Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №5 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №5 InfoMaster Aprel 6, 2022 160 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 7-sinf Ona tili №5 II MUSTAQIL SO’Z TURKUMLARI HAIQDA MA’LUMOT OLMOSH SO’Z TURKUMI VA UNING TASNIFI KO’RSATISH OLMOSHLARI KO’RSATISH OLMOSHLARINING TALAFFUZI VA IMLOSI KISHILIK OLMOSHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 34 Lablanmagan o'rta keng unlisini toping? . A) a B) e C) i D) u 2 / 34 Faqat yasama otlar berilgan qatorni toping. A) chorva, baxt, guldon. B) quvonch, tinchlik, duradgorlik. C) kalxat, gulchi, o’t. D) chaqmoq, obkash, uy. 3 / 34 Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . B) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . C) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . D) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. 4 / 34 Antonimlar qo‘llangan gapni toping. A) Begona yurtda, bolasi diydoridan uzoqda armon bilan ко ‘z yumdi. B) Moyli bo 'yoqdan tortib toza spirtgacha uning qo ‘lida. C) Bir no ‘noqni bir epchil eplaydi. D) Nurmat tog'a ozoda, mirishkor odam bo ‘lganidan shiyponni guldek tutadi. 5 / 34 Ko’plikdagi kishilik olmoshlarini qaysi bir uslubiy talab bilan birlikni ko’rsatuvchi olmosh o’rnida kelishi mumkin. A) biz B) biz, siz, ular. C) biz va siz. D) ular. 6 / 34 Qaysi gapdagi kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi yuklanmoqda? A) Men ko’rmagan baxtni kimdir ko’rajak, Men aytmagan so’zni aytajak kimdir. B) -Sening qancha puling bor edi? - deb so’radi mirshab sho’rlik kosib yigitdan. C) O’zimni moziyning bag’riga urdim, Va shu on shukrona aytib qaytdim men. D) Bu ishlarning hammasini mening o’zim bajarganman. 7 / 34 Qaysi olmoshlar hurmat ma’nosida qo’llanganda bosh harf bilan yozilishi mumkin ? A) ular , siz B) men ,sen C) biz ,siz D) siz ,o’zingiz 8 / 34 Kishilik olmoshlari berilgan qatorni aniqlang. A) bu, shu, o’sha, ana, mana, ana shu. B) men, sen, u, biz, siz, ular. C) hamma, barcha, bari, har kim, hech nima. D) qachon, qayer, kim, nima, o’sha, necha. 9 / 34 Kishilik olmoshi berilmagan gapni aniqlang. . A) Sizsiz ishimizni bitirishimiz mushkul. B) O’sha odamning o’zginasi, faqat bunday tugmali kiyimi yo’q edi. C) Men nechun maqtamay ona-Vatanni. D) U to’g’i, chiroyli yozadi. 10 / 34 Olmoshlar qaysi birliklar o’rnida qo’llana oladi? 1.so’z birikmasining o’rnida 2. so’z o’rnida 3.gap o’rnida A) 1,2 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 2 11 / 34 Ko’rsatish olmoshi qatnashgan gapni aniqlang . A) Aytgil ,do’stim ,nima qildik Vatan uchun ! B) Anavini qara-ya, o’zimizning to’pori Zebimi shu ? C) Hammasi joyida, do’stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman . D) Belgilangan ishlarning hammasini biz bajardik. 12 / 34 Quyida berilganlardan qaysi birlariga III shaxs sifatida qaraladi?1)nutqdan tashqaridagi barcha shaxs ;2)nutqdan tashqaridagi predmet; 3)nutqdan tashqaridagi voqea-hodisa;4)tinglovchi A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,4 13 / 34 Ko’rsatish olmoshi berilmagan gapni toping. A) Bu kobob unga juda shirin tuyuldi. B) Shu atrofda bir ovoz eshitildi. C) Bektemir buni umrida birinchi marta tortishi edi. D) Sening o’qishdagi muvaffaqiyatlaring bizni hursand qildi. 14 / 34 Olmoshning gapdagi vazifasi qaysi qatorda to’iqroq va to’g’ri ko’rsatilgan. A) to’ldiruvchi B) undalma, ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi C) aniqlovchi. D) ega, toldiruvchi, aniqlovchi. 15 / 34 Quyidagi qaysi qo'shimchalar qo'shilganda, ko'rsatish olmoshlarida asos bilan qo'shimcha orasida bir "n" tovushi orttirib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi? A) - aqa, -cha B) A va B. C) -day, -dek D) -ning, -ni 16 / 34 Qaysi qatordagi gapda olmosh belgiga ishora qilgan ? A) “Mana bunisi Manzuraxonga “ ,- deb uzatdi B) Bunda bor harorat ,muhabbat ,shafqat C) Unga bergan va’damning ustidan chiqdim D) Shundoq voqeani oldin ham bir eshitganman 17 / 34 Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh fe’l o’rnida qo’llangan ? A) Gullarning ko’pi pushti rang .Ana shu rang menga juda yoqadi B) Gul ochildi . Uning ochilishi kishilaraga rohat berdi C) Karim gullarni uza boshladi .Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi D) Xolid toshni o’n marta ko’tardi . Men ham shuncha ko’tarishni orzu qilaman 18 / 34 Qaysi olmosh kamtarlik, bajargan ishida o'zini ta'kidlamaslik ma'nolarini ifodalaydi? A) ular B) biz C) siz D) barchasi ifodalaydi. 19 / 34 Ko’rsatish olmoshlariga qaysi qo’shimchalar qo’shilsa asos va qo’shimcha o’rtasida bir n tovushi orttiriladi? 1.ayrim kelishik qo’shimchalari 2.egalik qo’shimchalari 3.shaxs-son qo’shimchalari 4.-day, -dek, aqa, -cha qo’shimchalari A) 1,2,4 B) 1,2,3,4 C) 1,2 D) 1,4 20 / 34 Quyidagi javoblardan qaysi birida ko'rsatish olmoshlari berilmagan? A) barchasi ko’rsatish olmoshlari B) bu, shu C) аna, mana D) u, o'sha 21 / 34 1 U ona bo'lishdan behad shod. 2 U qiz uzoqda yashaydi. 3 U biz qidirgan оdam emas. 4 Faqat u kishidan bir gap chiqadi.Qaysi gap tarkibida u so‘zi ko'rsatish olmoshi bo‘lib kelgan? A) 2, 4 B) 1,3 C) 2, 3,4 D) 1,2, 3 22 / 34 Qaysi so’z turkumining aniq lug’aviy ma’nosi yo’q? A) sifat B) fe’l C) ot D) olmosh 23 / 34 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) 2,3 B) l,2 C) faqat 2 D) 1,3 24 / 34 Ko’rsatish olmoshlariga qaratqich kelishigi qo’shilgandagi holat bilan nechanchi shaxs egalik qo’shimchasi qo’shilganda holat shaklan teng boladi. A) III shaxs birlikda. B) III shaxs birlik va ko’plikda. C) II shaxs birlikda D) ko’rsatish olmoshlariga kelishik va egalik qo’shimchalari qo’shilganda shakliy tenglik bo’lmaydi. 25 / 34 Ko'rsatish olmoshlariga berilgan qo'shimchalardan qay biri qo‘shilsa, tovush ortishi yuz berishi mumkin?1) egalik; 2) kelishik; 3) -day, -dek; 4) -aqa; 5) -cha; 6) -niki. A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5 26 / 34 Qaysi gapda u ko’rsatish olmoshi qo’llangan. A) U odamning suhbatini ko’pchilik yoshlar qumsar edi. B) Muattar uning shodlikdan uchqun sezilib turgan ko’zlariga qaradi. C) U majlisga raislik qilishning qiyinligini birinchi marta his qildi. D) U ko’pchilikning kuchini birinchi marta sezgan edi. 27 / 34 Qaysi gapda II shaxs egalik qo‘shimchasini qabul qilgan ko‘rsatish olmoshi qo‘llangan? A) Unim yo‘q, bunim yo‘q, Ro‘zg‘orda unim yo‘q. B) Buning nimasi yomon? . C) Buning nomi “Sindirish” deb ataladi. D) Buning meni bir kuni aqldan ozdiradi. 28 / 34 Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh sifat o’rnida qo’llangan? A) Gullarning ko’pi pushtirang.Ana shu rang manga juda yoqadi. B) Gul ochildi.Uning ochilishi kishilarga rohat berdi. C) Barchasi to’g’ri D) Karim gullarni uza boshladi.Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi. 29 / 34 І shaxs ko’plik sonda qo’llangan kishilik olmoshi qatnashgan gapni belgilang. A) Nasiba sizdan bitta emas, o’nta xalatni ham ayamaydi. B) Biz emasmi, Sizning sochlaringizga oq oralatgan C) Sizlar Navro’z bayramiga qanday tayyorgarlik ko’rdingiz ? D) ” Yuring, o’g’lim, siz endi yosh bola emassiz ”, dedilar dadam. 30 / 34 Istagim shuki, doimo tinchlik bo’lsin.Ushbu gapdagi shuki olmoshi qaysi birlik o’rnida qo’llanyapti? A) istagim B) tinchlik C) doimo D) doimo tinchlik bo’lsin 31 / 34 Qaysi qatordagi gapda ko’rsatish olmoshni qo'llangan? A) U nimadir: hammada bor, biroq hech kim yodga olmaydi ? B) Kim nima istashini bilmasa, uni biz rejasiz inson hisoblaymiz. C) Наг kuni men uning uyiga borar edim. D) Nima xohlashini o‘zimga aytsin: ba’zilarga o‘xshab mendan qochib yurmasin. 32 / 34 Ko'rsatish olmoshlarining yozilishi noto'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) manavi, anavi B) mana bu C) barchasi to'g'riyozilgan. D) ana bu, anashu 33 / 34 Kitobni ko’p o’qisangiz ,undan ko’p hikmat topasiz.Ushbu gapdagi undan olmoshi qaysi so’z o’rnida qo’llanyapti? A) o’qisangiz B) hech qaysi so’z o’rnida qo’llangani yo’q C) ko’p D) kitobni 34 / 34 ІІ shaxs ko’plik sonda qo’llangan kishilik olmoshi qatnashgan gapni belgilang. A) Sizlar Navro’z bayramiga qanday tayyorgarlik ko’rdingiz ? B) ” Yuring, o’g’lim, siz endi yosh bola emassiz ”, dedilar dadam. C) Nasiba sizdan bitta emas, o’nta xalatni ham ayamaydi. D) Biz emasmi, Sizning sochlaringizga oq oralatgan 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz