Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №3 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №3 InfoMaster Aprel 6, 2022 150 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №3 SON VA RAVISH SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH MATNDA KO’P MA’NOLI MA’NODOSH SO’ZLARDAN FOYDALANISH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 32 Sirg'aluvchi undoshlar qaysi qatorda berilgan? A) ch,sh,g,ng B) d,t,l,m C) d,r,h,r,g D) g',v,z,f,sh 2 / 32 Sifatdosh qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Erib ,sehrlanib quloq soldi uning yoniq so’ziga . B) Terakzorda chalinayotgan musiqa tobora yaqqol eshitilardi . C) Kosmonavt bo’lish uchun ko’p narsani bilish ,qunt bilan o’qish va ishlash lozim . D) Chin do’stlikning alangasi so’nmasin 3 / 32 Qaysi gapda yomon so’zi qattiq , juda, nihoyatda so’zlariga sinonim bo’la oladi? A) Eng yomoni - xona goyatda. sovuq. edi. (Mirrmuhsin ) B) Ishqilib yomon xabar kelmasin-da C) Inoyat oqsoqol uvi ko’pchilik o’rtasida yomon haqorat qilgan edi. D) Bugun Ahmad yomon uxladi. 4 / 32 So’zning o’z va ko’chma ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) Ilgari ostonamiz tuyoq ko’rmagan . Harbiy intizom temir intizomni talab qiladi B) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi . Daraxtlar uyg’ondi C) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi . Mehribon qo’llar sizni hamisha qo’llab quvatlaydi D) Qishloq markaziga shu yo’l bilan boriladi .Bahslashishga yo’l qolmagan edi 5 / 32 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi B) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi C) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud D) Bu xola yillab kutdi 6 / 32 Qaysi javobda arab raqamlarining rim muqobili noto'g'ri ifodalangan? A) CM - 900, to'qqiz yuz B) M- 1000, ming C) CCD - 200, ikki yuz D) LXX - 70, yetmish 7 / 32 So’zlarning o’z ma’nosi deganda nimani tushunasiz? A) so’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan ma’nosini B) so’zlarning grammatik ma’nosini C) so’zlarning faqat asosdan iborat bo’lgan ma’nosini D) so’zlarning bevosita nutq jarayoniga bog’liq bo’lgan atash ma’nosini 8 / 32 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Meng ikki dona non bering B) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin C) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi D) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in 9 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Buni oradan ko’tarmasak ish bitmaydi A) oshirmoq B) yo’qotmoq C) ichmoq D) hazm qilmoq 10 / 32 So’zning ko’chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi ? A) so’zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi B) nutq tarkibidagi boshqa so’zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi C) sintaktik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi D) morfologik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi 11 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi manosi ifodalangan?Bemorga yengil ovqat bering, oshni ko’tarolmaydi A) oshirmoq B) ichmoq. C) yo’qotmoq D) hazm qilmoq 12 / 32 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Atrofga kulrang harir parda bo’lib yoyila boshlagan oqshom qorong’iligi quyuqlashib borardi B) Nihoyat ,kichik bir qiyalikda so’qmoq ko’rindi C) Osmon bulut. D) Buloqdan nariroqda do’nglik bo’lib ,atrofga shox otib ketgan tok Shoxlari ko’zga tashlanar 13 / 32 Sabab ravishi qatnashgan gapni toping A) Saida jo’rttaga bilmaslikka oldi B) Bo’taboyev noiloj maslahatga ko’ndi C) Hayotning o’z bayramlari bo’lganidek ,ozgina azoblari ham b’ladi,bolam chidash kerak D) Bir oz dam olishgach ,yo’lga tushishdi 14 / 32 Sonlar juftlashganda qaysi ma'no turini hosil qiladi. A) miqdor. B) chama. C) tartib. D) kasr. 15 / 32 Ko’tarmoq fe’li qaysi so’zga biriksa yetishtirmoq ma’nosi anglashiladi ? A) kitob B) hirmon C) qo’l D) ovozini 16 / 32 Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo‘lsa ham, qomati sambitdek tik.Ushbu gapda qo‘llangan miqdor sonning ma’no turini aniqlang. A) sanoq son B) jamlovchi son C) chama son D) dona son 17 / 32 Yomon so’zi qaysi gapda og’ir,xatarli ma’nosida qo’llangan? A) Ostonada turgan yomon bo’ladi,qizim,joyingizni bilib o’tiring B) Inoyat oqsoqol uni ko’pchilik o’rtasida yomon haqorat qilgan edi C) Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab-hiqillab yotibdi D) Hoy do’stim,birovning do’ppisini birovga uddalab kiygizish yomonmi? 18 / 32 1 Yaxshiyam universitet yaqinda 2 Yaqinda o’qishni tugatadi Ushbu gaplardagi yaqinda so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ? A) har ikkala gapda o’rin ravishi B) birinchi gapda o’rin ravishi ,ikkinchi gapda payt ravishi C) har ikkala gapda payt ravishi D) birinchi gapda payt ravishi ,ikkinchi gapda o’rin ravishi 19 / 32 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi B) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud C) Bu xola yillab kutdi D) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi 20 / 32 Ravish ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Hamma ayb o‘z-o‘zimda. B) 0‘z-o‘zimga shuiiday va’da bergan edim. C) Shu gapni aytganim uchun o'zimdan o‘zim uyalib ketaman . D) Savol bersam, o'zidan o‘zi yig’lab yuborsa bo'ladimi! 21 / 32 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq B) burda, para, karch, chimdim, dasta C) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch D) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq 22 / 32 Darja -miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Ulg’aygach kashfiyotlar qilamiz ,kurashamiz va g’alaba qozonamiz B) Maqsadimiz –tinch yashash ,o’qish va baxtli bo’lish C) Fidokorona mehnat qilayotgan odam doim niyati tomon intiladi D) Eshik sal ochildi 23 / 32 Maqsad ravishi qo’llangan gapni aniqlang A) Bir oz tashqarida kuta olmaysizmi? B) Nodira ataylab kech qoldi C) Noiloj orqaga qaytdik D) Biz kecha sizni orziqib kutgan edik 24 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Xo’jaligimiz har gektar yerdan 30 sentenerdan hosil ko’tardi A) yetishtirmoq B) oshirmoq C) hazm qilmoq D) yo’qotmoq 25 / 32 Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. B) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . C) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . D) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . 26 / 32 Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang. A) haftalab ,kilolab ,saharlab B) tiklab, pag’alab , mo’ylab C) qarab , aqrab , mansab D) yonlab , egatlab , maktab 27 / 32 Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Ertaga ishxonada uchrashamiz B) Qari bilganni pari bilmas C) Bekatda juda ko’p odam to’plangan edi D) Adolat sekingina atrofga razm soldi 28 / 32 Gaplarning qaysi birida ko’chma ma’noli so’z berilgan ? A) Tabriklardan keyin majlisning rasmiy qismi tugadi B) Oltin o’tda bilinear odam mehnatda C) Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o’rgangan D) Tikansiz gul bo’lmas ,mashaqqatsiz hunar 29 / 32 Qaysi gapda o’lchov so’zi qo’llanmagan ?1.Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu,uch-to’rt piyola choy ichdi.2.Uch-to’rt qadam narida yotgan aravani endi ko’rdi.3.Hali o’ngga, hali so’lga burilib, ikki soat, uch soat yo’l yurdik.4.Shoikrom uni har kuni maktabdan o’zi olib ketar,ikkinchi smenada dars tugaguncha poylab turar edi.5.Abdulla qovunchiga o’sha va’da qilingan 50 gektar yer berildi. A) 4 B) barcha gaplarda hisob so’zi qo’llangan C) 1,5 D) 3 30 / 32 Ma’nodosh ravishlar berilgan qatorni aniqlang . A) jindek, jichcha, ozgina B) sal, picha, ko’p C) olg’a, oldinda, o’rtada D) yakka, yagona, batamom 31 / 32 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) dona va chama son B) sanoq va tartib son C) taqsim va kasr son D) jamlovchi va chama son 32 / 32 Yigirma so’zidan sonlarning qaysi turini hosil qilib bo’lmaydi. A) jamlovchi. B) chama. C) tartib. D) dona. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz