Uy » Abituriyent » Blok testlar » Blok testlar Biologiya va Ona tili №1 Blok testlar Blok testlar Biologiya va Ona tili №1 InfoMaster May 3, 2022 183 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 4 Vaqtingiz tugadi! Biologiya va Ona tili yo'nalishi №1 Asosiy fanlar: ? Ona tili (3.1 ball) ? Biologiya (3.1 ball) Majburiy fanlar: ? Matematika (1.1 ball) ? Ona tili (1.1 ball) ? O'zbekiston tarixi (1.1 ball) 1 / 90 1. Quyidagi ma`lumotlar qaysi tuzilmalargamos keladi? 1)tarkibida adenin, riboza va ikkita fosfatkislota qoldig'i bo’ladi; 2) monosaxarid hisoblanadi; 3) osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydi; A) 1 - RNK; 2 - maltoza; 3 - xromoprotein B) 1 - ATF; 2 - dezoksiriboza; 3 - albumin C) 1 - ADF; 2 - riboza; 3 - globulin D) 1 - ADF; 2 - saxaroza; 3 - nukleoprotein 2 / 90 2. O`simlikda uchraydigan gomopilimer massa ulushiga teng miqdorda ko`p xujayrali organizmlarda uchraydigan modda xos xususiyat? A) vodorod bog`lar xosil qilmaydi B) moddaning yopishqoqligi 1ga teng C) faqat barg eti hujayralarida fotolizga uchraydi D) glukoza dissimilyatsiasini 3 chi bosqichida xosil bo`lmaydi 3 / 90 3. To’g’ri berilgan ta’rifni aniqlang. A) Ksilemada tirik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi. B) Floemada tirik hujayralardan iborat elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi C) Ksilemada o‘lik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi. D) Floemada tirik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi 4 / 90 4. Hujayra va uning organoidlarida boradigan hayotiy jarayonlar nimaga bog`liq? 1) oqsil 2) uglevod 3) nuklein kislota 4) lipid A) 1,2,4 B) 1.2 C) 1.4 D) 1,2,3,4 5 / 90 5. Silovsin (I), suqsun (II) yuragidan chiquvchi qon tomirlarini to'g'ri ko'rsating. 1) o'ng bo'lmacha; 2) chap bo'lmacha; 3) chap qorincha; 4) o'ng qorincha a)o'pka venasi; b)o'ngga yo'naluvchi aorta; c)buyrak arteriyasi; d)o'pka arteriyasi; e)pastki kovak vena; f)chapga yo'naluvchi aorta A) I-3-f, 4-d; II-3-f, 4-d B) I-1-e, 2-a; II-1-e, 2-a C) I-3-f, 4-d; II-3-b, 4-d D) I-3-b, 4-d; II-3-f, 4-b 6 / 90 6. Quyida berilgan organizmlarning bo'yin umurtqalar soni qanday o'zgaradi.? gekkon nutriya agama triton salamandra a) ortadi; b) kamayadi; c) o'zgarmaydi A) 1-a; 2-b; 3-b; 4-c B) 1-b; 2-a; 3-b; 4-c C) 1-b; 2-a; 3-b; 4-a D) 1-b; 2-b; 3-b; 4-c 7 / 90 7. Zamburug’larni o’simliklarga (a) va hayvonlarga (b) o’xshashligi to’g’ri berilgan qatorni belgilang A) a-harakatlanmaydi, b-avtotrof oziqlanadi B) a-harahkatlanmaydi, b-geterotrof oziqlanadi C) a-prokariot, b-eukariot D) a-avtotrof oziqlanadi, b-eukariot 8 / 90 8. Bu vitamin biologik o‘ta faol modda. Metionin aminokislotasi, nuklein kislotalar sintezi, qon hosil bo‘lishida ishtirok etadi. A) PP B) B 12 C) B1 D) B6 9 / 90 9. Floema qaysi to‘qima hujayralaridan tashkil topgan. A) asosiy (parenxima), mexanik (lub tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar) B) asosiy (parenxima), mexanik (yog’ochlik tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar) C) o‘tkazuvchi (elaksimon naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima) D) o‘tkazuvchi (naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima) 10 / 90 10. Izogametalar orqali ko’payadigan suvo’ti uchun to’g’ri ma’lumotlar keltirilgan qatorni aniqlang ? 1.xromatofori belbog’simon, 2.hujayrasi sharsimon, 3.uni akvariumda ham uchratish mumkin, 4.xromatofori spiralsimon, 5.zoospora hosil qiladi, 6.jinsiy ko’payishida yangi 4 ta hujayra hosil bo’ladi 7.tallomi shilimshiq bilan o’ralgan, 8.uni dengiz salati deb ataladi, 9.jinssiz ko’payishida yangi 4 ta hujayra hosil bo’ladi A) 5, 6 B) 1, 3 C) 2, 8 D) 4, 7, 9 11 / 90 11. Organizm yashashi uchun harorat, ozuqa kerak bo’ladigan guruh (a) va harorat, namlik, ozuqa (b) kerak bo’ladigan guruhlar to’g’ri berilgan qatorni aniqlang ? A) a-quturish qo’zg’atuvchisi, b-tamaki mozaikasi B) a-qorakuya, b-bakteriofag C) a-sil tayoqchasi, b-achitqi zamburug’i D) a-achituvchi bakteriya, b-vabo qo’zg’atuvchisi 12 / 90 12. Quydagilardan nechtasini tarkibi faqat glukoza 1) maltoza 2) kraxmal 3) selluloza 4) klechatka A) 4 B) 3 C) 2 D) 1 13 / 90 13. Nerv to‘qimasi qanday hujayralardan iborat. A) neyronlar va ularni o‘rab turadigan mayda yo‘ldosh neyrogliya B) neyrogliya va ularni o‘rab turadigan mayda yo‘ldosh neyronlar C) aksonlar va dendriddan D) nefronlar, neyroglya, akson, dentrit 14 / 90 14. Tirik organizmlarning yashashi uchun qulay muhitning vujudga kelishiga zamin yaratadigan jarayon? A) fotosintez B) oqsil biosintezi C) DNK reduplikatsiyasi D) xemosintez 15 / 90 15. Chala o`zgarish bilan rivojlanadigan hashoratlarni ularga xos bo`lgan xususiyatlari bilan juftlang. 1.qorin bo`limi ingichka va uzun 2. ko`zlari juda yirik, oddiy 3. ko`krak ikkinchi segmentida joylashgan qanotlari uzun va ensiz 4. qanotlari taxlanmaydi 5. tuxumlarini maxsus ko`zachaga qo`yadi 6. jamoa bo`lib yashaydi 7. boshida bir juft murakkab, uchta oddiy ko`zlari joylashgan a) to`g`riqanotlilar b) pardaqanotlilar c) termitlar d) ninachilar A) a-3,5 c-2 d-5 B) a-3,5,6 c-6 d-1,2,4 C) a-2,5 b-6,7 c-3,6 d-2,4 D) a-3,5 b-6,7 d-1,4 16 / 90 16. Energiya almashinuvi bosqichlari va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1)murakkab uglevodlarning parchalanishi; 2) glukozaning parchalanishi; 3) sut kislotaning CO2 va H2Ogacha parchalanishi; 4) ATF sintezi; 5) spirt va suvning hosil bo‘lishi a)tayyorgarlik bosqichi; b) ikkinchi bosqich; c) uchinchi bosqich. A) a - 1; b - 2, 4; c - 3, 4 B) a - 1, 2; b - 4; c - 3, 5 C) a - 1, 4; b - 2; c - 4, 5 D) a - 2; b - 1, 4; c - 3, 4 17 / 90 17. Bu kasallikda moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi. A) tiretoksikoz B) endemik buqoq C) miksedema D) kretinizm 18 / 90 18. Qarag'ay va qoraqat o'simliklariga xosumumiy xususiyatlarni aniqlang. A) hayotiy shakli daraxt; spermiyningmarkaziy hujayra bilan qo'shilishidan endosperm rivojlanadi B) urug'idan ko'payadi; chang donasiningvegetativ hujayrasidan chang nayi hosil qiladi C) urug'kurtakka ega; qo'sh urug'lanishdankeyin urug' hosil qiladi