Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №4 6-sinf Ona tili7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №4 InfoMaster Aprel 6, 2022 197 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 0 7-sinf Ona tili №4 MA’NODOSHLAR (SINONIMLAR) SHAKLDOSH ,QARAMA QARSHI MA’NOLI SO’ZLARDAN FOYDALANISH SHAKLDOSHLAR(OMONIMLAR) ZID MA’NOLI SO’ZLAR (ANTONIMLAR) Mavzular yuzasidan testlar 1 / 33 Joy nomi qaysi javobda to'g'ri yozilgan? A) Katta Farg'ona kanali B) Katta Farg'ona Kanali C) katta Farg'ona kanali D) Katta farg'ona kanali 2 / 33 Hajm-o’lchov sifatlari berilgan qatorni toping. A) xursand, ma’yus, keksa B) odobli, kamtarin, sodda C) katta, behisob, og’ir D) sirtqi, ichki, qishki 3 / 33 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) dona va chama son B) taqsim va kasr son C) sanoq va tartib son D) jamlovchi va chama son 4 / 33 Quyidagi so’zlarning qaysi biri sinonimik qatorga mansub emas ? A) pushaymon B) afsuslanmoq C) attang D) nadomat 5 / 33 Sinonimik qatordagi bitta so'zga antonim bo'lgan so'z shu qatordagi barcha so'zlarga antonim bo'lishi mumkinmi? A) Sinonimik qatordagi so'zlar o'zaro antonim bo'ladi. B) Mumkin emas. C) Mumkin. D) Ba'zan mumkin, ba'zida mumkin emas. 6 / 33 Shakldosh so’zlar qatorini toping A) eshik ,chang ,kecha ,tog’ B) kech,shim,tut ,osh,til C) bob ,qiz ,tol ,yoqa, ko’z D) oltin ,to’r ,cho’qqi .yosh 7 / 33 Qaysi qatorda omonim so’zlar berilgan. A) ko’r, shoir, biologiya. B) talaffuz ,muddat,xalq C) adash,to’q ,dasta D) g’or,kafil,hosil 8 / 33 Leksik antonimlar berilgan qatorni aniqlang A) ishladi, ishlamadi B) xursand ,dili siyoh C) yupqa , qalin D) oq ko’ngil, ichi qora 9 / 33 1.Hech bo’lmaganidan ko’ra, kech bo’lgani yaxshi. 2. Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. 3. Kech kirib, hamma uy-uyiga tarqaldi. Ushbu gaplarda qo’llangan kech so’zlarining qaysi biri o’zaro ko’p manoli yagona so’z hisoblanadi? A) Ikkinchi va uchunchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z B) Barcha gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z C) Birinchi va uchinchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z D) Birinchi va ikkinchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z 10 / 33 Qaysi javobda ko'p ma’noli so'zni shakldosh (omonim)lardan farqlovchi asosiy xususiyat berilgan? A) ko'p ma’noli so'zlar gap bo'laklari bo'la oladi B) ko'p ma’noli so'zlar necha ma’noga ega bo'lmasin, ma'nolar o'zaro bog'langan bo'ladi C) ko'p ma’nolilik mustaqil so'z tur- kumlariga xos D) ko'p ma’noli so'zlar ma’nosi gapda namoyon bo'ladi 11 / 33 Zid so’zlar qo’llangan gapni toping A) Sovuq shamol o’qtin –o’qtin esib ,to’qayni allaqanday vahimaga to’ldiradi B) Bir no’noqni bir epchil eplaydi C) Sherali qo’rqmas va kamtar ,kamgap va qaysar bir bola edi D) Yolg’onchining so’zi rost bo’lmas 12 / 33 Qaysi qatordagi ta’rif sinonim (ma’nodosh ) so’zlarni aks ettiradi ? A) aytilishi va ma’nosi bir hil so’zlar B) shakli bir xil ,ma’nosi har xil so’zlar C) bir tushuncha doirasidagi turli ma’no qirralarini anglatuvchi so’zlar D) zid ma’noli so’zlar 13 / 33 Antonimlar qatnashgan gapni toping A) Ilmu kamolot hamisha fazilatdir B) Hikmat shunday liboski ,kiygan bilan eskirmaydi C) Do’st bilan yolg’on so’zlashma ,uning dushmani bilan ham do’stlashma D) Siringni saqlagil ,har kimga zinhor etmagil ravshan 14 / 33 Antonimlar qo‘llangan gapni toping. A) Begona yurtda, bolasi diydoridan uzoqda armon bilan ко ‘z yumdi. B) Moyli bo 'yoqdan tortib toza spirtgacha uning qo ‘lida. C) Nurmat tog'a ozoda, mirishkor odam bo ‘lganidan shiyponni guldek tutadi. D) Bir no ‘noqni bir epchil eplaydi. 15 / 33 Qaysi gapda “mo’ysafid “ so’zini sinonimi bilan almashtirib bo’lmaydi? A) Uning oti ancha qari edi B) Oqsoqollarni to’rga chiqardik C) Chol hassaga tayanib ,sekin-asta qadam tashlar edi D) Keksalar bilan maslahatlashdim 16 / 33 Sinonimik qatorni belgilang A) kukush,mayin, o’tkir B) yoz ,ot,kech C) to’r,uch , xayr D) belgi,nishon,alomat 17 / 33 Qaysi xalq maqolida antonimdan foydalanilgan ? A) Qadrlasang qadring oshar ,qadrsizdan hamma qochar B) Bugungi ishni ertaga qo’yma C) Bilgan bilganini ishlar ,bilmaganP barmog’ini tishlar D) Do’sting ming bo’lsa ham oz ,dushmaning bir bo’lsa ham ko’p 18 / 33 Qatorda nor bo’lsa ,yoking yerda qolmaydi Ushbu maqolda qo’llangan nor so’zining ma’nodoshini toping A) hamroh B) raqib C) tuya D) do’st 19 / 33 Zid ma’noli so’zlar berilmagan gapni toping. A) Uning kiyimlari toza kir bo’lib ketgan ekan B) Hozir ketmasang, keyin kech bo’ladi C) Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda D) Asrlar davomida tutqun bo’lib yashagan xalq ozod bo’di. 20 / 33 1 Yurtim , senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. (A.Oripov) 2. Mana shu daryodan Mirzacho’l suv ichadi,ekin bitadi. 3. Katta Farg’ona kanali qirq besh kunda bitdi.Ushbu gaplarda qo’llanilgan bitmoq so’zining o’zaro ma’no munosabati qaysi qatorda to’g’ri izohlangan? A) birinchi gapdagi bitmoq so’zi ikkinchi va uchinchi gapdagi bitmoq so’zlari bilan o’zaro shakldosh,ikkinchi va uchinchi gapdagi bitmoq so’zi o’zaro bir so’zning turli ma’nolari. B) rinchi va ikkinchi gapdagi bitmoq so’zi o’zaro bir so’zning turli ma’nolari. C) har uchala gapda mustaqil uchta so’z, ya’ni o’zaro shakldosh so’z. D) har uchala gapda bir so’zning turli ma’nolari, ya’ni polisemantik so’z. 21 / 33 Qaysi qatorda omonim so’zlar berilgan. A) yordam, ko’mak, madat. B) qiziqmoq, bog’lamoq, ko’karmoq C) yosh, zang, to’p D) sovuq, oltin 22 / 33 Qaysi so’z turkumida antonimlik munosabati umuman yo’q ? A) ravish,fe’l ,olmosh B) ot,son ,sifat C) son ,olmosh ,modal so’zlar D) ot,son,fe’l 23 / 33 1.Anvar ham muloyimgina kulimsirab olgach…yana qalamiga qoralab qog’oz ustiga bir-ikki kalima yozdi. 2. Bu bilan men Zokir ota bilan Ro’zimatni qoralab , o’zimni oqlamoqchi emasman. 3. Nizomov oltmishni qoralagan baqaloq kishi edi.Gaplarda qo’llangan qoralamoq so’zi haqidagi to’g’ri hukmni belgilang. A) birinchi va ikkinchi gapda bir so’zning turli ma’nolari qo’llangan. B) ikkinchi va uchinchi gapda shakldosh so’zlar qo’llangan C) uchala gapda shakldosh so’zlar qo’llangan. D) Uchala gapda bir so’zning turli ma’nolari qo’llangan. 24 / 33 Ot (ism) ,Ot (hayvon ) ,Ot (fe’l ) Uchala o’rinda qo’llangan so’zning xususiyati to’g’ri izohlangan qatorni toping A) bir xil shaklga ega bo’lgan ko’p ma’noli so’z B) birgin aso’zning uchta o’rinda qo’llanishi C) bir xil shaklga ega bo’lgan yagona so’z D) bir xil shaklga ega bo’lgan uchta so’z 25 / 33 Zid ma’noli so’zlar qo’llangan gap qatorini toping A) Hayo qalbning haqiqiy ko’zgusidir B) Vijdon – aqlning qon tomiri C) Do’stlarning hasadi ,dushmanlarning xusumatidan yomondir D) So’z doriga o’xshaydi ,ortiqchasi zarar keltiradi 26 / 33 Chin so’z mo’tabar ,yaxshi so’z muxtasar Tagiga chizilgan so’zning ma’nosi to’g’ri izohlangan javobni toping A) qisqa B) tugallangan C) mantiqli D) foydali 27 / 33 Qaysi so'zning ma’nodoshi noto'g'ri berilgan? A) abzal - ustun, yaxshi B) azim - ko'hna, qadimiy C) nufuz -obro' D) adil - tik, to'g'ri 28 / 33 Qarama qarshi ma’noli so’zlar qatnashgan gapni toping A) Ariqlarda ko’m ko’k suv sharqirab oqmoqda B) Ozchilik ko’pchilikka bo’ysunadi C) U nimadir xursand bo’lib uyg’onadi D) Qo’riq ochish xamirdan qil sug’urishdek oson emas 29 / 33 Antonimlar qysi qatorda berilgan ? A) Kattaga hurmatda bo’l ,kichikka izzatda bo’l B) Mirzakarimboy ilonning yog’ini yalagan odam ;hamma boylar kabi ayyor mug’ombir C) Havo ochiq ,kuz oftobi tilla rang yaproqlar ustida chaqnardi .Oltin kuz qanday zavqli ! D) Tok zangi qayishga o’xshaydi ,egila beradi .Boboqul otaning zangi shlatilmaydigan bo’ldi 30 / 33 Yoz (qalamda yozmoq ) ,yoz (dasturxon yozmoq ) ,yoz (yoz fasli) Uchala o’rinda qo’llangan so’zning xususiyati to’g’ri izohlangan qatorni toping A) bir xil shaklga ega bo’lgan ko’p ma’noli so’z B) bir xil shaklga ega bo’lgan uchta so’z C) birgin aso’zning uchta o’rinda qo’llanishi D) bir xil shaklga ega bo’lgan yagona so’z 31 / 33 3 Ma’nodosh so’zlar qo’llangan gapni ko’rsating A) Anvar nimadir so’ramoqchi edi,biroq Karim darrov g’oyib bo’ldi B) Sen nimadan xursandsan? C) Go’zal hech qachon yutuqlari bilan maqtanmas ,mag’rurlanmas edi D) Yoz kunlarining birida Vali oshna og’aynilari, jo’ralari ,do’stlari bilan toqqa aylangani bordi 32 / 33 1 Kun qiyomdan og`di. 2. Shavla qiyomiga yetib pishgan edi. 3. Kampir o`ng qo`liga nonni oldi-da, piyoladagi qiyomga botirdi. Berilgan gaplarda qo`llangan qiyom so`zi haqida to`g`ri fakr qaysi javobda berilgan? A) birinch va ikkinchi gapda bir so`zning turli ma’nolari qo`llangan B) uchala gapda shakildosh so`zlar qo`llangan C) ikkinch va uchunch gapda bir so`zning turli ma’nolari qo`llangan. D) uchala gapda bir so`zning turli ma’nolari qo`llangan 33 / 33 Abduvhob ayvondagi ko’lankaga o’tirib o’g’ilchsini tizzasiga olib peshonasidan o’pdi Ushbu gapda qo’llangan ko’lanka so`zining ma’nodoshini toping. A) gilam B) joy C) ko`rpacha D) soya 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz