Uy » Attestatsiya testlar » Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya » Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 InfoMaster May 16, 2022 121 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Davlat tili (O'zbek tili) fanidan attestatsiya savollari №1 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Qaysi nisbat shakllari bir fe’lga bir necha marotaba qo‘shilishi mumkin? A) birgalik B) majhul C) orttirma D) o‘zlik 2 / 40 2. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi? A) bermoq B) boshlamoq C) chiqmoq D) olmoq 3 / 40 3. Harakatni bajaruvchi shaxs va harakat tushgan obyekt birlashgan fe’l qatnashgan gapni aniqlang. A) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi. B) Xat Sharifa tomonidan yozildi. C) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi. D) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. 4 / 40 4. Qaysi javobda subyekt(bajaruvchi) va harakat holat o‘rtasidagi munosabatni ifodalovch shakllar berilgan? A) -moqda, -yap, -ayotir B) -man, -san, -miz, -siz C) -tir, -il, -ish D) -sin, -sin, -ay 5 / 40 5. Bo‘lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo‘shilsa qanday mazmun ifoda etiladi? A) oddiy bo‘lishlilik ma’nosi B) qat’iy bo‘lishlilik ma’nosi C) harakat-holatning bir martalik inkori D) harakat-holatning davomli inkori 6 / 40 6. O‘tgan zamonning qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat-holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi? A) –di B) –di, -b(-ib) C) –gan D) –b(-ib) 7 / 40 7. Qaysi gapda bo‘lishlilik ma’nosi ta’kidlangan? A) Sharifa xatni Valijonga yozdirtirdi. B) Kozimjon ertaga ,albatta, keladi. C) Kelgil, parivashim, kelgil jimgina. D) Shahardan buvingni ko‘rmay kelma. 8 / 40 8. Qaysi javobda berilgan fe’l yasama o‘tgan zamon sifatdoshi sanaladi? A) ko‘rsatilgan B) qayg‘uradigan C) qisqarayotgan D) o‘zgartirilgan 9 / 40 9. Qaysi mayl shakllari faqat kelasi zamonni ifodalaydi? 1) ijro mayli 2) shart mayli 3) maqsad mayli 4) buyruq-istak mayli A) 3.4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,2,3,4 10 / 40 10. Qaysi nisbat shakllari o‘timli-o‘timsizlik jihatidan zidlanadi? A) birgalik va orttirma nisbat B) birgalik va o‘zlik nisbat C) o‘zlik va majhul nisbat D) orttirma va majhul nisbat 11 / 40 11. Qaysi javobda asosi o‘timli bo‘lgan o‘timsiz fe’llar berilgan? A) uxlatdi, tomizdi, qaytardi B) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi C) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi D) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi 12 / 40 12. Qaysi gapda orttirma nisbat ma’nosi kuchaytirilgan? A) O‘qituvchi bolalarni sinf xonasidan chiqardi. B) Chol titrab, qo‘lidagi kosani qars etib tushirdi. C) U ssenariyni Alimardonga yozdirtirdi. D) Xabarni Qo‘ng‘irotga o‘n chopar tezda yetkazdi. 13 / 40 13. Quyida berilgan qaysi shakllar ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shila oladi? 1) mayl 2) zamon 3) shaxs-son 4) nisbat 5) bo‘lishsizlik A) 4.5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3 D) 3,4,5 14 / 40 14. Qaysi javobda berilgan fe’llar fe’ldan anglashilgan harakat-holat va uni bajaruvchi subyekt munosabatiga ko‘ra farqlanadi? A) kelsa, kelmoqchi, kelgin B) keldi, kelyapti, keladi C) keldi, kelishdi, keltirdi D) kelyapman, kelyapsan, kelyapti 15 / 40 15. Fe’l zamonlarini aniqlash qaysi zamonga nisbatan amalga oshiriladi? A) hozirgi zamonga nisbatan B) o‘tgan zamonga nisbatan C) hozirgi va kelasi zamonga nisbatan D) kelasi zamonga nisbatan 16 / 40 16. Qaysi javobda berilgan qo‘shimchalar ham fe’l yasovchi, ham fe’lning munosabat shakllari sifatida omonim sanaladi? A) –a, -ay, -ar B) –y, -it, -iq C) –sin, -t, -qir D) –la, -lash, -sa 17 / 40 17. Qaysi qo‘shimchalar yordamida fe’l yasalsa fonetik o‘zgarish sodir bo‘ladi? A) –i, -ira, -iq B) –a, -la, -ay C) –illa, -lash, -sira D) –sa, -ar, -ir 18 / 40 18. Qaysi javobda qo‘shma fe’l berilgan? A) shoshilib kirdi B) kirib chiqdi C) qotib qoldi D) yonib turibdi 19 / 40 19. Qaysi gapda zamon qo‘shimchasining yozilishi(imlosi) bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda. B) Hozir ko‘nglimga qil sig‘mayapti, keyinroq gapirarsiz. C) Hozir yomg‘ir yog‘ayotir, shuning uchun yo‘lga chiqish mumkin emas. D) Maktabda ayni damda kulgu kechasi o‘tkazilayapti. 20 / 40 20. Qaysi gapda harakat-holatning doimiy zamon(uch zamon) ga oidligi ifoda etilgan? A) Yomg‘ir tobora kuchayib borayotir. B) Kunduzi bo‘lishiga qaramay, hamma yoq qop-qorong‘u bo‘lib ketdi. C) Erta-indin Ra’noni ko‘rgani gospitalga boraman. D) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadi. 21 / 40 21. Qaysi gapda kelasi zamon shakli orqali o‘tgan zamon ma’nosi ifoda etilgan? A) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman. B) Ulardan biri o‘sha damda qo‘shinni tashlab qochadi. C) Daryoning bo‘yidagi sadarayhonlarga termulib qaradim. D) Siz aytgan ishni keyinroq bajararman. 22 / 40 22. Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda yasama fe’l qo‘llangan? A) Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma! B) Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. C) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. D) Birni ko‘rib, fikr qil, Birni ko‘rib, shukur qil. 23 / 40 23. Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1) -(i)b, a(-y); 2) -gancha; 3) -gani; 4) -gach A) 1, 2 B) 3.4 C) 2.3 D) 1.4 24 / 40 24. Qaysi javobda asosi o‘timsiz bo‘lgan o‘timli fe’llar berilgan? A) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi B) uxlatdi, tomizdi, qaytardi C) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi D) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi 25 / 40 25. Qaysi qatorda o‘timli fe'llar qo‘llangan? A) joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko‘rmoq B) almashmoq, joylashmoq, kuymoq C) o‘xshamoq, jiringlamoq, so‘ramoq D) o‘qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq 26 / 40 26. Qaysi so‘zdan uch xil qo‘shimcha yordamida fe’l yasash mumkin? A) suv B) ayb C) zavq D) yalt 27 / 40 27. Fe’lning zamon va shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi…? A) III shaxs buyruq maylini ifodalaydi B) II shaxs buyruq maylini ifodalaydi C) II shaxs xabar maylini ifodalaydi D) III shaxs xabar maylini ifodalaydi 28 / 40 28. Qaysi javobda ravishdoshli so‘z birikmasi berilgan? A) so‘ray ko‘rma B) ketib qoldi C) kelib ketdi D) yig‘lab gapirdi 29 / 40 29. Qaysi javobda fe’lning noaniq shakli ko‘rsatilgan? A) kelmagan B) kelishdi C) kelmoq D) kelsam 30 / 40 30. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi? A) yurmoq B) olmoq C) qo‘ymoq D) chiqmoq 31 / 40 31. Qaysi qatorda o‘timsiz fe'llar vosita yordamida o‘timli fe'lga aylangan? A) o‘qishmoq, yig‘latmoq, ko‘rsatmoq B) quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq C) bajartirmoq, o‘qitmoq, berishmoq D) joylashtirmoq, terilmoq, kuzatmoq 32 / 40 32. O‘tgan zamonning –di, kelasi zamon shart mayli shakli –sa shakllaridan keyin o‘rinlashuvchi shaxs-son shakllarini aniqlang. A) –man, -san, -0, -miz, -siz, -0 B) –man, -san, -ti, -miz, -siz, -ti C) –man, -san, -di, -miz, -siz, -di D) –m, -ng, -0, -k, -ngiz, -0 33 / 40 33. Orttirma nisbat shakllari berilmagan qatorni toping. A) –gaz, -kaz, -qaz, -g‘az B) –giz, -kiz, -g‘iz, -qiz C) –ar, -ay, -ik, -iq D) –ir, -iz, -ar, -it 34 / 40 34. Qaysi misrada qo‘shma yasama fe’l qo‘llangan? A) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? B) Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni. C) Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? D) Qani, ayt, maqsading nimadir sening? 35 / 40 35. Qaysi javobda berilgan shakllar harakat-holatning gap aytilayotgan paytdan keyin sodir bo‘lishini ifodalaydi? A) –ayotir, ayotib B) –a(-y), -ar(-r) C) –gay, -yap D) –gan, -b(-ib) 36 / 40 36. Qaysi javobda fe’lning sifatga xoslangan shakllari berilgan? A) aygach, ayguncha, aytib B) aytgan, aytayotgan, aytar C) aytmoq, aytish, aytuv D) aytdi, aytishdi, ayttirdi 37 / 40 37. Fe’lning qaysi lug‘aviy shakli zamon, shaxs-son, mayl shakllari bilan qo‘llanmaydi? A) ravishdosh B) harakat nomi C) sof fe’l D) sifatdosh 38 / 40 38. Qaysi javobda bir martalik harakat inkori ifodalangan? A) na o‘qidi, na yozdi B) yozmay qo‘ydi C) yozmay qo‘ymadi D) yozib qo‘ymadi 39 / 40 39. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida sodda yasam fe’l ishtirok etgan? A) Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi. B) Norning nordon anori narida. C) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi. D) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi 40 / 40 40. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’llar harakat-holatning davomliligi ifodalaydi? A) yotmoq, turmoq, yurmoq B) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq C) ko‘rmoq, chiqmoq, bitmoq D) olmoq, bilmoq, boshlamoq 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №7
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №6
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №5
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №4