Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №11 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №11 InfoMaster Aprel 6, 2022 107 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 7-sinf Ona tili №11 VAZIFADOSH KO’MAKCHILAR KO’MAKCHILARNING MA’NO TURLARI KO’MAKCHILAR VA QO’SHIMCHALARNING MA’NODOSHLIGI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 Aqlli o’zini ayblar, aqlsiz-do’stini.Ushbu gapdagi so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 1 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta 2 / 40 Qaysi qatordagi gapda fe’lning harakat nomi shakli qatnashgan? A) Bu yerda odamlar choy ichishadi chaq –chaqlashishadi ish yuzasidan maslahat qilishadi. B) Ular bog’ o’stirishdi ,paxta ekishdi . C) Mehmonxona yaxshi isitilgan katta stolga dasturxon yozishgan edi . D) Gul ekib daraxt o’stirish kishini ezgulik sari yetaklaydi 3 / 40 Qaysi javobda arab raqamlarining rim muqobili noto'g'ri ifodalangan? A) LXX - 70, yetmish B) CCD - 200, ikki yuz C) CM - 900, to'qqiz yuz D) M- 1000, ming 4 / 40 Sinonimik qatordagi bitta so'zga antonim bo'lgan so'z shu qatordagi barcha so'zlarga antonim bo'lishi mumkinmi? A) Sinonimik qatordagi so'zlar o'zaro antonim bo'ladi. B) Ba'zan mumkin, ba'zida mumkin emas. C) Mumkin emas. D) Mumkin. 5 / 40 ІІ shaxs ko’plik sonda qo’llangan kishilik olmoshi qatnashgan gapni belgilang. A) Biz emasmi, Sizning sochlaringizga oq oralatgan B) ” Yuring, o’g’lim, siz endi yosh bola emassiz ”, dedilar dadam. C) Sizlar Navro’z bayramiga qanday tayyorgarlik ko’rdingiz ? D) Nasiba sizdan bitta emas, o’nta xalatni ham ayamaydi. 6 / 40 Qaysi o’rinda narsa-hodisa va o’rin-joy so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.qanday? 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 2, 5 B) 1, 6 C) 2, 6 D) 3,5 7 / 40 Gumon olmoshi ishtirok etmagan qatorni aniqlang. A) Balki,svet yongandir . B) Eshikdan kimdir mo‘ralab, o‘tirganlarga bir-bir qaradi. C) Allakim sizni so‘rab kelgandi. D) Kimlarningdir kasriga qolib, qamalib ketishni istamayman 8 / 40 Qaysi qatordagi so’zlarda egalik qo’shimchasi qo’shilishi bilan o’zakda tovush tushish xodisasi yuz beradi? A) o’rin, zahar, bag’ir B) ko’ngil, singil, yuqori C) qo’g’irchoq, so’zroq, ishtirok D) idrok, park, ufq 9 / 40 Qaysi so’zga III shaxs egalik qo’shimchasi –si shaklida qo’shiladi? A) parvo B) avzo C) mavzu 10 / 40 Qaysi gapda sof ko’makchi qo’llangan ? A) Jahon bo’ylab tinchlik qo’shig’I yangrar B) Darsni puxta tayyorlanganim uchun “5” baho oldim C) Salima hammadan ko’ra ko’p kitob o’qiydi D) Karim ertadan boshlab ishga kirishardi 11 / 40 Qaysi gapda kelishik qo’shimchasi o’rniga ko’makchi qo’llash mumkin? A) Yozdagi mehnating hech kimga kelmaydi malol. B) Aql miyada, ta’m tilda, kuch qo’lda bo’ladi. C) Shavla odatda qoshiqda yeyiladi. D) Koinot lochinlarini qizg’in kutib oldik. 12 / 40 Qaysi qatordagi ko’makchi chegara ma’nosini ifodalagan? A) Shu kichik yo’l orqali o’tasiz B) Kechga qadar tinimsiz ishladik C) Maktab tomon yo’l oldik D) Uygacha suhbatlashib bordik 13 / 40 Qaysi qatorda vazifadosh ko’makchi otlashgan so’zdan keyin qo’llangan ? A) Bitmas –tuganmas bilimning tagida mashaqqat yotadi B) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilarning ishi emas C) To’ydan keyin nag’ora chalmoq –nodonlar ishi D) Insonning fe’l atvoriga qarab unga baho berishadi 14 / 40 Qaysi kelishik qo‘shimchasi yo‘nalish ma’nosida tomon, bo ‘ylab ko'makchilari bilan ma’nodosh hisoblanadi? A) jo‘nalish B) chiqish C) o‘rin-payt D) tushum 15 / 40 Faqat vazifadosh ko’makchilar ishtirok etgan qatorni aniqlang. A) sari, boshida, qadar, maqsadida B) bilan, orqa, tepada, o’rtada C) ustida, ichida, qoshida, tomon D) sababli, oldida, uchun, qarab 16 / 40 Ustida so’zi qaysi qatorda ko’makchi vazifasida qo’llangan ? A) U kechgacha ish ustida o’tirdi B) Kitob stolning ustida turibdi C) Lolalar qirning ustida ochilgan D) Qo’ng’iz yaproqning ustida o’rmalardi 17 / 40 Ko’makchilarning qanday ma’no guruhlari mavjud?1.maqsad 2.yo’nalish 3.fikr mavzusi 4.o’xshatish, qiyoslash 5.chegara A) 1,4,5 B) 1,2,5 C) 1,2,4,5 D) 1,2,3,4,5 18 / 40 Vazifadosh ko'makchilar gapda ko'pincha qaysi gap bo'lagi vazifasida keladi ? A) O'zi bog'langan so'z bilan birga kesim bo'lib keladi B) O'zi bog'langan so'z bilan birga hol bo'lib keladi C) O'zi bog'langan so'z bilan birga to'ldiruvchi bo'lib keladi D) O'zi bog'langan so'z bilan birga aniqlovchi bo'lib keladi 19 / 40 Qaysi qatorda kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirish mumkin? A) Mehnat hamisha inson hayoti va madaniyatining asosi. B) O`ktam gulzor yoniga darov joy hozirladi. C) Bog`imizdagi olmadan yaxshi xosil oldik. D) Olimjon Farg`onadagi ukasi bilan telefonda gaplashdi. 20 / 40 Ko’makchilar asosan qaysi kelishiklar bilan vazifadosh hisoblanadi ? A) jo’nalish va chiqish kelishiklari bilan B) tushum ,jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari C) Barcha kelishiklar bilan D) jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari bilan 21 / 40 Vosita ma’nosini ifodalagan bilan ko’makchisi qaysi qatorda mavjud ? A) Dehqon bilan ishchining mehnati baravar emas B) Yuragi bir ajib his bilan to’la edi C) Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi D) Muhayyo bu bolaga havas bilan qaradi 22 / 40 O’xshatish,qiyoslash ma’nosini ifodalovchi ko’makchini toping A) qarab B) yanglig’ C) to’g’risida D) qadar 23 / 40 Kelishik qo`shimchasi o`rnida ko`makchini qo`llash mumkin? A) Do`stining holatini diqqat bilan kuzatib turgan Hotam. B) Saida kulib yubormaslik uchun labini tishladi. C) Radiodan sening quvnoq ovozingni hamma eshitdi. D) Mehnat, kitob, do`stlik haqida suhbat qizg`in davom etdi. 24 / 40 Qaysi gapda maqsad ma’nosini bildiruvchi ko’makchi qatnashgan? A) Bu kitob qo’liga tushgandan keyin, bosh ko’tarmay mutolaaga berildi. B) Dadam dam olish uchun Kosonsoyga jo’nab ketdi. C) Kitob ustida uzoq ishladi. D) Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir umr daftarin. 25 / 40 Qaysi gapdagi kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Saharlab shaharga yo`l oldik. B) Shu yo`ldan yurib murodga yetdik. C) Sizga atalgan qo`shiqlarim bor. D) A, B,C 26 / 40 Qaysi misolda ko’makchilarning o’rniga kelishik qo’shimchasini qo’llab bo’lmaydi ? A) Oyinayi jahon orqali yangiliklar berildi B) O’zbek dehqonlari mo’l hosil uchun dala ishlarini boshlab yubordi C) Paxta mashina bilan terildi D) Ukam uchun kitob oldim 27 / 40 Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodosh hisoblanadi ? A) muvofiq B) bo’ylab C) tufayli D) kabi 28 / 40 Ko’makchilarga ma’nodosh bo’ladigan qo’simchalar berilgan qatorni toping. A) –cha, -chi, -gan B) –day, -dek, -ni C) –ga, -da, -dan D) A va B 29 / 40 Quyidagi gapda ko`makchining qanday ma’no uchun xizmat qilayotganini aniqlang. Bahorga qadar sabr qilishga to`g`ri keladi. A) chegara B) qamrov C) sabab D) payt 30 / 40 Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) –la, - chun B) qadar, uzra C) haqida, to’g’risida D) deya, deb, atab 31 / 40 1 Devor usti yomg’irdan iviy boshladi 2 Kitob ustida uzoq ishladi 3 Nosir o’z ustida ko’p ishladi Ushbu gaplardagi ushbu so’zi qaysi javobda to’g’ri izohlangan ? A) 1 va 3 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,2-gapda mustaqil so’z B) har uchala gapda vazifadosh ko’makchi C) 2 va 3 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,1-gapda mustaqil so’z D) 1 va 2 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,3-gapda mustaqil so’z 32 / 40 -dek qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi? A) asosan B) yanglig’ C) yarasha D) bo’ylab 33 / 40 Qaysi qatorda nuqtalar o`rniga jo`nalish, chiqish kelishigi va uchun ko`makchisini o`zaro sinonim sifatida ishlatilishi mumkin. A) u…yaxshi B) maktab…kerak C) hamma…foydali D) kelgani...xursand 34 / 40 Qaysi gapdagi ko’makchi jo'nalish kelishigiga ma'nodosh bo'la oladi ? A) Bu yangilikni telivizor orqali cshitdik B) Bularning barchasi siz uchun C) Shu kichik yo'iak orqali o'tsangiz ,katta ko'chaga chiqasiz D) Kechga qadar ishlaclik 35 / 40 Yig’ilganlar Navro’z bayrami to’g’risida suhbatlashdilar. Ushbu gapda ko’makchining qanday ma’noviy guruhi mavjud? A) maqsad B) fikr mavzusi C) chegara D) sabab 36 / 40 Qanday so’zlar ko’makchi vazifasida kelishi mumkin ?1 otlar 2 ravishlar 3 ravishdoshlar A) 1,2,3 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,2 37 / 40 Quyidagi gaplarning qaysi birida jo`nalish kelishigi qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Men o`zimning kimligimni sizga aytdim. B) Gapingizga qaraganda uzoqdan kelibsiz. C) Qarab tur, seni otangga chaqmasammi! D) Olimga vijdon ham o`tkir ilm kabi zarur 38 / 40 Qaysi qatordagi o’xshatish qo’shimchasini ko’makchi bilan almashtirish mumkin? A) Unday demang, hamma ham birday emas. B) Qanday hislatlarni rivojlantirish lozimligini kishi yaxshi bo’lmog’ va shunga intilmog’ zarur. C) –Jinday kuting, hozir majlis tugaydi, - dedi kotiba mehmonga. D) Bunday befarosatlar onda-sonda uchrab tiradi. 39 / 40 Fikr mavzusi ma’nosini ifodalaydigan ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) haqida, to’g’risida B) sari, bo’ylab C) tufayli, uchun D) xususida, o’xshab 40 / 40 Atalganlik ma’nosida qo’llangan ko’makchini toping A) O’qish uchun keldim B) Nodira ukasi uchun qalam sotib oldi C) Toshkentga akam bilan birga bordik D) Onajonim hammamiz uchun birdek aziz 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz