muallifi; C) “Kitob at-Tavhid” asari muallifi; D) “Hayotnoma” asarining muallifi; 27 / 90 27. Quyidagi voqealardan bir yilda yuz berganlarini toping. 1)Eftallar Xitoyga elchi yubordilar; 2)Pero’z eftallarga qarshi yurish qildi; 3)Sosoniyla va Kidariylar o’rtasida jang bo’lib o’tdi: 4)hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg‘adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo‘shinni temirqalpoq (dubulg‘a)lar bilan ta’min etganlar: A) 1.4 B) 3.4 C) 2.4 D) 1.3 28 / 90 28. Quyidagilardan nisbatan keyinroq sodir bo'lgan voqeani aniqlang. A) Tojikiston ASSR o'rniga Tojikiston SSR tashkil topdi va u O'zbekiston SSR tarkibidan chiqdi B) Samarqandshahridabo'lib o'tgantasisqurultoyida O'zbekiston komsomoliga asos solindi C) Qoraqolpog'iston Qozog'iston ASSR tarkibiga kiritildi D) To'rtko'lda dehqon, batrak va qizil askar deputatlari Qoraqolpoq avtonom viloyati sovetlarining I tasis syezdi bo'lib o'tdi 29 / 90 29. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? A) Shayboniylar hukmronligi davrida oliy hukmdor — xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga yurt (udel) qilib bo’lib berdi. Bu esa oxir-oqibatda markaziy hokimiyatning zaiflash B) XVIII asr oxirida Buxoro xonligi ikkiga bo’linib ketdi C) Temuriylar davlati XVI asr boshlarida to‘la barham topdi D) Temuriylar sulolasi hukmronligi barham topgach, yurtimizda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘matildi. Mazkur sulola ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniyat rivojida temuriylar davr 30 / 90 30. 1926-yili general Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yurishini boshladi.Bu yurish davrida Markaziy Xitoyning ko’plab provinsiyalari,jumladan qaysi yirik shaharlar Gomindanchilar qo’liga o’tdi? A) Pekin, Urumchi, Uxan, Nankin B) Uxan, Shanxay, Nanchan, Nankin C) Nanchan, Shanxay, Urumchi, Pekin D) Pekin, Nankin, Uxan, Nanchan, 31 / 90 31. O‘rta Osiyo o‘lkasining eng shimoliy nuqtasi … A) Hindikush tog‘larining janubiy tarmog‘i bo‘lgan Safedko‘h to‘g tizmasi bilan Nishopur tog‘lari tutashgan joyda - Xarirud vodiysida (34□ shimoliy kenglik) B) Kaspiy dengizining Mang‘ishloq yarimorolidagi Tubqarag‘ay burnida (50.3□ shimoliy kenglik) C) Savir tog‘larining etagidagi Qora Irtish daryosi vodiysida (85.6□ shimoliy kenglik) D) Ayirtov yaqinida (53.8□ shimoliy kenglik) 32 / 90 32. Hozirgi kunda “Afrosiyob” poyezdlari qaysi yo`nalishlar bo`yicha qatnayapti? A) Toshkent – Samarqand, Toshkent – Qarshi – Shahrisabz B) Toshkent – Buxoro, Toshkent – Qarshi – Shahrisabz C) Toshkent – Samarqand, Toshkent – Farg`ona – Qo`qon D) Toshkent – Buxoro, Toshkent – Angren – Qo`qon 33 / 90 33. Atmosfera so‘zining ma’nosi nima? A) lotincha “atmos”- bug‘, “sphaira”- shar B) yunoncha “atmos”- bug‘, “sphaira”- shar C) yunoncha “atmos”- yengil, “sphaira”- qobiq D) lotincha “atmos”- yengil, “sphaira”- qobiq 34 / 90 34. Qaysi sayohatchi birinchi bo‘lib, Atlantika okeanini kesib o‘tib, Amerika qirg‘oqlariga yetib borgan? A) III)Vasko da Gama B) Fernan Magellan C) Amerigo Vespuchchi D) Xristofor Kolumb 35 / 90 35. Yevrosiyoning qaysi qismida harakatdagivulqonlar, dahshatli zilzilalar tez–tez bo‘lib turadi? A) platformalarning qalqonida B) faol geosinklinal mintaqalarda C) qadimgi yassi tog‘liklarda D) qadimgi platformalarda 36 / 90 36. O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi kategoriyasini toping (erkaklar misolida) A) 16-65 yosh B) 18- 55 yosh C) 16-55 yosh D) 16-60 yosh 37 / 90 37. Turon iqlimida yillik yog‘inning 35−40 foizi yilning qaysi fasllariga to‘g‘ri keladi? A) Yoz va kuz B) Bahor va yoz C) Kuz va qish D) Qish va bahor 38 / 90 38. Joy plani qanday masshtabda tuziladi? A) 1:500 va undan kichikroq B) 1:1000000000 va undan yirikroq C) 1:5000 va undan yirikroq D) 1:5000000 va undan yirikroq 39 / 90 39. Yer sharining uzluksiz suvli qobig‘i qanday ataladi? A) ocean B) Dunyo okeani C) qirg‘oqsiz dengiz D) litosfera 40 / 90 40. O‘rta Osiyoning barcha tog‘larida yagona qonuniyat saqlanib qoladi – 3 ta balandlik mintaqasi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Balandlik mintaqasi noto‘g‘ri berilgan javobni toping. A) adir (tog‘oldi) B) yaylov C) tog‘ D) cho‘l 41 / 90 41. Nimalar noorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi A) o‘simliklar B) mikroblar C) mikroorganizmlar D) hayvonlar 42 / 90 42. Quyidagilardan qaysi birida yilning asosiy qismida havo nam va issiq bo‘ladi? A) And tog‘larining janubiy qismlari B) Gviana yassi tog‘ligining shimoliy qismlari C) Amazoniya pasttekisligining g‘arbiy qismlari D) Braziliya yassi tog‘ligining sharqiy qismlari 43 / 90 43. Hisor tog‘ining janubiy yonbag‘rlariga qancha yog‘in tushadi? A) 800−900 millimetr B) 1000−1200 millimetr C) 500−600 millimetr D) 900−1000 millimetr 44 / 90 44. Antarktika sovuq o‘lkasining maydoni qanchaga teng? A) 45, 5 mln kv.km B) 14 mln kv.km C) 55, 2 mln kv.km D) 52, 5 mln kv.km 45 / 90 45. Kilimanjaro vulqoni qaysi tabiiy geografik o‘lkada joylashgan? A) Janubiy Afrika B) Shimoliy Afrika C) Sharqiy Afrika D) Markaziy Afrika 46 / 90 46. Hozirgi kunda mamlakatimiz suv transportida qaysi birlashma mavjud emas? A) LL)“Xorazm daryo floti” B) MM) “Qoraqalpog‘iston daryo floti” C) NN) “Termiz daryo porti” D) “Amudaryo flotiliyasi” 47 / 90 47. G‘ovakliklarida suv bo‘lgan qatlamlar nima deyiladi? A) oraliq qatlamlar B) suvli qatlamlar C) qatlamlar orasidagi suv D) suv o‘tkazmaydigan qatlamlar 48 / 90 48. Yerning sharsimon ekanligini nazariy jihatdan birinchi bo‘lib kim va qachon isbotlagan? A) mil.avv. 6-asrda Pifagor B) mil.avv. 4-asrda Aristotel C) mil.avv. 3-asrda Eratosfen D) mil.avv. 7-asrda Fales 49 / 90 49. Tog‘ …bo‘lsa, undagi tabiat komplekslari shuncha ko‘p bo‘ladi va almashinib keladi. Nuqtalar o‘rniga mos variantni qo‘ying. A) ekvatorga qancha yaqin va baland B) qancha katta masofaga cho‘zilgan C) okeanga qancha yaqin va baland D) qancha qadimgi va qutbga yaqin 50 / 90 50. Yer po‘stida biror joy yorilsa, o‘sha hudud tagida bosim ….., chuqurdagi qaynoq moddalar …… jinsga aylanadi. Nuqtalar o‘rniga mos variantni qo‘ying. A) ortadi, suyuq B) pasayadi, qattiq C) ortadi, qattiq D) pasayadi, suyuq 51 / 90 51. Aholining mamlakatdan ko`chib ketishi yoki ko`chib kelishi nima deyiladi? A) tashqi migratsiya B) ichki migratsiya C) emigratsiya D) immigratsiya 52 / 90 52. Shimoliy Amerikada birinchi milliy bog‘ qachon tashkil etilgan? A) 1836-yil B) 1882-yil C) 1872-yilda D) 1793-yil 53 / 90 53. Qishda, yanvar oyida O‘zbekistonning hududlarida o‘rtacha haroratini mos javobni belgilang. 1) Toshkent, 2) Termiz, 3) Samarqand, 4) Ustyurt a) –10 –11°C, b) +0,9°C, c) +0,3°C, d) +2,8°C A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c 54 / 90 54. Puerto-Riko botig‘ining chuqurligi qancha? A) 8742 metr B) 8224 metr C) 11022 metr D) 7729 metr 55 / 90 55. O`zbekiston o`z ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini qaysi davlatlarga eksport qilmoqda? 1)Qozog`iston,2)Qirg`iziston,3)Tojikiston,4)Afg`oniston,5) Turkmaniston, 6) Eron A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6 56 / 90 56. Bog‘dorchilik,uzumchilik vapolizchilikda qo‘llaniladigan mashinava moslamalar qayerda ishlab chiqarilmoqda? A) “Toshqishloqmash”da B) O‘zbek–Isroil qo‘shma korxonasida C) “O‘rta Osiyoqishloqmash” birlashmasida D) Toshkent traktor zavodida 57 / 90 57. Vegetatsiya davri uzoq, serquyosh, suvga mo‘l yerlarda yaxshi o‘sadi.U hosildorlik jihatidan faqat makkajo‘xoridan keyin turadi. Gap qaysi ekin haqida ketmoqda? A) Arpa B) Tariq C) Sholi D) Bug`doy 58 / 90 58. Mirzacho‘l janubidagi tog‘ tizmalari qaysi tog‘ burmalanishi davrida ko‘tarilgan? A) baykal B) kaledon C) gersin D) alp 59 / 90 59. Qanday xaritalarda hududning umumiy ko‘rinishi, ya’ni relyef, daryolar, ko‘llar, dengizlar, shaharlar, okeanlardagi yirik oqimlar ko‘rsatiladi? A) mavzuli B) siyosiy C) umumgeografik D) iqtisodiy 60 / 90 60. Tog‘larda daraxtsiz yerlarda eng ko‘p tarqalgan tuproq turi qaysi? A) qora tuproqsimon tog‘-dasht tuproq B) tog‘-o‘rmon qo‘ng‘ir tuproq C) tog‘ jigarrang tuproq D) o‘tloq-botqoq va o‘tloq-toshloq tuproq 61 / 90 61. Qaysi holda arzon xarid amalga oshiriladi? A) hammasining narxi bir xil B) 2 C) 3 D) 1 62 / 90 62. To’g’ri chiziqda 3 nuqta belgilandi. Shu nuqtalardan nechta kesma hosil bo’ladi? A) 3 B) 1 C) 2 D) 4 63 / 90 63. Abdurahmon qadamining uzunligi 0,55 m. U 55 m yo‘l yurishi uchun necha qadam tashlashi kerak? A) 120 B) 100 C) 150 D) 110 64 / 90 64. Sinfda 26 o‘quvchi bor. Matematikadan o‘tkazilgan nazorat ishida o‘quvchilarning 3/13 qismi – «5», 5/13 qismi – «4» va qolgani – «3» baho oldi. Qancha o‘quvchi «3» baho olgan? A) 10 B) 6 C) 5 D) 8 65 / 90 65. Yig indini hisoblang. 25+25+27+29+31+33+35+37+60 A) 120 B) 180 C) 300 D) 240 66 / 90 66. 1223334444… ketma ketlikdagi 17-o’rinda turgan raqamni aniqlang. A) 9 B) 7 C) 6 D) 8 67 / 90 67. Natural sonni 10 ga bo‘lganda, bo‘linma 15 ga qoldiq 7 ga teng bo‘ladi. Bo‘linuvchini toping. A) 163 B) 161 C) 177 D) 157 68 / 90 68. Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 4 metr, eni 4 metr va uzunligi 8 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 6 mln 500 ming B) 6 mln 400 ming C) 6 mln 600 ming D) 5 mln 400 ming 69 / 90 69. Hisoblang. A) 27/4 B) 44/5 C) 8 D) 60/8 70 / 90 70. Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 2 metr, eni 0,5 metr va uzunligi 18 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 950 ming B) 980 ming C) 1 mln D) 900 ming 71 / 90 71. Qaysi uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi? A) ilmiy uslub B) ommabop uslub C) so‘zlashuv uslubi D) rasmiy uslub 72 / 90 72. Yig‘ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli ishtirok etmagan? A) ravishdosh B) Bsof fe’l C) sifatdosh D) harakat nomi 73 / 90 73. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda qanday voqea- hodisalar ifodalanadi? A) Bir paytda yoki ketma-ket bo‘ladigan voqea-hodisalar ifodalanadi B) Bir-biriga zid voqea-hodisalar ifodalanadi C) to‘g‘ri javob yo‘q D) voqea-hodisalarning galma-gal bo‘lishi yoki ulardan biri bo‘lishi ifodalanadi 74 / 90 74. Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon. A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta 75 / 90 75. Buyuk olim odamning nopok istaklari va tuban ehtiroslarini uyga qamab qo‘yilgan uch maxluq odam, tong‘iz va arslonga o‘xshatgan ekan. Ushbu gapda qaysi kelishik qo‘shimchalari ishirok etmagan? A) qaratqich, tushum, jo‘nalish, bosh B) qaratqich, chiqish o‘rin payt C) chiqish, o‘rin-payt D) tushum, o‘rinpayt, bosh 76 / 90 76. Tishlarimni ko‘rmak istasang, Tushlaringni marvaridga ayt, Gar o‘zimni ko‘rmak istasang, Yovni yengib, tezroq qayt. Ushbu parchadagi fonemalarni aniqlang. A) a, i, o‘ B) sh, k, t C) i, u, q D) t, k, y 77 / 90 77. til undoshlariga mansub bo‘lmagan jarangsiz undoshlar soni nechta? A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta 78 / 90 78. Nechta jarangsiz til undoshining jarangli jufti bor? A) 6 ta B) 7 ta C) 4 ta D) 8 ta 79 / 90 79. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlining ikkinchi bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping. A) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi. B) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi. C) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. D) Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar. 80 / 90 80. Ham ot, ham sifat yasovchi shakldosh qo‘shimchalarni aniqlang. A) -qi, -choq, -in B) -li, -kash, -im C) -kash, -eh, -la D) -lik, -zor, -ar 81 / 90 81. Qo‘qon shahrining yoshi qancha-yildan ortiqdir? A) 1750 B) 2700 C) 1500 D) 2000 82 / 90 82. XIX asr oxirlarida Xiva xonligining muntazam qo‘shinlari necha kishidan iborat bo‘lgan? A) 3000 B) 1500 C) 2500 D) 5000 83 / 90 83. G‘aribxona, musofirxona so‘zlari qanday manoni bildiradi? A) maqbara B) madrasa C) xonaqoh D) sardoba 84 / 90 84. O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish qachon o‘tkazilgan? A) 1927-yil B) 1924-yil C) 1922-yil D) 1925-yil 85 / 90 85. Quyidagi qaysi alloma 1123-yilda Rishtonda tug‘ilgan? A) Burhonuddin al-Marg‘inoniy. B) Ahmad ibn Umar Xivaqiy. C) Mahmud az-Zamaxshariy D) Abu Mansur al-Moturidiy. 86 / 90 86. Qaysi Buxoro amiri butun musulmon olamining xalifasi deb e’lon qilingan? A) Shohmurod B) Haydar C) Olimxon D) Nasrullo 87 / 90 87. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni qachon tasdiqlandi? A) 2016- yiul,15-yanvar B) 2017-yil, 7-fevral C) 2017-yil, 24-iuyn D) 2016-yil, 11-fevral 88 / 90 88. “Movarounnahr” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma'nosi nima? A) turkiycha, “ikki daryo oralig‘i” B) forscha, “daryoning quyi qismi” C) arabcha, “ikki daryo oralig‘i” D) arabcha, “daryoning narigi tomoni” 89 / 90 89. Butun Sharqda parlament raisi bo‘lgan birinchi ayol kim? A) Benazir Bxutto B) Sayyora Rashidova C) Yodgora Nasriddinova D) Indra Gandi 90 / 90 90. 1914-yil Toshkentda kim “Turon” teatr truppasini tuzgan? A) Behbudiy B) Hamza C) A. Avloniy D) A. Samadov Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Matematika va Nemis tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Tarix va Ingliz tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Matematika va Geografiya yo’nalishi №1