Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №8 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №8 InfoMaster Aprel 6, 2022 164 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №8 JUFT VA TAKRORIY OLMOSHLAR .ULARNING IMLOSI MUSTAHKAMLASH SO’ZLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI ISMLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI ISMLARNING LUG’AVIY VA MUNOSABAT SHAKLLARI EGALIK SHAKLLARI VA ULARNING IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 37 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) timsox, tuxmat B) tanbex, taxmin C) tuxfa, tahlit D) rahnamo, rayhon 2 / 37 Agar so’zlar o’zi ifodalangan tushuncha bilan birgalikda eskirsa, qanday nomlanadi? A) iste’moldan chiqqan so’zlar B) tarixiy so’zlar C) arxaik so’zlar D) eskirgan so’zlar 3 / 37 Gaplarning qaysi birida ko’chma ma’noli so’z berilgan ? A) Oltin o’tda bilinear odam mehnatda B) Tikansiz gul bo’lmas ,mashaqqatsiz hunar C) Tabriklardan keyin majlisning rasmiy qismi tugadi D) Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o’rgangan 4 / 37 1.Anvar ham muloyimgina kulimsirab olgach…yana qalamiga qoralab qog’oz ustiga bir-ikki kalima yozdi. 2. Bu bilan men Zokir ota bilan Ro’zimatni qoralab , o’zimni oqlamoqchi emasman. 3. Nizomov oltmishni qoralagan baqaloq kishi edi.Gaplarda qo’llangan qoralamoq so’zi haqidagi to’g’ri hukmni belgilang. A) ikkinchi va uchinchi gapda shakldosh so’zlar qo’llangan B) uchala gapda shakldosh so’zlar qo’llangan. C) Uchala gapda bir so’zning turli ma’nolari qo’llangan. D) birinchi va ikkinchi gapda bir so’zning turli ma’nolari qo’llangan. 5 / 37 Quyidagi javoblardan qaysi birida ko'rsatish olmoshlari berilmagan? A) bu, shu B) u, o'sha C) аna, mana D) barchasi ko’rsatish olmoshlari 6 / 37 Belgini aniqlash uchun ishlatiladigan olmoshlar qaysi qatorda berilgan. A) har qaysi, har bir. B) allanima, allanarsa. C) qanday?, qanaqa?. D) hech qanday, hech qaysi. 7 / 37 Mana shu ,o’sha-o’sha ,siz-biz ,hech kim , allaqaysi ,har bir Yuqoridagi qo’shma olmoshlar olmoshning ma’no jihatdan qaysi turiga mansub ? A) ko’rsatish ,kishilik, bo’lishsizlik ,gumon,belgilash B) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,belgilash C) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,gumon, belgilash D) ko’rsatish ,kishilik,bo’lishsizlik ,belgilash 8 / 37 Sahroi Kabirda yozsam ko‘nglimni,Ruhimda chinorday turding ko‘karib.... bo’lib nechun men seniBir umr boshimda yurdim ko‘tarib?..Nechta olmosh qo’llangan? A) 4ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta 9 / 37 Holing ne kechdi deb so’rama aslo.Ushbu gapda olmoshning qaysi turi qollangan. A) olmosh qo’llanmagan. B) kishilik. C) gumon. D) so’roq. 10 / 37 Qaysi qatordagi so’zlarda egalik qo’shimchasi qo’shilishi bilan o’zakda tovush tushish xodisasi yuz beradi? A) ko’ngil, singil, yuqori B) qo’g’irchoq, so’zroq, ishtirok C) o’rin, zahar, bag’ir D) idrok, park, ufq 11 / 37 Qancha-qancha donolar bu masala ustida bosh qotirmadi . 2.Biz-u siz bu masalani yecha olmaymiz . 3.Usta u deb ko’rdi,bu deb ko’rdi–bo’lmadi .4. Mashina yuborsam, u-bularni berib yuborarsiz . A) 2, 4 B) 1, 2 , 3, 4 C) 2 D) 3, 4 12 / 37 Ariqlarning bo‘yi yam- yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, nafarmon gullar bilan bezandi. Yuqoridagi gapda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang. A) 10 B) 8 C) 11 D) 9 13 / 37 Qaysi olmoshlar juft holda ham ishlatilishi mumkin ? A) so’roq va belgilash. B) kishilik va ko’rsatish. C) kishilik, so’roq, belgilash D) ko’rsatish, so’roq, belgilash. 14 / 37 Qanday olmoshlar takroriy olmoshlar sanaladi? A) hir olmoshning tovush qo'shilishi bilan takrorlanishidan hosil bo 'Igan olmoshlar B) barchasi to 'g 'ri. C) bir olmoshning aynan takrorlanishidan hosil bo 'Igan olmoshlar D) bir olmoshning ayrim tovush о 'zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo 'Igan olmoshlar 15 / 37 Nadir millat qudratining tamadduni?Amir Temur haykalidan so’rang buni.Ot mindirb kim qaytardi yurtga uni?Jahongiri bexonumon yurt edi bu.Ushbu she’riy parchada olmosh necha o’rinda qo’llangan? A) 3 B) 4 C) 2 D) 5 16 / 37 Qaysi so’zlarda egalik qo’shimchasi berilmagan? A) ho’plam, qaram B) bolam, parvonam C) xolam, na’ram D) nolam, jo’ram 17 / 37 Qurboning bo’layin ,ey onajonim Sening faryodlaring ,mening fig’onim (M Yusuf) Ushbu she’riy parchada ismlarning munosabat shakllari necha marta qo’llangan? A) 4 B) 5 C) 7 D) 6 18 / 37 Olmoshnng qaysi turi sodda, qo’shma, juft va takroriy shakllarga ega ? A) kishilik va o’zlik olmoshlaridan tashqari olmoshlarning barchasi. B) ko’rsatish olmoshlari. C) so’roq, bo’lishsizlik, belgilash. D) bo’lishsizlik va belgilash. 19 / 37 Kishilik olmoshlariga quyidagi qo’shimchalardan qaysi biri qo’shilmaydi? A) kelishik qo’shimchasi B) so’z yasovchi qo’shimcha C) Sanalgan qo’shimchalar kishilik olmoshlariga qushiladi. D) egalik qo’shimchasi 20 / 37 Qaysi javobda egalik qo’shimchasi olgan va olmagan otlar ishtirokodagi gaplar berilgan? A) Biz mavzud real xavf –xarakatlarga jiddiy qaraymiz. B) Chaman- chaman gullar, suvlar quyoshda yashnab tovlanadi. C) Mamlakatimiz g’oyat ulkan aql-zakovat, ma’naviy va madaniy imkoniyatlarga ega. D) Isrof-o’rinsiz va foydasiz yerlarga pul va mol sarf qilishdir. 21 / 37 Qaysi qatorda takror olmosh qo’llangan.? A) Har bir kishining tug’ilib o’sgan shahar va mamlakatini shu kishini vatani deyilur. B) Bu tarix qanchadan qancha janggu-jadallarning guvohidir. C) Har kishining boshiga balo kelsa, o’zining tilidan keladi. D) Biz o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suyamiz. 22 / 37 Hamma jim qoldi .Har kim o’z oldida bir narsa topib ,shunga ko’zini tikkan va u narsada Zebi o’z otasini ,Qurvonbibi o’z erini ,Salti qovog’idan qor yog’ib turgan sovuq bir so’fini ko’rardi .Ushbu gapda olmoshning qaysi turlari ishtirok etgan ? A) o’zlik ,ko’rsatish,gumon B) ko’rsatish ,o’zlik , belgilash C) o’zlik ,ko’rsatish ,belgilash ,gumon D) o’zlik ,belgilash, kishilik , ko’rsatish 23 / 37 Qaysi gapda takror olmosh ishtirok etgan gap berilgan ?. A) Yaxshiliklaming barchasi inson uchundir B) Yigit o'z-o’ziga dedi," Bir balosi bo'lmasa ,shudgorda quyruq na qilur ? C) Mezbon zudlik bilan u-bu narsalarni jovondan olib dasturxonga qo'ydi D) Bu ot uncha — muncha yukni oisand qilmaydi 24 / 37 l)parvo; 2)avzo; 3)mavzu; 4)obro‘; 5) xudo; 6) dohiy. Berilgan so‘zlarga 3-shaxs birlik sondagi egalik qo'shimchasi qay tarzda qo‘shiladi? A) 1-, 2-, 3-, 4-so‘zlarda —yi; 5-, 6-so‘zlarda -si B) 2-, 3-so‘zlarda -yi; 1-, 4-, 5-, 6-so‘zlarda-si C) 1-, 2-, 3-, 6-so‘zlarda -yi; 4-, 5-so‘zlarda -si D) 1-, 2-, 4-so‘zlarda-yi shaklida; 3-, 5-, 6-so‘zlarda -si shaklida 25 / 37 Quyidagi gapda qo’llangan olmoshlar soni va turini aniqlang?-Noshukurlik,-debdi u,-noshukurlikning bexosiyat tomoni shundaki, bu illatga o’ralgan kishi his etish, jamiyki narsadan lazzatlanish, bahramand bo’lish qobilyatini yo’qotadi. A) 3ta; 1ta kishilik, 1ta ko’rsatish,1ta belgilash B) 4ta: 3ta ko’rsatish, 1ta belgilash C) 3ta: 1ta kishilik, 2ta ko’rsatish D) 4ta:1ta kishilik, 2ta ko’rsatish, 1ta belgilash 26 / 37 Qaysi olmoshlar juft holda ham takroriy holda ham ishlatiladi. A) kishilik, o’zlik. B) barcha olmoshlar. C) kishilik va ko’rsatish. D) ko’rsatish. , so’roq 27 / 37 Nadir millat qudratining tamadduni?Amir Temur haykalidan so’rang buni.Ot mindirb kim qaytardi yurtga uni?Jahongiri bexonumon yurt edi bu.Ushbu she’riy parchada olmoshning necha turi qo’llangan? A) 4 B) 3 C) 5 D) 2 28 / 37 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Hech bir his aqldan bo’lmaydi B) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi C) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz D) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi 29 / 37 Qaysi qatordagi so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda, tovush tushishi yuz beradi? A) burun, ogiz B) soch, qosh C) ko’rik, shahar D) mashina, maydon 30 / 37 Qaysi otlarga III-shaxs ko’plikdagi egalik qo’shimchalari qo’shilgan? A) bahongiz, otangiz B) bahosi, otasi C) baholaringiz, otalaringiz D) bahomiz, otamiz 31 / 37 Qaysi qatordagi otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda k tovushi g tovushiga aylanmaydi? A) bilak, chelak B) terak, yurak C) tilak, ko’ylak D) idrok, ishtirok 32 / 37 Qaysi qatordagi so’zlar egalik qo’shimchasi qo’shilganda, q tovushi g’ tovushiga aylanmaydi? A) zavq, ishtiyoq B) o’rtoq, bayram C) barmoq, tirnoq D) so’roq, qaymoq 33 / 37 Egalik qo’shimchalari qo’shilgach, o’zakda qanday o’zgarishlar yuz berishi mumkin? A) tovush tushadi. B) faqat tovush almashadi C) tovush tushadi, almashadi, ortadi D) tovush tushadi va almashadi 34 / 37 Qaysi olmoshlar takror holda qo’llanadi? A) o’zlik B) so’roq C) ko’rsatish D) A,B,C 35 / 37 Munosabat shakllarini hosil qiluvchi qo'shimchalar qaysi bandda berilgan? A) -oq, -chi, -zor B) -guncha, -may, -ni C) -i, -im, -ning D) -la, -gan, -ib 36 / 37 Ismlarning munosabat shakllariga qaysilar kiradi?1. egalik shakllari 2. kelishik shakllari 3. ko’plik qo’shimchasi 4. –man, -san, -dir qo’shimchalari 5. so’z yasovchi qo’shimchalar A) 1,5 B) 1,2,3,5 C) 1,2,4 D) 1,2,3,4,5 37 / 37 Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar ...... A) belgilash olmoshlari B) kishilik olmoshlari C) o’zlik olmoshi D) ko’rsatish olmoshlari 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz