Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 2124 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 2 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi javobda o‘zaro sinonim iboralar qo‘llangan? A) Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi – hafsalasi pir bo‘ldi B) Tegirmonga tushsa, butun chiqadi – tegganga tegib, tegmaganga kesak otadi C) O‘takasi yorildi – o‘pkasi o‘g‘ziga keldi D) Tepa sochi tikka bo‘ldi – kapalagi uchib ketdi 2 / 25 Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan? A) to‘ldiruvchi B) aniqlovchi C) hol D) ega 3 / 25 M.Shayxzoda qaysi mutafakkir ijodi va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqotlar olib borgan? A) Bobur B) Ibn Sino C) Ganjaviy D) A.Navoiy 4 / 25 Berilgan gaplarning qaysilarida kiritma mavjud? 1)Hoy,aylanay,o‘g'rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko‘zimga uyqu keladimi? 2)Voy- bo‘y deb yubordi-u .-Yerimiz muncha chiroyli! 3)Voy,sen-ey,-deya Chuchuk uloqchaning shalpang quloqlaridan tortqilab qo‘ydi.4)Ey Luqmon Hakim, sening dong'ing tutdi olamni. A) 3,4. B) berilgan gaplarda kiritma mavjud emas. C) 2,3,4. D) 1,2,3,4 5 / 25 XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha dostonlarning variantlari bilan qo‘shib hisoblaganda jami nechta doston yozib olingan? A) 200 B) 400 C) 150 D) 100 dan ortiq 6 / 25 Berilgan qaysi gapda gap bo‘laklari to‘ldiruvchi, aniqlovchi, ega va kesim tartibida joylashgan? A) Hovlini qizlarning qahqahasi tutib ketdi. B) Yigitlarga ishning hammasini topshirib ketdi. C) Xonaga sochlarining yarmi oqargan kishi kirib keldi. D) Uning gapiga kim ham quloq solardi. 7 / 25 Berilgan qaysi gapda murakkab ot kesim qatnashgan? A) Aka, juda mohir ustasiz, sizdan o‘rnak olish bizga foyda keltiradi. B) Vazifamiz – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish. C) Mening dadam shifoxonada eng tajribali jarrohlardan biri sanaladi. D) Kun juda isib ketgan edi, shuning uchun eshiklarni ochib qo‘ydik. 8 / 25 Qo‘shma gap berilmagan qatorni toping A) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi B) Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi C) Yigit-qizlarimiz O‘zbekistonning, insoniyatning bolasi bo‘lsa, hamma faxrlanadi D) Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi 9 / 25 Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhining, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi? A) Kuz yomg’iri B) Qoraxat C) O‘zbekiston D) Na’matak 10 / 25 Hol ergash gapli qo‘shma gap berilmagan qatorni qaniqlang. A) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. B) Yutug’imiz shu darajada oshdiki, har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. C) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. D) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. 11 / 25 ”Sog’inish”she’rida “eng kichik zarradan Yupitergacha,o‘zing murabbiysan”deya nimaga nisbatan murojaat qilinadi? A) oy B) quyosh C) Alloh D) Sog’inch 12 / 25 Qaysi qo‘shma gap qismlari nisbiy so‘z yordamida birikmagan? A) Qalandarov yugurdagini “Eshon, hoy!”, deb chaqirganda Saida qanchalik xursand bo‘lgan bo‘lsa, buni ko‘rib, ta’bi shunchalik tirriq bo‘ldi B) Kimning ko‘ngli to‘g’ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g’ri bo‘ladi C) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning barchasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor. D) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi 13 / 25 Xoja qaysi mashhur avliyoning avlodlaridan hisoblanadi? A) Bahouddin Naqshband B) Zangi Ota C) Abduxoliq G’ijduvoniy D) Xo‘ja Ahror Valiy 14 / 25 Kelishik qo'shimchalari bilan birikkan so’z birikmalari qatorini belgilang? A) Diqqat bilan tinglash,kitobni o’qimoq B) Ijodiy uchrashuv,bahordagi shabada C) Bog’da sayr,kitob uchun gilof D) Bulbul navosi,so’z sehri 15 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. C) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. D) to‘ldiruvchi, kesim 16 / 25 Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat. “Xamsa”ning qaysi dostonida Navoiy asarini turkiy tilda bitganini aytgan? A) ”Farhod va Shirin” B) C)Layli va Majnun” C) Hayrat ul-abror” D) D)”Sabbayi sayyor” 17 / 25 Ushbu gaplarning qaysi birida // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta qo‘yiladi? A) Mening bir jaydari falsafamdir shu// Hargiz iltimosga kuning qolmasin. B) Yana uvlar dahshat shamoli// Ko‘kni qora bulut quchadi. C) Ruboiyni ichida o‘qidi// yuzini tabassum qopladi. D) Hamal keldi // amal keldi. 18 / 25 Kesimlaridan biri ot, ikkinchisi fe'l bilan ifodalangan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan. A) So‘z chertib olinishi, har yoqdan tanlanishi lozim. B) Halol yashamoq- xalqqa xizmat qilmoq. C) Bizning yurtimiz chaman, unda quvnab o‘saman. D) Navbahor ochildi gullar sabza bo‘ldi bog'lar. 19 / 25 “Farhod va Shirin” dostonida Xusravning vaziri kim edi? A) Buzrug Ummid B) Davron Xallos C) Sheruya Parviz D) Shopur 20 / 25 Ko‘makchili qurilmalar yordamida bog’langan qo‘shma gaplar tarkibida bosh gapning o‘rni qanday bo‘ladi? A) ergash gapdan keyin keladi B) ergash gapdan oldin keladi C) ko‘makchili qurilmalar bog’langan qo‘shma gap tarkibida keladi D) ergash gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin 21 / 25 erilgan birliklarning qaysilari ham so‘z birikmasi, ham turg‘un birikma sifatida qo‘llanishi mumkin? 1) boshiga yetmoq; 2) qulog‘iga quymoq; 3) o‘z yog‘iga qovurilmoq; 4) yaxshi ko‘rmoq; 5) to‘nini teskari kiymoq; 6) ko‘nglidan o‘tkazmoq A) 1,2,3,4,5 B) 2,3,4,5 C) 2,4,5 D) 1,2,3,4,5,6 22 / 25 Qaysi gapda kelishik qo‘shimchalari uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan? A) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga, Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga. B) Har yerni qilma orzu, har yerga bor tosh-u tarozi. C) Ayrilganning ayiq yer, Bo‘linganning bo‘ri yer. D) Tilda e’tiborsiz – elga e’tiborsiz. 23 / 25 Qaysi gapdagi uyushgan aniqlovchilar orasida fonetik hodisaga uchragan yasama so‘z mavjud? A) Serchang ,sershovqin ko‘chalarda odamlar daryoday oqib borar edi. B) Bu yerda xalqning, sizning, mening farzandlarimiz ta'lim olishadi. C) Chaqaloq kichkina,oppoq va dumaloq qo‘llarini cho‘zib menga talpindi. D) Ko‘p o‘tmasdan sergo‘sht shavla tortildi 24 / 25 “Yurtim,ado bo‘lmas armonlaring bor” she’rida “jayrondek termulgan’ ta’rifi kimga beriladi? A) A.Ikromov B) U.Nosir C) Fitrat D) Cho‘lpon 25 / 25 A’loxon o‘zining xatosini angladi va gapirolmay g’uldirab javob berdi: “Sizsiz menga dunyo tor”. Gapdagi yasama so‘zlar miqdori. A) 5ta B) 4ta C) 6ta D) 3ta 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz