Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 821 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 3 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Shaxsi ma’lum gapni toping. A) Kitoblarni kutubxonaga topshirgani ketdi B) Keksalikni ko‘prikka tashbeh qiladilar C) Otaning amaliga suyanma D) Hayotni go‘zalliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi 2 / 25 “Bo`l” radifli g`azalining 3-baytida qo`llangan tazod san’atiga oid so`zlarni belgilang. A) “men” va “kim” B) “vayron” va “obod” C) “shisha” va “po`lat” D) “o`lmak ” va “tirilmak” 3 / 25 Adabiy nutqning qaysi uslubida qaror qilindi, inobatga olinsin, tasdiqlanadi so‘zlari va so‘z birikmalari keng qo‘llanadi? A) badiiy uslabda B) rasmiy-idoraviy uslubda C) ilmiy uslubda D) publisistik uslubda 4 / 25 Maktabimizda taniqli so‘z san’atkorlari bilan uchrashuv bo‘ldi. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasi qaysi so‘zga teng keladi? A) notiqlar, qiziqchilar B) rassomlar C) yozuvchilar D) qiziqchilar, yozuvchilar 5 / 25 Barchasi bitishuv yo‘li bilan hosil bo‘lgan so‘z birikmalari qatorini aniqlang. A) yurt kezgan, shahar ko‘chalari, bahor havosi B) baxtli voqea, milliy g‘oya, sof havo C) maktab bog‘i, mehr bilan boqmoq, shahar kezmoq D) gul atri, tez yugurmoq, kitob o‘qimoq 6 / 25 Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug`bek” fojiasida Mirzo Ulug`bek ilm ahlining “sim qanotli aravasi” uchib boruvchi baxt shahrini qanday rangda deb ataydi? A) marvarid rang B) firuzarang C) zangori rang D) bika rang 7 / 25 Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim? A) Do‘stlarimni yaxshi ko‘raman. B) Men baxtli insonman. C) Hammayoq top-toza chiroyli. D) Kitob bilim manbayi. 8 / 25 Kimning turmush o’rtog’i Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan? A) Uvaysiy B) Nodira C) Dilshodi Barno D) Anbar otin 9 / 25 “Kuntug’mish” dostonida Qur’oni karimni o’rtaga qo’yib do’st tutingan, lekin ahdiga vafo qilmagan obrazni belgilang. A) Azbarxo’ja B) Mullavachcha C) Mohiboy D) Qosim 10 / 25 Ot-kesim harakat nomi bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Yo’qoling, siz bilan adi-badi aytishishga vaqtim yo’q! B) Yaxshi ro’zg’or — jannat, yomon ro’zg’or — do’zax. C) Chin so`zni yolg`on demak xo`b emas, dog`i chin degulik emas. D) O’zim har joydaman, ko’nglim sandadur 11 / 25 “Qaror qilindi”, “inobatga olinsin” kabi qoliplashgan so‘z va so‘z birikmalari qaysi uslubda uchraydi? A) so‘zlashuv B) badiiy C) rasmiy-idoraviy D) ilmiy 12 / 25 Yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo‘lgan nutq ko‘rinishiga nima deyiladi? A) nutq uslubi B) og‘zaki nutq C) adabiy nutq D) yozma nutq 13 / 25 Yozgan asarlari uchun kelajak avlod tomonidan “gullardan haykal” qurilishini orzulagan ijodkor kim va bu qaysi asarda aytib o`tiladi? A) Antuan de Sent Ekzyuperi / “Kichkina Shahzoda” B) Usmon Nosir / “Bog`im” C) Alisher Navoiy / “Sab’ai sayyor” D) Abay / “Nasiha so`zlar” 14 / 25 Qaysi xususiyatiga ko‘ra insholar ikki turga bo‘linadi? A) didaktik maqsadlara ko‘ra B) inshoda qanday mavzu ifodalanishiga ko‘ra C) ma’nosiga ko‘ra D) ta’limiy maqsadlarga ko‘ra 15 / 25 “Qutadg’u bilig” dostonida qaysi obraz adolat ramzi hisoblanadi? A) O’gdulmish B) Kuntug’di C) Oyto’ldi D) O’zg’urmish 16 / 25 Undalmali gaplarning kesimi ko‘pincha qaysi shaxs shaklida bo‘ladi? A) I va II shaxs B) II va III shaxs C) II shaxs D) III shaxs 17 / 25 Insoniy xarakter va ijodiy taqdirni o’zida mujassam etgan she’rlar sirasiga kiruvchi misralar kimning qalamiga mansub? A) U. Nosir B) S. Yesinin C) T. Sulaymon D) M. Yusuf 18 / 25 “Ulug’bek fojiasi” asarida Ulug’bek kimga nisbatan “Sadoqatli mard sardorim” deb murojaat etadi? A) Ali Qushchiga B) Ota Murodga C) Berdiyorga D) Bek Arslonga 19 / 25 Olamda katta voqealar ro’y berganda, kichik voqealar ham och tomirlarini cho’zib, fursatni qo’ldan bermay, o’z huquqlarini talab etadi? Ushbu misralar qaysi asardan olingan? A) “Nur va soyalar” B) “Shohnoma” C) ”Qochoq” D) “Shinor” 20 / 25 Grammatik asosi bitta bo‘lib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplar…. A) so‘roq gap deyiladi B) sodda gap deyiladi C) qo‘shimcha gap deyiladi D) qo‘shma so‘z deyiladi 21 / 25 Bir so‘zdan iborat bo‘lib, tarkibga ajralmaydigan, boshqa so‘zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo‘lmagan gaplar… A) atov gap deyiladi B) to‘liqsiz gap deyiladi C) so‘z-gaplar deyiladi D) to‘liq gap deyiladi 22 / 25 Undov gap so‘roq gapdan hosil bo‘lgan bo‘lsa qanday tinish belgisi qo‘yiladi? A) so‘roq B) vergul C) nuqta D) avval so‘roq, keyin undov belgisi qo‘yiladi. 23 / 25 Quyidagilardan qaysi biri yordamchi so’z turkumi hisoblanmaydi? A) bog’lovchi B) modal C) ko’makchi D) yuklama 24 / 25 Chinliklar “Qutadg‘u bilig ”asarini qanday antaganlar? A) “Shohnomai turkiy” B) “Ziynat ul-umaro” C) “Adab ul-muluk” D) “Amin ul- mamlakat” 25 / 25 T. Sulaymonnning 1976-yilda chiqqan asarlari nomi qaysi qatorda? A) “Iltijo”, “Alhazar” B) “Intizor”, “Xarsang” C) ”Iltijo”, “To’ybosh” D) “Yov qochdi”, “Iltijo” 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2