Uy » Abituriyent » Blok testlar » Tarix va Geografiya yo’nalishi №1 Blok testlar Tarix va Geografiya yo’nalishi №1 InfoMaster May 4, 2022 408 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Vaqtingiz tugadi! Tarix va Geografiya yo'nalishi №1 Asosiy fanlar: ? Tarix (3.1 ball) ? Geografiya (3.1 ball) Majburiy fanlar: ? Matematika (1.1 ball) ? Ona tili (1.1 ball) ? O'zbekiston tarixi (1.1 ball) 1 / 90 1. Eskilik bilan yengilik, eski va yangi dunyo o‘rtasidagi kurash mavzusi Amerikaning qaysi yozuvchilar asarlarida aks etgan? A) Mark Tven, Genri Longfello B) Mark Tven, Jon Kopli C) Uolt Uitmen, Genri Longfello D) Uolt Uitmen, Mark Tven 2 / 90 2. Bir vaqtda sodir bo’lgan voqealarni belgilang? A) Shumerlar jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri mixxatni ixtiro qilishdi va neolit davri boshlandi B) Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi yirik qudratli davlatga aylandi va Sargon I shumer va akkad shaharlarini o’z hokimiyati ostida birlashtirdi C) Quyosh xudosi Amon Ra firavnlarning bosh homiysi va ilohiga aylandi va eneolit davri nihoyasiga yetdi D) So’ngi Misr podsholigiga asos solindi va Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi 3 / 90 3. Yaponiyada hokimiyatni Mikado-imperator boshqara boshlagan asrda bo’lib o’tgan voqealarni toping. 1)Xitoyda ipakdan shoyi so’zana – panno to’qish ixtiro qilindi; 2)Xitoyda paxtadan gazlama tayyorlash yo’lga qo’yildi; 3)asteklar Tenochtitlan shahriga asos soldilar 4)mo’g’ullarning ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat mulkiy tabaqalanish kuchaya boshladi 5)nemis feodallari urush boshladi 6)Yevropaning yirik shaharlarida dastlabki universitetlar ochila boshladi A) 3,4,5,6 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4,6 D) 2,3,5,6 4 / 90 4. Simoneseki sulhiga ko’ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo’lga kiritgan edi? A) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini B) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini C) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini D) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini 5 / 90 5. “Tarbiyayi atfol” ni tashkil qilgan shaxslarni aniqlang. 1. Hoji Rafiy 2. A.Fitrat 3. Mirzo Abduvohid 4. Hamidxo’ja Mehriy 5. A.Avloniy 6. Usmonxo’ja 7. Muhammadxo’ja 8. Munavvar Qori9. Shakuriy A) 1,3,4,6,7 B) 1,2,3,4,5,6 C) 2,4,6,8,9 D) 1,3,5,8,9 6 / 90 6. Qarz yoki kreditni to'lash shartlarini qayta ko'rib chiqish va o'zgartirish nima deyiladi? A) Kapital B) Restrukturizatsiya C) Subsidiya D) Integratsiya 7 / 90 7. Rasmda berilgan tarixiy shaxs bilan bog’liq unga oid ma’lumotdni aniqlang. A) O’z maktubida Buxoro Hindiston birgalikda Eronga yordam ko’rsatishi zarurligini ta’kidlagan; B) O’z maktunida Eronni o’zaro taqsimlab olishni taklif qilgan; C) Safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qilishga intilgan; D) Xurosonning Marv, Nishopur, Mashhad kabi yirik shaharlarini egallaydi; 8 / 90 8. Xiva xoni Muhammad Rahimxon I ga tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurashda o`z raqiblarini birin- ketin bo`ysundira bordi? A) savdogarlar va ruhoniylar tabaqasi B) “xon ” navkarlari deb atalgan muntazam qo`shin C) urug` oqsoqollari va ruhoniylar tabaqasi D) yirik zodagonlar va ruhoniylar tabaqasi 9 / 90 9. Quyidagi olimlarni millatiaga qarab moslashtiring. 1. E.Rezerford 2.A.Bekkerel3. S.Arrenius 4. F.A.Lesh5. R.Virxov a) fransuzb) rus c) ingliz d) shved e) nemis A) 1-b, 2-e, 3-c, 4-d, 5-a B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b, 5-e C) 1-a, 2-c, 3-d, 4-e, 5-b D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-e, 5-c 10 / 90 10. Quyidagi Lotin Amerikasi davlatlarining qaysi birining mustaqilligi muvufiq keladi? A) 2-3-5-6 B) 1-3-5-7 C) 1-2-5-6 D) 2-4-6-8 11 / 90 11. Milliy Markaz – Turkistono’lkamusulmonlarkengashitashkil etilgach, kimlar rais kotiblari bo’lishgan? A) Munavvarqori, Zaki Validiy B) Mustafo Cho’qay, Islom Shoahmedov C) Behbudiy, Munavvarqori D) Islom Shahmedov, Zaki Validiy 12 / 90 12. Quyidagilardan qabilalar bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang. A) Karfagenliklar – Afrikaning shimoliy qismida joylashgan Yunon koloniyasi B) Etrusklar – Italiyaning shimoli-g’arbiy qismida joylashgan; C) Lotinlar – Tibr daryosi bo’yida joylashgan daryo va botqoqlik lotinlarni qo’shni qabilalardan hujumlaridan himoya qilar edi; D) Lig’urlar – Italiyaning eng qadimgi qabilalaridan biri bo’lib, chorvachilik bilan shug’ullangan; 13 / 90 13. Quyidagi javoblarni moslashtiring. 1)Rossiyaning Bolqon yarim orolidagi manfaatlarini mensimay Avstriya- Vengriyani Bolqon siyosatini qo’llab quvvatlagan davlat 2)XIX asr oxiri – XX asr boshida sanoat ishlab chiqarish hajmi 2 marta kamaygan davlat 3)XIX asr oxiriga kelib xorijiy davlatlar 3 mlrd dollar kapital kiritgan davlat 4)AQSH asoratli shartlar asosida qarz bergan davlatlardan bir A) 1-B. Britaniya, 2-Germaniya, 3-Germaniya, 4-Nikaragua B) 1-Germaniya, 2-B. Britaniya, 3-AQSH, 4-Gonduras C) 1-Germaniya, 2-Fransiya, 3-AQSH, 4-Gvatemala D) 1-Germaniya, 2-B. Britaniya, 3-AQSH, 4-Kosta-Rika 14 / 90 14. Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» korxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilingan yildan keyin sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) Toshkent xalqaro aeroportiga Islom Karimov nomi berildi B) Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 7,1 kilometr bo’lgan Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi olib borilmoqda C) «O‘zbekiston havo yo‘llari» zamonaviy havo kemalari bilan ta’minlandi. D) Afrosiyob tezyurar poyezdining Toshkent–Xiva yo‘nalishi ishga tushirildi. 15 / 90 15. Napaleon Bonapartni Fransiyada obro‘sini ko‘tarib yuborgan voqea nima edi? A) Italiyaga qilingan yurish va uning bo‘ysundirilishi B) Qirol hokimiyatini Napaleonga berilishi C) Yirik davlatlar bilan yaxshi aloqalar D) Mirga qilgan urushi 16 / 90 16. Buxoro amirligi qo‘shinida to‘plarning sozligi kimlarning nazoratida bo'lgan? A) rus va fransuz mutaxassislari B) fransuz va fors mutaxassislari C) rus va nemis mutaxassislari D) rus va fors mutaxassislari 17 / 90 17. Qaysi qatorda Fransiya qiroli Filipp IV hukmronligi bilan bog’liq ma’lumotlar ko’rsatilgan? 1)Normandiya Angliyadan tortib olindi 2)Shampan grafligi va Lion viloyati qirol domeniga qo’shib olindi 3)cherkov yerlari soliqqa tortildi 4)General shtatlar chaqirildi A) 3.4 B) 2,3,4 C) 2.4 D) 1.4 18 / 90 18. Kimni davridaGermaniya Yevropa Ittifoqining yetakchi davlatiga aylandi? A) Angela Markel B) Gelmut Gol C) Gerxard Shryoder D) Konrad Adenaur 19 / 90 19. Jaloliddin Manguberdi bilan bog’liq quyidagi voqealarni yuz berish davriga ko’ra to’g’ri xronologik tartibda belgilang. 1)Gurjiston to’liq egallandi; 2)Isfahon yaqinida mo’g’ullarning Taynol no’yon boshliq qo’shinlarini maglub etadi; 3)U Hindistonda muqim o‘rnashish, ittifoqchilar topish mushkul ekanligini anglab, Iroqqa yo‘l oladi; 4)Xalifa Nosirning 20 ming kishilik qo’shini Basra yaqinidagi jangda tor-mor etildi; 5)Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi; 6)Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari Arzinjon yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchradi; A) 5, 3, 4, 2, 1, 6 B) 5, 4, 3, 1, 2, 6 C) 5, 3, 4, 6, 2, 1 D) 5, 3, 4, 1, 2, 6 20 / 90 20. Quyidagi voqealarni ketma-ketlikda joylashtiring? 1.U.Cherchill Fulton shahrida Vestminster kolleji tinglovchilari oldida so’zga chiqdi 2.O’zaro Iqtisdiy Yordam Kengashi tuzildi 3.J.Marshall Yevropa mamlakatlariga urush oqibatlarini bartaraf qilishda yordam ko’rsatish g’oyasini ilgari surdi 4.NATO tashkil etildi A) 3,1,2,4 B) 2,1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,3,2,4 21 / 90 21. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy okruglarini ularga mos hududlar bilan muvofiqlashtiring. 1)Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari 2)Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari 3)Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari 4)Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati a) Sharqiy harbiy okrug b) Markaziy harbiy okrug Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug c)Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c 22 / 90 22. Rossiya istilosi natijasida egallangan hududlar bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumotni aniqlang. A) Erjar qishlog’i – Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan ushbu hududda podsho qo’shinlari Buxoro amirligi qo’shinlari o’rtasidagi dastlabki jang bo’lib o’tgan B) O’ratepa - F.Romanovskiy harbiy qo’shinlari ushbu shaharga yetib borgach, shahar uch kun o’qqa tutildi ; C) Jizzax – ushbu shaharni bosib olish uchun bo’lgan jangdaharikkala tomondan 2 mingdan ko’proq kishi halok bo’ldi ; D) Xo’jand – Qo’qon xonligi bilan Buxoro amirligi o’rtasida joylashgan ushbu shahar podsho qo’shinlari tomonidan 24-may kuni egallandi ; 23 / 90 23. Quyidagilardan qaysi birining xronologiyasi to’g’ri kelmaydi ? A) 1857 – Ahmad Donish Amir Nasrullo elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlari bo’ylab sayohat qilgan ; B) XIX asr – Ahmad Donish amir Muzaffar taklifi bilan « Manozir ul-kavokib » nomli astronomiyaga oid kitob yozgan C) 1819 – Munis Mirxondning « Ravzat us-safo » asarinitarjimaqilishni boshladi ; D) XV asr - Madrasalarda mavjud Olimlar yasovuli paydo bo’lgan ; 24 / 90 24. Quyidagilarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1)AQSH va Germaniya o’rtasida jahon elektr bozorini bo’lib olish va o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida shartnoma tuzilgan ; 2)Yevropa shaharlari qurilishida o’zgarishlar yuz bera boshladi ; 3)Millatlararo korporatsiyalar soni 100 taga yetdi ; 4)Mustamlakachilik siyosati natijasida « egallanmagan yerlar »ni bosib olish yakunlandi ; A) 2-3-4-1 B) 3-2-1-4 C) 2-4-1-3 D) 3-4-2-1 25 / 90 25. O’rta asrlarda quyidagi qaysi shaharlarda nomlanishi bir xil bo’lgan inshootlar mavjud? 1. Istanbul. 2. Moskva. 3. Vladimir. 4. Kiyev. 5. Parij. 6. Sevilya A) 1, 4 B) 1, 2 C) 2, 3, 5 D) 5, 6 26 / 90 26. Ilmga bo’lgan chanqoqlik tufayli Buxoro, marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bag’dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini diniy ilmlarini, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf- odatlarini chuqur o’rgangan alloma tavallud topgan yildan 205 yil muqaddam quyidagilardan kim tavallud topgan? A) “Hayotnoma” asarining muallifi; B) “Al-jome as-Sahih” asari muallifi; C) “Hidoya” asarining muallifi; D) “Kitob at-Tavhid” asari muallifi; 27 / 90 27. Quyidagi voqealardan bir yilda yuz berganlarini toping. 1)Eftallar Xitoyga elchi yubordilar; 2)Pero’z eftallarga qarshi yurish qildi; 3)Sosoniyla va Kidariylar o’rtasida jang bo’lib o’tdi: 4)hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg‘adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo‘shinni temirqalpoq (dubulg‘a)lar bilan ta’min etganlar: A) 3.4 B) 2.4 C) 1.3 D) 1.4 28 / 90 28. Quyidagilardan nisbatan keyinroq sodir bo'lgan voqeani aniqlang. A) Samarqandshahridabo'lib o'tgantasisqurultoyida O'zbekiston komsomoliga asos solindi B) To'rtko'lda dehqon, batrak va qizil askar deputatlari Qoraqolpoq avtonom viloyati sovetlarining I tasis syezdi bo'lib o'tdi C) Tojikiston ASSR o'rniga Tojikiston SSR tashkil topdi va u O'zbekiston SSR tarkibidan chiqdi D) Qoraqolpog'iston Qozog'iston ASSR tarkibiga kiritildi 29 / 90 29. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? A) Temuriylar davlati XVI asr boshlarida to‘la barham topdi B) Shayboniylar hukmronligi davrida oliy hukmdor — xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga yurt (udel) qilib bo’lib berdi. Bu esa oxir-oqibatda markaziy hokimiyatning zaiflash C) XVIII asr oxirida Buxoro xonligi ikkiga bo’linib ketdi D) Temuriylar sulolasi hukmronligi barham topgach, yurtimizda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘matildi. Mazkur sulola ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniyat rivojida temuriylar davr 30 / 90 30. 1926-yili general Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yurishini boshladi.Bu yurish davrida Markaziy Xitoyning ko’plab provinsiyalari,jumladan qaysi yirik shaharlar Gomindanchilar qo’liga o’tdi? A) Pekin, Urumchi, Uxan, Nankin B) Pekin, Nankin, Uxan, Nanchan, C) Uxan, Shanxay, Nanchan, Nankin D) Nanchan, Shanxay, Urumchi, Pekin 31 / 90 31. O‘rta Osiyo o‘lkasining eng shimoliy nuqtasi … A) Savir tog‘larining etagidagi Qora Irtish daryosi vodiysida (85.6□ shimoliy kenglik) B) Ayirtov yaqinida (53.8□ shimoliy kenglik) C) Hindikush tog‘larining janubiy tarmog‘i bo‘lgan Safedko‘h to‘g tizmasi bilan Nishopur tog‘lari tutashgan joyda - Xarirud vodiysida (34□ shimoliy kenglik) D) Kaspiy dengizining Mang‘ishloq yarimorolidagi Tubqarag‘ay burnida (50.3□ shimoliy kenglik) 32 / 90 32. Hozirgi kunda “Afrosiyob” poyezdlari qaysi yo`nalishlar bo`yicha qatnayapti? A) Toshkent – Samarqand, Toshkent – Farg`ona – Qo`qon B) Toshkent – Buxoro, Toshkent – Angren – Qo`qon C) Toshkent – Samarqand, Toshkent – Qarshi – Shahrisabz D) Toshkent – Buxoro, Toshkent – Qarshi – Shahrisabz 33 / 90 33. Atmosfera so‘zining ma’nosi nima? A) yunoncha “atmos”- bug‘, “sphaira”- shar B) lotincha “atmos”- bug‘, “sphaira”- shar C) lotincha “atmos”- yengil, “sphaira”- qobiq D) yunoncha “atmos”- yengil, “sphaira”- qobiq 34 / 90 34. Qaysi sayohatchi birinchi bo‘lib, Atlantika okeanini kesib o‘tib, Amerika qirg‘oqlariga yetib borgan? A) III)Vasko da Gama B) Amerigo Vespuchchi C) Fernan Magellan D) Xristofor Kolumb 35 / 90 35. Yevrosiyoning qaysi qismida harakatdagivulqonlar, dahshatli zilzilalar tez–tez bo‘lib turadi? A) faol geosinklinal mintaqalarda B) qadimgi yassi tog‘liklarda C) platformalarning qalqonida D) qadimgi platformalarda 36 / 90 36. O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi kategoriyasini toping (erkaklar misolida) A) 16-55 yosh B) 18- 55 yosh C) 16-60 yosh D) 16-65 yosh 37 / 90 37. Turon iqlimida yillik yog‘inning 35−40 foizi yilning qaysi fasllariga to‘g‘ri keladi? A) Bahor va yoz B) Qish va bahor C) Kuz va qish D) Yoz va kuz 38 / 90 38. Joy plani qanday masshtabda tuziladi? A) 1:5000 va undan yirikroq B) 1:1000000000 va undan yirikroq C) 1:500 va undan kichikroq D) 1:5000000 va undan yirikroq 39 / 90 39. Yer sharining uzluksiz suvli qobig‘i qanday ataladi? A) ocean B) Dunyo okeani C) qirg‘oqsiz dengiz D) litosfera 40 / 90 40. O‘rta Osiyoning barcha tog‘larida yagona qonuniyat saqlanib qoladi – 3 ta balandlik mintaqasi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Balandlik mintaqasi noto‘g‘ri berilgan javobni toping. A) cho‘l B) tog‘ C) adir (tog‘oldi) D) yaylov 41 / 90 41. Nimalar noorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi A) mikroorganizmlar B) o‘simliklar C) mikroblar D) hayvonlar 42 / 90 42. Quyidagilardan qaysi birida yilning asosiy qismida havo nam va issiq bo‘ladi? A) Braziliya yassi tog‘ligining sharqiy qismlari B) Gviana yassi tog‘ligining shimoliy qismlari C) Amazoniya pasttekisligining g‘arbiy qismlari D) And tog‘larining janubiy qismlari 43 / 90 43. Hisor tog‘ining janubiy yonbag‘rlariga qancha yog‘in tushadi? A) 900−1000 millimetr B) 500−600 millimetr C) 1000−1200 millimetr D) 800−900 millimetr 44 / 90 44. Antarktika sovuq o‘lkasining maydoni qanchaga teng? A) 14 mln kv.km B) 55, 2 mln kv.km C) 52, 5 mln kv.km D) 45, 5 mln kv.km 45 / 90 45. Kilimanjaro vulqoni qaysi tabiiy geografik o‘lkada joylashgan? A) Sharqiy Afrika B) Janubiy Afrika C) Markaziy Afrika D) Shimoliy Afrika 46 / 90 46. Hozirgi kunda mamlakatimiz suv transportida qaysi birlashma mavjud emas? A) LL)“Xorazm daryo floti” B) NN) “Termiz daryo porti” C) MM) “Qoraqalpog‘iston daryo floti” D) “Amudaryo flotiliyasi” 47 / 90 47. G‘ovakliklarida suv bo‘lgan qatlamlar nima deyiladi? A) qatlamlar orasidagi suv B) suvli qatlamlar C) suv o‘tkazmaydigan qatlamlar D) oraliq qatlamlar 48 / 90 48. Yerning sharsimon ekanligini nazariy jihatdan birinchi bo‘lib kim va qachon isbotlagan? A) mil.avv. 3-asrda Eratosfen B) mil.avv. 4-asrda Aristotel C) mil.avv. 6-asrda Pifagor D) mil.avv. 7-asrda Fales 49 / 90 49. Tog‘ …bo‘lsa, undagi tabiat komplekslari shuncha ko‘p bo‘ladi va almashinib keladi. Nuqtalar o‘rniga mos variantni qo‘ying. A) okeanga qancha yaqin va baland B) ekvatorga qancha yaqin va baland C) qancha qadimgi va qutbga yaqin D) qancha katta masofaga cho‘zilgan 50 / 90 50. Yer po‘stida biror joy yorilsa, o‘sha hudud tagida bosim ….., chuqurdagi qaynoq moddalar …… jinsga aylanadi. Nuqtalar o‘rniga mos variantni qo‘ying. A) pasayadi, qattiq B) pasayadi, suyuq C) ortadi, suyuq D) ortadi, qattiq 51 / 90 51. Aholining mamlakatdan ko`chib ketishi yoki ko`chib kelishi nima deyiladi? A) tashqi migratsiya B) emigratsiya C) immigratsiya D) ichki migratsiya 52 / 90 52. Shimoliy Amerikada birinchi milliy bog‘ qachon tashkil etilgan? A) 1793-yil B) 1872-yilda C) 1882-yil D) 1836-yil 53 / 90 53. Qishda, yanvar oyida O‘zbekistonning hududlarida o‘rtacha haroratini mos javobni belgilang. 1) Toshkent, 2) Termiz, 3) Samarqand, 4) Ustyurt a) –10 –11°C, b) +0,9°C, c) +0,3°C, d) +2,8°C A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 54 / 90 54. Puerto-Riko botig‘ining chuqurligi qancha? A) 11022 metr B) 7729 metr C) 8224 metr D) 8742 metr 55 / 90 55. O`zbekiston o`z ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini qaysi davlatlarga eksport qilmoqda? 1)Qozog`iston,2)Qirg`iziston,3)Tojikiston,4)Afg`oniston,5) Turkmaniston, 6) Eron A) 1, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 6 D) 2, 4, 6 56 / 90 56. Bog‘dorchilik,uzumchilik vapolizchilikda qo‘llaniladigan mashinava moslamalar qayerda ishlab chiqarilmoqda? A) O‘zbek–Isroil qo‘shma korxonasida B) “O‘rta Osiyoqishloqmash” birlashmasida C) Toshkent traktor zavodida D) “Toshqishloqmash”da 57 / 90 57. Vegetatsiya davri uzoq, serquyosh, suvga mo‘l yerlarda yaxshi o‘sadi.U hosildorlik jihatidan faqat makkajo‘xoridan keyin turadi. Gap qaysi ekin haqida ketmoqda? A) Arpa B) Bug`doy C) Tariq D) Sholi 58 / 90 58. Mirzacho‘l janubidagi tog‘ tizmalari qaysi tog‘ burmalanishi davrida ko‘tarilgan? A) gersin B) kaledon C) alp D) baykal 59 / 90 59. Qanday xaritalarda hududning umumiy ko‘rinishi, ya’ni relyef, daryolar, ko‘llar, dengizlar, shaharlar, okeanlardagi yirik oqimlar ko‘rsatiladi? A) iqtisodiy B) siyosiy C) mavzuli D) umumgeografik 60 / 90 60. Tog‘larda daraxtsiz yerlarda eng ko‘p tarqalgan tuproq turi qaysi? A) o‘tloq-botqoq va o‘tloq-toshloq tuproq B) qora tuproqsimon tog‘-dasht tuproq C) tog‘ jigarrang tuproq D) tog‘-o‘rmon qo‘ng‘ir tuproq 61 / 90 61. Ifodaning qiymatini toping: (|-111|-80)+ |-29| A) 60 B) 50 C) -150 D) 150 62 / 90 62. To’g’ri chiziqda 3 nuqta belgilandi. Shu nuqtalardan nechta kesma hosil bo’ladi? A) 3 B) 2 C) 4 D) 1 63 / 90 63. Abdurahmon qadamining uzunligi 0,55 m. U 55 m yo‘l yurishi uchun necha qadam tashlashi kerak? A) 100 B) 110 C) 120 D) 150 64 / 90 64. Sinfda 26 o‘quvchi bor. Matematikadan o‘tkazilgan nazorat ishida o‘quvchilarning 3/13 qismi – «5», 5/13 qismi – «4» va qolgani – «3» baho oldi. Qancha o‘quvchi «3» baho olgan? A) 8 B) 10 C) 5 D) 6 65 / 90 65. EKUK(15,45,21) ni toping. A) 115 B) 210 C) 215 D) 315 66 / 90 66. Yig indini hisoblang. 25+25+27+29+31+33+35+37+60 A) 240 B) 300 C) 180 D) 120 67 / 90 67. Natural sonni 10 ga bo‘lganda, bo‘linma 15 ga qoldiq 7 ga teng bo‘ladi. Bo‘linuvchini toping. A) 161 B) 157 C) 163 D) 177 68 / 90 68. Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 4 metr, eni 4 metr va uzunligi 8 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 6 mln 600 ming B) 6 mln 500 ming C) 5 mln 400 ming D) 6 mln 400 ming 69 / 90 69. Hisoblang. A) 8 B) 44/5 C) 60/8 D) 27/4 70 / 90 70. Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 2 metr, eni 0,5 metr va uzunligi 18 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 950 ming B) 900 ming C) 980 ming D) 1 mln 71 / 90 71. Qaysi uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi? A) so‘zlashuv uslubi B) rasmiy uslub C) ommabop uslub D) ilmiy uslub 72 / 90 72. Quyidagi tillardan qaysi biri turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga mansub? A) qozoq B) qoraqalpoq C) Buyg‘ur D) tatar 73 / 90 73. Qaysi javobda qo‘shma gapning ikkinchi qismida qo‘llanadigan bo‘g‘lovchilar keltirilgan? A) toki, shuning uchun, bilan, hamda, basharti B) chunki, negaki, balki, ammo, lekin, biroq, ya’ni C) ammo, lekin, agar, chunki, negaki D) chunki, negaki, goh... goh, balki, mabodo 74 / 90 74. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda qanday voqea- hodisalar ifodalanadi? A) Bir paytda yoki ketma-ket bo‘ladigan voqea-hodisalar ifodalanadi B) voqea-hodisalarning galma-gal bo‘lishi yoki ulardan biri bo‘lishi ifodalanadi C) Bir-biriga zid voqea-hodisalar ifodalanadi D) to‘g‘ri javob yo‘q 75 / 90 75. Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon. A) 6 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 5 ta 76 / 90 76. Buyuk olim odamning nopok istaklari va tuban ehtiroslarini uyga qamab qo‘yilgan uch maxluq odam, tong‘iz va arslonga o‘xshatgan ekan. Ushbu gapda qaysi kelishik qo‘shimchalari ishirok etmagan? A) chiqish, o‘rin-payt B) qaratqich, chiqish o‘rin payt C) tushum, o‘rinpayt, bosh D) qaratqich, tushum, jo‘nalish, bosh 77 / 90 77. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) -gach, -guncha, -gani, -ib B) -gach, -t, -ir, -n, -i C) -in, -t, -ir, -ish, -il D) -guncha, -la, -in, -il, -gan 78 / 90 78. Tishlarimni ko‘rmak istasang, Tushlaringni marvaridga ayt, Gar o‘zimni ko‘rmak istasang, Yovni yengib, tezroq qayt. Ushbu parchadagi fonemalarni aniqlang. A) sh, k, t B) a, i, o‘ C) t, k, y D) i, u, q 79 / 90 79. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlining ikkinchi bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping. A) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. B) Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar. C) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi. D) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi. 80 / 90 80. Ham ot, ham sifat yasovchi shakldosh qo‘shimchalarni aniqlang. A) -kash, -eh, -la B) -lik, -zor, -ar C) -qi, -choq, -in D) -li, -kash, -im 81 / 90 81. G‘aribxona, musofirxona so‘zlari qanday manoni bildiradi? A) madrasa B) maqbara C) xonaqoh D) sardoba 82 / 90 82. Quyidagi qaysi alloma 1123-yilda Rishtonda tug‘ilgan? A) Abu Mansur al-Moturidiy. B) Burhonuddin al-Marg‘inoniy. C) Ahmad ibn Umar Xivaqiy. D) Mahmud az-Zamaxshariy 83 / 90 83. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni qachon tasdiqlandi? A) 2016-yil, 11-fevral B) 2017-yil, 7-fevral C) 2017-yil, 24-iuyn D) 2016- yiul,15-yanvar 84 / 90 84. 1983-1988-yillarda O‘zbekistonga kim rahbarlik qildi? A) Rustam Saidov B) Rafiq Nishonov C) Inomjon Usmonxo‘jayev D) Sharof Rashidov 85 / 90 85. “Movarounnahr” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma'nosi nima? A) turkiycha, “ikki daryo oralig‘i” B) arabcha, “daryoning narigi tomoni” C) forscha, “daryoning quyi qismi” D) arabcha, “ikki daryo oralig‘i” 86 / 90 86. Butun Sharqda parlament raisi bo‘lgan birinchi ayol kim? A) Benazir Bxutto B) Yodgora Nasriddinova C) Sayyora Rashidova D) Indra Gandi 87 / 90 87. 1914-yil Toshkentda kim “Turon” teatr truppasini tuzgan? A) A. Samadov B) Hamza C) A. Avloniy D) Behbudiy 88 / 90 88. Quyidagi qaysi tarixiy asarda o‘lkamizning qadimgi aholisi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berilgan? A) “Tarix” asarida B) “Geografiya” asarida C) “Tarixiy-yilnomalar” asarida D) “Qadimgi sharq” asarida 89 / 90 89. Qaysi yodgorlikdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan? A) Qoratepa B) Zartepa C) Dalvarzintepa D) Xolchayon 90 / 90 90. Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga somoniylar hukmronligi davrida kim rahnamolik qilardi? A) “Xatib” B) “Hojib” C) B“Naqib” D) “Ustod” Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Matematika va Nemis tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Tarix va Ingliz tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Matematika va Geografiya yo’nalishi №1