Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №2 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №2 InfoMaster Aprel 6, 2022 375 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №2 LEKSIKOLOGIYA BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH FE’L SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH OT ,SIFAT SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 31 Ariqlarning bo‘yi yam- yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, nafarmon gullar bilan bezandi. Yuqoridagi gapda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang. A) 10 B) 8 C) 9 D) 11 2 / 31 Qaysi qatordagi gapda fe’lning harakat nomi shakli qatnashgan? A) Mehmonxona yaxshi isitilgan katta stolga dasturxon yozishgan edi . B) Ular bog’ o’stirishdi ,paxta ekishdi . C) Bu yerda odamlar choy ichishadi chaq –chaqlashishadi ish yuzasidan maslahat qilishadi. D) Gul ekib daraxt o’stirish kishini ezgulik sari yetaklaydi 3 / 31 Sifatdosh qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Erib ,sehrlanib quloq soldi uning yoniq so’ziga . B) Chin do’stlikning alangasi so’nmasin C) Terakzorda chalinayotgan musiqa tobora yaqqol eshitilardi . D) Kosmonavt bo’lish uchun ko’p narsani bilish ,qunt bilan o’qish va ishlash lozim . 4 / 31 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) badbo’y, sovuq B) bo’ydor, xushbo’y C) serob, kamchil D) nimtatir, chuchmal 5 / 31 Bugungi ishni ertaga qo’yma Ushbu gapdagi sifatning qanday ma’no ifodalanayotganini aniqlang A) darajani B) paytga ko’ra munosabatni C) o’ringa ko’ra munosabatni D) holatni 6 / 31 Quyida yo’l so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Kechga borib ,avtobuslar o’z yo’lini o’zgatiradigan bo’lib qoldi A) tadbir B) safar C) yo’nalish D) masofa 7 / 31 Aqldan g'amginlik, shodlik, о ktamlik,Aqldan borlig-u, yo'qlig-y kamlik. Ushbu baytda ot turkumiga oid nechta so'z ishtirok etgan? A) 2 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 8 ta 8 / 31 Quyidagi gapda yo’l so’zining qaysi manosi ifodalangan? Bu masala qaysi yo’l bilan yechiladi. A) safar B) yo’nalish C) masofa D) usul 9 / 31 Malum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilar tushunarli bo’lgan so’lar qanday nomlanadi. A) Atamalar B) Shevaga xos so’zlar C) Umumxalq ishlatiladigan so’zlar. D) Paronomlar 10 / 31 Morfologik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang. A) eng kichik, zo’r-zo’r polvonlar B) dum-dumaloq, yap-yangi C) toza ko’ylak, yumshoq non D) zahar qalampir, olov bola 11 / 31 Shaxs otlari berilgan qatorni aniqlang A) yulduz,sayyora,samo B) shohko’cha,yo’lak,darcha C) Yer,Quyosh,Oy D) bobo,onajonim,,yigit 12 / 31 Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo’llangan? A) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda B) Hovli tor, devorlari baland edi. C) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug’orayotgan edim, yap-yangi “Moskvich” kelib to’xtadi. D) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. 13 / 31 Un, yog’ ,suv kabi so’zlarga lar qo’shimchasi qo’shilganda qanday ma'no ifodalanadi? A) jamlik va to’da B) xil, nav, mo’llik. C) kuchaytirish va takid. D) grammatik ko’plik. 14 / 31 Bo’lishli fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Hali hech kim uyg’onmay ,ko’zin ochdi binafsha B) Hech bir ikkilanmay ,yakka o’zi bo’ri quvib ketdi-yu ?! C) Birni birov beradi ,ko’pni mehnat D) Bu ham azamat , hech qanday dushman bas kelolmas 15 / 31 Sifat so’z turkumlari berilgan qatorni toping. A) salqin,jimjit,durkun B) to’lqin,qoziq,maysa C) oltin,kumush,yoqut D) go’zallik,yaxshilik,xotirjamlik 16 / 31 Faqat yasama otlar berilgan qatorni toping. A) chorva, baxt, guldon. B) chaqmoq, obkash, uy. C) kalxat, gulchi, o’t. D) quvonch, tinchlik, duradgorlik. 17 / 31 Atamalar berilgan qatorni aniqlang A) ibora ,sifat ,fe’l B) ishchan ,ishchi,ishla C) gul,atirgul ,daraxt D) ot ,kun ,soat 18 / 31 Tub otlar berilgan qatorni toping. A) qalpoqcha, do’stlarimizga, archalar B) qassob, zargarlik, quroldosh C) g’azalxonlar, ijodkorlik, D) saroydagi, ijodkorlar, sartarosh 19 / 31 Madrasa masalasini unutdirish maqsadida arab, fors nahv-sarfidan o'zi dars berishga tirishdi.Yuqoridagi jumlada ajratib ko'rsatilgan so'zning ma'rtosini aniqlang. A) nahv —nasr, sarf-nazm B) nahv - morfologiya, sarf- sintaksis C) arab till grammatikasi D) nahv - sintaksis, sarf— morfologiya 20 / 31 Quyidagi gapda yo’l so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? U paytlarda otda yurilsa ,uch kunlik yo’l edi A) masofa B) usul C) yo’nalish D) safar 21 / 31 Qaysi qatorda juft sifat ishtirok etmagan? A) Menga o'xshash esli -hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan B) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat ,dadillik baxh etgandek bo'ldi C) Ba'zan pi ilka shokoladni ,arzon-garov qo'g'irchoqni olib keladi D) Qo'llari kctmon ,o'roq ,ayri ushlayverganlaridan g'adir-budir haqiqiy dchqon edilar 22 / 31 Berilgan misralaming qaysi birida qo’shma fe’l ishtirok etgan? A) Saboga hikoyat qildi - to’kildi B) Gul bargini nasim tildi - to’kildi C) Falak ishiga boq: bir haftada gul D) Chiqdi, g’unchaladi, kuldi - to’kildi. 23 / 31 Rivojlanmoq ,zavqlanmoq ,ajablanmoq fe’llari qaysi nisbatda ekanligini aniqlang A) aniq B) o’zlik C) orttirma D) majhul 24 / 31 Berilgan gapdagi fe’l maylini aniqlang Jahli chiqib yurmasin tag’in A) ijro B) maqsad C) buyruq –istak D) shart 25 / 31 Atamalar qo’llanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) ilmiy atamalar va siyosiy atamalar B) ilmiy atamalar va kasbiy atamalar C) atamalar bu kabi turlarga bo’linmaydi D) yangi atamalar va eskirgan atamalar 26 / 31 Shevaga xos so’zlar qaysi qatorda berilgan? A) og’ir,qo’l,ikki B) maktab,suv,tosh C) momo,moyak,inak D) yaxshi,yomon,sariq 27 / 31 Agar so’zlar o’zi ifodalangan tushuncha bilan birgalikda eskirsa, qanday nomlanadi? A) iste’moldan chiqqan so’zlar B) arxaik so’zlar C) tarixiy so’zlar D) eskirgan so’zlar 28 / 31 O’rin-joy otlari qaysi javobda berilgan ? A) tug’ma, achitqi, qamishzor B) qishloq, to’plam, toshloq C) mahalla, bostirma, bezak D) ko’cha, guzar, shahar 29 / 31 Qaysi qatordagi otlarga qo’shilgan -lar qo’shimchasi ma'noni kuchaytiradi? A) ko’ngillar, baxtlar, uyqular. B) maysalar, daraxtlar, tog’lar. C) yog’lar, suvlar, unlar. D) farhodlar, oybeklar, matrosovlar. 30 / 31 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar mavjud? A) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi. B) Andishali odam qo’rqoq bo’lmaydi. C) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik. D) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda. 31 / 31 Qanday holatlarda otlarda grammatik ko’plikni ifodalayotgan qo’shimcha egalik qo’shimchasidan keyin joylashishi mumkin? A) shaxs yoki narsada asli bir dona bo’ladigan predmedlarni bildirgan so’zlarga qo’shilganda. B) ko’plik qo’shimchasi har doim egalik qo’shimchasidan oldin joylashadi. C) atoqli otlarga qo’shilganda. D) hurmat ma'nosi ifodalangan otlarda. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz