Uy » Abituriyent » Blok testlar » Matematika va Kimyo yo’nalishi №1 Blok testlar Matematika va Kimyo yo’nalishi №1 InfoMaster May 4, 2022 99 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Matematika va Kimyo yo'nalishi №1 Asosiy fanlar: ? Matematika (3.1 ball) ? Kimyo (3.1 ball) Majburiy fanlar: ? Matematika (1.1 ball) ? Ona tili (1.1 ball) ? O'zbekiston tarixi (1.1 ball) 1 / 90 x² + y² - 12x + 6y + 9 = 0 tenglama bilan berilgan aylananing markazini toping A) (-6;3) B) (6;-3) C) (-3;6) D) (3;-6) 2 / 90 Hasan, Husan va ularning 3 nafar oʻrtoqlari orasidan ixtiyoriy tanlangan 3 kishining orasida Hasan va Husan boʻlishi ehtimolligini toping. A) 0,25 B) 0,3 C) 0,4 D) 0,2 3 / 90 a va b orqali ifodalangan m ning qanday qiymatida ifoda to’la kvadrat bo’ladi? A) 4a² b² B) ±3ab C) To’g’ri javob keltirilmagan D) ±ab/3 4 / 90 x² + ax = 1 tenglamaning x1 va x2 ildizlari tenglikni qanoatlantirsa, a² - 2 ning qiymatini toping. A) 34 B) 2 C) 7 D) 14 5 / 90 Tengsizliklar sistemasini yeching. A) (-11 ; 2] B) [2 ; 11) C) [-2;7) D) (-7 ; -2] 6 / 90 cosx + sinx/2 = 1 tenglama [0; 2π] da nechta ildizga ega? A) 5 B) 4 C) 6 D) 3 7 / 90 Soddalashtiring A) 1 B) 1/2 C) 0 D) -1 8 / 90 Ifodani soddalashtiring: A) 0 B) 1 C) cosα D) sinα 9 / 90 Funksiyaning eng kichik qiymatini toping. A) 6⁴ B) 8⁴ C) 7⁴ D) 16⁴ 10 / 90 (x + 1) · (|x| - 1) ≥ 2 tengsizlikni yeching. A) [√3 ; +∞) B) (-∞ ; -√3] ∪ [√3 ; +∞) C) (-∞ ; -√3] D) (-∞ ; 0] ∪ [√3 ; +∞) 11 / 90 ABCD teng yonli trapetsiyaga radiusi 2 ga teng boʻlgan aylana ichki chizilgan. Agar trapetsiya asoslarining nisbati 4:9 kabi boʻlsa, kichik asos uzunligini toping. A) 5/8 B) 3/8 C) 8/5 D) 8/3 12 / 90 f ( x)=x² funksiyaning (0;0) va (1;1) nuqtalaridan oʻtuvchi toʻgʻri chiziqqa parallel boʻlgan urinma tenglamasini tuzing. A) y = x - 0,25 B) y = x - 0,125 C) y = x - 0, 2 D) y = x - 0,225 13 / 90 Agar ifodaning qiymatini toping. A) 14 B) 8 C) -14 D) -8 14 / 90 Integralni hisoblang: A) 2-√5 B) 4-√5 C) √5-2 D) 2√5-4 15 / 90 Funksiyaning qiymatlar to’plamini toping. A) (-2;2) B) [-2;0) ∪ (0;2] C) (-3;1) D) (-1;1) 16 / 90 AB kesmani A uchidan boshlab hisoblanganda C nuqta 3:4 nisbatda, D nuqta esa AC kesmani 4:3 nisbatda boʻladi. Agar AB kesmaning uzunligi 49 cm boʻlsa, u holda AD kesmaning uzunligini (cm) toping. A) 16 B) 12 C) 9 D) 21 17 / 90 ABC uchburchakning A uchidan BC tomoniga AD mediana tushirildi, bunda AD = BD = AC bo’ladi. BC tomonning AB tomonga nisbatini toping. A) 1/2 B) 3√3/2 C) √3 D) 2√3/3 18 / 90 a va b ning qanday qiymatlarida tenglamalar sistemasi yechimlarga ega emas? A) a = 10; b ≠18 B) a = 10; b = 18 C) a ≠ 10; b = 18 D) a ≠ 10; b ≠ 18 19 / 90 a va b raqamlar yig’indisi 7 ga qoldiqsiz bo’linadi. Agar aba ko’rinishidagi uch xonali sonlarni 7 ga bo’lganda bir xil qoldiq qolsa, shu qoldiqni toping. A) 0 B) 6 C) 3 D) 4 20 / 90 Hadlari xn = 4n2 + cn + 2 formula bilan berilgan ketma – ketlikda x4 - x2 = 52 boʻlsa, bu ketma – ketlikning uchinchi hadini toping. A) 50 B) 44 C) 56 D) 52 21 / 90 Arifmetik progressiyaning oltinchi hadi 17 ga teng, dastlabki 16 ta hadning yig’indisi esa 392 ga teng. Ushbu progressiyaning 9-hadini toping. A) 13 B) 24 C) 26 D) 16 22 / 90 3·92x+2·9x-1≤0 tengsizlikni yeching A) (-∞;-1,5] B) (-∞;2] ∪ [3; +∞) C) (-∞;2] D) [0,5; +∞) 23 / 90 O’ziga qo’shni burchakning 4/5 qismiga teng bo’lgan burchakning yarimini toping. A) 40° B) 50° C) 45° D) 55° 24 / 90 Hisoblang: A) 2 B) 1 C) 0 D) -2 25 / 90 Funksiyaning aniqlanish sohasiga tegishli natural sonlar nechta? A) 4 B) 3 C) 6 D) 5 26 / 90 Tenglamaning ildizlari ʻ ko paytmasini toping. A) 4 B) 1/4 C) 1/8 D) 2 27 / 90 Hisoblang: A) 0 B) 1 C) 3 D) 2 28 / 90 Barcha ikki xonali sonlar ko’paytmasi tub sonlar ko’paytmasi shaklida yozilganda, bu ko’paytmada 7 soni necha marta qatnashadi? A) 15 B) 16 C) 14 D) 13 29 / 90 0; 1; 2; 3; 4; 5 raqamlardan jami nechta raqamlari takrorlanmaydigan 3 xonali sonlar tuzish mumkin? A) 180 B) 216 C) 125 D) 100 30 / 90 vektorlar uchun bo'lsa, x ni toping. A) 2 B) -1 C) 1 D) -2 31 / 90 H₂SO₄∙0,1SO₃ tarkibli oleumni neytrallash uchun 8,8 g NaOH sarflandi. Boshlang’ich oleum massasini (g) toping. A) 12,4 B) 10,6 C) 9,8 D) 15,6 32 / 90 (H₂O)₅ tarkibli suv bug’ida nechta vodorod bog’ bor? A) 9 B) 6 C) 10 D) 8 33 / 90 Ikki valentli metall oksidi va sulfatining ekvimolar aralashmasi tarkibida metallning massa ulushi 30% bo‘lsa, uni aniqlang. A) Cr B) Ca C) Fe D) Mg 34 / 90 A+B □ C +D sistemada A va B moddalar konsentratsiyalari mos ravishda 4 va 5 mol/l dan bo’lib, B moddaning 60% reaksiyaga kirishganda muvozanat qaror topgan bo’lsa, muvozanat konstantasini toping. A) 2,5 B) 4,5 C) 4 D) 3 35 / 90 Hajmi 22,4 litr (n.sh.) bo’lgan O₂ va hajmi 33,6 litr (n.sh.) bo’lgan CH₄ dan iborat aralashmaning vodorodga nisbatan zichligini aniqlang. A) 15 B) 11,2 C) 16 D) 22,4 36 / 90 Endotermik reaksiyani aniqlang. A) H₂+O₂→ B) Ca+H₂O→ C) H₂+N₂→ D) NaOH+H₂SO₄→ 37 / 90 X va Y ni hisoblang. ( Ar(H) = 1 ; Ar(C) = 12 ) A) X – 76; Y – 92 B) X – 92; Y – 106 C) X – 106; Y – 120 D) X – 78; Y – 88 38 / 90 Quyidagi rasmda eritmaga Fe(NO3)3 tuzi qo‘shilguniga qadar va qo‘shib bo‘lingandan so‘ng eritma tarkibidagi ionlarning va dissotsiatsiyalanmagan molekulalarning miqdorlari (mol) ko‘rsatilgan. Eritma tarkibidagi AgNO3 va Fe (NO3)3 tuzlarining dissotsiatsiyalanish darajalarini (%) aniqlang (tuzlarning dissotsiatsiyalanish darajalari eritmaga boshqa bir tuz qo‘shilganda o‘zgarmaydi, deb hisoblang). A) AgNO₃ − 30; Fe(NO₃ )₃ − 70 B) AgNO₃ − 80; Fe(NO₃ )₃ − 60 C) AgNO₃ − 40; Fe(NO₃ )₃ − 90 D) AgNO₃ − 50; Fe(NO₃ )₃ − 100 39 / 90 30°C da to’yingan eritmada suvning massasi tuzning massasidan 2,5 barobar ko’p bo’lsa, tuzning shu haroratdagi eruvchanligini aniqlang. A) 40 B) 35 C) 25 D) 60 40 / 90 N2 + 3H3 □ 2NH3 reaksiyaning 40 ͦ C da tezligi 1,6 mol/(l ·s) ga teng. Reaktor hajmi 2 marta oshirilib, harorat 20 ͦ C gacha tushirilganda tezlik qiymati (mol/(l ·s)) qanchaga teng bo‘ladi? (γ=2) A) 1,6 B) 0,025 C) 0,4 D) 0,05 41 / 90 50% li eritma tayyorlash uchun 60% li shu eritmaga 101 g suv qo’shildi. Agar dastlabki eritma tarkibida 5 mol tuz bo’lsa, eritma qanday tuzning eritilishidan tayyorlangan? A) K₂SO₄ B) Na₂SO₄ C) KNO₃ D) NaCl 42 / 90 Oltinga mis qo’shib tayyorlangan zargarlik buyumi konsentrlangan nitrat kislataga solinganda 2,24 l gaz ajralib, 9,6 grammi erimay qoldi. Zargarlik buyumining probasi qanday bo’lgan? A) 750 B) 800 C) 375 D) 583 43 / 90 Saxaroza kislotali sharoitda 80% unum bilan gidrolizlandi. Mahsulotga Ag2O ning ammiakdagi eritmasi qo’shilganda idishga 172,8 g kumush cho’kdi. Reaksiya uchun olingan saxaroza massasini (g) aniqlang? A) 136,8 B) 171 C) 273,6 D) 342 44 / 90 Qaysi tuzlarning suvli eritmasi fenolftaleinni to‘q qizil rangga bo‘yaydi? 1) natriy karbonat; 2) alyuminiy nitrat; 3) kaliy ftorid; 4) rux sulfat A) 2, 4 B) 1, 4 C) 1, 3 D) 2, 3 45 / 90 Linol kislota qaysi umumiy formulaga mos keladi? A) I B) IV C) II D) III 46 / 90 Noma’lum elementning oxirgi elektronining kvant soni qiymati n=3; l=2; mt=x; ms=-1/2. Agar shu qiymatlar yig’indisi 3,5 ga teng bo’lsa, noma’lum elementni aniqlang. A) Ti B) Co C) Ni D) Sc 47 / 90 11 g propan bilan to’ldirilgan 5,6 litr hajmli idish qanday haroratgacha (C) qizdirilganda 202,65 kPa bosim paydo bo’ladi? A) 546 B) 127 C) 273 D) 27 48 / 90 Venn diagrammasi asosida moddalarning o‘ziga xos va umumiy xususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. A) I-markaziy atomning oksidlanish darajasi +4; II-normal sharoitda 22,4 litr hajmni egallaydi; III-molekulasi tarkibida metal atomi ham mavjud B) I-kristall panjarasi molekular; II-markaziy atomning oksidlanish darajasi +4; III-molekulasi chiziqsimon C) I-kislorodda yonadi; II-glitsin yonishidan hosil bo‘ladi; III-markaziy atomning oksidlanish darajasi +4 D) I-markaziy atomning oksidlanish darajasi +4; II-sistein yonishidan hosil bo‘ladi; III-kislorodda yonadi 49 / 90 Zaruriy sharoit mavjud bo‘lganda qaysi moddalar orasidagi o‘zaro ta’sirlashuvdan ammiak hosil bo‘ladi? A) II, III B) I, II C) I, III D) faqat III 50 / 90 Glukozaning 1/3 qismi oksidlanganda 39,2 g glukon kislota olindi. Qolgan qismi spirtli bijg‘itilganda qancha hajm (l, n.sh.) gaz ajraladi? A) 8,96 B) 22,4 C) 17,92 D) 11,2 51 / 90 Yuqoridagi jarayonda olingan kislota massasi dastlabki pirit massasidan 0,3 g ga kam bo‘lsa, kislota massasini (g) hisoblang. A) 19.6 B) 24.5 C) 14.7 D) 29.4 52 / 90 0,05M li 500 g Na2SO4 eritmasida 2,84 g erigan modda bo‘lsa, eritma zichligini (g/ml) aniqlang. A) 1,42 B) 1,25 C) 1,5 D) 1,3 53 / 90 Quyidagi organik moddani ratsional nomenklatura bo‘yicha nomlang. A) sirka aldegid B) etil spirti C) etilamin D) etanol 54 / 90 pH qiymati 1 ga teng bo’lgan 15 litr eritmaga necha litr suv qo’shilganda eritma pH qiymati 2 ga teng bo’ladi? A) 185 B) 35 C) 85 D) 135 55 / 90 Gibrid orbitallari soni atomlari sonidan 9 taga ko’p bo’lgan moddani aniqlang? A) sulfat kislota B) xlorat kislota C) pentanol D) sulfat angidrid 56 / 90 Teng miqdorda (mol) olingan etilenglikol va glitserin tarkibidagi vodorod atomlari sonlari nisbatini toping. A) 3:4 B) 1:1 C) 2:1 D) 4:1 57 / 90 Quyidagi reaksiyani tenglashtiring hamda molekular tuzilishli moddalar oldidagi koeffitsiyentlar yig‘indisini aniqlang. FeCl2 + KMnO4 + HCl = FeCl3 +MnCl2 + KCl + H2O A) 8 B) 16 C) 12 D) 5 58 / 90 200 g 8% li CuSO4 eritmasi elektroliz qilindi. Elektroliz jarayonida 0,7 mol suv sarflangan bo’lsa, eritmadan necha faradey tok o’tgan? A) 0,4 B) 1,6 C) 1,4 D) 0,2 59 / 90 Fenol, propion kislota va metil spirtdan iborat 0,6 mol aralashma 120 g 10% li NαOH to’liq reaksiyaga kirishib, 30,8 g tuzlar aralashmasi hosil qildi. Dastlabki aralashmadagi fenolning massasini (g) aniqlang. A) 9,4 B) 18,8 C) 4,7 D) 7,05 60 / 90 X+1;X-3;X+5 zarrachalaridagi proton va elektronlar yig‘indisi 87 ga teng bo‘lsa, X elementning yuqori oksidi molar massasini (g/mol) hisoblang. A) 142 B) 98 C) 230 D) 151 61 / 90 Qaysi holda arzon xarid amalga oshiriladi? A) 1 B) 3 C) 2 D) hammasining narxi bir xil 62 / 90 To’g’ri chiziqda 3 nuqta belgilandi. Shu nuqtalardan nechta kesma hosil bo’ladi? A) 3 B) 1 C) 2 D) 4 63 / 90 Abdurahmon qadamining uzunligi 0,55 m. U 55 m yo‘l yurishi uchun necha qadam tashlashi kerak? A) 150 B) 110 C) 120 D) 100 64 / 90 Sinfda 26 o‘quvchi bor. Matematikadan o‘tkazilgan nazorat ishida o‘quvchilarning 3/13 qismi – «5», 5/13 qismi – «4» va qolgani – «3» baho oldi. Qancha o‘quvchi «3» baho olgan? A) 10 B) 5 C) 8 D) 6 65 / 90 EKUK(15,45,21) ni toping. A) 315 B) 115 C) 210 D) 215 66 / 90 Yig indini hisoblang. 25+25+27+29+31+33+35+37+60 A) 180 B) 300 C) 120 D) 240 67 / 90 Hisoblang. A) 30 B) 2 C) 0,3 D) 3 68 / 90 Natural sonni 10 ga bo‘lganda, bo‘linma 15 ga qoldiq 7 ga teng bo‘ladi. Bo‘linuvchini toping. A) 177 B) 161 C) 163 D) 157 69 / 90 Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 4 metr, eni 4 metr va uzunligi 8 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 6 mln 500 ming B) 6 mln 600 ming C) 6 mln 400 ming D) 5 mln 400 ming 70 / 90 Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 2 metr, eni 0,5 metr va uzunligi 18 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 980 ming B) 1 mln C) 950 ming D) 900 ming 71 / 90 Qaysi uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi? A) rasmiy uslub B) ommabop uslub C) ilmiy uslub D) so‘zlashuv uslubi 72 / 90 Quyidagi tillardan qaysi biri turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga mansub? A) Buyg‘ur B) qozoq C) tatar D) qoraqalpoq 73 / 90 Qaysi javobda qo‘shma gapning ikkinchi qismida qo‘llanadigan bo‘g‘lovchilar keltirilgan? A) toki, shuning uchun, bilan, hamda, basharti B) chunki, negaki, goh... goh, balki, mabodo C) chunki, negaki, balki, ammo, lekin, biroq, ya’ni D) ammo, lekin, agar, chunki, negaki 74 / 90 Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon. A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 6 ta 75 / 90 Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) -gach, -guncha, -gani, -ib B) -in, -t, -ir, -ish, -il C) -gach, -t, -ir, -n, -i D) -guncha, -la, -in, -il, -gan 76 / 90 til undoshlariga mansub bo‘lmagan jarangsiz undoshlar soni nechta? A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 1 ta 77 / 90 Nechta jarangsiz til undoshining jarangli jufti bor? A) 8 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 4 ta 78 / 90 Muallim va ustozning qimmatli vaqtlarini qadrlab, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Ushbu parchadagi ismlar guruhiga mansub so‘zlar qaysi turkumlarga tegishli? 1ot 2sifat 3fe’l A) 1, 2, 3 B) 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 3 79 / 90 Ham ot, ham sifat yasovchi shakldosh qo‘shimchalarni aniqlang. A) -kash, -eh, -la B) -lik, -zor, -ar C) -qi, -choq, -in D) -li, -kash, -im 80 / 90 g undoshining kundoshidan farqlovchi belgisi qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) til orqalilik B) jaranglilik C) portlovchilik D) shovqinlilik 81 / 90 Qo‘qon shahrining yoshi qancha-yildan ortiqdir? A) 1500 B) 2000 C) 1750 D) 2700 82 / 90 XIX asr oxirlarida Xiva xonligining muntazam qo‘shinlari necha kishidan iborat bo‘lgan? A) 2500 B) 5000 C) 3000 D) 1500 83 / 90 G‘aribxona, musofirxona so‘zlari qanday manoni bildiradi? A) xonaqoh B) sardoba C) madrasa D) maqbara 84 / 90 O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish qachon o‘tkazilgan? A) 1927-yil B) 1924-yil C) 1922-yil D) 1925-yil 85 / 90 Quyidagi qaysi alloma 1123-yilda Rishtonda tug‘ilgan? A) Burhonuddin al-Marg‘inoniy. B) Ahmad ibn Umar Xivaqiy. C) Mahmud az-Zamaxshariy D) Abu Mansur al-Moturidiy. 86 / 90 1983-1988-yillarda O‘zbekistonga kim rahbarlik qildi? A) Inomjon Usmonxo‘jayev B) Rustam Saidov C) Rafiq Nishonov D) Sharof Rashidov 87 / 90 “Movarounnahr” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma'nosi nima? A) arabcha, “daryoning narigi tomoni” B) forscha, “daryoning quyi qismi” C) arabcha, “ikki daryo oralig‘i” D) turkiycha, “ikki daryo oralig‘i” 88 / 90 1914-yil Toshkentda kim “Turon” teatr truppasini tuzgan? A) Hamza B) Behbudiy C) A. Avloniy D) A. Samadov 89 / 90 Qaysi yodgorlikdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan? A) Zartepa B) Qoratepa C) Dalvarzintepa D) Xolchayon 90 / 90 MAN Auto Uzbekistan” qo‘shma korxonasi qachon ishga tushirilgan? A) 2007-yil B) 2009-yil C) 2005-yil D) 2002-yil Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Matematika va Nemis tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Tarix va Ingliz tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Matematika va Geografiya yo’nalishi №1