Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 8-sinf Biologiya olimpiada №1 Biologiya olimpiada 8-sinf Biologiya olimpiada №1 InfoMaster Aprel 29, 2022 779 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 1 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Biologiya olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Yerbag`ir tugmachagul (a) va qora ituzum (b) uchun xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang. 1.murtagi boshlang`ich ildizcha poyacha va kurtakchadan iborat. 2.ekinzorlar orasida o`sadigan begona o`t 3.barg yaprog`I yumaloq shaklda, 5-7 ga bo`lingan 4.mevasi ho`l meva 5.gultojibarglari soni 5ta 6.1ta urug`chiga ega 7.mevasi quruq meva 8.bir yillik o`t o`simlik 9.gulqo`rg`oni oddiy kosachasimon. A) a-5,9,b-3,7 B) a-3,7 b-4,6 C) a-1,4 b-3,6 D) a-2,9 b-2,8 2 / 25 Terakning orasi teshikli to`siqlar bilan bo`lingan hujayralardan iborat naychalariga xos xususiyatlar? 1.o`tkazuvchi to`qimaga mansub.2.tirik hujayra 3.cho`ziq. 4.o`lik hujayra 5.barglarda hosil bo`lgan organic modda harakatlanadi.6.yumaloq hujayra 7.mexanik to`qimaga mansub.8.hujayra qobig`iga suberin moddasi shimilgan 9.suv va unda erigan mineral moddalarni o`tkazadi.10.yupqa devorli o`lik parenxima hujayralaridan iborat. 11.lub tolalari orasida joylashgan. A) 2,3,11 B) 1,2,4,8,9 C) 4,5,6 D) 3,5,7,10,11 3 / 25 Qozonyuvg’ich qaysi sinf ,oila va bo’limga mansub. A) ikki urug`pallalilar,murrakkabguldoshlar ,magnoliyatoifa B) magnoliyasimonlar ,ziradoshlar,gulli o`simliklar C) mangoliyasimonlar,qovoqdoshlar,magnoliyatoifa D) mangoliyatoifa, dukkakdoshlar, gulli o`simliklar 4 / 25 Chayonning o`rgimchaklardan farq qiluvchi (a) va o`xshash (b) belgilarini ko`rsating. 1.oyoq paypaslagichlarining qisqichga aylanishi 2.4 juft yurish oyoqlarining mavjudligi 3.po`st tashlab o`sishi 4.faqat o`pka orqali nafas olishi 5.o`pka va traxeya orqali nafas olishi. A) a-1,4 b-2,3 B) a-1,3 b-2,4 C) a-1,5 b-2 D) a-1,3 b-5 5 / 25 Meksika g`o`zasiga xos bo`lmagan xususiyatlar ko`rsatilgan javobni aniqlang.1.urug`ida urug`pallalari qat-qat bo`lib joylashgan 2.urug`ining yog`ochsimon qobig`I bir hujayradan tashkil topgan tuklar bilan qoplangan 3,kuzda mevasining asosiy qismi pishib poyasining uchki qismidagi gullari ochilib turadi 4.mevasi 2 ta mevabargning qo`shilishidan hosil bo`lgan 5.gulxayri turkumiga kiradi 6.magnoliyatoifa bo`limiga kiradi. A) 3.6 B) 4.5 C) 2,4,6 D) 1,3,5 6 / 25 Odamning ko`krak qafasini tashkil etuvchi suyaklar soni qaysi suyaklar soni yig`indisiga teng? A) uzun naysimon suyaklar,miya qutisi va yuz suyaklari, kurak suyaklari B) qovurg`alar,son suyaklari,boldir, o`mrov suyaklari C) uzun g`ovak suyaklar va uzun naysimon suyaklar D) bosh suyaklari va uzun naysimon suyaklar 7 / 25 Plimutrok zoti- ………. A) broyler olish uchun boqiladi. B) o`rdak zoti C) tuxum yo`nalishidagi tovuq D) ajdodi kulrang g`oz hisoblanadi 8 / 25 Soxta kashtanga tegishli javoblarni top; 1.barglari murakkab panjasimon 2.kurtaklari nisbatan mayda 3.lub tolalari rivojlanmagan 4.barglari murakkab patsimon 5.ildizpoyalai o`simlik 6.kurtaklari nicbatan yirik 7.hayotiy shakli daraxt. A) 2,5,7 B) 3,4,6 C) 3,4,5 D) 1,6,7 9 / 25 Odamning arteriya qon tomirlari tuzilishi va funksiyasiga tegishli ma`lumotlar to`g`ri ko`rsatilgan javobni top? 1.devori 3 qavatdan iborat 2.tananing hamma qismlariga qon olib boruvchi qon tomir 3.qonni yurak bo`lmalariga qon olib keluvchi qon tomir 4.klapanlari bo`lmaydi. 5. Devorining o`rta qavatida yurak muskullari mavjud.6.devorining o`rta qavatida elastic tolalar joylashgan.7.ichki qavati bir qavat hujayralardan iborat.8.buyrak darvozasidan kiradi A) 1,2,6,8 B) 2,4,5,6 C) 1,4,5,7 D) 1,3,6,7 10 / 25 Odam skelitidagi uzun g`ovak suyaklarning nechtasi ko`krak qafasida (a) va nechtasi qo`l suyaklarida (b)joylashadi? A) a-36, b-4 B) a-25.b-2 C) a-24 b-4 D) a-37,b-2 11 / 25 Noto`g`ri ma`lumotlarni aniqlang.1.daryo qisqichbaqasi va butli o`rgimchak-bo`g`imoyoqlilar tipi vakillari 2.daryo qisqichbaqasining yuragida arterial qon,butli o`rgimchakning yuragida venoz qon; 3. daryo qisqichbaqasining ko`zlari oddiy, butli o`rgimchakning ko`zlari murakkab 4. daryo qisqichbaqasimonlar va o`rgimchaksimonlar trilobitlardan kelib chiqqan. 5. Qisqichbaqasimonlardan hasharotlar kelib chiqqan 6. daryo qisqichbaqasi va butli o`rgimchakning yuragi boshko`krag bo`limida. A) 1,4,5 B) 1,2,5 C) 2,3,6 D) 2,4,6 12 / 25 Odamdagi qaysi suyaklar o`zaro harakatchan birikkan?1.tepa va peshona 2.7- va 8-juft qovurg`alar 3.5-juft qovurg`alar va to`sh suyagi. 4.tepa va chakka suyaklari. 5.kaftusti va tirsak 6. Son va bolder suyaklari A) 3.4 B) 1.3 C) 5.6 D) 2.4 13 / 25 Sog`lom odam umurtqa pog`onasining bo`yin lordoziga va dumg`aza kifozida jami nechta umurtqa suyaklari qatnashadi? A) 17 B) 12 C) 7 D) 19 14 / 25 Odam tanasining qaysi qismlarida bir yadroli silliq muskul to`qimasi uchraydi.1.diafragma 2.arteriya qon tomiri devoir 3.yurak qorinchasi 4.kapilyarlar devori 5.qorin devoir 6.siydik yo`li 7.yurakning o`ng bo`lmachasi 8.siydik pufagi A) 3,4,6,8 B) 2,4,6,8 C) 1,5,7 D) 2,6,8 15 / 25 Donor qonidagi eritrositlarda faqat gemoglabin ,resus omil va aglyutinogen B bo`lsa, u qaysi qon guruhiga ega odamlarga qon bera oladi? A) I,II, III, IV B) II va IV C) III va IV D) faqat IV 16 / 25 Jinsiy ko`payish bilan bo`g`liq jarayonlar to`g`ri ko`rsatilgan javobni aniqlang 1.ulotriksning zoospora hosil qilishi.2.dala qirqbo`g`imida murtakning hosil bo`lishi 3.oq po`panak mitseliysidan sporangiy hosil bo`lishi 4.archada urug`ning vujudga kelishi 5.judning qanotchali meva hosil qilishi 6.suv qirqqulog`inng sporali mevasida har xil sporaning yetilishi; 7.elodeyaning novdalaridan ko`payishi. 