Uy » Abituriyent » Blok testlar » Tarix va Geografiya yo’nalishi №1 Blok testlar Tarix va Geografiya yo’nalishi №1 InfoMaster May 4, 2022 388 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Vaqtingiz tugadi! Tarix va Geografiya yo'nalishi №1 Asosiy fanlar: ? Tarix (3.1 ball) ? Geografiya (3.1 ball) Majburiy fanlar: ? Matematika (1.1 ball) ? Ona tili (1.1 ball) ? O'zbekiston tarixi (1.1 ball) 1 / 90 1. Eskilik bilan yengilik, eski va yangi dunyo o‘rtasidagi kurash mavzusi Amerikaning qaysi yozuvchilar asarlarida aks etgan? A) Uolt Uitmen, Mark Tven B) Mark Tven, Jon Kopli C) Mark Tven, Genri Longfello D) Uolt Uitmen, Genri Longfello 2 / 90 2. Bir vaqtda sodir bo’lgan voqealarni belgilang? A) So’ngi Misr podsholigiga asos solindi va Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi B) Shumerlar jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri mixxatni ixtiro qilishdi va neolit davri boshlandi C) Quyosh xudosi Amon Ra firavnlarning bosh homiysi va ilohiga aylandi va eneolit davri nihoyasiga yetdi D) Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi yirik qudratli davlatga aylandi va Sargon I shumer va akkad shaharlarini o’z hokimiyati ostida birlashtirdi 3 / 90 3. Yaponiyada hokimiyatni Mikado-imperator boshqara boshlagan asrda bo’lib o’tgan voqealarni toping. 1)Xitoyda ipakdan shoyi so’zana – panno to’qish ixtiro qilindi; 2)Xitoyda paxtadan gazlama tayyorlash yo’lga qo’yildi; 3)asteklar Tenochtitlan shahriga asos soldilar 4)mo’g’ullarning ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat mulkiy tabaqalanish kuchaya boshladi 5)nemis feodallari urush boshladi 6)Yevropaning yirik shaharlarida dastlabki universitetlar ochila boshladi A) 1,2,3,4 B) 1,3,4,6 C) 2,3,5,6 D) 3,4,5,6 4 / 90 4. Simoneseki sulhiga ko’ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo’lga kiritgan edi? A) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini B) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini C) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini D) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini 5 / 90 5. “Tarbiyayi atfol” ni tashkil qilgan shaxslarni aniqlang. 1. Hoji Rafiy 2. A.Fitrat 3. Mirzo Abduvohid 4. Hamidxo’ja Mehriy 5. A.Avloniy 6. Usmonxo’ja 7. Muhammadxo’ja 8. Munavvar Qori9. Shakuriy A) 1,2,3,4,5,6 B) 2,4,6,8,9 C) 1,3,4,6,7 D) 1,3,5,8,9 6 / 90 6. Qarz yoki kreditni to'lash shartlarini qayta ko'rib chiqish va o'zgartirish nima deyiladi? A) Integratsiya B) Subsidiya C) Restrukturizatsiya D) Kapital 7 / 90 7. Rasmda berilgan tarixiy shaxs bilan bog’liq unga oid ma’lumotdni aniqlang. A) Xurosonning Marv, Nishopur, Mashhad kabi yirik shaharlarini egallaydi; B) O’z maktunida Eronni o’zaro taqsimlab olishni taklif qilgan; C) Safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qilishga intilgan; D) O’z maktubida Buxoro Hindiston birgalikda Eronga yordam ko’rsatishi zarurligini ta’kidlagan; 8 / 90 8. Xiva xoni Muhammad Rahimxon I ga tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurashda o`z raqiblarini birin- ketin bo`ysundira bordi? A) yirik zodagonlar va ruhoniylar tabaqasi B) urug` oqsoqollari va ruhoniylar tabaqasi C) “xon ” navkarlari deb atalgan muntazam qo`shin D) savdogarlar va ruhoniylar tabaqasi 9 / 90 9. Quyidagi olimlarni millatiaga qarab moslashtiring. 1. E.Rezerford 2.A.Bekkerel3. S.Arrenius 4. F.A.Lesh5. R.Virxov a) fransuzb) rus c) ingliz d) shved e) nemis A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-e, 5-b B) 1-b, 2-e, 3-c, 4-d, 5-a C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b, 5-e D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-e, 5-c 10 / 90 10. Quyidagi Lotin Amerikasi davlatlarining qaysi birining mustaqilligi muvufiq keladi? A) 1-3-5-7 B) 2-4-6-8 C) 1-2-5-6 D) 2-3-5-6 11 / 90 11. Milliy Markaz – Turkistono’lkamusulmonlarkengashitashkil etilgach, kimlar rais kotiblari bo’lishgan? A) Islom Shahmedov, Zaki Validiy B) Behbudiy, Munavvarqori C) Mustafo Cho’qay, Islom Shoahmedov D) Munavvarqori, Zaki Validiy 12 / 90 12. Quyidagilardan qabilalar bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang. A) Lig’urlar – Italiyaning eng qadimgi qabilalaridan biri bo’lib, chorvachilik bilan shug’ullangan; B) Etrusklar – Italiyaning shimoli-g’arbiy qismida joylashgan; C) Karfagenliklar – Afrikaning shimoliy qismida joylashgan Yunon koloniyasi D) Lotinlar – Tibr daryosi bo’yida joylashgan daryo va botqoqlik lotinlarni qo’shni qabilalardan hujumlaridan himoya qilar edi; 13 / 90 13. Quyidagi javoblarni moslashtiring. 1)Rossiyaning Bolqon yarim orolidagi manfaatlarini mensimay Avstriya- Vengriyani Bolqon siyosatini qo’llab quvvatlagan davlat 2)XIX asr oxiri – XX asr boshida sanoat ishlab chiqarish hajmi 2 marta kamaygan davlat 3)XIX asr oxiriga kelib xorijiy davlatlar 3 mlrd dollar kapital kiritgan davlat 4)AQSH asoratli shartlar asosida qarz bergan davlatlardan bir A) 1-Germaniya, 2-Fransiya, 3-AQSH, 4-Gvatemala B) 1-Germaniya, 2-B. Britaniya, 3-AQSH, 4-Kosta-Rika C) 1-B. Britaniya, 2-Germaniya, 3-Germaniya, 4-Nikaragua D) 1-Germaniya, 2-B. Britaniya, 3-AQSH, 4-Gonduras 14 / 90 14. Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» korxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilingan yildan keyin sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 7,1 kilometr bo’lgan Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi olib borilmoqda B) «O‘zbekiston havo yo‘llari» zamonaviy havo kemalari bilan ta’minlandi. C) Toshkent xalqaro aeroportiga Islom Karimov nomi berildi D) Afrosiyob tezyurar poyezdining Toshkent–Xiva yo‘nalishi ishga tushirildi. 15 / 90 15. Napaleon Bonapartni Fransiyada obro‘sini ko‘tarib yuborgan voqea nima edi? A) Mirga qilgan urushi B) Italiyaga qilingan yurish va uning bo‘ysundirilishi C) Qirol hokimiyatini Napaleonga berilishi D) Yirik davlatlar bilan yaxshi aloqalar 16 / 90 16. Buxoro amirligi qo‘shinida to‘plarning sozligi kimlarning nazoratida bo'lgan? A) rus va nemis mutaxassislari B) fransuz va fors mutaxassislari C) rus va fors mutaxassislari D) rus va fransuz mutaxassislari 17 / 90 17. Qaysi qatorda Fransiya qiroli Filipp IV hukmronligi bilan bog’liq ma’lumotlar ko’rsatilgan? 1)Normandiya Angliyadan tortib olindi 2)Shampan grafligi va Lion viloyati qirol domeniga qo’shib olindi 3)cherkov yerlari soliqqa tortildi 4)General shtatlar chaqirildi A) 3.4 B) 1.4 C) 2,3,4 D) 2.4 18 / 90 18. Kimni davridaGermaniya Yevropa Ittifoqining yetakchi davlatiga aylandi? A) Konrad Adenaur B) Gelmut Gol C) Gerxard Shryoder D) Angela Markel 19 / 90 19. Jaloliddin Manguberdi bilan bog’liq quyidagi voqealarni yuz berish davriga ko’ra to’g’ri xronologik tartibda belgilang. 1)Gurjiston to’liq egallandi; 2)Isfahon yaqinida mo’g’ullarning Taynol no’yon boshliq qo’shinlarini maglub etadi; 3)U Hindistonda muqim o‘rnashish, ittifoqchilar topish mushkul ekanligini anglab, Iroqqa yo‘l oladi; 4)Xalifa Nosirning 20 ming kishilik qo’shini Basra yaqinidagi jangda tor-mor etildi; 5)Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi; 6)Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari Arzinjon yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchradi; A) 5, 3, 4, 1, 2, 6 B) 5, 3, 4, 2, 1, 6 C) 5, 3, 4, 6, 2, 1 D) 5, 4, 3, 1, 2, 6 20 / 90 20. Quyidagi voqealarni ketma-ketlikda joylashtiring? 1.U.Cherchill Fulton shahrida Vestminster kolleji tinglovchilari oldida so’zga chiqdi 2.O’zaro Iqtisdiy Yordam Kengashi tuzildi 3.J.Marshall Yevropa mamlakatlariga urush oqibatlarini bartaraf qilishda yordam ko’rsatish g’oyasini ilgari surdi 4.NATO tashkil etildi A) 1,2,3,4 B) 1,3,2,4 C) 2,1,3,4 D) 3,1,2,4 21 / 90 21. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy okruglarini ularga mos hududlar bilan muvofiqlashtiring. 1)Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari 2)Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari 3)Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari 4)Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati a) Sharqiy harbiy okrug b) Markaziy harbiy okrug Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug c)Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d 22 / 90 22. Rossiya istilosi natijasida egallangan hududlar bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumotni aniqlang. A) Erjar qishlog’i – Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan ushbu hududda podsho qo’shinlari Buxoro amirligi qo’shinlari o’rtasidagi dastlabki jang bo’lib o’tgan B) O’ratepa - F.Romanovskiy harbiy qo’shinlari ushbu shaharga yetib borgach, shahar uch kun o’qqa tutildi ; C) Jizzax – ushbu shaharni bosib olish uchun bo’lgan jangdaharikkala tomondan 2 mingdan ko’proq kishi halok bo’ldi ; D) Xo’jand – Qo’qon xonligi bilan Buxoro amirligi o’rtasida joylashgan ushbu shahar podsho qo’shinlari tomonidan 24-may kuni egallandi ; 23 / 90 23. Quyidagilardan qaysi birining xronologiyasi to’g’ri kelmaydi ? A) 1819 – Munis Mirxondning « Ravzat us-safo » asarinitarjimaqilishni boshladi ; B) 1857 – Ahmad Donish Amir Nasrullo elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlari bo’ylab sayohat qilgan ; C) XIX asr – Ahmad Donish amir Muzaffar taklifi bilan « Manozir ul-kavokib » nomli astronomiyaga oid kitob yozgan D) XV asr - Madrasalarda mavjud Olimlar yasovuli paydo bo’lgan ; 24 / 90 24. Quyidagilarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1)AQSH va Germaniya o’rtasida jahon elektr bozorini bo’lib olish va o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida shartnoma tuzilgan ; 2)Yevropa shaharlari qurilishida o’zgarishlar yuz bera boshladi ; 3)Millatlararo korporatsiyalar soni 100 taga yetdi ; 4)Mustamlakachilik siyosati natijasida « egallanmagan yerlar »ni bosib olish yakunlandi ; A) 2-4-1-3 B) 3-2-1-4 C) 3-4-2-1 D) 2-3-4-1 25 / 90 25. O’rta asrlarda quyidagi qaysi shaharlarda nomlanishi bir xil bo’lgan inshootlar mavjud? 1. Istanbul. 2. Moskva. 3. Vladimir. 4. Kiyev. 5. Parij. 6. Sevilya A) 5, 6 B) 1, 2 C) 1, 4 D) 2, 3, 5 26 / 90 26. Ilmga bo’lgan chanqoqlik tufayli Buxoro, marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bag’dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini diniy ilmlarini, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf- odatlarini chuqur o’rgangan alloma tavallud topgan yildan 205 yil muqaddam quyidagilardan kim tavallud topgan? A) “Hayotnoma” asarining muallifi; B) “Al-jome as-Sahih” asari muallifi; C) “Kitob at-Tavhid” asari muallifi; D) “Hidoya” asarining muallifi; 27 / 90 27. Quyidagi voqealardan bir yilda yuz berganlarini toping. 1)Eftallar Xitoyga elchi yubordilar; 2)Pero’z eftallarga qarshi yurish qildi; 3)Sosoniyla va Kidariylar o’rtasida jang bo’lib o’tdi: 4)hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg‘adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo‘shinni temirqalpoq (dubulg‘a)lar bilan ta’min etganlar: A) 1.4 B) 2.4 C) 1.3 D) 3.4 28 / 90 28. Quyidagilardan nisbatan keyinroq sodir bo'lgan voqeani aniqlang. A) Qoraqolpog'iston Qozog'iston ASSR tarkibiga kiritildi B) Samarqandshahridabo'lib o'tgantasisqurultoyida O'zbekiston komsomoliga asos solindi C) To'rtko'lda dehqon, batrak va qizil askar deputatlari Qoraqolpoq avtonom viloyati sovetlarining I tasis syezdi bo'lib o'tdi D) Tojikiston ASSR o'rniga Tojikiston SSR tashkil topdi va u O'zbekiston SSR tarkibidan chiqdi 29 / 90 29. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? A) Temuriylar sulolasi hukmronligi barham topgach, yurtimizda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘matildi. Mazkur sulola ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniyat rivojida temuriylar davr B) XVIII asr oxirida Buxoro xonligi ikkiga bo’linib ketdi C) Shayboniylar hukmronligi davrida oliy hukmdor — xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga yurt (udel) qilib bo’lib berdi. Bu esa oxir-oqibatda markaziy hokimiyatning zaiflash D) Temuriylar davlati XVI asr boshlarida to‘la barham topdi 30 / 90 30. 1926-yili general Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yurishini boshladi.Bu yurish davrida Markaziy Xitoyning ko’plab provinsiyalari,jumladan qaysi yirik shaharlar Gomindanchilar qo’liga o’tdi? A) Nanchan, Shanxay, Urumchi, Pekin B) Pekin, Urumchi, Uxan, Nankin C) Uxan, Shanxay, Nanchan, Nankin D) Pekin, Nankin, Uxan, Nanchan, 31 / 90 31. O‘rta Osiyo o‘lkasining eng shimoliy nuqtasi … A) Kaspiy dengizining Mang‘ishloq yarimorolidagi Tubqarag‘ay burnida (50.3□ shimoliy kenglik) B) Hindikush tog‘larining janubiy tarmog‘i bo‘lgan Safedko‘h to‘g tizmasi bilan Nishopur tog‘lari tutashgan joyda - Xarirud vodiysida (34□ shimoliy kenglik) C) Savir tog‘larining etagidagi Qora Irtish daryosi vodiysida (85.6□ shimoliy kenglik) D) Ayirtov yaqinida (53.8□ shimoliy kenglik) 32 / 90 32. Hozirgi kunda “Afrosiyob” poyezdlari qaysi yo`nalishlar bo`yicha qatnayapti? A) Toshkent – Samarqand, Toshkent – Farg`ona – Qo`qon B) Toshkent – Buxoro, Toshkent – Qarshi – Shahrisabz C) Toshkent – Buxoro, Toshkent – Angren – Qo`qon D) Toshkent – Samarqand, Toshkent – Qarshi – Shahrisabz 33 / 90 33. Atmosfera so‘zining ma’nosi nima? A) yunoncha “atmos”- yengil, “sphaira”- qobiq B) yunoncha “atmos”- bug‘, “sphaira”- shar C) lotincha “atmos”- bug‘, “sphaira”- shar D) lotincha “atmos”- yengil, “sphaira”- qobiq 34 / 90 34. Qaysi sayohatchi birinchi bo‘lib, Atlantika okeanini kesib o‘tib, Amerika qirg‘oqlariga yetib borgan? A) Fernan Magellan B) III)Vasko da Gama C) Amerigo Vespuchchi D) Xristofor Kolumb 35 / 90 35. Yevrosiyoning qaysi qismida harakatdagivulqonlar, dahshatli zilzilalar tez–tez bo‘lib turadi? A) platformalarning qalqonida B) qadimgi yassi tog‘liklarda C) qadimgi platformalarda D) faol geosinklinal mintaqalarda 36 / 90 36. O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi kategoriyasini toping (erkaklar misolida) A) 16-65 yosh B) 18- 55 yosh C) 16-55 yosh D) 16-60 yosh 37 / 90 37. Turon iqlimida yillik yog‘inning 35−40 foizi yilning qaysi fasllariga to‘g‘ri keladi? A) Bahor va yoz B) Yoz va kuz C) Kuz va qish D) Qish va bahor 38 / 90 38. Joy plani qanday masshtabda tuziladi? A) 1:1000000000 va undan yirikroq B) 1:5000000 va undan yirikroq C) 1:5000 va undan yirikroq D) 1:500 va undan kichikroq 39 / 90 39. Yer sharining uzluksiz suvli qobig‘i qanday ataladi? A) Dunyo okeani B) ocean C) litosfera D) qirg‘oqsiz dengiz 40 / 90 40. O‘rta Osiyoning barcha tog‘larida yagona qonuniyat saqlanib qoladi – 3 ta balandlik mintaqasi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Balandlik mintaqasi noto‘g‘ri berilgan javobni toping. A) cho‘l B) adir (tog‘oldi) C) tog‘ D) yaylov 41 / 90 41. Nimalar noorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi A) hayvonlar B) mikroblar C) o‘simliklar D) mikroorganizmlar 42 / 90 42. Quyidagilardan qaysi birida yilning asosiy qismida havo nam va issiq bo‘ladi? A) Braziliya yassi tog‘ligining sharqiy qismlari B) Gviana yassi tog‘ligining shimoliy qismlari C) And tog‘larining janubiy qismlari D) Amazoniya pasttekisligining g‘arbiy qismlari 43 / 90 43. Hisor tog‘ining janubiy yonbag‘rlariga qancha yog‘in tushadi? A) 800−900 millimetr B) 1000−1200 millimetr C) 900−1000 millimetr D) 500−600 millimetr 44 / 90 44. Antarktika sovuq o‘lkasining maydoni qanchaga teng? A) 52, 5 mln kv.km B) 55, 2 mln kv.km C) 14 mln kv.km D) 45, 5 mln kv.km 45 / 90 45. Kilimanjaro vulqoni qaysi tabiiy geografik o‘lkada joylashgan? A) Sharqiy Afrika B) Janubiy Afrika C) Markaziy Afrika D) Shimoliy Afrika 46 / 90 46. Hozirgi kunda mamlakatimiz suv transportida qaysi birlashma mavjud emas? A) NN) “Termiz daryo porti” B) “Amudaryo flotiliyasi” C) MM) “Qoraqalpog‘iston daryo floti” D) LL)“Xorazm daryo floti” 47 / 90 47. G‘ovakliklarida suv bo‘lgan qatlamlar nima deyiladi? A) qatlamlar orasidagi suv B) suv o‘tkazmaydigan qatlamlar C) oraliq qatlamlar D) suvli qatlamlar 48 / 90 48. Yerning sharsimon ekanligini nazariy jihatdan birinchi bo‘lib kim va qachon isbotlagan? A) mil.avv. 4-asrda Aristotel B) mil.avv. 6-asrda Pifagor C) mil.avv. 7-asrda Fales D) mil.avv. 3-asrda Eratosfen 49 / 90 49. Tog‘ …bo‘lsa, undagi tabiat komplekslari shuncha ko‘p bo‘ladi va almashinib keladi. Nuqtalar o‘rniga mos variantni qo‘ying. A) qancha katta masofaga cho‘zilgan B) okeanga qancha yaqin va baland C) qancha qadimgi va qutbga yaqin D) ekvatorga qancha yaqin va baland 50 / 90 50. Yer po‘stida biror joy yorilsa, o‘sha hudud tagida bosim ….., chuqurdagi qaynoq moddalar …… jinsga aylanadi. Nuqtalar o‘rniga mos variantni qo‘ying. A) pasayadi, qattiq B) pasayadi, suyuq C) ortadi, suyuq D) ortadi, qattiq 51 / 90 51. Aholining mamlakatdan ko`chib ketishi yoki ko`chib kelishi nima deyiladi? A) emigratsiya B) immigratsiya C) tashqi migratsiya D) ichki migratsiya 52 / 90 52. Shimoliy Amerikada birinchi milliy bog‘ qachon tashkil etilgan? A) 1793-yil B) 1882-yil C) 1836-yil D) 1872-yilda 53 / 90 53. Qishda, yanvar oyida O‘zbekistonning hududlarida o‘rtacha haroratini mos javobni belgilang. 1) Toshkent, 2) Termiz, 3) Samarqand, 4) Ustyurt a) –10 –11°C, b) +0,9°C, c) +0,3°C, d) +2,8°C A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 54 / 90 54. Puerto-Riko botig‘ining chuqurligi qancha? A) 8224 metr B) 7729 metr C) 8742 metr D) 11022 metr 55 / 90 55. O`zbekiston o`z ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini qaysi davlatlarga eksport qilmoqda? 1)Qozog`iston,2)Qirg`iziston,3)Tojikiston,4)Afg`oniston,5) Turkmaniston, 6) Eron A) 1, 2, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 4 56 / 90 56. Bog‘dorchilik,uzumchilik vapolizchilikda qo‘llaniladigan mashinava moslamalar qayerda ishlab chiqarilmoqda? A) “O‘rta Osiyoqishloqmash” birlashmasida B) Toshkent traktor zavodida C) “Toshqishloqmash”da D) O‘zbek–Isroil qo‘shma korxonasida 57 / 90 57. Vegetatsiya davri uzoq, serquyosh, suvga mo‘l yerlarda yaxshi o‘sadi.U hosildorlik jihatidan faqat makkajo‘xoridan keyin turadi. Gap qaysi ekin haqida ketmoqda? A) Tariq B) Sholi C) Arpa D) Bug`doy 58 / 90 58. Mirzacho‘l janubidagi tog‘ tizmalari qaysi tog‘ burmalanishi davrida ko‘tarilgan? A) kaledon B) gersin C) alp D) baykal 59 / 90 59. Qanday xaritalarda hududning umumiy ko‘rinishi, ya’ni relyef, daryolar, ko‘llar, dengizlar, shaharlar, okeanlardagi yirik oqimlar ko‘rsatiladi? A) umumgeografik B) iqtisodiy C) siyosiy D) mavzuli 60 / 90 60. Tog‘larda daraxtsiz yerlarda eng ko‘p tarqalgan tuproq turi qaysi? A) o‘tloq-botqoq va o‘tloq-toshloq tuproq B) tog‘-o‘rmon qo‘ng‘ir tuproq C) tog‘ jigarrang tuproq D) qora tuproqsimon tog‘-dasht tuproq 61 / 90 61. Ifodaning qiymatini toping: (|-111|-80)+ |-29| A) 150 B) 60 C) 50 D) -150 62 / 90 62. Qaysi holda arzon xarid amalga oshiriladi? A) hammasining narxi bir xil B) 2 C) 3 D) 1 63 / 90 63. To’g’ri chiziqda 3 nuqta belgilandi. Shu nuqtalardan nechta kesma hosil bo’ladi? A) 4 B) 3 C) 2 D) 1 64 / 90 64. Abdurahmon qadamining uzunligi 0,55 m. U 55 m yo‘l yurishi uchun necha qadam tashlashi kerak? A) 120 B) 110 C) 150 D) 100 65 / 90 65. Sinfda 26 o‘quvchi bor. Matematikadan o‘tkazilgan nazorat ishida o‘quvchilarning 3/13 qismi – «5», 5/13 qismi – «4» va qolgani – «3» baho oldi. Qancha o‘quvchi «3» baho olgan? A) 5 B) 6 C) 10 D) 8 66 / 90 66. EKUK(15,45,21) ni toping. A) 115 B) 315 C) 215 D) 210 67 / 90 67. Yig indini hisoblang. 25+25+27+29+31+33+35+37+60 A) 300 B) 180 C) 120 D) 240 68 / 90 68. Ayriluvchi 171, ayirma esa 86 ga teng bo‘lsa, kamayuvchini toping. A) 141 B) 257 C) 254 D) 85 69 / 90 69. Hisoblang. A) 3 B) 0,3 C) 2 D) 30 70 / 90 70. Hisoblang. A) 60/8 B) 27/4 C) 8 D) 44/5 71 / 90 71. Qaysi uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi? A) rasmiy uslub B) so‘zlashuv uslubi C) ommabop uslub D) ilmiy uslub 72 / 90 72. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda qanday voqea- hodisalar ifodalanadi? A) Bir-biriga zid voqea-hodisalar ifodalanadi B) Bir paytda yoki ketma-ket bo‘ladigan voqea-hodisalar ifodalanadi C) to‘g‘ri javob yo‘q D) voqea-hodisalarning galma-gal bo‘lishi yoki ulardan biri bo‘lishi ifodalanadi 73 / 90 73. Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon. A) 3 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 5 ta 74 / 90 74. Buyuk olim odamning nopok istaklari va tuban ehtiroslarini uyga qamab qo‘yilgan uch maxluq odam, tong‘iz va arslonga o‘xshatgan ekan. Ushbu gapda qaysi kelishik qo‘shimchalari ishirok etmagan? A) tushum, o‘rinpayt, bosh B) qaratqich, chiqish o‘rin payt C) qaratqich, tushum, jo‘nalish, bosh D) chiqish, o‘rin-payt 75 / 90 75. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) -gach, -guncha, -gani, -ib B) -gach, -t, -ir, -n, -i C) -in, -t, -ir, -ish, -il D) -guncha, -la, -in, -il, -gan 76 / 90 76. til undoshlariga mansub bo‘lmagan jarangsiz undoshlar soni nechta? A) 1 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta 77 / 90 77. Nechta jarangsiz til undoshining jarangli jufti bor? A) 4 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 7 ta 78 / 90 78. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlining ikkinchi bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping. A) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi. B) Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar. C) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi. D) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. 79 / 90 79. Ham ot, ham sifat yasovchi shakldosh qo‘shimchalarni aniqlang. A) -qi, -choq, -in B) -lik, -zor, -ar C) -li, -kash, -im D) -kash, -eh, -la 80 / 90 80. g undoshining kundoshidan farqlovchi belgisi qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) shovqinlilik B) til orqalilik C) portlovchilik D) jaranglilik 81 / 90 81. XIX asr oxirlarida Xiva xonligining muntazam qo‘shinlari necha kishidan iborat bo‘lgan? A) 5000 B) 1500 C) 2500 D) 3000 82 / 90 82. O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish qachon o‘tkazilgan? A) 1922-yil B) 1924-yil C) 1927-yil D) 1925-yil 83 / 90 83. Qaysi Buxoro amiri butun musulmon olamining xalifasi deb e’lon qilingan? A) Nasrullo B) Shohmurod C) Haydar D) Olimxon 84 / 90 84. 1983-1988-yillarda O‘zbekistonga kim rahbarlik qildi? A) Rafiq Nishonov B) Rustam Saidov C) Sharof Rashidov D) Inomjon Usmonxo‘jayev 85 / 90 85. “Movarounnahr” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma'nosi nima? A) forscha, “daryoning quyi qismi” B) turkiycha, “ikki daryo oralig‘i” C) arabcha, “daryoning narigi tomoni” D) arabcha, “ikki daryo oralig‘i” 86 / 90 86. Butun Sharqda parlament raisi bo‘lgan birinchi ayol kim? A) Yodgora Nasriddinova B) Sayyora Rashidova C) Indra Gandi D) Benazir Bxutto 87 / 90 87. 1914-yil Toshkentda kim “Turon” teatr truppasini tuzgan? A) Behbudiy B) Hamza C) A. Avloniy D) A. Samadov 88 / 90 88. Qaysi yodgorlikdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan? A) Dalvarzintepa B) Qoratepa C) Xolchayon D) Zartepa 89 / 90 89. Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga somoniylar hukmronligi davrida kim rahnamolik qilardi? A) “Hojib” B) B“Naqib” C) “Ustod” D) “Xatib” 90 / 90 90. MAN Auto Uzbekistan” qo‘shma korxonasi qachon ishga tushirilgan? A) 2002-yil B) 2009-yil C) 2007-yil D) 2005-yil Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Matematika va Nemis tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Tarix va Ingliz tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Matematika va Geografiya yo’nalishi №1