D) magnoliyasimon; poyasining o`tkazuvchito`qimalari uzun yog`ochlangan o`lik hujayralardan tashkil topgan 19 / 90 19. Sog’lom odamning epiteliy to’qimasihaqidagi to’g’ri fikrni aniqlang. A) arteriya qon tomir devorining sirtiniqoplab turadi B) vena qon tomir devorining o'rta qavatinihosil qiladi C) alveolalar devorini hosil qiladi D) periost pardani hosil qiladi 20 / 90 20. ATF ga xos xususiyatlarni nechtasi to`gri +1) tarkibida fosfor saqlaydi 2) tarkibida azot saqlamaydi +3) suv bilan munosabati oddiy spirtga nisbatan qarama qarshi +4) glikoliz reksiasida sintezlanadi 5) DNK polimeraza natijasida sintezlangan adeninda 2 ta H3PO4 ko`pligi bilan farq qiladi +6) tarkibida 120 kj energiya saqlaydi +7) barcha tirikorganizmlar uchun umumiy emas A) 2 B) 4 C) 3 D) 6 21 / 90 21. Barg ichki tuzilishi tarkibiga kiruvchi tarkibiy qism(hujayralar)larining tuzilishini to’g’ri joylashtiring. 1.naychalar 2) elaksimon naylar 3)tolalar a)qalin devor(po’st)li b) cho’ziq hujayralar c) o’lik d) bir-biriga zanjir shaklida ulangan e)pishiq tuzilishli f)juda uzun hujayralar A) 1-a,c,e; 2-b,d; 3-a,e; B) 1-b,c; 2-a,b,d; 3-a,e,f; C) 1- a,e,f; 2-b,d; 3- a,c D) 1-a,c; 2-b,d; 3-a,e,f; 22 / 90 22. Buyraklar tog’risidagi qaysi fikr noto’g’ri? 1-qorin bo’shlig’ining bel qismida, 2-qorin bo’shlig’ining diafragma ostida, 3- ikkala o’pkaning ortasida joylashgan, 4- IV-VI dumg`aza umurtqasi ro’parasida joylashgan, 5-birinchi va ikkinchi bel umurtqasining ikki yonida joylashgan, 6-u loviya shakliga o’xshash bitta organ, 7-loviya shakliga o’xshash bir juft organ A) 2,3,4,7 B) 1,5,6 C) 1.5.7 D) 2.3.4.6 23 / 90 23. Hujayradan tashqarida ko’paya oladigan (b) va ko’paya olmaydigan (a) organizmlarni belgilang? A) a-sil tayoqchasi, b-tamaki mozaikasi B) a-bakteriofag, b-o’latni qo’g’atuvchisi C) a-quturish virusi, b-tamaki mozaikasi D) a-vabo kasalligini qo’zg’atuvchisi, b-bakteriofag 24 / 90 24. Sitoplazmaning harakati davomida bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga nima orqali o'tadi? A) hujayralararo modda B) sitoplazma C) hujayra qobig'idagi teshik D) yadro 25 / 90 25. Ko'zi yumuq bola tug'adigan sutemuzuvchilarda qaysi parazit organizm voyaga yetgan davrini o'taydi.? A) Exinokokk B) Jigar qurti C) Qoramol tasmasimon chuvalchangi D) Cho'chqa tasmasimon chuvalchangi 26 / 90 26. Daryo qisqichbaqasining faqat tip uchun(a) va sinf uchun(b) xos bo`lgan xususiyatni aniqlang. 1.tashqi po`sti polisaxariddan iborat 2. ikki juft mo`ylovga ega 3. qon aylanishi ochiq, yuragi rivojlangan 4. yurish oyoqlari to`rt juft 5. jabralari orqali nafas oladi 6. qorin nerv zanjirga ega A) a-1,3 b-2,5 B) a-4,6 b-1,2 C) a-4,5 b-3,6 D) a-3,6 b-2,3 27 / 90 27. 630 ta nukleotiddan iborat DNKmolekulasida timin nukleotidlari 30% ni tashkil etsa, shu fragmentdagi jami vodorod bog'lar soni (A), DNK asosida sintezlangan oqsil molekulasidagi peptid bog'lar soni (b) ni aniqlang. A) a - 624; b - 80 B) a - 624; b - 104 C) a - 588; b - 104 D) a - 756; b - 104 28 / 90 28. Quyidagi o’simliklardan yorug’likka harakatlana oladigan (a), xromatofori spiralsimon (b), xromotoforida yorug`likni sezuvchiorganoidi bor (c), zoospora hosil qiladigan (d), tanasi tasmasimon, rizoidli (e) bo’lganlarini belgilang? 1.xlamidamonada, 2. ulotriks, 3. lamnariya, 4. spirogira, 5. xlorella, 6. porfira A) a-3, b-2, s-6, d-2, e-1 B) a-1, b-4, s-6, d-2, e-3 C) a-1, b-2, s-3, d-6, e-4 D) a-1, b-4, s-1, d-2, e-3 29 / 90 29. Moddalar almashinuvi natijasida organizmda hosil bo‘ladigan qoldiq moddalar va almashinuv mahsulotlari nimalar orqali chiqarib yuboriladi. 1-ichak, 2-o'pka, 3- ter bezlari 4- yog‘ bezlari 5-buyrak A) Barchasi B) 4.5 C) 2.3 D) 5.3.2 30 / 90 30. Qo'shimcha ildiz tizimi xos bo'lgan ko’p yillik o'simliklarni belgilang. 1)makkajo'xori 2)qulupnay 3) oqjo’xori 4)ajriq 5)bug'doy 6) kartoshka 7) ban’yan. A) 2,4,7,1 B) 2,6,3 C) 1,2,3,4 D) 2,4,6,7 31 / 90 31. Tong otmoqda. Tong o’qlar otar, Ton otmoqda, Quyosh – zambarak. Yaralangan Yer shari yotar Boshlarida yashil chambarak. Ushbu misralar muallifini toping. A) Usmon Nosir B) Cho’lpon C) Mirtemir D) Rauf Parfi 32 / 90 32. Jarangli jufti yo‘q jarangsiz undosh tovush bilan tugagan yopiq bo‘g‘inli so‘zlar qatorini toping. A) xumcha, tashbeh, tal’at B) dehqon, chaqqon, xohlamoq C) xushaxloq, shukur, xontaxta D) tavfiq, sohib, otaliq 33 / 90 33. O‘zakka qo‘shilganda tovush o‘zgarishi yuz beradigan shaxs oti yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang. A) -dosh, -boz B) -kor, -soz C) -vchi, D) -chi, -soz 34 / 90 34. Tog‘ay Murodning qaysi asariga Qodiriy nomidagi davlat mukofoti berilgan? A) Ot kishnagan oqshom” qissasi B) “Otamdan qolgan dalalar” romani C) “Oydinda yurgan odamlar” qissasi D) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi 35 / 90 35. Hisob so‘z berilmagan gapni toping. A) Bir og‘iz gapingiz bilan bu ishlar o‘z yechimini topishi mumkin B) Umri xola bir qo‘li bilan uniqqan chit ko‘ylagining etagini mahkam ushlab olgan, etak ichida ikki hovuch pishgan-pishmagan aralash qulupnaylar ko‘rinib turar edi. C) Ko‘rsatkich barmog‘i bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani 3-4 daqiqa mobaynida bosib turing, shunda tish og‘rig‘i taqqa to‘xtaydi. D) Men kosadan olib ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. 36 / 90 36. Asosi fe’l so‘z turkumidagi so‘z bilan shakldosh ega qatnashgan murakkab kesimli gapni aniqlang. A) Bir yigit ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeganda qaltiraydigan qari otasining izzat-hurmatini bajo keltirmasdi B) Oldimdan bir uy chiqib qoldi, jon holatda unga o‘zimni urdim. C) Xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi. D) Yer yuzida qancha millat, xalq bo‘lsa, shuncha til bor. 37 / 90 37. Qaysi javobda bir ma’no turiga oid ikkita ravish qatnashgan? A) Shunda bechora sayyor iltimos qilmish darrov, Vasiyatimni aytay, agar bo‘lsa bemalol. B) U bexosdan kelib, yigitni belidan oldi-da, chirpirak qilib uloqtirib yubordi, yigit ancha yergacha gandiraklab borib tizzalab qoldi. C) Elchi hozir o‘z podshohining topshirig‘ini bajarish uchun butun ayyorligini ishga solar, tilyog‘lamalik qilib, To‘marisni maqtab, ko‘klarga ko‘tarar edi. D) Ba’zan Hasanni ham birga olib ketadi. 38 / 90 38. “Maslahat bermaymiz Boysariboyga, Osilmaymiz Boybo‘rining doriga... “ Ushbu parcha «Alpomish dostonida kimning tilidan aytilgan? A) Yortiboy B) Qultoy C) Qayqubod D) Qorajon 39 / 90 39. Gap bo‘laklari joylashuvi aniqlovchi, aniqlovchi, ega va kesim shartli belgilarga to‘liq mos keladigan murakkab ot kesimli gapni aniqlang. A) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi B) Faqat boshidagi do‘ppisining kashtasigina oq edi, xolos. C) Norning nordon anori narida. D) Til - millatning ruhi, deyiladi. 40 / 90 40. Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur «, gapdagi “matavoliy” so‘zining ma’nosini toping. A) chegarasiz B) manmanlik C) hayratlanarli D) suhbatdoshi 41 / 90 41. Berilgan so‘z birikmalaridan qaysilari harakat-holatning belgisini bildirgan? Tonggi shabada, sekin yurmoq, quvonchli xabar, tez o‘qimoq, a’lo kayfiyat, atayin gapirmoq. A) 6 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 42 / 90 42. Bayrog‘ingiz egilmasin maydonda sira, Jangda yolg‘iz qolsangiz ham bayroq tik bo‘lsin. Hujum qilish arafasi: “Allohu akbar!” – dеb Nido aylang. Parvardigor kuch ato etgay. Ushbu parcha qaysi adib ijodidan? A) O. Matjon B) Sh. Boshbekov C) H. Xudoyberdiyeva D) A. Oripov 43 / 90 43. Qaysi javobda holat fe’llari berilgan? A) qizardi, ulg‘aydi B) to‘xtadi, tashladi C) chopdi, sug‘ordi, D) gapirdi, qichqirdi 44 / 90 44. Hokim qismi ham, tobe qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan fe’lli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang. A) Hukmdor saroyidagi bu xazinada qadimgi yunon tabibi Gippokratdan tortib Arastu va Aflotun asarlarining asl nusxalari, arab tilidagi tarjimalari saqlangan. B) Bugun dalalar uzra bolakay larning qichqirig‘i yangrar, quyosh jilmayib boqar, sarg‘aygan ko‘katlarda shudring jilolanardi. C) O‘z muallimi va ustozini e ’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o‘quvchining burchidir D) Ular xalqning va millatning birligi, yurtning istiqboli, farovonligi hamda tinchligini jo‘shib kuyladilar. 45 / 90 45. Faqat ochiq bo‘g‘inli so‘zlarni toping. A) arava, ashula, ilgari B) g‘o‘za, baraka, ibora C) ijod, izza, rubob D) ilova, olim, andisha 46 / 90 46. Xususiyat bildiruvchi sifat qatnashmagan gapni toping. A) Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari bo‘lsa, olovdan uzoqroq o‘tirishar edi. B) Yozgi harakat – kuzgi barakat. C) Donishmand chol... naq yuz qovun pishig‘ini ko‘rgan bo‘lsa-da, hamon hushyor va ziyrak, serfahm va zukko edi. D) U juda dono qiz, Navoiy, Mashrab, Hofizlarni mayin, yoqimli ovozi bilan, chiroyli ohang berib juda ravon o‘qiydi. 47 / 90 47. Torgina xonani xotin-xalajning qiy-chuvi tutdi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalariga oid to‘g‘ri hukmni belgilang. A) Ushbu gapda faqat tobe qism vazifasini bajargan so‘zlarning barchasi bir so‘z turkumga oid so‘zlar hisoblanadi. B) Ushbu gapda faqat tobe so‘z vazifasini bajargan so‘zlar soni uchta. C) Ushbu gapda tub so‘zning qo‘shma so‘zga tobelanishi kuzatiladi. D) Ushbu gapda faqat hokim qism vazifasini bajargan so‘zning asosi ot so‘z turkumidagi so‘z bilan shakldoshlik hosil qiladi. 48 / 90 48. Yuzning kulib turishi bunchalik qiyin ish emas. Ushbu gapdagi so‘zlarning yetakchi morfemalarida shakldoshlik necha o‘rinda kuzatiladi? A) 4 o‘rinda; B) 2 o‘rinda; C) 5 o‘rindar. D) 3 o‘rinda; 49 / 90 49. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan? A) Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi. B) O‘zbek Navoivni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir. C) Olti oykim do‘stlarim ham pana-panada, Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat. D) Buni eshitgan quloq nima deydi? 50 / 90 50. Zamon shaklidagi chiqar fe’lidan nisbat ma’nosidagi chiqar fe’li qanday farqlanadi? A) gumon-taxmin ma’nosi bo‘lishi bilan farqlanadi B) kelasi zamon ma’nosi mavjudligi bilan farqlanadi. C) II shaxsga ishora qilishi bilan farqlanadi. D) buyurish ma’nosi mavjudligi bilan farqlanadi. 51 / 90 51. Belgilash olmoshi qatnashgan gapni toping. A) Siz hayotda qanday kishilarga ergashasiz? B) Bu gapning butun dahshati shu topda bilindi. C) Shorahim ko‘z yoshidan hech narsani ko‘rmay, allanimalar deb g‘udrandi. D) Kimdir qarshi so‘z aytgan edi, muallim jerkib berdi 52 / 90 52. X Salohning ”Yulduzlar afsonasi ” she’rida qaysi yulduzning qizini yetti qaroqchi yulduzi o’g’irlab ketadi? A) Zuhro B) Zuhal C) Surayyo D) Hulkar 53 / 90 53. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashmagan? A) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. Yigit tadbirkorligi tufayli yerli, suvli va bog‘li mulkdorga aylanibdi. B) Anhor yoqasida ikki echki o‘tlab yurar edi. U har kuni sero‘t dalalarda qo‘ylarini boqib kelardi. C) Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani. Kechki shabada uning tanasiga huzur bag‘ishlamoqda edi. D) «Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortda qoldi, bolam», – dedilar bobom. Yangi chiqqan oy dalani sovuq, xira, qandaydir changsimon nur bilan qoplagan edi. 54 / 90 54. Berilgan so‘zlarning qaysilarida nuqtalar o‘rnida u unlisi yoziladi? 1) junj...kish; 2) juld...r; 3) zug‘...m; 4) ibratom...z. A) 1, 4 B) 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 4 55 / 90 55. Tobe qismi ham, hokim qismi ham tub so‘z bilan ifodalangan so‘z birikmalarini aniqlang. 1.qat’iy ishonch; 2.aytilgan so‘z 3.o‘qish yaxshi; 4.aniq tushuntirmoq; 5.bachkana odam; 6.ko‘ngliga olmoq 7.bunyod etmoq A) 3, 5, 6, 7 B) 3, 4, 7 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 4, 6 56 / 90 56. Payt otlariga qo‘shilib paytga xos belgini bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimcha qaysi qatorda mavjud? A) Bu o‘rmonda odamsimon maymunlar yashaydi. B) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo‘shilib turmasa, uning oqimi jo‘shqin bo‘la olmaydi. C) Dastlabki kunlar yo‘l unchalik mashaqqatli bo‘lmadi. D) Qishki hujrada Boburning yolg‘iz o‘zi o‘tirar edi. 57 / 90 57. Dona sonni hosil qiluvchi quyidagi hisob so‘zlardan qay biri hayvonlarga nisbatan qo‘llanadi? A) tup, B) nafar, C) bosh, D) dona, 58 / 90 58. Maxtumqulining “Shoir bo’lsang xabar ber” she’rida “U nimadir, darvozasiz qal’adir?” deganda nimani aytgan? A) qabr B) kafan C) ko’ngil D) qora yer 59 / 90 59. Qaysi javobdagi hukm xato berilgan? A) Gumon olmoshini hosil qiladigan qo‘shimchalar doim so‘roq olmoshlaridan so‘ng qo‘shiladi. B) Narsa so‘zi faqat alla- qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi. C) Gumon olmoshi qo‘shimchasi kelishik, egalik va boshqa qo‘shimchalardan keyin qo‘llana oladi D) Bir so‘zi kishi, narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib, bu so‘zlarga gumon ma’nosini yuklaydi. 60 / 90 60. Erka o’g’il Hamidullaning ko’knori iste’mol qilib,qimor o’yin oqibatida singlisini boy berishi qaysi asarda keltiriladi? A) ”Qiyomat qarz” B) ”Fotima va Zuhra” C) ”Urush farzandi” D) ”Odam bo’lish qiyin” 61 / 90 61. Ifodaning qiymatini toping: (|-111|-80)+ |-29| A) 50 B) 60 C) -150 D) 150 62 / 90 62. Qaysi holda arzon xarid amalga oshiriladi? A) 3 B) 2 C) hammasining narxi bir xil D) 1 63 / 90 63. Abdurahmon qadamining uzunligi 0,55 m. U 55 m yo‘l yurishi uchun necha qadam tashlashi kerak? A) 110 B) 150 C) 100 D) 120 64 / 90 64. Yig indini hisoblang. 25+25+27+29+31+33+35+37+60 A) 180 B) 120 C) 240 D) 300 65 / 90 65. Ayriluvchi 171, ayirma esa 86 ga teng bo‘lsa, kamayuvchini toping. A) 254 B) 257 C) 85 D) 141 66 / 90 66. Hisoblang. A) 0,3 B) 3 C) 2 D) 30 67 / 90 67. Natural sonni 10 ga bo‘lganda, bo‘linma 15 ga qoldiq 7 ga teng bo‘ladi. Bo‘linuvchini toping. A) 177 B) 157 C) 163 D) 161 68 / 90 68. Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 4 metr, eni 4 metr va uzunligi 8 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 6 mln 500 ming B) 6 mln 400 ming C) 5 mln 400 ming D) 6 mln 600 ming 69 / 90 69. Hisoblang. A) 60/8 B) 44/5 C) 8 D) 27/4 70 / 90 70. Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 2 metr, eni 0,5 metr va uzunligi 18 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 1 mln B) 950 ming C) 980 ming D) 900 ming 71 / 90 71. Quyidagi tillardan qaysi biri turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga mansub? A) tatar B) qozoq C) qoraqalpoq D) Buyg‘ur 72 / 90 72. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda qanday voqea- hodisalar ifodalanadi? A) voqea-hodisalarning galma-gal bo‘lishi yoki ulardan biri bo‘lishi ifodalanadi B) to‘g‘ri javob yo‘q C) Bir paytda yoki ketma-ket bo‘ladigan voqea-hodisalar ifodalanadi D) Bir-biriga zid voqea-hodisalar ifodalanadi 73 / 90 73. Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon. A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta 74 / 90 74. Buyuk olim odamning nopok istaklari va tuban ehtiroslarini uyga qamab qo‘yilgan uch maxluq odam, tong‘iz va arslonga o‘xshatgan ekan. Ushbu gapda qaysi kelishik qo‘shimchalari ishirok etmagan? A) tushum, o‘rinpayt, bosh B) qaratqich, chiqish o‘rin payt C) chiqish, o‘rin-payt D) qaratqich, tushum, jo‘nalish, bosh 75 / 90 75. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) -guncha, -la, -in, -il, -gan B) -gach, -guncha, -gani, -ib C) -in, -t, -ir, -ish, -il D) -gach, -t, -ir, -n, -i 76 / 90 76. Tishlarimni ko‘rmak istasang, Tushlaringni marvaridga ayt, Gar o‘zimni ko‘rmak istasang, Yovni yengib, tezroq qayt. Ushbu parchadagi fonemalarni aniqlang. A) i, u, q B) t, k, y C) sh, k, t D) a, i, o‘ 77 / 90 77. til undoshlariga mansub bo‘lmagan jarangsiz undoshlar soni nechta? A) 4 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 3 ta 78 / 90 78. Nechta jarangsiz til undoshining jarangli jufti bor? A) 8 ta B) 7 ta C) 4 ta D) 6 ta 79 / 90 79. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlining ikkinchi bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping. A) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi. B) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. C) Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar. D) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi. 80 / 90 80. g undoshining kundoshidan farqlovchi belgisi qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) portlovchilik B) jaranglilik C) til orqalilik D) shovqinlilik 81 / 90 81. Qo‘qon shahrining yoshi qancha-yildan ortiqdir? A) 2700 B) 1500 C) 2000 D) 1750 82 / 90 82. XIX asr oxirlarida Xiva xonligining muntazam qo‘shinlari necha kishidan iborat bo‘lgan? A) 2500 B) 5000 C) 1500 D) 3000 83 / 90 83. Qaysi Buxoro amiri butun musulmon olamining xalifasi deb e’lon qilingan? A) Nasrullo B) Haydar C) Olimxon D) Shohmurod 84 / 90 84. 1983-1988-yillarda O‘zbekistonga kim rahbarlik qildi? A) Inomjon Usmonxo‘jayev B) Rustam Saidov C) Rafiq Nishonov D) Sharof Rashidov 85 / 90 85. “Movarounnahr” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma'nosi nima? A) forscha, “daryoning quyi qismi” B) arabcha, “daryoning narigi tomoni” C) turkiycha, “ikki daryo oralig‘i” D) arabcha, “ikki daryo oralig‘i” 86 / 90 86. Butun Sharqda parlament raisi bo‘lgan birinchi ayol kim? A) Indra Gandi B) Sayyora Rashidova C) Benazir Bxutto D) Yodgora Nasriddinova 87 / 90 87. 1914-yil Toshkentda kim “Turon” teatr truppasini tuzgan? A) A. Samadov B) A. Avloniy C) Behbudiy D) Hamza 88 / 90 88. Quyidagi qaysi tarixiy asarda o‘lkamizning qadimgi aholisi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berilgan? A) “Qadimgi sharq” asarida B) “Geografiya” asarida C) “Tarixiy-yilnomalar” asarida D) “Tarix” asarida 89 / 90 89. Qaysi yodgorlikdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan? A) Qoratepa B) Xolchayon C) Dalvarzintepa D) Zartepa 90 / 90 90. Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga somoniylar hukmronligi davrida kim rahnamolik qilardi? A) “Ustod” B) B“Naqib” C) “Xatib” D) “Hojib” Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Matematika va Nemis tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Tarix va Ingliz tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Matematika va Geografiya yo’nalishi №1