Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №3 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №3 InfoMaster Aprel 6, 2022 129 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №3 SON VA RAVISH SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH MATNDA KO’P MA’NOLI MA’NODOSH SO’ZLARDAN FOYDALANISH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 32 Qaysi qatordagi barcha so'zlarda “ng” tovushi ishtirok etgan? A) nonga, keng, tushuncha B) maymunga, yurganga, borganga C) ongga, yurting, o’zingga D) unga, donga, o'tinga 2 / 32 Bo’lishli fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Bu ham azamat , hech qanday dushman bas kelolmas B) Hali hech kim uyg’onmay ,ko’zin ochdi binafsha C) Birni birov beradi ,ko’pni mehnat D) Hech bir ikkilanmay ,yakka o’zi bo’ri quvib ketdi-yu ?! 3 / 32 Sabab ravishi qatnashgan gapni toping A) Hayotning o’z bayramlari bo’lganidek ,ozgina azoblari ham b’ladi,bolam chidash kerak B) Saida jo’rttaga bilmaslikka oldi C) Bo’taboyev noiloj maslahatga ko’ndi D) Bir oz dam olishgach ,yo’lga tushishdi 4 / 32 Darja -miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Maqsadimiz –tinch yashash ,o’qish va baxtli bo’lish B) Ulg’aygach kashfiyotlar qilamiz ,kurashamiz va g’alaba qozonamiz C) Eshik sal ochildi D) Fidokorona mehnat qilayotgan odam doim niyati tomon intiladi 5 / 32 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq B) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch C) burda, para, karch, chimdim, dasta D) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq 6 / 32 So’zning ko’chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi ? A) so’zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi B) nutq tarkibidagi boshqa so’zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi C) sintaktik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi D) morfologik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi 7 / 32 Ravish ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Savol bersam, o'zidan o‘zi yig’lab yuborsa bo'ladimi! B) Shu gapni aytganim uchun o'zimdan o‘zim uyalib ketaman . C) Hamma ayb o‘z-o‘zimda. D) 0‘z-o‘zimga shuiiday va’da bergan edim. 8 / 32 Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo‘lsa ham, qomati sambitdek tik.Ushbu gapda qo‘llangan miqdor sonning ma’no turini aniqlang. A) dona son B) sanoq son C) chama son D) jamlovchi son 9 / 32 Ko’tarmoq fe’li qaysi so’zga biriksa yetishtirmoq ma’nosi anglashiladi ? A) kitob B) qo’l C) ovozini D) hirmon 10 / 32 Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . B) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. C) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . D) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . 11 / 32 Sonlar juftlashganda qaysi ma'no turini hosil qiladi. A) miqdor. B) chama. C) tartib. D) kasr. 12 / 32 Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Qari bilganni pari bilmas B) Adolat sekingina atrofga razm soldi C) Bekatda juda ko’p odam to’plangan edi D) Ertaga ishxonada uchrashamiz 13 / 32 Yigirma so’zidan sonlarning qaysi turini hosil qilib bo’lmaydi. A) tartib. B) jamlovchi. C) chama. D) dona. 14 / 32 Qaysi gapda yomon so’zi qattiq , juda, nihoyatda so’zlariga sinonim bo’la oladi? A) Bugun Ahmad yomon uxladi. B) Ishqilib yomon xabar kelmasin-da C) Inoyat oqsoqol uvi ko’pchilik o’rtasida yomon haqorat qilgan edi. D) Eng yomoni - xona goyatda. sovuq. edi. (Mirrmuhsin ) 15 / 32 So’zning o’z va ko’chma ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi . Daraxtlar uyg’ondi B) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi . Mehribon qo’llar sizni hamisha qo’llab quvatlaydi C) Ilgari ostonamiz tuyoq ko’rmagan . Harbiy intizom temir intizomni talab qiladi D) Qishloq markaziga shu yo’l bilan boriladi .Bahslashishga yo’l qolmagan edi 16 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi manosi ifodalangan?Bemorga yengil ovqat bering, oshni ko’tarolmaydi A) ichmoq. B) hazm qilmoq C) oshirmoq D) yo’qotmoq 17 / 32 1 Yaxshiyam universitet yaqinda 2 Yaqinda o’qishni tugatadi Ushbu gaplardagi yaqinda so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ? A) birinchi gapda payt ravishi ,ikkinchi gapda o’rin ravishi B) har ikkala gapda o’rin ravishi C) birinchi gapda o’rin ravishi ,ikkinchi gapda payt ravishi D) har ikkala gapda payt ravishi 18 / 32 Qaysi javobda arab raqamlarining rim muqobili noto'g'ri ifodalangan? A) M- 1000, ming B) CM - 900, to'qqiz yuz C) CCD - 200, ikki yuz D) LXX - 70, yetmish 19 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Xo’jaligimiz har gektar yerdan 30 sentenerdan hosil ko’tardi A) yo’qotmoq B) hazm qilmoq C) yetishtirmoq D) oshirmoq 20 / 32 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Meng ikki dona non bering B) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi C) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in D) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin 21 / 32 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) jamlovchi va chama son B) sanoq va tartib son C) dona va chama son D) taqsim va kasr son 22 / 32 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud B) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi C) Bu xola yillab kutdi D) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi 23 / 32 Maqsad ravishi qo’llangan gapni aniqlang A) Biz kecha sizni orziqib kutgan edik B) Nodira ataylab kech qoldi C) Noiloj orqaga qaytdik D) Bir oz tashqarida kuta olmaysizmi? 24 / 32 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Buloqdan nariroqda do’nglik bo’lib ,atrofga shox otib ketgan tok Shoxlari ko’zga tashlanar B) Osmon bulut. C) Atrofga kulrang harir parda bo’lib yoyila boshlagan oqshom qorong’iligi quyuqlashib borardi D) Nihoyat ,kichik bir qiyalikda so’qmoq ko’rindi 25 / 32 Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang. A) yonlab , egatlab , maktab B) tiklab, pag’alab , mo’ylab C) haftalab ,kilolab ,saharlab D) qarab , aqrab , mansab 26 / 32 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi B) Bu xola yillab kutdi C) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi D) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud 27 / 32 Qaysi gapda o’lchov so’zi qo’llanmagan ?1.Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu,uch-to’rt piyola choy ichdi.2.Uch-to’rt qadam narida yotgan aravani endi ko’rdi.3.Hali o’ngga, hali so’lga burilib, ikki soat, uch soat yo’l yurdik.4.Shoikrom uni har kuni maktabdan o’zi olib ketar,ikkinchi smenada dars tugaguncha poylab turar edi.5.Abdulla qovunchiga o’sha va’da qilingan 50 gektar yer berildi. A) 4 B) 3 C) 1,5 D) barcha gaplarda hisob so’zi qo’llangan 28 / 32 Gaplarning qaysi birida ko’chma ma’noli so’z berilgan ? A) Tabriklardan keyin majlisning rasmiy qismi tugadi B) Tikansiz gul bo’lmas ,mashaqqatsiz hunar C) Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o’rgangan D) Oltin o’tda bilinear odam mehnatda 29 / 32 So’zlarning o’z ma’nosi deganda nimani tushunasiz? A) so’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan ma’nosini B) so’zlarning grammatik ma’nosini C) so’zlarning faqat asosdan iborat bo’lgan ma’nosini D) so’zlarning bevosita nutq jarayoniga bog’liq bo’lgan atash ma’nosini 30 / 32 Yomon so’zi qaysi gapda og’ir,xatarli ma’nosida qo’llangan? A) Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab-hiqillab yotibdi B) Inoyat oqsoqol uni ko’pchilik o’rtasida yomon haqorat qilgan edi C) Hoy do’stim,birovning do’ppisini birovga uddalab kiygizish yomonmi? D) Ostonada turgan yomon bo’ladi,qizim,joyingizni bilib o’tiring 31 / 32 Ma’nodosh ravishlar berilgan qatorni aniqlang . A) olg’a, oldinda, o’rtada B) yakka, yagona, batamom C) jindek, jichcha, ozgina D) sal, picha, ko’p 32 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Buni oradan ko’tarmasak ish bitmaydi A) yo’qotmoq B) hazm qilmoq C) ichmoq D) oshirmoq 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz