Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №8 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №8 InfoMaster Aprel 6, 2022 204 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №8 JUFT VA TAKRORIY OLMOSHLAR .ULARNING IMLOSI MUSTAHKAMLASH SO’ZLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI ISMLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI ISMLARNING LUG’AVIY VA MUNOSABAT SHAKLLARI EGALIK SHAKLLARI VA ULARNING IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 37 Faqat sirg'aluvchilar ishtirok etgan so'zni toping. A) bodom B) vafoli C) cholg'om D) bilimdon 2 / 37 Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo’llangan? A) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug’orayotgan edim, yap-yangi “Moskvich” kelib to’xtadi. B) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda C) Hovli tor, devorlari baland edi. D) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. 3 / 37 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi B) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi C) Bu xola yillab kutdi D) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud 4 / 37 Antonimlar qatnashgan gapni toping A) Do’st bilan yolg’on so’zlashma ,uning dushmani bilan ham do’stlashma B) Ilmu kamolot hamisha fazilatdir C) Hikmat shunday liboski ,kiygan bilan eskirmaydi D) Siringni saqlagil ,har kimga zinhor etmagil ravshan 5 / 37 Ko’plikdagi kishilik olmoshlarini qaysi bir uslubiy talab bilan birlikni ko’rsatuvchi olmosh o’rnida kelishi mumkin. A) biz B) ular. C) biz va siz. D) biz, siz, ular. 6 / 37 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etmagan? A) Dildora hali yosh bo‘lsa ham, aqli butun. B) Har kim o‘z quvonch, shodliklarini bildirib turarkan. C) Barcha shodlik senga bo’lsin, Bor sitam, zorlik menga. D) Dunyoning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. 7 / 37 Bo'lishsizlik olmoshlari ishtirok etgan gaplarning kesimlari qanday shaklda bo'ladi? A) ko'plik shaklda B) o'tgan zamon shaklida C) inkor shaklida D) А, В, С. 8 / 37 Qaysi olmoshlar takror holda qo’llanadi? A) A,B,C B) so’roq C) o’zlik D) ko’rsatish 9 / 37 Qaysi olmoshlar juft holda ham ishlatilishi mumkin ? A) ko’rsatish, so’roq, belgilash. B) kishilik va ko’rsatish. C) so’roq va belgilash. D) kishilik, so’roq, belgilash 10 / 37 Quyidagi gapda qo’llangan olmoshlar soni va turini aniqlang?-Noshukurlik,-debdi u,-noshukurlikning bexosiyat tomoni shundaki, bu illatga o’ralgan kishi his etish, jamiyki narsadan lazzatlanish, bahramand bo’lish qobilyatini yo’qotadi. A) 3ta: 1ta kishilik, 2ta ko’rsatish B) 4ta:1ta kishilik, 2ta ko’rsatish, 1ta belgilash C) 3ta; 1ta kishilik, 1ta ko’rsatish,1ta belgilash D) 4ta: 3ta ko’rsatish, 1ta belgilash 11 / 37 Nadir millat qudratining tamadduni?Amir Temur haykalidan so’rang buni.Ot mindirb kim qaytardi yurtga uni?Jahongiri bexonumon yurt edi bu.Ushbu she’riy parchada olmoshning necha turi qo’llangan? A) 2 B) 5 C) 4 D) 3 12 / 37 Egalik qo’shimchalari qo’shilgach, o’zakda qanday o’zgarishlar yuz berishi mumkin? A) tovush tushadi. B) faqat tovush almashadi C) tovush tushadi, almashadi, ortadi D) tovush tushadi va almashadi 13 / 37 Munosabat shakllarini hosil qiluvchi qo'shimchalar qaysi bandda berilgan? A) -i, -im, -ning B) -la, -gan, -ib C) -oq, -chi, -zor D) -guncha, -may, -ni 14 / 37 Qaysi olmoshlar juft holda ham takroriy holda ham ishlatiladi. A) kishilik va ko’rsatish. B) ko’rsatish. , so’roq C) kishilik, o’zlik. D) barcha olmoshlar. 15 / 37 Hamma jim qoldi .Har kim o’z oldida bir narsa topib ,shunga ko’zini tikkan va u narsada Zebi o’z otasini ,Qurvonbibi o’z erini ,Salti qovog’idan qor yog’ib turgan sovuq bir so’fini ko’rardi .Ushbu gapda olmoshning qaysi turlari ishtirok etgan ? A) o’zlik ,ko’rsatish ,belgilash ,gumon B) o’zlik ,ko’rsatish,gumon C) ko’rsatish ,o’zlik , belgilash D) o’zlik ,belgilash, kishilik , ko’rsatish 16 / 37 Ariqlarning bo‘yi yam- yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, nafarmon gullar bilan bezandi. Yuqoridagi gapda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang. A) 10 B) 8 C) 9 D) 11 17 / 37 Qanday olmoshlar takroriy olmoshlar sanaladi? A) hir olmoshning tovush qo'shilishi bilan takrorlanishidan hosil bo 'Igan olmoshlar B) bir olmoshning aynan takrorlanishidan hosil bo 'Igan olmoshlar C) bir olmoshning ayrim tovush о 'zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo 'Igan olmoshlar D) barchasi to 'g 'ri. 18 / 37 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Hech bir his aqldan bo’lmaydi B) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz C) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi D) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi 19 / 37 Kishilik olmoshlariga quyidagi qo’shimchalardan qaysi biri qo’shilmaydi? A) Sanalgan qo’shimchalar kishilik olmoshlariga qushiladi. B) so’z yasovchi qo’shimcha C) kelishik qo’shimchasi D) egalik qo’shimchasi 20 / 37 Qaysi javobda egalik qo’shimchasi olgan va olmagan otlar ishtirokodagi gaplar berilgan? A) Biz mavzud real xavf –xarakatlarga jiddiy qaraymiz. B) Chaman- chaman gullar, suvlar quyoshda yashnab tovlanadi. C) Isrof-o’rinsiz va foydasiz yerlarga pul va mol sarf qilishdir. D) Mamlakatimiz g’oyat ulkan aql-zakovat, ma’naviy va madaniy imkoniyatlarga ega. 21 / 37 Ismlarning munosabat shakllariga qaysilar kiradi?1. egalik shakllari 2. kelishik shakllari 3. ko’plik qo’shimchasi 4. –man, -san, -dir qo’shimchalari 5. so’z yasovchi qo’shimchalar A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,5 C) 1,2,4 D) 1,5 22 / 37 Qurboning bo’layin ,ey onajonim Sening faryodlaring ,mening fig’onim (M Yusuf) Ushbu she’riy parchada ismlarning munosabat shakllari necha marta qo’llangan? A) 5 B) 6 C) 7 D) 4 23 / 37 Nadir millat qudratining tamadduni?Amir Temur haykalidan so’rang buni.Ot mindirb kim qaytardi yurtga uni?Jahongiri bexonumon yurt edi bu.Ushbu she’riy parchada olmosh necha o’rinda qo’llangan? A) 3 B) 4 C) 5 D) 2 24 / 37 Olmoshnng qaysi turi sodda, qo’shma, juft va takroriy shakllarga ega ? A) kishilik va o’zlik olmoshlaridan tashqari olmoshlarning barchasi. B) bo’lishsizlik va belgilash. C) so’roq, bo’lishsizlik, belgilash. D) ko’rsatish olmoshlari. 25 / 37 Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar ...... A) belgilash olmoshlari B) o’zlik olmoshi C) ko’rsatish olmoshlari D) kishilik olmoshlari 26 / 37 Qaysi so’zlarda egalik qo’shimchasi berilmagan? A) ho’plam, qaram B) bolam, parvonam C) xolam, na’ram D) nolam, jo’ram 27 / 37 Holing ne kechdi deb so’rama aslo.Ushbu gapda olmoshning qaysi turi qollangan. A) so’roq. B) kishilik. C) gumon. D) olmosh qo’llanmagan. 28 / 37 l)parvo; 2)avzo; 3)mavzu; 4)obro‘; 5) xudo; 6) dohiy. Berilgan so‘zlarga 3-shaxs birlik sondagi egalik qo'shimchasi qay tarzda qo‘shiladi? A) 1-, 2-, 4-so‘zlarda-yi shaklida; 3-, 5-, 6-so‘zlarda -si shaklida B) 1-, 2-, 3-, 4-so‘zlarda —yi; 5-, 6-so‘zlarda -si C) 2-, 3-so‘zlarda -yi; 1-, 4-, 5-, 6-so‘zlarda-si D) 1-, 2-, 3-, 6-so‘zlarda -yi; 4-, 5-so‘zlarda -si 29 / 37 Qancha-qancha donolar bu masala ustida bosh qotirmadi . 2.Biz-u siz bu masalani yecha olmaymiz . 3.Usta u deb ko’rdi,bu deb ko’rdi–bo’lmadi .4. Mashina yuborsam, u-bularni berib yuborarsiz . A) 2 B) 2, 4 C) 1, 2 , 3, 4 D) 3, 4 30 / 37 Qaysi qatordagi otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda k tovushi g tovushiga aylanmaydi? A) idrok, ishtirok B) tilak, ko’ylak C) bilak, chelak D) terak, yurak 31 / 37 Gumon olmoshi berilmagan gaplarni belgilang. A) Bektemir orqadan nimaningdir ovozni eshitib qoldi. B) U allanimalar demoqchi bo’ldi-yu o’zini ocha olmadi. C) Birni birov beradi, ko’pni mehnat. D) Dalada hech kim yo’q, hamma tushlikka chiqqan. 32 / 37 Qaysi gapda takror olmosh ishtirok etgan gap berilgan ?. A) Yaxshiliklaming barchasi inson uchundir B) Mezbon zudlik bilan u-bu narsalarni jovondan olib dasturxonga qo'ydi C) Yigit o'z-o’ziga dedi," Bir balosi bo'lmasa ,shudgorda quyruq na qilur ? D) Bu ot uncha — muncha yukni oisand qilmaydi 33 / 37 Qaysi qatordagi so’zlarda egalik qo’shimchasi qo’shilishi bilan o’zakda tovush tushish xodisasi yuz beradi? A) idrok, park, ufq B) ko’ngil, singil, yuqori C) qo’g’irchoq, so’zroq, ishtirok D) o’rin, zahar, bag’ir 34 / 37 Qaysi qatordagi so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda, tovush tushishi yuz beradi? A) burun, ogiz B) ko’rik, shahar C) mashina, maydon D) soch, qosh 35 / 37 Qaysi qatorda takror olmosh qo’llangan.? A) Har kishining boshiga balo kelsa, o’zining tilidan keladi. B) Bu tarix qanchadan qancha janggu-jadallarning guvohidir. C) Har bir kishining tug’ilib o’sgan shahar va mamlakatini shu kishini vatani deyilur. D) Biz o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suyamiz. 36 / 37 Sahroi Kabirda yozsam ko‘nglimni,Ruhimda chinorday turding ko‘karib.... bo’lib nechun men seniBir umr boshimda yurdim ko‘tarib?..Nechta olmosh qo’llangan? A) 2 ta B) 4ta C) 3 ta D) 1 ta 37 / 37 Qaysi otlarga III-shaxs ko’plikdagi egalik qo’shimchalari qo’shilgan? A) bahongiz, otangiz B) bahomiz, otamiz C) bahosi, otasi D) baholaringiz, otalaringiz 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz