Fizika abituriyentlar uchun №2

0

Fizika abituriyentlar uchun №2

1 / 30

Aylanayotgan g’ildirak gardishidagi nuqtalar to’la tezlanishining vektori shu nuqtalar chiziqli tezligining vektori ilan 60˚ burchak tashkil qilgan paytdagi normal tezlanishining tangensial tezlanishdan necha marta kattaligini toping.

2 / 30

Jismning harakat qonuni x=5+10t-t² (m) ko’rinishga ega. Jism tezligi nolga teng bo’lguncha qancha yo’l bosib o’tadi?(m)

3 / 30

Uzunligi 300 m bo’lgan teploxod dengizda to’g’ri chiziq bo’ylab o’zgarmas tezlik bilan suzmoqda. Tezligi 90 km/soat bo’lgan kater uning oxiridan tumshug’igacha borib qaytib kelishiga 37,5 s vaqt ketdi.Teploxodning tezligini toping? (m/s)

4 / 30

Rasmda ko‘rsatilgan 10 kg massali parallelepiped shaklidagi jismni 1–holatdan 2–holatga o‘tkazish uchun kamida qancha ish bajarish kerak?

5 / 30

Massasi 18 kg bo`lgan muz qancha hajmni egallaydi?

6 / 30

45 kg massali bola 15 m/s tezlik bilan yurayotgan bòlsa, uning kinetik energiyasi (J) nimaga teng?

7 / 30

”Havo yoki gazga kuchli zaryadlar oqimi hosil bo`lishiga... deyiladi”. Gapni davom ettiring.

8 / 30

O`tkazgich uchlariga 10V kuchlanish qo`yilganda 5J ish bajaradi.O`tkazgichdan oqib o`tgan zaryad miqdori nimaga teng?

9 / 30

Bir xil ishorada zaryadlangan ikkita sharcha orasidagi masofa 100 mm ga teng. Ular orasidagi masofa 25 mm ga keltirilsa, ta`sir kuchi qanday o`zgaradi.

10 / 30

Aylana bo'ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanayotgan moddiy nuqtaning chiziqli tezligi va to'liq tezlanishi orasidagi burchak qanday?

11 / 30

Suyuqlik zichligi 2 marta , chuqurligi 5 marta orrtirilsa, suyuqlik bosimi necha marta ortgan bòladi?

12 / 30

Bir xil miqdordagi ikkita kuchning teng ta’sir etuvchisi 6√3 N, bitta kuchning o‘zi 6 N. Ikkita kuch yo‘nalishlari orasidagi burchakni toping.

13 / 30

Harakat tenglamalari X1 =20t va X2 =90-10t bo‘lgan ikkita jism qancha vaqtdan keyin uchrashadilar?

14 / 30

Dinamometrga yuk osilganda uning ko`rsatishi 24,5 N ga teng bo`ldi. Unga qanday massali yuk osilgan?

15 / 30

Tosh tik yuqoriga V0 =30 m/s tezlik bilan otildi. Qanday h (m) balandlikda uning kinetik energiyasi potensial energiyasining 4/5 qismiga teng bo’ladi?

16 / 30

Jism koordinatasi (1;2) bo`lgan A nuqtadan koordinatasi (4;-1) bo`lgan B nuqtaga ko`chib o`tdi. Bunda jism ko`chish ektorining Ox o`qining musbat yo`nalishi bilan tashkil etgan burchagini toping.

17 / 30

Bir xil yònalishda katta harakatlanayotgan protonlar oqimi òzaro siqilib ingichka shnurni hosil qiladi. Qanday kuch tasirida protonlar oqimi siqiladi?

18 / 30

Jismning bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt nima deb ataladi?

19 / 30

Ideal gaz molekulalarining konsentratsiyasi òzgarmagan holda molekulalar issiqlik harakatining òrtacha kvadratik tezligi 4 marta kamaygan. Bunda gazning bosimi qanday òzgargan?

20 / 30

Rasmdagi sistema pastga a tezlanish bilan tushayotgan bo’lsa, ipdagi taranglik kuchi qancha (N)? g=10 m/s2.

21 / 30

Modda atomi qanday zarralardan tuzilgan?

22 / 30

Rasmda jism tezlanishining vaqtga bog‘lanishi berilgan. Vaqtning qaysi oralig‘ida (s) jism tekis tezlanuvchan harakat qilgan?

23 / 30

Metro eskalatori uzunligi 18 m. Eskalator sizni 12 sekundda yuqoriga olib chiqdi. Eskalatorning tezligini toping.

24 / 30

Suyuqliklarning idish tubiga bòlgan bosimini qanday asboblar bilan òlchash mumkin?

25 / 30

Bir litr suv necha sm3 ga teng?

26 / 30

Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism o‘z tezligini 120 sekund ichida 3 marta oshirdi va 480 m masofaga ko‘chdi. Jismning boshlang‘ich tezligini toping(m/s).

27 / 30

Qanday mexanik energiyalar mavjud?

28 / 30

Ikkita mashina chorrahadan o’zaro tik yo’nalishda harakatlana boshladi. V1 =6 m/s, V2 =8 m/s bo’lsa, qancha vaqtdan keyin ularning orasidagi masofa 140 m bo’ladi (s).

29 / 30

Moddiy nuqta tezligining vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuni υ=4t (m/s) ko‘rinishga ega. Uning 5-sekundda o‘tgan yo‘li qanday (m)?

30 / 30

Moddiy nuqtaning berilgan sanoq sistemasidagi harakati x=7+6t va y=5+8t tenglamalar bilan berilgan. Jism dastlabki 2 s ichida qanchaga ko‘chadi (m)?

Sizning ballingiz

0%

Baholash mezoni

To'g'ri javob uchun 3,1 ball.

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0