8.qo`ng`irboshning endosperm hosil qilishi. A) 2,4,5,8 B) 1,3,4,6 C) 1,2,6,7 D) 3,4,7,8 17 / 25 Balg`am bilan og`izga chiqadigan chuvalchang? A) Jigar qurti B) askarida. C) gijja. D) planariya 18 / 25 Katta yoshli sog`lom odamdagi qaysi doimiy tishlar soning o`zaro nisbati 3:1 ni tashkil etadi? A) qoziq tishlar va aql tishlar B) qoziq tishlar va kichik oziq tishlar C) katta oziq tishlar va qoziq tishlar D) qoziq tishlar va kurak tishlar 19 / 25 Mognoliyasimonlarga mansub ,oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan ko`p yillik o`simliklarni aniqlang . 1.yeryong`oq 2.qovoq 3.makkajo`xori 4.madaniy tok 5.pomidor 6.oddiy zira 7.sholi 8.mosh A) 4.6 B) 2,4,8 C) 1,5,6 D) 3.7 20 / 25 Bosh miyasi va nerv tuguni kuchli rivojlangan hasharotlar? A) tut ipak qurti kapalagi,qo`ng`izlar. B) chumoli,chigirtka C) ari,chumoli D) kapalak,qo`ng`izlar 21 / 25 Chayon qisqichlari qaysi organining o`zgarishidan kelib chiqqan? A) ustki jag`lari B) ogi`z organlari. C) oyoq paypaslagichlari D) qorin bo`g`imining oxiri 22 / 25 Odamni rombsimon muskuli haqida noto`g`ri ma`lumotlarni ko`rsating? 1.joylashuviga ko`ra trapetsiyasimon muskul bilan bir guruhga kiradi;2.qisqarishi odam ixtiyoriga bog`liq; 3.somatik nerv sistemasi tomonidan boshqariladi; 4.hujayralarida embrional taraqqiyotdan keyin sitokinrz kuzatilmaydi; 5.hujayralarida kislorod tashuvchi gemoglabin oqsili sintezlanadi;6.joylashuviga ko`ra qorin muskullari guruhiga mansub;7.vegetativ nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. A) 2,3,6 B) 1,2,5 C) 3,4,5 D) 5,6,7 23 / 25 Odam organizmida venoz qonning harakatlanishida ishtirok etadigan klapanlarni ko`rsating? 1. 2 tavaqali 2. 3 tavaqali. 3.chap qorincha va aorta o`rtasidagi yarimoysimon klapanlar 4.o`pka arteriyasi boshlanishidagi yarimoysimon klapanlar 5.o`pka venalaridagi klapanlar. A) 1.3 B) 2.4 C) 2.5 D) 1.4 24 / 25 Piyozbosh qaysi jihatlari bilan ildizdan farq qilmaydi. 1.1.kurtakning bo`lishi 2.oziq modda to`plashi 3.vegetativ ko`payishga xizmat qilashi; 4.shakli o`zgargan barglarining mavjudligi 5.qo`shimcha ildiz hosil qilishi.6.asosiy ildiz hosil qilishi A) 2,3,6 B) 2,4,5 C) 1,4,5 D) 1,2,3 25 / 25 Ko`rshapalaklar uchun mos kelmaydigan ma`lumotni topinig.1.tuxum qo`yish uchun uya quradi.2.oldingi oyog`i qush qanoti bilan gomologik organ. 3. Tanasi jun bilan qoplangan 4.xordalilar tipiga kiradi. 5.kloakasi mavjud.6.yupqa teri pardasi uchganda ko`tarilish yuzasini hosil qiladi. 7.yuragi 4 kamerali. 8.tana harorati doimiy.9.ko`zi ojiz.10.bir marta olgan havosidan 2 marta nafas oladi. A) 1,5,10 B) 3,6,9. C) 2,4,5 D) 4,7,8 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz