Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №20 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №20 InfoMaster Aprel 6, 2022 503 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 0 7-sinf Ona tili №20 EGALIK VA KELISHIK SHAKLLARI YUZASIDAN O’TILGANLARNI TAKRORLASH YORDAMCHI SO’ZLAR YUZASIDAN O’TILGANLARNI TAKRORLASH UNDOV ,TAQLID VA MODAL SO’ZLAR YUZASIDAN O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 49 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) rahnamo, rayhon B) tuxfa, tahlit C) tanbex, taxmin D) timsox, tuxmat 2 / 49 Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) to’liq va to’liqsiz fe’llarga B) o’timli va o’timsiz fe’llarga C) harakat va holat fe’llariga D) bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarga 3 / 49 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) burda, para, karch, chimdim, dasta B) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch C) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq D) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq 4 / 49 1 Yurtim , senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. (A.Oripov) 2. Mana shu daryodan Mirzacho’l suv ichadi,ekin bitadi. 3. Katta Farg’ona kanali qirq besh kunda bitdi.Ushbu gaplarda qo’llanilgan bitmoq so’zining o’zaro ma’no munosabati qaysi qatorda to’g’ri izohlangan? A) rinchi va ikkinchi gapdagi bitmoq so’zi o’zaro bir so’zning turli ma’nolari. B) har uchala gapda mustaqil uchta so’z, ya’ni o’zaro shakldosh so’z. C) birinchi gapdagi bitmoq so’zi ikkinchi va uchinchi gapdagi bitmoq so’zlari bilan o’zaro shakldosh,ikkinchi va uchinchi gapdagi bitmoq so’zi o’zaro bir so’zning turli ma’nolari. D) har uchala gapda bir so’zning turli ma’nolari, ya’ni polisemantik so’z. 5 / 49 Qaysi olmoshlar hurmat ma’nosida qo’llanganda bosh harf bilan yozilishi mumkin ? A) biz ,siz B) ular , siz C) siz ,o’zingiz D) men ,sen 6 / 49 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi B) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? D) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi 7 / 49 Sodda yasama olmosh qatnashgan gapni aniqlang . A) Baxtni har kim o’zicha tushunadi . B) Ko’cha darvozani allakim taqillatganday bo’ldi C) Shu-shu biz u bilan qadrdon bo’lib qoldik . D) Bu kabi nusxalarning bor-yo’qligidan hech kimga hech qanday foyda yoki zarar yo’q . 8 / 49 Qaysi olmoshlar takror holda qo’llanadi? A) so’roq B) A,B,C C) o’zlik D) ko’rsatish 9 / 49 So'zlarga tushum kelishigi qo'shimchasi qo‘shilganda qanday fonetik o‘zgarish sodir boiishi mumkin? A) tovush almashishi va tushishi B) tovush orttirilishi va tushishi C) tovush tushishi D) tovush almashishi 10 / 49 Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar .... deyiladi . A) mustaqil so’zlar B) modal so’zlar C) yordamchi so’zlar D) undov va taqlid so’zlar 11 / 49 Atalganlik ma’nosida qo’llangan ko’makchini toping A) Nodira ukasi uchun qalam sotib oldi B) Onajonim hammamiz uchun birdek aziz C) Toshkentga akam bilan birga bordik D) O’qish uchun keldim 12 / 49 Qaysi gapda teng bog’lovchi qo’llangan? A) Menga Pushkin bir jahon-u, Menga Bayron bir jahon, Lek Navoiydek bobom bor, Ko’ksi qalqon O’zbegim. B) Barcha gaplarda teng bog’lovchi mavjud. C) El netib topgay menikim, Gar o’zimni topmasam D) Haqiqat tikanli gulga o’xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. 13 / 49 Balki,siz haqdirsiz.2.Siz emas, balki u haqdir.Gaplardagi balki so’zi haqidagi qaysi hukm to’g’ri? A) 1- gapda modal so’z, 2- gapda zidlov bog’lovchisi. B) Har ikkovi gapda ham modal so’z C) 1- gapda zidlov bog’lovchisi, 2-gapda modal so’z D) Har ikkovi gapda ham zidlov bog’lovchisi 14 / 49 Shart bog’lovchilari berilgan qatorni aniqlang. A) agar. basharti. garchi. mabodo B) go’yo. balki. toki, agar C) garchand. negaki. -ki (kim). shuning ucliun D) mabodo. garchancl. agarcla. ncgaki 15 / 49 1) na; 2) hatto; 3) g’irt; 4) hech; 5) sira; 6) -oq(-yoq); 7) -u(-yu); 8) ham; 9) — a( — ya); 10) nahotkiBerilgan yuklamalardan kuchaytiruv —ta’kid yuklamalarini belgilang. A) 2,4,5,8,10 B) 2,3,6,7,8,10 C) 1,2,6,7,10 D) 2,5,6,7,8 16 / 49 Qaysi gapda gumon yuklamasi ishtirok etmagan? A) Furqatning “Sayding qo’ya ber, sayyod” musaddasi asl mazmuni bilan erk va ozodlikka chorlovchi madhiyadir. B) Muslima maktabga yetib borgandir. C) ”O’lsa o’lgandir, bunga nima janjal ! “ – deb qo’ydi tag’in birov. D) Sizni birontasi yo’qlab kelgandir ? 17 / 49 His-hayajon undovlari to’g’ri tasniflangan qatorni belgilang.1.oh, 2.tss, 3. voy 4. kisht 5. uf 6.chu A) 2,4,6-his-hayajon undovlari ; 1,3,5- buyruq-xitob undovlari B) 1,3,5-his –hayajon undovlari ; 2,4,6- buyruq –xitob undovlari C) 1,2-his-hayajon undovlari ; 3,4,5,6-buyruq-xitob undovlari D) 1,2,6-his-hayajon undovlari ; 3,4,5-buyruq-xitob undovlari 18 / 49 Qaysi javobda gumon munosabatini bildiruvchi sof modal so’z berilgan ? A) shekilli B) aftidan C) ehtimol D) chamasi 19 / 49 Qaysi gapda tovushga taqlidni bildiruvchi so’z bor? A) Chiroq lip-lip etib o’chib qoldi. B) Boshidagi toj yal-yal yonarmish. C) Namoz g’azabi oshib, dag’-dag’ qaltiray boshladi. D) Ko’chadan qiy-chuv ovozlar eshitildi. 20 / 49 Modal so‘zlar sonini aniqlang.1) attang; 2) faqat; 3) birdan ; 4) aftidan ; 5) masalan ; 6) nihoyat; 7) nahotki; 8) xayriyat; 9) biroq ; 10) ehtimol. A) 7 ta B) 8ta C) 6ta D) 5 ta 21 / 49 Oh undov so’zi qanday ma'nolami ifodalaydi? A) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l B) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l C) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l D) ikkala gapda ham mustaqil fe’l 22 / 49 His-hayojon undovlari qatnashmagan gapni aniqlang. A) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l B) ikkala gapda ham mustaqil fe’l C) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l D) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l 23 / 49 1. Bo'ron bo 'lishi ehtimol, qizim. 2. Ehtimol, bu onasidan yagona esdalik. 3.Chamasi, hammasining og 'zi teggan ekan о 'sha go 'shtga. 4.Gulchehraning chamasi to 'g 'ri chiqdi. Qaysi gapda modal so'z ishtirok etgan? A) 2, 4 B) 1,2,3 C) 2, 3 D) 1,2, 3,4 24 / 49 Kimdir eshikni taqillatdi. Kimdir bu? –so’rayman eshikka yaqinroq kelib.Ushbu matnda kimdir so’zi.... A) birinchisi gumon, ikkinchisi so’roq olmoshi. B) so’roq olmoshi. C) birinchisi so’ roq, ikkinchisi gumon olmoshi. D) gumon olmoshi. 25 / 49 Jo'nalish keiishigi qaysi ko'makchilar bilan ma'nodosh bo'la oladi ? A) tomon .bo'ylab B) 'qadar . kabi C) uchun ,keyin D) so'ng .boshlab 26 / 49 Qaratqich kelishigi qachon belgisiz qo'Ilanishi mumkin ?1 Qaratqich bilan qaralmish yonma-yon kelganda2 Qaratqich keiishigi atoqli otga qo'hilganda3 Qaratqich keiishigi olmoshlarga qo'shilganda4 Qaratqich keiishigi sifatdohlarga qo'shilganda A) 2.3,4 B) 1 C) 2.4 D) 1.2.3,4 27 / 49 Quyudagi gapda ajratib ko’rsatilgan olmoshning turini aniqlang.Vatanini har kim sevsin. A) ikkala gapda ham mustaqil fe’l B) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l C) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l D) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l 28 / 49 Qaysi olmosh turlanganda egalik qo’shimchasini olishi shart? A) gumon B) o’zlik C) ko’rsatish D) kishilik 29 / 49 Qaysi qatorda egalik qo'shimchasi qatnashmagan gap berilgan ? A) Tuni bilan mijja qoqmadi B) U mening ustozim bo'ladi C) Olmaning ikki pallasidek yarashgansizlar D) Ena buvining xayoli allaqayoqlarga borib keldi 30 / 49 Barcha yordamchi so’z turkumlari ishtirok etgan gapni aniqlang A) Ilmning foydasi shu qadar ko’pki ,ta’riflagan bilan ado qilish mumkin emas B) Ey farzand,ilm olmoqning fazilatlari ko’pdirkim ,ilm orqali hayoting farog’atda ,yurish –turishing hurmatda bo’lur C) Bu zanjir ila zamonga daxldorsan va sen ham ahli olam qatori uchinchi ming yillikda yashamoqdasan D) Hammasini tinglardim ,ammo o’xshashini topmasdim aslo 31 / 49 Yordamchi so’zlar berilgan qatorni aniqlang. A) undov, taqlid va modal so’zlar B) ko’makchi, bog’lovchi, yuklama C) ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, taqlid so’z D) ko’makchi, bog’lovchi 32 / 49 Bu yerda na ofat, na kulfat, na g 'am. Yordamchining ma’no turini aniqlang. A) gumon yuklamasi B) inkor bog'lovchisi C) inkor yuklamasi D) ayiruv bogiovchisi 33 / 49 Bir boshing uchun muncha harakat qilasan! Sen ham men kabi rohatda yashasang bo'lmaydimi, chunki mening hayotimda hech bir mashaqqat yo'q. Ushbu ikki gapda qanday yordamchilar ishtirok etgan? A) 1 ta ko'makchi, 1 ta bog'lovchi, 3 ta, yuklama B) 1 ta ko'makchi, 2 ta bog'lovchi, 2 ta yuklama C) 2 ta ko'makchi, 1 ta bog'lovchi, 2 ta yuklama D) 3 ta ko'makchi, 1 ta bog'lovchi, 1 ta yuklama 34 / 49 Otlashgan taqlid so’z qatnashgan gapni toping. A) To’rtta savag’ich bilan tap-tap urib, par singari qilib titibdi. B) Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi. C) Odamlarning g’ovur-g’uvuri endi to’xtadi. D) Chiroq lip-lip etdi. 35 / 49 Deb yordamchisi — bu... A) sabab bog'lovchisi B) yordamchi fe'l C) maqsad bog'lovchisi D) ko'makchi 36 / 49 Afsuski, besh qo’l barobar emas.Ushbu gapdagi modal so’zning ma’nosini ayting. A) quvonch B) achinish C) gumon D) fikrni xulosalash 37 / 49 Qaysi qatordagi so‘zlar yordamchi so‘z turkumiga mansub? A) va,faqat,uchun B) jiz, balli, kisht C) oshiq, samo, balki D) taq-taq, va, lekin 38 / 49 Kishilarni chaqirish yoki to'xtatish uchun qo‘llanadigan undovlar qatnashgan gapni toping. A) Oh, bizning odamlar, dilkash odamlar... B) Eу, nega terakni nobud qilding? C) O’ , ma’lumotli ekansiz-ku! D) Hammasi o'tkinchi, xo‘sh, nima o'tkinchi emas? 39 / 49 Taqlid so'z qo'llanmagan gap berilgan javobni aniqlang. A) Bog'imizdagi olmalar pishib yetilgach, duv-duv to'kilishga boshladi. B) O'tin biroz nam tortgan ekan, biroz tutab, keyin chars-churs alanga olib yondi. C) Tongga qadar poyladik, tiq etgan tovush eshitilmadi. D) Uzoq vaqtga qadar davom etgan shivir-shivir tindi. 40 / 49 Modal so’zni toping.1) attang; 2) faqat; 3) birdan 4) aftidan 5) masalan; 6) nihoyat 7) nahotki 8) hayriyat 9) biroq 10) ehtimol A) 1,4,7,8,9,10 B) 1,4,5,6,8,10 C) 1,3,6,8,10 D) 4,5,7,8 41 / 49 Qaysi javobda ham yuklama, ham modal so'zlar ifodalaydigan ma'no to'g'ri ko'rsatilgan? A) achinish B) taajjub C) ishonch D) gumon 42 / 49 Yordamchi so’zlarning vazifalari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?1.Mustaqil so’zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog’laydi.2.So’zlarga qo’shimcha ma’no yuklaydi. 3.Mustaqil ravishda gap bo’lagi bo’lib keladi.4.Atash ma’noli so’zlar o’rnida qo’llana oladi. A) 1,2,3,4 B) 1,2 C) faqat 1 D) 1,2,3 43 / 49 Qaysi javobda taqlid so’zning otlashuvi kuzatiladi ? A) Yong’oqning shiqillashi anchadan beri ko’pchilikni qiziqtirmay qo‘ydi. B) Cholimning aytishicha tabib sigirini ham sizlab gapirarkan. «Chu» demay, «chuing» derkan. C) Ilonning vishillashiga qaldirg’ochlar balandroq chirqillab javob qaytarishardi. D) Daryoning shov-shuvidan quloqlarimiz bitib qolayozdi. 44 / 49 Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar... A) undov so’zlar B) modal so’zlar C) ko’makchilar D) taqlid so’zlar 45 / 49 O’rtada bo’lsin deb qadr ham izzat Ayriliq; va o’lim yaralgaimi -yo? Ushbu misralarda berilgan yordamchi so’zlar turi va miqdorini toping. A) bitta yuklama, uchta teng bog’lovchi B) bitta yuklama, ikkita teng bog’lovchi C) bitta. ko’makchi, bitta yuklama, ikkita teng bog’lovchi D) bitta ko’makchi, ikkita biriktiruv bog’lovchisi, bitta ayiruv bog’lovchisi 46 / 49 Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,Bulbulg’a tikondek oshyon bo’lmas emish. Ushbu misralarda yordamchi so’zlarning qaysi biri qo’llangan? A) bog’lovchi B) yuklama C) ko’makchi D) yordamchi so’zlar qo’llanmagan 47 / 49 Sof yordamchi so‘zni aniqlang. A) bilan B) -gina C) lekin D) -chi 48 / 49 Avvalo, insonning qalbi go’zal bo’lmog’i kerak.Ushbu gapdagi modal so’zning ma’nosini toping. A) fikrni xulosalash B) gumon C) ishonch D) fikrning tartibi 49 / 49 Qaysi gapda ovozga taqlid so’z turlangan ? A) Shundan so’ng afg’ondan tarsaki yeganim bejiz emasligiga -mening navkar ekanligimga ishonishdi B) Suvning shitirlashidan uyg’onib ketdim C) Tuyoqning dupuridan navkarlar bir safga chizilishgan edi D) Bolalarning qiqirlashi quloqni qomatga keltirgan edi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz