Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №11 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №11 InfoMaster Aprel 6, 2022 97 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 7-sinf Ona tili №11 VAZIFADOSH KO’MAKCHILAR KO’MAKCHILARNING MA’NO TURLARI KO’MAKCHILAR VA QO’SHIMCHALARNING MA’NODOSHLIGI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 Lablanmagan o'rta keng unlisini toping? . A) e B) a C) i D) u 2 / 40 O’rin-joy otlari qaysi javobda berilgan ? A) ko’cha, guzar, shahar B) tug’ma, achitqi, qamishzor C) mahalla, bostirma, bezak D) qishloq, to’plam, toshloq 3 / 40 So’zning ko’chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi ? A) morfologik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi B) nutq tarkibidagi boshqa so’zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi C) so’zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi D) sintaktik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi 4 / 40 Qaysi qatordagi ta’rif sinonim (ma’nodosh ) so’zlarni aks ettiradi ? A) shakli bir xil ,ma’nosi har xil so’zlar B) bir tushuncha doirasidagi turli ma’no qirralarini anglatuvchi so’zlar C) zid ma’noli so’zlar D) aytilishi va ma’nosi bir hil so’zlar 5 / 40 Ko’rsatish olmoshi berilmagan gapni toping. A) Bektemir buni umrida birinchi marta tortishi edi. B) Bu kobob unga juda shirin tuyuldi. C) Sening o’qishdagi muvaffaqiyatlaring bizni hursand qildi. D) Shu atrofda bir ovoz eshitildi. 6 / 40 Belgini aniqlash uchun ishlatiladigan olmoshlar qaysi qatorda berilgan. A) har qaysi, har bir. B) qanday?, qanaqa?. C) allanima, allanarsa. D) hech qanday, hech qaysi. 7 / 40 Qaysi gapda qo’shma olmosh mavjud? A) Shu -shu buldi-yu, Tursunboyning qulog’idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi. B) O’zboshimcha unmas, o’zbilarmon yolchimas. C) Hamma unga o’girilib qarar, ammo Sarkor Roziyadan boshqa hech kimni ko’rmas edi. D) Siz o’zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo’lgansiz, lekin men Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim. 8 / 40 Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar ...... A) belgilash olmoshlari B) o’zlik olmoshi C) kishilik olmoshlari D) ko’rsatish olmoshlari 9 / 40 Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda fonetik o’zgarish yuz bermaydi?1.ishtirok 2. chelak 3.nok 4.ocherk 5.yuk 6.chaqmoq 7.erk A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 1,3,4,5,7 C) 1,2,3,7 D) 3,4,5,7 10 / 40 So’z va gaplarga qo’shimcha ma’no beruvchi yordamchi so’zlar... A) yuklama B) bog’lovchi C) modal D) ko’makchi 11 / 40 Atalganlik ma’nosida qo’llangan ko’makchini toping A) Onajonim hammamiz uchun birdek aziz B) Toshkentga akam bilan birga bordik C) Nodira ukasi uchun qalam sotib oldi D) O’qish uchun keldim 12 / 40 Ko’makchilarning qanday ma’no guruhlari mavjud?1.maqsad 2.yo’nalish 3.fikr mavzusi 4.o’xshatish, qiyoslash 5.chegara A) 1,4,5 B) 1,2,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,4,5 13 / 40 Faqat vazifadosh ko’makchilar ishtirok etgan qatorni aniqlang. A) bilan, orqa, tepada, o’rtada B) ustida, ichida, qoshida, tomon C) sari, boshida, qadar, maqsadida D) sababli, oldida, uchun, qarab 14 / 40 -dek qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi? A) yarasha B) bo’ylab C) asosan D) yanglig’ 15 / 40 Qaysi kelishik qo‘shimchasi yo‘nalish ma’nosida tomon, bo ‘ylab ko'makchilari bilan ma’nodosh hisoblanadi? A) jo‘nalish B) chiqish C) tushum D) o‘rin-payt 16 / 40 Kelishik qo`shimchasi o`rnida ko`makchini qo`llash mumkin? A) Saida kulib yubormaslik uchun labini tishladi. B) Mehnat, kitob, do`stlik haqida suhbat qizg`in davom etdi. C) Radiodan sening quvnoq ovozingni hamma eshitdi. D) Do`stining holatini diqqat bilan kuzatib turgan Hotam. 17 / 40 Vazifadosh ko'makchilar gapda ko'pincha qaysi gap bo'lagi vazifasida keladi ? A) O'zi bog'langan so'z bilan birga hol bo'lib keladi B) O'zi bog'langan so'z bilan birga kesim bo'lib keladi C) O'zi bog'langan so'z bilan birga aniqlovchi bo'lib keladi D) O'zi bog'langan so'z bilan birga to'ldiruvchi bo'lib keladi 18 / 40 Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) sababli, tufayli, uchun B) sari, sayin, bilan C) uzra, haqida, qadar D) ko’ra, deb, bo’ylab, qarab 19 / 40 Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) –la, - chun B) deya, deb, atab C) haqida, to’g’risida D) qadar, uzra 20 / 40 Ko’makchilar asosan qaysi kelishiklar bilan vazifadosh hisoblanadi ? A) jo’nalish va chiqish kelishiklari bilan B) jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari bilan C) Barcha kelishiklar bilan D) tushum ,jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari 21 / 40 Qaysi qatorda vazifadosh ko’makchi otlashgan so’zdan keyin qo’llangan ? A) Bitmas –tuganmas bilimning tagida mashaqqat yotadi B) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilarning ishi emas C) To’ydan keyin nag’ora chalmoq –nodonlar ishi D) Insonning fe’l atvoriga qarab unga baho berishadi 22 / 40 Quyidagi gaplarning qaysi birida jo`nalish kelishigi qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Qarab tur, seni otangga chaqmasammi! B) Olimga vijdon ham o`tkir ilm kabi zarur C) Men o`zimning kimligimni sizga aytdim. D) Gapingizga qaraganda uzoqdan kelibsiz. 23 / 40 1 Devor usti yomg’irdan iviy boshladi 2 Kitob ustida uzoq ishladi 3 Nosir o’z ustida ko’p ishladi Ushbu gaplardagi ushbu so’zi qaysi javobda to’g’ri izohlangan ? A) 1 va 2 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,3-gapda mustaqil so’z B) 1 va 3 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,2-gapda mustaqil so’z C) har uchala gapda vazifadosh ko’makchi D) 2 va 3 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,1-gapda mustaqil so’z 24 / 40 Qaysi gapdagi kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Saharlab shaharga yo`l oldik. B) A, B,C C) Shu yo`ldan yurib murodga yetdik. D) Sizga atalgan qo`shiqlarim bor. 25 / 40 Ustida so’zi qaysi qatorda ko’makchi vazifasida qo’llangan ? A) Lolalar qirning ustida ochilgan B) Qo’ng’iz yaproqning ustida o’rmalardi C) U kechgacha ish ustida o’tirdi D) Kitob stolning ustida turibdi 26 / 40 Ko’makchilarga ma’nodosh bo’ladigan qo’simchalar berilgan qatorni toping. A) –day, -dek, -ni B) –cha, -chi, -gan C) –ga, -da, -dan D) A va B 27 / 40 Fikr mavzusi ma’nosini ifodalaydigan ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) haqida, to’g’risida B) tufayli, uchun C) sari, bo’ylab D) xususida, o’xshab 28 / 40 Qaysi qatorda kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirish mumkin? A) Olimjon Farg`onadagi ukasi bilan telefonda gaplashdi. B) Mehnat hamisha inson hayoti va madaniyatining asosi. C) Bog`imizdagi olmadan yaxshi xosil oldik. D) O`ktam gulzor yoniga darov joy hozirladi. 29 / 40 Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodosh hisoblanadi ? A) kabi B) bo’ylab C) tufayli D) muvofiq 30 / 40 Quyidagi gapda ko`makchining qanday ma’no uchun xizmat qilayotganini aniqlang. Bahorga qadar sabr qilishga to`g`ri keladi. A) payt B) sabab C) qamrov D) chegara 31 / 40 Qaysi gaplarda vazifadosh ko'makchi ishtirok etgan? 1 Yomonlaming qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. 2. Barchasidan qovun soz, Paykal uzra dumalar. 3. To‘ydan keyin nog‘ora chalmoq nodonlar ishi. 4. Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. A) 1,2,3 B) 1, 3, 4 C) 1,2, 3,4 D) 1, 2, 4 32 / 40 Qaysi misolda ko’makchilarning o’rniga kelishik qo’shimchasini qo’llab bo’lmaydi ? A) Ukam uchun kitob oldim B) O’zbek dehqonlari mo’l hosil uchun dala ishlarini boshlab yubordi C) Oyinayi jahon orqali yangiliklar berildi D) Paxta mashina bilan terildi 33 / 40 Qaysi gapdagi vazifadosh ko’makchini sof ko’makchi bilan almashtirish mumkin? A) Orqadan chuqur soy oqardi B) Qoziq ustida qor turmas C) Gap futbol o’yini ustida ketardi D) A va B 34 / 40 Sabab ma’nosini anglatgan uchun ko’makchisi qatnashgan gapni toping A) G’oza erta ekilgani uchun hosil mo’l bo’ldi B) Anvar yuzidagi kulgini yashirish uchun chetga qaradi C) Yig’ilish uchun imkon yaralmadi D) Muhayyo bu libosni havas uchun sotib oldi 35 / 40 Qaysi gapda kelishik qo’shimchasi o’rniga ko’makchi qo’llash mumkin? A) Shavla odatda qoshiqda yeyiladi. B) Aql miyada, ta’m tilda, kuch qo’lda bo’ladi. C) Yozdagi mehnating hech kimga kelmaydi malol. D) Koinot lochinlarini qizg’in kutib oldik. 36 / 40 Yig’ilganlar Navro’z bayrami to’g’risida suhbatlashdilar. Ushbu gapda ko’makchining qanday ma’noviy guruhi mavjud? A) fikr mavzusi B) chegara C) maqsad D) sabab 37 / 40 Boshqa so’z turkumidan ko’makchiga o’tgan so’zlarni tartibi bilan belgilang .1.tomon 2.qarshi 3. qarata 4.burun A) ravish, ot, sifat, otdan o’tgan B) ot, ravish. fe’l, otdan o’tgan C) ot, sifat, fe’l, ravishdan o’tgan D) ravish, sifat, fe’l, ravishdan o’tgan 38 / 40 Qanday so’zlar ko’makchi vazifasida kelishi mumkin ?1 otlar 2 ravishlar 3 ravishdoshlar A) 1,2 B) 1,3 C) 1,2,3 D) 2,3 39 / 40 Qaysi qatordagi ko’makchi chegara ma’nosini ifodalagan? A) Kechga qadar tinimsiz ishladik B) Shu kichik yo’l orqali o’tasiz C) Uygacha suhbatlashib bordik D) Maktab tomon yo’l oldik 40 / 40 Qaysi qatordagi o’xshatish qo’shimchasini ko’makchi bilan almashtirish mumkin? A) Bunday befarosatlar onda-sonda uchrab tiradi. B) Qanday hislatlarni rivojlantirish lozimligini kishi yaxshi bo’lmog’ va shunga intilmog’ zarur. C) Unday demang, hamma ham birday emas. D) –Jinday kuting, hozir majlis tugaydi, - dedi kotiba mehmonga. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz