Uy » Attestatsiya testlar » Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya » Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 InfoMaster May 16, 2022 200 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 26 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Davlat tili (O'zbek tili) fanidan attestatsiya savollari №1 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Qaysi javobda berilgan shakllar harakat-holatning gap aytilayotgan paytdan keyin sodir bo‘lishini ifodalaydi? A) –gan, -b(-ib) B) –ayotir, ayotib C) –a(-y), -ar(-r) D) –gay, -yap 2 / 40 2. Qaysi qo‘shimchalar yordamida fe’l yasalsa fonetik o‘zgarish sodir bo‘ladi? A) –a, -la, -ay B) –i, -ira, -iq C) –illa, -lash, -sira D) –sa, -ar, -ir 3 / 40 3. Qaysi nisbat shakllari o‘timli-o‘timsizlik jihatidan zidlanadi? A) birgalik va orttirma nisbat B) o‘zlik va majhul nisbat C) birgalik va o‘zlik nisbat D) orttirma va majhul nisbat 4 / 40 4. Qaysi javobda fe’lning noaniq shakli ko‘rsatilgan? A) kelmagan B) kelmoq C) kelsam D) kelishdi 5 / 40 5. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi? A) chiqmoq B) yurmoq C) olmoq D) qo‘ymoq 6 / 40 6. Qaysi gapda bo‘lishlilik ma’nosi ta’kidlangan? A) Sharifa xatni Valijonga yozdirtirdi. B) Kozimjon ertaga ,albatta, keladi. C) Shahardan buvingni ko‘rmay kelma. D) Kelgil, parivashim, kelgil jimgina. 7 / 40 7. O‘tgan zamonning qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat-holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi? A) –di B) –gan C) –di, -b(-ib) D) –b(-ib) 8 / 40 8. Qaysi javobda subyekt(bajaruvchi) va harakat holat o‘rtasidagi munosabatni ifodalovch shakllar berilgan? A) -man, -san, -miz, -siz B) -tir, -il, -ish C) -sin, -sin, -ay D) -moqda, -yap, -ayotir 9 / 40 9. Qaysi javobda berilgan fe’llar fe’ldan anglashilgan harakat-holat va uni bajaruvchi subyekt munosabatiga ko‘ra farqlanadi? A) keldi, kelishdi, keltirdi B) kelsa, kelmoqchi, kelgin C) kelyapman, kelyapsan, kelyapti D) keldi, kelyapti, keladi 10 / 40 10. Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda yasama fe’l qo‘llangan? A) Birni ko‘rib, fikr qil, Birni ko‘rib, shukur qil. B) Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma! C) Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. D) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. 11 / 40 11. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’llar harakat-holatning davomliligi ifodalaydi? A) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq B) ko‘rmoq, chiqmoq, bitmoq C) olmoq, bilmoq, boshlamoq D) yotmoq, turmoq, yurmoq 12 / 40 12. Qaysi javobda ravishdoshli so‘z birikmasi berilgan? A) ketib qoldi B) yig‘lab gapirdi C) so‘ray ko‘rma D) kelib ketdi 13 / 40 13. Qaysi javobda asosi o‘timli bo‘lgan o‘timsiz fe’llar berilgan? A) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi B) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi C) uxlatdi, tomizdi, qaytardi D) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi 14 / 40 14. Qaysi javobda berilgan qo‘shimchalar ham fe’l yasovchi, ham fe’lning munosabat shakllari sifatida omonim sanaladi? A) –a, -ay, -ar B) –y, -it, -iq C) –sin, -t, -qir D) –la, -lash, -sa 15 / 40 15. Orttirma nisbat shakllari berilmagan qatorni toping. A) –giz, -kiz, -g‘iz, -qiz B) –ir, -iz, -ar, -it C) –ar, -ay, -ik, -iq D) –gaz, -kaz, -qaz, -g‘az 16 / 40 16. Harakatni bajaruvchi shaxs va harakat tushgan obyekt birlashgan fe’l qatnashgan gapni aniqlang. A) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi. B) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi. C) Xat Sharifa tomonidan yozildi. D) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. 17 / 40 17. Qaysi gapda kelasi zamon shakli orqali o‘tgan zamon ma’nosi ifoda etilgan? A) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman. B) Daryoning bo‘yidagi sadarayhonlarga termulib qaradim. C) Ulardan biri o‘sha damda qo‘shinni tashlab qochadi. D) Siz aytgan ishni keyinroq bajararman. 18 / 40 18. Qaysi gapda zamon qo‘shimchasining yozilishi(imlosi) bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Hozir ko‘nglimga qil sig‘mayapti, keyinroq gapirarsiz. B) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda. C) Maktabda ayni damda kulgu kechasi o‘tkazilayapti. D) Hozir yomg‘ir yog‘ayotir, shuning uchun yo‘lga chiqish mumkin emas. 19 / 40 19. Fe’l zamonlarini aniqlash qaysi zamonga nisbatan amalga oshiriladi? A) hozirgi zamonga nisbatan B) hozirgi va kelasi zamonga nisbatan C) kelasi zamonga nisbatan D) o‘tgan zamonga nisbatan 20 / 40 20. Qaysi javobda asosi o‘timsiz bo‘lgan o‘timli fe’llar berilgan? A) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi B) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi C) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi D) uxlatdi, tomizdi, qaytardi 21 / 40 21. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi? A) olmoq B) boshlamoq C) bermoq D) chiqmoq 22 / 40 22. Bo‘lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo‘shilsa qanday mazmun ifoda etiladi? A) harakat-holatning bir martalik inkori B) harakat-holatning davomli inkori C) qat’iy bo‘lishlilik ma’nosi D) oddiy bo‘lishlilik ma’nosi 23 / 40 23. Qaysi so‘zdan uch xil qo‘shimcha yordamida fe’l yasash mumkin? A) ayb B) yalt C) zavq D) suv 24 / 40 24. Qaysi gapda harakat-holatning doimiy zamon(uch zamon) ga oidligi ifoda etilgan? A) Yomg‘ir tobora kuchayib borayotir. B) Erta-indin Ra’noni ko‘rgani gospitalga boraman. C) Kunduzi bo‘lishiga qaramay, hamma yoq qop-qorong‘u bo‘lib ketdi. D) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadi. 25 / 40 25. Qaysi misrada qo‘shma yasama fe’l qo‘llangan? A) Qani, ayt, maqsading nimadir sening? B) Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? C) Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni. D) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? 26 / 40 26. Fe’lning qaysi lug‘aviy shakli zamon, shaxs-son, mayl shakllari bilan qo‘llanmaydi? A) sifatdosh B) sof fe’l C) harakat nomi D) ravishdosh 27 / 40 27. Qaysi mayl shakllari faqat kelasi zamonni ifodalaydi? 1) ijro mayli 2) shart mayli 3) maqsad mayli 4) buyruq-istak mayli A) 1,2,3 B) 3.4 C) 2,3,4 D) 1,2,3,4 28 / 40 28. Qaysi gapda orttirma nisbat ma’nosi kuchaytirilgan? A) U ssenariyni Alimardonga yozdirtirdi. B) Chol titrab, qo‘lidagi kosani qars etib tushirdi. C) Xabarni Qo‘ng‘irotga o‘n chopar tezda yetkazdi. D) O‘qituvchi bolalarni sinf xonasidan chiqardi. 29 / 40 29. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida sodda yasam fe’l ishtirok etgan? A) Norning nordon anori narida. B) Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi. C) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi D) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi. 30 / 40 30. Qaysi nisbat shakllari bir fe’lga bir necha marotaba qo‘shilishi mumkin? A) orttirma B) majhul C) birgalik D) o‘zlik 31 / 40 31. Qaysi javobda bir martalik harakat inkori ifodalangan? A) yozmay qo‘ymadi B) na o‘qidi, na yozdi C) yozmay qo‘ydi D) yozib qo‘ymadi 32 / 40 32. Qaysi javobda berilgan fe’l yasama o‘tgan zamon sifatdoshi sanaladi? A) qisqarayotgan B) qayg‘uradigan C) ko‘rsatilgan D) o‘zgartirilgan 33 / 40 33. Qaysi qatorda o‘timli fe'llar qo‘llangan? A) joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko‘rmoq B) almashmoq, joylashmoq, kuymoq C) o‘qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq D) o‘xshamoq, jiringlamoq, so‘ramoq 34 / 40 34. Qaysi javobda qo‘shma fe’l berilgan? A) shoshilib kirdi B) kirib chiqdi C) qotib qoldi D) yonib turibdi 35 / 40 35. Qaysi qatorda o‘timsiz fe'llar vosita yordamida o‘timli fe'lga aylangan? A) quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq B) joylashtirmoq, terilmoq, kuzatmoq C) o‘qishmoq, yig‘latmoq, ko‘rsatmoq D) bajartirmoq, o‘qitmoq, berishmoq 36 / 40 36. Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1) -(i)b, a(-y); 2) -gancha; 3) -gani; 4) -gach A) 1.4 B) 3.4 C) 1, 2 D) 2.3 37 / 40 37. Fe’lning zamon va shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi…? A) II shaxs xabar maylini ifodalaydi B) III shaxs xabar maylini ifodalaydi C) II shaxs buyruq maylini ifodalaydi D) III shaxs buyruq maylini ifodalaydi 38 / 40 38. O‘tgan zamonning –di, kelasi zamon shart mayli shakli –sa shakllaridan keyin o‘rinlashuvchi shaxs-son shakllarini aniqlang. A) –man, -san, -ti, -miz, -siz, -ti B) –m, -ng, -0, -k, -ngiz, -0 C) –man, -san, -0, -miz, -siz, -0 D) –man, -san, -di, -miz, -siz, -di 39 / 40 39. Quyida berilgan qaysi shakllar ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shila oladi? 1) mayl 2) zamon 3) shaxs-son 4) nisbat 5) bo‘lishsizlik A) 4.5 B) 3,4,5 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4,5 40 / 40 40. Qaysi javobda fe’lning sifatga xoslangan shakllari berilgan? A) aytgan, aytayotgan, aytar B) aytdi, aytishdi, ayttirdi C) aygach, ayguncha, aytib D) aytmoq, aytish, aytuv 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №7
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №6
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №5
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №4