Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №7 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №7 InfoMaster Aprel 6, 2022 163 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №7 GUMON OLMOSHLARI BO’LISHSIZLIK OLMOSHLARI SODDA VA QO’SHMA OLMOSHLAR.ULARNING IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 36 Siz borliqning mo’jizakor qudratini ,shiddatkor sevgi bo’ronini ,bunyodkorlik ,ijodkorlik girdobini ,intiqlik bilan kutganingiz : poklanishni ,bardamlik ,yangilanish ,yengillik ,saxiylik va mehrni o’zingizga singdirasiz Ushbu gapda nechta yasama so’z qo’llangan? A) 12 B) 10 C) 9 D) 11 2 / 36 Tub otlar berilgan qatorni toping. A) qassob, zargarlik, quroldosh B) qalpoqcha, do’stlarimizga, archalar C) saroydagi, ijodkorlar, sartarosh D) g’azalxonlar, ijodkorlik, 3 / 36 So’zlarning o’z ma’nosi deganda nimani tushunasiz? A) so’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan ma’nosini B) so’zlarning grammatik ma’nosini C) so’zlarning bevosita nutq jarayoniga bog’liq bo’lgan atash ma’nosini D) so’zlarning faqat asosdan iborat bo’lgan ma’nosini 4 / 36 Sinonimik qatorni belgilang A) kukush,mayin, o’tkir B) yoz ,ot,kech C) belgi,nishon,alomat D) to’r,uch , xayr 5 / 36 Ko’rsatish olmoshlariga qaysi qo’shimchalar qo’shilsa asos va qo’shimcha o’rtasida bir n tovushi orttiriladi? 1.ayrim kelishik qo’shimchalari 2.egalik qo’shimchalari 3.shaxs-son qo’shimchalari 4.-day, -dek, aqa, -cha qo’shimchalari A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,4 D) 1,2 6 / 36 Belgilash olmoshi ishtirok etgan gapni toping. A) So’z qanday ishga yo’llashi bilangina qimmatlidir. B) Hamma qiyinchiliklardan faqat mehnat bilan qutilish mumkin C) O’zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham izzat ehtiromga o’rgatadi. D) Axloqqa tayanmagan ilm hech narsaga arzimaydi. 7 / 36 Qaysi gapda gumon olmoshi ishtrok etgan? A) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi B) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? C) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi D) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi 8 / 36 Qo’shma olmoshlar qatorini aniqlang. A) hech bir, har xil, har doim. B) qachondir, kimningdir, nimadir. C) har bir, ana shu , hech qachon D) kimdir , hech kim, hech qachon. 9 / 36 Sodda yasama olmosh qatnashgan gapni aniqlang . A) Ko’cha darvozani allakim taqillatganday bo’ldi B) Shu-shu biz u bilan qadrdon bo’lib qoldik . C) Baxtni har kim o’zicha tushunadi . D) Bu kabi nusxalarning bor-yo’qligidan hech kimga hech qanday foyda yoki zarar yo’q . 10 / 36 Gumon olmoshi ishtirok etmagan qatorni aniqlang. A) Eshikdan kimdir mo‘ralab, o‘tirganlarga bir-bir qaradi. B) Kimlarningdir kasriga qolib, qamalib ketishni istamayman C) Balki,svet yongandir . D) Allakim sizni so‘rab kelgandi. 11 / 36 Mana shu ,o’sha-o’sha ,siz-biz ,hech kim , allaqaysi ,har bir Yuqoridagi qo’shma olmoshlar olmoshning ma’no jihatdan qaysi turiga mansub ? A) ko’rsatish ,kishilik,bo’lishsizlik ,belgilash B) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,belgilash C) ko’rsatish ,kishilik, bo’lishsizlik ,gumon,belgilash D) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,gumon, belgilash 12 / 36 Quyidagilarning qaysi biri bo’lishsizlik olmoshi emas? A) hech nima B) barchasi bo’lishsizlik olmoshi C) hech qachon D) hech bir 13 / 36 Bir so'zi qaysi so'zlarga qo'shiiib ularga gumon ma'nosini yuklaydi? A) inson. nimarsa, nimadir B) В va C. C) kishi, narsa, nima D) odam, kim, predmet 14 / 36 Olmoshlar tuzilishiga ko’ra necha hil bo’ladi? A) 4 B) 7 C) 3 D) 5 . 15 / 36 Berilgan olmoshlardan qaysilari bo’lishsizlik olmoshi hisoblanadi. A) hech kim, hech qachon. B) kim, u, bu C) kim, qachon, bu. D) qayer, birov, kimdir. 16 / 36 Qanday olmoshlar ajratib yoziladi? A) B, C B) yasama sodda olmoshlar C) qo’shma olmoshlar D) tub olmoshlar 17 / 36 Qaysi gapdagi birov so’zini allakim ma’nodoshi bilan almashtirish mumkin A) Bolalardan birovi ko’zlarini chirt yumdi B) Botirlar birov eshitmasin deb ,sekin –sekin qadam bosishdi C) Uzoqdan birovning qorasi ko’rindi D) Bu gaplarni birov eshitmasin 18 / 36 Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi qo’llanmagan ? A) Vaqt allamahal bo’lib qolgan edi B) Ali Qushchi allanimalarni o’ylab ketdi C) Ot nima uchundir o’rnidan jilmasdi D) Negadir taftishchining ovozi menga yoqmadi 19 / 36 Bo'lishsizlik olmoshlari ishtirok etgan gaplarning kesimlari qanday shaklda bo'ladi? A) o'tgan zamon shaklida B) inkor shaklida C) А, В, С. D) ko'plik shaklda 20 / 36 Hech so'zini qaysi so'zlar oldidan keltirish bilan bo'lishsizlik olmoshlari hosil qilsa bo'ladi? A) nima, qachon B) kim, qanday, qancha C) bir, narsa, D) А, В, С. 21 / 36 Bo’lishsizlik olmoshi qaysi gapda berilgan. A) Bizga birov ish buyursa, darrov ho’p bo’ladi, deymiz. B) Allaqanday tovushlar, hayqiriqlar eshitildi. C) Poydevor qurilishi o’z vaqtida bajarildi. D) Hech kim hech qachon unitilmaydi. 22 / 36 Qaysi olmoshlar tarkibida qo’shma olmoshlar mavjud emas. A) bo’lishsizlik. B) gumon. C) belgilash. D) ko’rsatish. 23 / 36 Qaysi gapda bo’lishsizlik olmoshi mavjud? A) Bu cholni butun yurt izzat qiladi. B) Har narsaga jahl qilavermaslik lozim . C) Hech kimni shafe keltirmay tura turing, hali . D) Siz bolalik qilib, bunaqa xomxayollarga borib yurmang 24 / 36 Qaysi gapda gumon olmoshi ishtirok etgan? A) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi B) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi C) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? D) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi 25 / 36 Qo’shma olmoshlar.... A) tarkibida so’z yasovchi qo’shimchasi bo’lgan olmoshlardir. B) ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar qo’shma olmoshlardir. C) old qo’shimchali so’z bilan kelgan olmoshlardir. D) faqat bir asosdan iborat bo’lgan olmoshlardir. 26 / 36 Berilgan olmoshlardan qaysilari bo’lishsizlik olmoshi hisoblanadi. A) kim, u, bu. B) qayer, birov, kimdir. C) kim, qachon, bu. D) hech kim, hech qachon. 27 / 36 Qo’shma olmoshlarning qaysi turlari olmosh +olmosh shakliga ega bo’ladi. A) bo’lishsizlik va belgilash. B) ko’rsatish. C) gumon. D) olmoshlarning barcha turlari. 28 / 36 Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri gumon olmoshlariga xos? A) faqat kim, nima olmoshlariga alla- yoki -dir qo 'shimchalarini qo 'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi B) narsa so'zi faqat alla- qo'shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi C) so'roq olmoshlariga va narsa so'ziga alla- yoki -dir qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi D) A va B. 29 / 36 Tarkibida gumon olmoshi qo’llangan gapni belgilang. A) Hech kim uni xunuk demaydi. B) Bu hovuz ikki odam bo’yi chamasida chuqur edi. C) Birov uni bo’g’ayotgandek, yelkalarini qimirlatib, nafasini rostladi. D) Hamma xotirjam.... 30 / 36 Qaysi gapda qo’shma olmosh mavjud? A) Hamma unga o’girilib qarar, ammo Sarkor Roziyadan boshqa hech kimni ko’rmas edi. B) Shu -shu buldi-yu, Tursunboyning qulog’idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi. C) O’zboshimcha unmas, o’zbilarmon yolchimas. D) Siz o’zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo’lgansiz, lekin men Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim. 31 / 36 Sodda kishilik olmoshlari qaysi qatordagi gapda mavjud. A) Salimaxon shu-shu qishloqqa qaytmadi. B) . Kimda savol bor. C) Bular siz ekkan daraxtlar. D) Yuzta siz-u bizdan bitta jiz-u biz yaxshi. 32 / 36 Qaysi so’z faqat -alla qo’shimchasi yordamidagina gumon olmoshiga aylanadi? A) narsa B) kim C) nima D) qachon 33 / 36 Gumon olmoshi ishtirok etmagan gapni aniqlang. A) Ayol qalbi tosh bo'lsa ham,allaqayeri paxtadan yumshoq, ipakdan mayin bo'ladi. B) Barchasida gumon olmoshi ishtirok etgan. C) Kimdir qarshi so'z aytgan edi,muallim jerkib berdi. D) Hazil-huzul bilan birpasda allaqancha piyozni qanorlarga joyladik. 34 / 36 Qaysi olmoshlar tuzilish jihatidan sodda va qo’shma turlarga bo’linadi. A) kishilik, belgilash, ko’rsatish va gumon olmoshlari. B) ko’ rsatish, va belgilash olmoshlari. C) so’roq, belgilash, ko’rsatish, o’zlik olmoshlari. D) kishilik, bo’lishsizlik va ko’rsatish olmoshlari. 35 / 36 9 Bo’lishsizlik olmoshi qaysi qatorda ko’rsatilgan? A) Yoshlik shu narsa bilan bahtiyorki, uning kelajagi bor. B) Iroda barcha dori darmonlardan ko’ra ko’proq yordam beradi. C) Olg’irlar hech narsadan jirkanmaydilar. D) O’z tilin idora qilolmagan odamda haqiqat bo’lmaydi. 36 / 36 Olmoshlarning yozlishi haqidagi qaysi fikr noto’g’ri? A) yasama sodda olmosh qismlari qo’shib yoziladi. B) sodda olmoshlar ayrim yoziladi. C) qo’shma olmosh qismlari qo’shib yoziladi. D) juft va takroriy olmoshlar chiziqcha bilan yoziladi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz