Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №7 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №7 InfoMaster Aprel 6, 2022 140 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №7 GUMON OLMOSHLARI BO’LISHSIZLIK OLMOSHLARI SODDA VA QO’SHMA OLMOSHLAR.ULARNING IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 36 Qaysi so'zlarda qo‘sh undosh xato qo‘llangan? A) taajjub, horittirmoq B) uwos, sodda C) himmatli, haqqoniyat D) tirqirramoq, ushshatmoq 2 / 36 Quyida yo’l so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Kechga borib ,avtobuslar o’z yo’lini o’zgatiradigan bo’lib qoldi A) tadbir B) masofa C) safar D) yo’nalish 3 / 36 So’zning ko’chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi ? A) morfologik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi B) sintaktik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi C) nutq tarkibidagi boshqa so’zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi D) so’zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi 4 / 36 Chin so’z mo’tabar ,yaxshi so’z muxtasar Tagiga chizilgan so’zning ma’nosi to’g’ri izohlangan javobni toping A) tugallangan B) mantiqli C) qisqa D) foydali 5 / 36 Qaysi qatordagi gapda ko’rsatish olmoshni qo'llangan? A) Nima xohlashini o‘zimga aytsin: ba’zilarga o‘xshab mendan qochib yurmasin. B) Наг kuni men uning uyiga borar edim. C) U nimadir: hammada bor, biroq hech kim yodga olmaydi ? D) Kim nima istashini bilmasa, uni biz rejasiz inson hisoblaymiz. 6 / 36 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz B) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi C) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi D) Hech bir his aqldan bo’lmaydi 7 / 36 9 Bo’lishsizlik olmoshi qaysi qatorda ko’rsatilgan? A) O’z tilin idora qilolmagan odamda haqiqat bo’lmaydi. B) Olg’irlar hech narsadan jirkanmaydilar. C) Yoshlik shu narsa bilan bahtiyorki, uning kelajagi bor. D) Iroda barcha dori darmonlardan ko’ra ko’proq yordam beradi. 8 / 36 Qo’shma olmoshlar qatorini aniqlang. A) hech bir, har xil, har doim. B) har bir, ana shu , hech qachon C) kimdir , hech kim, hech qachon. D) qachondir, kimningdir, nimadir. 9 / 36 Qaysi gapda bo’lishsizlik olmoshi mavjud? A) Bu cholni butun yurt izzat qiladi. B) Hech kimni shafe keltirmay tura turing, hali . C) Har narsaga jahl qilavermaslik lozim . D) Siz bolalik qilib, bunaqa xomxayollarga borib yurmang 10 / 36 Sodda yasama olmosh qatnashgan gapni aniqlang . A) Ko’cha darvozani allakim taqillatganday bo’ldi B) Baxtni har kim o’zicha tushunadi . C) Bu kabi nusxalarning bor-yo’qligidan hech kimga hech qanday foyda yoki zarar yo’q . D) Shu-shu biz u bilan qadrdon bo’lib qoldik . 11 / 36 Tarkibida quyidagi so’zlardan qaysi biri mavjud bo’lsa qo’shma olmosh yasaladi? 1. bir 2.yo’la 3.zum 4.hech 5.dam A) 1,2,3,5 B) 1,3,4,5 C) 1,4 D) yuqoridagilarning barchasi 12 / 36 Berilgan olmoshlardan qaysilari bo’lishsizlik olmoshi hisoblanadi. A) kim, qachon, bu. B) hech kim, hech qachon. C) qayer, birov, kimdir. D) kim, u, bu 13 / 36 Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri gumon olmoshlariga xos? A) so'roq olmoshlariga va narsa so'ziga alla- yoki -dir qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi B) narsa so'zi faqat alla- qo'shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi C) A va B. D) faqat kim, nima olmoshlariga alla- yoki -dir qo 'shimchalarini qo 'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi 14 / 36 Qaysi gapda qo’shma olmosh mavjud? A) Hamma unga o’girilib qarar, ammo Sarkor Roziyadan boshqa hech kimni ko’rmas edi. B) O’zboshimcha unmas, o’zbilarmon yolchimas. C) Shu -shu buldi-yu, Tursunboyning qulog’idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi. D) Siz o’zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo’lgansiz, lekin men Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim. 15 / 36 Qaysi so’z faqat -alla qo’shimchasi yordamidagina gumon olmoshiga aylanadi? A) nima B) qachon C) narsa D) kim 16 / 36 Gumon olmoshi ishtirok etmagan qatorni aniqlang. A) Allakim sizni so‘rab kelgandi. B) Eshikdan kimdir mo‘ralab, o‘tirganlarga bir-bir qaradi. C) Balki,svet yongandir . D) Kimlarningdir kasriga qolib, qamalib ketishni istamayman 17 / 36 Hech so'zini qaysi so'zlar oldidan keltirish bilan bo'lishsizlik olmoshlari hosil qilsa bo'ladi? A) nima, qachon B) bir, narsa, C) kim, qanday, qancha D) А, В, С. 18 / 36 Olmoshlarning yozlishi haqidagi qaysi fikr noto’g’ri? A) sodda olmoshlar ayrim yoziladi. B) juft va takroriy olmoshlar chiziqcha bilan yoziladi. C) yasama sodda olmosh qismlari qo’shib yoziladi. D) qo’shma olmosh qismlari qo’shib yoziladi. 19 / 36 Qanday olmoshlar ajratib yoziladi? A) qo’shma olmoshlar B) B, C C) yasama sodda olmoshlar D) tub olmoshlar 20 / 36 Qo’shma olmoshlar.... A) tarkibida so’z yasovchi qo’shimchasi bo’lgan olmoshlardir. B) ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar qo’shma olmoshlardir. C) faqat bir asosdan iborat bo’lgan olmoshlardir. D) old qo’shimchali so’z bilan kelgan olmoshlardir. 21 / 36 Qo’shma olmoshlarning qaysi turlari olmosh +olmosh shakliga ega bo’ladi. A) bo’lishsizlik va belgilash. B) olmoshlarning barcha turlari. C) gumon. D) ko’rsatish. 22 / 36 Bo’lishsizlik olmoshi qaysi gapda berilgan. A) Hech kim hech qachon unitilmaydi. B) Poydevor qurilishi o’z vaqtida bajarildi. C) Bizga birov ish buyursa, darrov ho’p bo’ladi, deymiz. D) Allaqanday tovushlar, hayqiriqlar eshitildi. 23 / 36 Bir so'zi qaysi so'zlarga qo'shiiib ularga gumon ma'nosini yuklaydi? A) inson. nimarsa, nimadir B) kishi, narsa, nima C) odam, kim, predmet D) В va C. 24 / 36 Qaysi gapda gumon olmoshi ishtrok etgan? A) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi B) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? D) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi 25 / 36 Qaysi gарdа bo'lishsizlik olmoshi ishtirok etgan ? A) Men bunday serhosil daraxtni hech ko'rmagan edim B) Hech qanday dard Vatandan ayrilish dardidan kuchli emas C) Mo'minjon jimgina o'tirdi. hech indamadi D) Biz hech gapni eshitmadik. 26 / 36 Qaysi olmoshlar tarkibida qo’shma olmoshlar mavjud emas. A) ko’rsatish. B) gumon. C) bo’lishsizlik. D) belgilash. 27 / 36 Quyidagilarning qaysi biri bo’lishsizlik olmoshi emas? A) hech nima B) hech bir C) hech qachon D) barchasi bo’lishsizlik olmoshi 28 / 36 Qaysi gapda gumon olmoshi ishtirok etgan? A) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi B) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi C) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? D) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi 29 / 36 Qaysi olmoshlar tuzilish jihatidan sodda va qo’shma turlarga bo’linadi. A) kishilik, belgilash, ko’rsatish va gumon olmoshlari. B) kishilik, bo’lishsizlik va ko’rsatish olmoshlari. C) so’roq, belgilash, ko’rsatish, o’zlik olmoshlari. D) ko’ rsatish, va belgilash olmoshlari. 30 / 36 Gumon olmoshi ishtirok etmagan gapni aniqlang. A) Barchasida gumon olmoshi ishtirok etgan. B) Ayol qalbi tosh bo'lsa ham,allaqayeri paxtadan yumshoq, ipakdan mayin bo'ladi. C) Hazil-huzul bilan birpasda allaqancha piyozni qanorlarga joyladik. D) Kimdir qarshi so'z aytgan edi,muallim jerkib berdi. 31 / 36 Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi qo’llanmagan ? A) Negadir taftishchining ovozi menga yoqmadi B) Ali Qushchi allanimalarni o’ylab ketdi C) Vaqt allamahal bo’lib qolgan edi D) Ot nima uchundir o’rnidan jilmasdi 32 / 36 Qaysi gapdagi birov so’zini allakim ma’nodoshi bilan almashtirish mumkin A) Botirlar birov eshitmasin deb ,sekin –sekin qadam bosishdi B) Bu gaplarni birov eshitmasin C) Bolalardan birovi ko’zlarini chirt yumdi D) Uzoqdan birovning qorasi ko’rindi 33 / 36 Tarkibida gumon olmoshi qo’llangan gapni belgilang. A) Hech kim uni xunuk demaydi. B) Birov uni bo’g’ayotgandek, yelkalarini qimirlatib, nafasini rostladi. C) Bu hovuz ikki odam bo’yi chamasida chuqur edi. D) Hamma xotirjam.... 34 / 36 Mana shu ,o’sha-o’sha ,siz-biz ,hech kim , allaqaysi ,har bir Yuqoridagi qo’shma olmoshlar olmoshning ma’no jihatdan qaysi turiga mansub ? A) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,gumon, belgilash B) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,belgilash C) ko’rsatish ,kishilik, bo’lishsizlik ,gumon,belgilash D) ko’rsatish ,kishilik,bo’lishsizlik ,belgilash 35 / 36 Berilgan olmoshlardan qaysilari bo’lishsizlik olmoshi hisoblanadi. A) hech kim, hech qachon. B) kim, qachon, bu. C) kim, u, bu. D) qayer, birov, kimdir. 36 / 36 Sodda kishilik olmoshlari qaysi qatordagi gapda mavjud. A) Bular siz ekkan daraxtlar. B) Salimaxon shu-shu qishloqqa qaytmadi. C) Yuzta siz-u bizdan bitta jiz-u biz yaxshi. D) . Kimda savol bor. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz