Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №3 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №3 InfoMaster Aprel 6, 2022 129 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №3 SON VA RAVISH SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH MATNDA KO’P MA’NOLI MA’NODOSH SO’ZLARDAN FOYDALANISH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 32 Qaysi qatordagi barcha so'zlarda nuqtalar o'rnida f harfi qo'yiladi? A) a... zun, sa... sargul, ta... tish B) a..g’on, a... gor, ta... silot C) a... sona, sha... qat, ta... siflamoq D) a... zal, a.. .g'on, ta... fiq 2 / 32 Qaysi qatorda juft sifat ishtirok etmagan? A) Qo'llari kctmon ,o'roq ,ayri ushlayverganlaridan g'adir-budir haqiqiy dchqon edilar B) Ba'zan pi ilka shokoladni ,arzon-garov qo'g'irchoqni olib keladi C) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat ,dadillik baxh etgandek bo'ldi D) Menga o'xshash esli -hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan 3 / 32 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) sanoq va tartib son B) jamlovchi va chama son C) taqsim va kasr son D) dona va chama son 4 / 32 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi B) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud C) Bu xola yillab kutdi D) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi 5 / 32 Qaysi javobda arab raqamlarining rim muqobili noto'g'ri ifodalangan? A) LXX - 70, yetmish B) CCD - 200, ikki yuz C) M- 1000, ming D) CM - 900, to'qqiz yuz 6 / 32 Sabab ravishi qatnashgan gapni toping A) Saida jo’rttaga bilmaslikka oldi B) Hayotning o’z bayramlari bo’lganidek ,ozgina azoblari ham b’ladi,bolam chidash kerak C) Bo’taboyev noiloj maslahatga ko’ndi D) Bir oz dam olishgach ,yo’lga tushishdi 7 / 32 Gaplarning qaysi birida ko’chma ma’noli so’z berilgan ? A) Tabriklardan keyin majlisning rasmiy qismi tugadi B) Tikansiz gul bo’lmas ,mashaqqatsiz hunar C) Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o’rgangan D) Oltin o’tda bilinear odam mehnatda 8 / 32 Maqsad ravishi qo’llangan gapni aniqlang A) Noiloj orqaga qaytdik B) Nodira ataylab kech qoldi C) Biz kecha sizni orziqib kutgan edik D) Bir oz tashqarida kuta olmaysizmi? 9 / 32 Sonlar juftlashganda qaysi ma'no turini hosil qiladi. A) chama. B) miqdor. C) kasr. D) tartib. 10 / 32 1 Yaxshiyam universitet yaqinda 2 Yaqinda o’qishni tugatadi Ushbu gaplardagi yaqinda so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ? A) birinchi gapda payt ravishi ,ikkinchi gapda o’rin ravishi B) har ikkala gapda o’rin ravishi C) birinchi gapda o’rin ravishi ,ikkinchi gapda payt ravishi D) har ikkala gapda payt ravishi 11 / 32 Ravish ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Savol bersam, o'zidan o‘zi yig’lab yuborsa bo'ladimi! B) 0‘z-o‘zimga shuiiday va’da bergan edim. C) Hamma ayb o‘z-o‘zimda. D) Shu gapni aytganim uchun o'zimdan o‘zim uyalib ketaman . 12 / 32 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch B) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq C) burda, para, karch, chimdim, dasta D) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq 13 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Xo’jaligimiz har gektar yerdan 30 sentenerdan hosil ko’tardi A) oshirmoq B) yo’qotmoq C) hazm qilmoq D) yetishtirmoq 14 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Buni oradan ko’tarmasak ish bitmaydi A) yo’qotmoq B) hazm qilmoq C) oshirmoq D) ichmoq 15 / 32 Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . B) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . C) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. D) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . 16 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi manosi ifodalangan?Bemorga yengil ovqat bering, oshni ko’tarolmaydi A) ichmoq. B) oshirmoq C) hazm qilmoq D) yo’qotmoq 17 / 32 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud B) Bu xola yillab kutdi C) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi D) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi 18 / 32 Qaysi gapda o’lchov so’zi qo’llanmagan ?1.Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu,uch-to’rt piyola choy ichdi.2.Uch-to’rt qadam narida yotgan aravani endi ko’rdi.3.Hali o’ngga, hali so’lga burilib, ikki soat, uch soat yo’l yurdik.4.Shoikrom uni har kuni maktabdan o’zi olib ketar,ikkinchi smenada dars tugaguncha poylab turar edi.5.Abdulla qovunchiga o’sha va’da qilingan 50 gektar yer berildi. A) barcha gaplarda hisob so’zi qo’llangan B) 4 C) 1,5 D) 3 19 / 32 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Osmon bulut. B) Atrofga kulrang harir parda bo’lib yoyila boshlagan oqshom qorong’iligi quyuqlashib borardi C) Buloqdan nariroqda do’nglik bo’lib ,atrofga shox otib ketgan tok Shoxlari ko’zga tashlanar D) Nihoyat ,kichik bir qiyalikda so’qmoq ko’rindi 20 / 32 Darja -miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Maqsadimiz –tinch yashash ,o’qish va baxtli bo’lish B) Ulg’aygach kashfiyotlar qilamiz ,kurashamiz va g’alaba qozonamiz C) Fidokorona mehnat qilayotgan odam doim niyati tomon intiladi D) Eshik sal ochildi 21 / 32 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi B) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in C) Meng ikki dona non bering D) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin 22 / 32 So’zning o’z va ko’chma ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) Ilgari ostonamiz tuyoq ko’rmagan . Harbiy intizom temir intizomni talab qiladi B) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi . Mehribon qo’llar sizni hamisha qo’llab quvatlaydi C) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi . Daraxtlar uyg’ondi D) Qishloq markaziga shu yo’l bilan boriladi .Bahslashishga yo’l qolmagan edi 23 / 32 So’zlarning o’z ma’nosi deganda nimani tushunasiz? A) so’zlarning bevosita nutq jarayoniga bog’liq bo’lgan atash ma’nosini B) so’zlarning grammatik ma’nosini C) so’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan ma’nosini D) so’zlarning faqat asosdan iborat bo’lgan ma’nosini 24 / 32 Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang. A) yonlab , egatlab , maktab B) tiklab, pag’alab , mo’ylab C) qarab , aqrab , mansab D) haftalab ,kilolab ,saharlab 25 / 32 Yigirma so’zidan sonlarning qaysi turini hosil qilib bo’lmaydi. A) dona. B) tartib. C) chama. D) jamlovchi. 26 / 32 Qaysi gapda yomon so’zi qattiq , juda, nihoyatda so’zlariga sinonim bo’la oladi? A) Ishqilib yomon xabar kelmasin-da B) Inoyat oqsoqol uvi ko’pchilik o’rtasida yomon haqorat qilgan edi. C) Bugun Ahmad yomon uxladi. D) Eng yomoni - xona goyatda. sovuq. edi. (Mirrmuhsin ) 27 / 32 Ko’tarmoq fe’li qaysi so’zga biriksa yetishtirmoq ma’nosi anglashiladi ? A) qo’l B) ovozini C) kitob D) hirmon 28 / 32 Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo‘lsa ham, qomati sambitdek tik.Ushbu gapda qo‘llangan miqdor sonning ma’no turini aniqlang. A) dona son B) jamlovchi son C) chama son D) sanoq son 29 / 32 Ma’nodosh ravishlar berilgan qatorni aniqlang . A) yakka, yagona, batamom B) jindek, jichcha, ozgina C) olg’a, oldinda, o’rtada D) sal, picha, ko’p 30 / 32 So’zning ko’chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi ? A) so’zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi B) nutq tarkibidagi boshqa so’zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi C) sintaktik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi D) morfologik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi 31 / 32 Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Bekatda juda ko’p odam to’plangan edi B) Adolat sekingina atrofga razm soldi C) Ertaga ishxonada uchrashamiz D) Qari bilganni pari bilmas 32 / 32 Yomon so’zi qaysi gapda og’ir,xatarli ma’nosida qo’llangan? A) Hoy do’stim,birovning do’ppisini birovga uddalab kiygizish yomonmi? B) Inoyat oqsoqol uni ko’pchilik o’rtasida yomon haqorat qilgan edi C) Ostonada turgan yomon bo’ladi,qizim,joyingizni bilib o’tiring D) Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab-hiqillab yotibdi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz