Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №6 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №6 InfoMaster Aprel 6, 2022 104 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №6 O’ZLIK OLMOSHLARI SO’ROQ OLMOSHLARI BELGILASH OLMOSHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 35 Telbalik, aslida, ko'pchilik ko'nikkan tarzga xilof yondashish samarasidir. Ushbu gapda nechta yasama so'z qatnashgan? A) 4 B) Yasama so'z mayjud emas. C) 3 D) 2 2 / 35 Rivojlanmoq ,zavqlanmoq ,ajablanmoq fe’llari qaysi nisbatda ekanligini aniqlang A) orttirma B) aniq C) majhul D) o’zlik 3 / 35 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin B) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in C) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi D) Meng ikki dona non bering 4 / 35 Zid ma’noli so’zlar berilmagan gapni toping. A) Asrlar davomida tutqun bo’lib yashagan xalq ozod bo’di. B) Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda C) Uning kiyimlari toza kir bo’lib ketgan ekan D) Hozir ketmasang, keyin kech bo’ladi 5 / 35 Ko'rsatish olmoshlariga berilgan qo'shimchalardan qay biri qo‘shilsa, tovush ortishi yuz berishi mumkin?1) egalik; 2) kelishik; 3) -day, -dek; 4) -aqa; 5) -cha; 6) -niki. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 3, 4, 5 D) 2, 4, 5, 6 6 / 35 Qaysi gapda so’roq olmoshi noo’rin qo’llangan. A) Unga qay yuz bilan qaraysan? B) Uning yoshi qanchada? C) Bu ishga nechun rozi bo’lmadi. D) To’yga kim-kim keldi? 7 / 35 Qaysi so’roq gap tarkibida qo’llangan olmosh miqdorni aniqlash uchun ishlatilgan. A) Uni kim bergan edi sizga? B) Men qaysi otni minib borayin? C) Mana o’zingiz ayting -hozirning o’zida necha kishi kechikdi? D) Siz qachon ishga borasiz? 8 / 35 Predmetni ko’rsatuvchi o’zlik olmoshi qatnashgan gapni toping . A) O’zining ovozi o’ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi . B) Ikromjon xotinini qoldirib, o’zi idora tarafga qarab ketdi . C) Biz o’z tuprog’imizni ko’z qorachig’iday asraymiz . D) Rostini aytsam,o’zim ham unchalik yomon bola emasman . 9 / 35 So’roq olmoshlari bilan qo’shilib keladigan - alla va - dir qo’shimchalari olmoshlarga qanday ma’no kiritadi? A) jamlik B) ta’kid C) noaniqlik D) so’roq 10 / 35 O’quvchilar nima qilyapti? (O’quvchilar dars tayyorlayapti.) Birinchi gapdagi so’roq olmoshi qaysi guruhga mansub?1. shaxsga so’roq 2.narsa-hodisaga so’roq 3.belgiga so’roq 4.miqdorga so’roq 5.harakat-holatga so’roq 6.o’ringa so’roq 7.paytga so’roq 8.sabob va maqsadga so’roq A) 1, 2, 3 B) 5 C) 8 D) 6 11 / 35 Qaysi o’rinda narsa-hodisa va o’rin-joy so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.qanday? 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 1, 6 B) 2, 6 C) 3,5 D) 2, 5 12 / 35 Belgilash olmoshi berilgan qatorni aniqlang. A) har yerda. B) hech qachon. C) hech yoqdan. D) har qaysi. 13 / 35 Belgilash olmoshlari berilgan qatorni toping. A) bir zum, batamom, ba’zi B) bu, shu, o’sha, anovi C) nechta, nechanchi, qancha? D) butun, bari, har bir 14 / 35 O’zlari olmoshi qanday ma’nolarda kelishi mumkin? A) kesatish B) A, B, C C) ko’plik D) hurmat 15 / 35 Qaysi qatordagi gapda o’zlik olmoshi ta'kid ma'nosida qo’llangan. A) Men o’zim sizni kutib olgani chiqdim. B) O’z uyim -o’lan to’shagim. C) U bizga ertalab, ba'zan kechqurun yorug’ yulduz bo’lib ko’rinadi. D) O’zingiz bajargan ishlar uchun javjobgarlikni zimmangizga oling. 16 / 35 So'roq olmoshlnri nimalarga nisbatan so'roqni bildiradi? A) jins, tur, xil B) А va C. C) sabab, maqsad o’rin part D) shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor 17 / 35 Belgini aniqlash uchun ishlatiladigan olmoshlar qaysi qatorda berilgan. A) hech qanday, hech qaysi. B) allanima, allanarsa. C) qanday?, qanaqa?. D) har qaysi, har bir. 18 / 35 Qaysi gapda to'pdan ajratilgan shaxsni ifodalagan olmosh qo'llangan? A) Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi. B) Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman. C) Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir. D) Men kelajagi buyuk Vatanning farzandiman. 19 / 35 Qaysi o’rinda sabab-maqsad va belgi-xususiyat so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.nega? 4.qancha? 5.qanday ? 6.qayer? 7.qachon? A) 2,7 B) 2,6 C) 3,5 D) 1. 7 20 / 35 Belgilash olmoshi qaysi gap tarkibida ishtirok etgan. A) Kelaganlarning bari sizni izlashdi. B) Yoshlikda o’rgangan hunar o’zinga o’lja qolar. C) Hamma ishlar va rejalar sizning zimmangizda. D) Keng bog’dagi har bir nihol qonib-qonib suv ichdi. 21 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi B) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Hech bir his aqldan bo’lmaydi D) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz 22 / 35 Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan.Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) ko’plik B) belgilash C) kesatish D) hurmat 23 / 35 Belgilash olmoshi ishtirok etgan gapni toping. A) So’z qanday ishga yo’llashi bilangina qimmatlidir. B) O’zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham izzat ehtiromga o’rgatadi. C) Axloqqa tayanmagan ilm hech narsaga arzimaydi. D) Hamma qiyinchiliklardan faqat mehnat bilan qutilish mumkin 24 / 35 O’zlik olmoshi bog’lanib kelgan ot tarkibida asosan qanday qo’shimcha bo’ladi. A) kelishik. B) egalik. C) ko’plik. D) egalik va kelishik. 25 / 35 O’zlik olmoshi asosan qaysi olmosh o’rnida qo’llanadi? A) o’zlik olmoshi hech qanday olmosh o’rnida qo’llanmaydi B) belgilash olmoshi C) kishilik olmoshi D) bo’lishsizlik olmoshi 26 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Ba’zi kamchiliklarimiz ham yo’q emas. B) Yig’ilishda har xil masalalarga ko’proq e’tibor berishdi C) Berilgan gaplarning barchasida belgilash olmoshi ishtirok etgan D) Har bir bekning navkarlari yuklarni aravalarga ortib ketmoqda edilar 27 / 35 Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi qo’llanmagan? A) U har gal marraga birinchi bo’lib kelardi . B) Har qaysimiz o’zimiz sevgan kasb to’g’risida insho yozdik . C) Bunda har bir nuqta ko’z kabi jonli . D) Butun bir inshoni madhiyamizga bag’ishladik . 28 / 35 Qaysi gapda o’zlik olmoshi hurmat ma’nosida qo’llangan? A) Rais amakim o’zlari kelib ketdilar B) O’zlarimi ,kelsinlar C) O’zlari xon ,ko’lankalari maydon D) Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan 29 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi B) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi D) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? 30 / 35 Quyidagi qaysi gapda belgilash olmoshlari ishtirok etgan.1. Bolalarining har ikkovi ham odobli. 2. Bolalarning hammasi darsga qatnashdi.3. Har vaqt qizi bilan onasi esiga tuskib ketardi. A) 1, 2, 3 B) 1,2 C) 2 D) 2, 3 31 / 35 O’zlik olmoshi qaysi gapda qollangan? A) Sizga bir dasta gul keltirdim, onajon! B) Biz ota-onalarimiz so’zlariga doim amal qilmog’imiz zarur. C) Kimdir eshikni taqillatdi. D) Xalqim, o’zing -ilhomimning oltin o’zagi. 32 / 35 Qaysi gapda so'roq olmoshi ishtrok etgan? A) Har kim o'z qilmihiga yarasha rnukofot oladi B) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? C) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi D) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi 33 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etmagan? A) Har kim o‘z quvonch, shodliklarini bildirib turarkan. B) Barcha shodlik senga bo’lsin, Bor sitam, zorlik menga. C) Dunyoning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. D) Dildora hali yosh bo‘lsa ham, aqli butun. 34 / 35 Bulbulga don berish nozik ish, deb o’zlaridan boshqa kishiga ishonmaydilar. Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) hurmat B) sof ko’plik C) ta’kidlash D) kesatish 35 / 35 Kelishik qo’shimchalarini qabul qimaydigan so’roq olmoshini toping. A) necha? B) nega? C) qachon? D) qancha? 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz