Uy » Attestatsiya testlar » Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya » Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 InfoMaster May 16, 2022 200 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 26 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Davlat tili (O'zbek tili) fanidan attestatsiya savollari №1 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Qaysi javobda berilgan shakllar harakat-holatning gap aytilayotgan paytdan keyin sodir bo‘lishini ifodalaydi? A) –ayotir, ayotib B) –gay, -yap C) –gan, -b(-ib) D) –a(-y), -ar(-r) 2 / 40 2. Fe’lning zamon va shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi…? A) II shaxs xabar maylini ifodalaydi B) III shaxs xabar maylini ifodalaydi C) II shaxs buyruq maylini ifodalaydi D) III shaxs buyruq maylini ifodalaydi 3 / 40 3. Qaysi qatorda o‘timsiz fe'llar vosita yordamida o‘timli fe'lga aylangan? A) joylashtirmoq, terilmoq, kuzatmoq B) quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq C) bajartirmoq, o‘qitmoq, berishmoq D) o‘qishmoq, yig‘latmoq, ko‘rsatmoq 4 / 40 4. Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda yasama fe’l qo‘llangan? A) Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma! B) Birni ko‘rib, fikr qil, Birni ko‘rib, shukur qil. C) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. D) Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. 5 / 40 5. Qaysi javobda fe’lning sifatga xoslangan shakllari berilgan? A) aytmoq, aytish, aytuv B) aytgan, aytayotgan, aytar C) aytdi, aytishdi, ayttirdi D) aygach, ayguncha, aytib 6 / 40 6. Qaysi javobda berilgan fe’llar fe’ldan anglashilgan harakat-holat va uni bajaruvchi subyekt munosabatiga ko‘ra farqlanadi? A) keldi, kelishdi, keltirdi B) kelsa, kelmoqchi, kelgin C) kelyapman, kelyapsan, kelyapti D) keldi, kelyapti, keladi 7 / 40 7. Qaysi gapda orttirma nisbat ma’nosi kuchaytirilgan? A) Chol titrab, qo‘lidagi kosani qars etib tushirdi. B) O‘qituvchi bolalarni sinf xonasidan chiqardi. C) Xabarni Qo‘ng‘irotga o‘n chopar tezda yetkazdi. D) U ssenariyni Alimardonga yozdirtirdi. 8 / 40 8. O‘tgan zamonning qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat-holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi? A) –di B) –gan C) –b(-ib) D) –di, -b(-ib) 9 / 40 9. Qaysi javobda qo‘shma fe’l berilgan? A) yonib turibdi B) shoshilib kirdi C) qotib qoldi D) kirib chiqdi 10 / 40 10. Qaysi nisbat shakllari o‘timli-o‘timsizlik jihatidan zidlanadi? A) orttirma va majhul nisbat B) birgalik va orttirma nisbat C) o‘zlik va majhul nisbat D) birgalik va o‘zlik nisbat 11 / 40 11. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi? A) olmoq B) chiqmoq C) boshlamoq D) bermoq 12 / 40 12. Qaysi qo‘shimchalar yordamida fe’l yasalsa fonetik o‘zgarish sodir bo‘ladi? A) –a, -la, -ay B) –i, -ira, -iq C) –illa, -lash, -sira D) –sa, -ar, -ir 13 / 40 13. Fe’lning qaysi lug‘aviy shakli zamon, shaxs-son, mayl shakllari bilan qo‘llanmaydi? A) ravishdosh B) sof fe’l C) sifatdosh D) harakat nomi 14 / 40 14. Qaysi javobda asosi o‘timli bo‘lgan o‘timsiz fe’llar berilgan? A) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi B) uxlatdi, tomizdi, qaytardi C) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi D) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi 15 / 40 15. Qaysi javobda fe’lning noaniq shakli ko‘rsatilgan? A) kelmagan B) kelmoq C) kelishdi D) kelsam 16 / 40 16. Qaysi mayl shakllari faqat kelasi zamonni ifodalaydi? 1) ijro mayli 2) shart mayli 3) maqsad mayli 4) buyruq-istak mayli A) 1,2,3,4 B) 2,3,4 C) 3.4 D) 1,2,3 17 / 40 17. Qaysi javobda ravishdoshli so‘z birikmasi berilgan? A) kelib ketdi B) yig‘lab gapirdi C) ketib qoldi D) so‘ray ko‘rma 18 / 40 18. Qaysi gapda bo‘lishlilik ma’nosi ta’kidlangan? A) Sharifa xatni Valijonga yozdirtirdi. B) Kelgil, parivashim, kelgil jimgina. C) Shahardan buvingni ko‘rmay kelma. D) Kozimjon ertaga ,albatta, keladi. 19 / 40 19. Qaysi misrada qo‘shma yasama fe’l qo‘llangan? A) Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni. B) Qani, ayt, maqsading nimadir sening? C) Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? D) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? 20 / 40 20. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi? A) olmoq B) yurmoq C) qo‘ymoq D) chiqmoq 21 / 40 21. Qaysi javobda berilgan qo‘shimchalar ham fe’l yasovchi, ham fe’lning munosabat shakllari sifatida omonim sanaladi? A) –sin, -t, -qir B) –a, -ay, -ar C) –la, -lash, -sa D) –y, -it, -iq 22 / 40 22. Fe’l zamonlarini aniqlash qaysi zamonga nisbatan amalga oshiriladi? A) kelasi zamonga nisbatan B) hozirgi zamonga nisbatan C) o‘tgan zamonga nisbatan D) hozirgi va kelasi zamonga nisbatan 23 / 40 23. Harakatni bajaruvchi shaxs va harakat tushgan obyekt birlashgan fe’l qatnashgan gapni aniqlang. A) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi. B) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. C) Xat Sharifa tomonidan yozildi. D) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi. 24 / 40 24. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida sodda yasam fe’l ishtirok etgan? A) Norning nordon anori narida. B) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi. C) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi D) Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi. 25 / 40 25. Qaysi gapda kelasi zamon shakli orqali o‘tgan zamon ma’nosi ifoda etilgan? A) Ulardan biri o‘sha damda qo‘shinni tashlab qochadi. B) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman. C) Daryoning bo‘yidagi sadarayhonlarga termulib qaradim. D) Siz aytgan ishni keyinroq bajararman. 26 / 40 26. Qaysi javobda berilgan fe’l yasama o‘tgan zamon sifatdoshi sanaladi? A) qisqarayotgan B) o‘zgartirilgan C) qayg‘uradigan D) ko‘rsatilgan 27 / 40 27. Qaysi javobda subyekt(bajaruvchi) va harakat holat o‘rtasidagi munosabatni ifodalovch shakllar berilgan? A) -moqda, -yap, -ayotir B) -man, -san, -miz, -siz C) -sin, -sin, -ay D) -tir, -il, -ish 28 / 40 28. Qaysi nisbat shakllari bir fe’lga bir necha marotaba qo‘shilishi mumkin? A) birgalik B) majhul C) o‘zlik D) orttirma 29 / 40 29. Qaysi gapda harakat-holatning doimiy zamon(uch zamon) ga oidligi ifoda etilgan? A) Yomg‘ir tobora kuchayib borayotir. B) Kunduzi bo‘lishiga qaramay, hamma yoq qop-qorong‘u bo‘lib ketdi. C) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadi. D) Erta-indin Ra’noni ko‘rgani gospitalga boraman. 30 / 40 30. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’llar harakat-holatning davomliligi ifodalaydi? A) olmoq, bilmoq, boshlamoq B) ko‘rmoq, chiqmoq, bitmoq C) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq D) yotmoq, turmoq, yurmoq 31 / 40 31. Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1) -(i)b, a(-y); 2) -gancha; 3) -gani; 4) -gach A) 1, 2 B) 2.3 C) 1.4 D) 3.4 32 / 40 32. Bo‘lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo‘shilsa qanday mazmun ifoda etiladi? A) harakat-holatning bir martalik inkori B) qat’iy bo‘lishlilik ma’nosi C) harakat-holatning davomli inkori D) oddiy bo‘lishlilik ma’nosi 33 / 40 33. Qaysi javobda bir martalik harakat inkori ifodalangan? A) yozib qo‘ymadi B) yozmay qo‘ymadi C) yozmay qo‘ydi D) na o‘qidi, na yozdi 34 / 40 34. Orttirma nisbat shakllari berilmagan qatorni toping. A) –gaz, -kaz, -qaz, -g‘az B) –giz, -kiz, -g‘iz, -qiz C) –ar, -ay, -ik, -iq D) –ir, -iz, -ar, -it 35 / 40 35. Qaysi gapda zamon qo‘shimchasining yozilishi(imlosi) bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda. B) Maktabda ayni damda kulgu kechasi o‘tkazilayapti. C) Hozir ko‘nglimga qil sig‘mayapti, keyinroq gapirarsiz. D) Hozir yomg‘ir yog‘ayotir, shuning uchun yo‘lga chiqish mumkin emas. 36 / 40 36. O‘tgan zamonning –di, kelasi zamon shart mayli shakli –sa shakllaridan keyin o‘rinlashuvchi shaxs-son shakllarini aniqlang. A) –man, -san, -di, -miz, -siz, -di B) –m, -ng, -0, -k, -ngiz, -0 C) –man, -san, -ti, -miz, -siz, -ti D) –man, -san, -0, -miz, -siz, -0 37 / 40 37. Qaysi javobda asosi o‘timsiz bo‘lgan o‘timli fe’llar berilgan? A) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi B) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi C) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi D) uxlatdi, tomizdi, qaytardi 38 / 40 38. Quyida berilgan qaysi shakllar ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shila oladi? 1) mayl 2) zamon 3) shaxs-son 4) nisbat 5) bo‘lishsizlik A) 1,2,3 B) 1,2,3,4,5 C) 4.5 D) 3,4,5 39 / 40 39. Qaysi qatorda o‘timli fe'llar qo‘llangan? A) almashmoq, joylashmoq, kuymoq B) o‘xshamoq, jiringlamoq, so‘ramoq C) o‘qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq D) joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko‘rmoq 40 / 40 40. Qaysi so‘zdan uch xil qo‘shimcha yordamida fe’l yasash mumkin? A) yalt B) suv C) zavq D) ayb 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №7
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №6
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №5
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №4