Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 118 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 ”Qayda qolding bolaligim” asarining muallifi kim? A) T.Murod B) P.Qodirov C) I.Yusupov D) X.To`xtaboyev 2 / 25 ”Tanobchilar” satirasida Sultonxo`ja ”otamlarga birodar erur” deb kimni aytadi? A) Chimlig` aziz B) Maxdumi a`zam C) Erhubbi D) Xizr 3 / 25 Qaysi qatorda –siz qo`shimchasi sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasida qo`llangan? A) U bu gapdan xabarsiz edi B) Suvsiz hayot bo`lmaydi C) Siz bebaho insonsiz D) Odobni odobsizdan o`rgan 4 / 25 “Bir toychoqning xuni”, “Galatepaga qaytish” asarlari muallifi kim? A) E.A’zam B) T Murod C) M.M.Do’st D) X.Sultonov 5 / 25 Avaz O`tar devoni nomi berilgan qatorni toping. A) “Oltin qirg`oq” B) “Firdavs ul-iqbol ” C) ”Saodat ul-iqbol D) “Quyoshli qalam” 6 / 25 “Birlari mo`ltinamo, hiylagar , Birlaridir kunda pix-u gavda xar” ushbu satrlarda qaysi tasvir vositasidan foydalanilgan? A) Tazod B) Mubolag`a C) O`xshatish D) Sifatlash 7 / 25 “Yulduzli tunlar” romanida Ahmad Tanbal Andijonga kimni dorug`a qilib tayinlagan edi? A) Ali Do`stbek B) Qambarbek C) Uzun Hasan D) Nosirbek 8 / 25 Qaysi javobda Ibroyim Yusupovning librettosi nomi to`g`ri ko`rsatilgan? A) “Umirbek laqqi” B) “Qirq qiz” C) “Aktrisaning iqboli” D) “Ajiniyoz” 9 / 25 Qaysi qatordagi gapda tovush o`zgarishi faqat son so`z turkumiga oid bo`lgan gap berilgan? A) Oltovlon ola bo`lsa og`zidagin oldirar B) Saodat opaning ikkala o`g`li shaharda yashaydi C) Durroj sherning so`zini ma`qul ko`rdi va ikkovi shu o`rmonda yashay boshladi D) Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman 10 / 25 Bir kuni chol qo`li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe`llar berilgan? A) O`zlik, majhul, orttirma nisbatlar B) Majhul, o`zlik, orttirma nisbatlar C) Aniq, majhul, orttirma nisbatlar D) Orttirma, birgali, majhul nisbatlar 11 / 25 “Uchtadan oxiri bor ertaklar” turkumiga kiruvchi ertaklarni aniqlang. 1.”Sehrli nog`ora” 2.”Milanda yoqqan shlyapa yomg`iri” 3.”Ayyor Buratino” 4.”Sahrodagi uy” 5.”Shahzoda Plombir” 6 .”Hurishni eplolmaydigan kuchukcha” A) 1,2,3,4,6 B) 1,3,4,5 C) 1, 2,3,5,6. D) 1,2,3,4 12 / 25 Nisbat qo`shimchasi vositasida o`timsiz fe`lga aylanishi mumkin bo`lgan o`timli fe`llar berilgan qatorni toping. A) qochmoq, yonmoq B) yuvmoq, yayramoq C) kiymoq, taramoq D) quvonmoq,jilmaymoq 13 / 25 Qaysi qatorda faqat jarangli tovushlarni ifodalaydigan harflar joylashgan? A) y, g’, l, m, k, x B) a, o, u, n,l,f C) n, r, s, t, p, h D) b, v, g, d, j, z 14 / 25 Gulxaniyning “Toshbaqa bilan chayon” masalida toshbaqa qayerdan qayerga borayotgan edi? A) Iroqdan Hijozga B) Hijozdan Iroqqa C) Iroqdan Shomga D) Shomdan Iroqqa 15 / 25 Qaysi qatordagi gapda ikkinchi darajali bo`laklarning barcha turi qatnashgan? A) A`zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi B) Mo`tabar eshikni sekin ochib chiqib ketdi C) Sen meni gapdan chalg`itma D) Dadash mehribon odamlar bilan suhbatlashishdan zavqlanar edi 16 / 25 Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”asari necha qismga bo`linadi va ularning tartibi qaysi qatorda berilgan? A) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar B) 3 qismga - har xil odamlarning fe`l-atvori haqida; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar C) 2 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida. D) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; safar fazilatlari to`g`risida 17 / 25 Shakldosh so'zlar berilgan qatorni toping. A) gul, bog', ola B) ot, o’t, pul C) soz, qil, zang D) bor, asar, stol 18 / 25 Faqat ko`makchi fe`l tarkibida qo`llanuvchi shakllarni aniqlang. A) shaxs-son, zamon B) fe`lning vazifa shakllari, nisbat C) nisbat, bo`lishsizlik, shaxs-son D) bo`lishsizlik, shaxs-son 19 / 25 Hajviy pyesa berilgan qatorni belgilang. A) ”Dodhohim” B) ”Revizor” C) ”Oltin buzoqcha” D) ”Chiqdi” 20 / 25 O'z o'rnida aytilmagan so‘z hech kim yo'q yerda chalingan kuyga o'xshaydi. Ushbu gapdagi sifatdoshning sintaktik vazifasi nima? A) aniqlovchi B) hol C) ega D) to‘ldiruvchi 21 / 25 X.To`xtaboyevning “Sariq devni minib” romanidagi “Baxtim kulib boqqan edi” bobida Hojimjonnnig qaysi sarguzashtlari to`g`risida hikoya qilinadi? A) Hoshimjonning qalpoqcha tufayli diplomli bo`lgani, Krupskaya maktab-internatidagi sarguzashtlari B) Hoshimjonning 1200 gektar paxta maydoni-yu, 12 ta brigadaga agronom bo`lib tayinlanganligi C) Hoshimjonning tashlandiq uydan sehrli qalpoqchani topib olishi va a`lo baholar olishi D) Hoshimjonning Soraxon folbin va uning o`g`lining nayranglarini fosh etishi 22 / 25 Ravish yasovchi qo`shimchalarni toping A) –lab, -cha, -ona, -don B) –larcha, -ona, -li, -cha C) –an, -ona, -lar, -lab D) –cha, -ona, -lab, -an 23 / 25 Pushkinning ”Yevgeniy Onegin”, Lermontovning ”Maskarad” asarini o`zbek tiliga kim tarjima qilgan? A) A.Muxtor B) Mirtemir C) Oybek D) U.Nosir 24 / 25 Qoplonbek va Oymomo qaysi asar qahramonlari sanaladi? A) “Ot kishnagan oqshom” B) “Otamdan qolgan dalalar” C) “Yulduzlar mangu yonadi” D) “Oydinda yurgan odamlar” 25 / 25 Qаysi qаtоrdаgi so`zgа egаlik qo`shimchаlаri qo`shilgаndа tоvush tushishi yuz bеrаdi? A) Yutuq B) Sоn C) Sоchiq D) Shаhаr 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2