Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №7 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №7 InfoMaster Aprel 6, 2022 101 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №7 GUMON OLMOSHLARI BO’LISHSIZLIK OLMOSHLARI SODDA VA QO’SHMA OLMOSHLAR.ULARNING IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 36 Lab-tish , sirg'aluvchi, jarangli undosh tovush qaysi qatorda to'g'ri berilgan? A) m B) d C) ng D) f 2 / 36 Hajm-o’lchov sifatlari berilgan qatorni toping. A) katta, behisob, og’ir B) sirtqi, ichki, qishki C) xursand, ma’yus, keksa D) odobli, kamtarin, sodda 3 / 36 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) taqsim va kasr son B) dona va chama son C) jamlovchi va chama son D) sanoq va tartib son 4 / 36 Leksik antonimlar berilgan qatorni aniqlang A) ishladi, ishlamadi B) oq ko’ngil, ichi qora C) yupqa , qalin D) xursand ,dili siyoh 5 / 36 Quyida berilganlardan qaysi birlariga III shaxs sifatida qaraladi?1)nutqdan tashqaridagi barcha shaxs ;2)nutqdan tashqaridagi predmet; 3)nutqdan tashqaridagi voqea-hodisa;4)tinglovchi A) 1,4 B) 1,2,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3 6 / 36 Qaysi qatordagi gapda o’zlik olmoshi ta'kid ma'nosida qo’llangan. A) Men o’zim sizni kutib olgani chiqdim. B) U bizga ertalab, ba'zan kechqurun yorug’ yulduz bo’lib ko’rinadi. C) O’zingiz bajargan ishlar uchun javjobgarlikni zimmangizga oling. D) O’z uyim -o’lan to’shagim. 7 / 36 Qaysi olmoshlar tarkibida qo’shma olmoshlar mavjud emas. A) bo’lishsizlik. B) belgilash. C) ko’rsatish. D) gumon. 8 / 36 Qaysi gapda gumon olmoshi ishtrok etgan? A) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? B) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi C) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi D) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi 9 / 36 Gumon olmoshi ishtirok etmagan gapni aniqlang. A) Hazil-huzul bilan birpasda allaqancha piyozni qanorlarga joyladik. B) Barchasida gumon olmoshi ishtirok etgan. C) Kimdir qarshi so'z aytgan edi,muallim jerkib berdi. D) Ayol qalbi tosh bo'lsa ham,allaqayeri paxtadan yumshoq, ipakdan mayin bo'ladi. 10 / 36 Olmoshlar tuzilishiga ko’ra necha hil bo’ladi? A) 4 B) 7 C) 3 D) 5 . 11 / 36 Qo’shma olmoshlarning qaysi turlari olmosh +olmosh shakliga ega bo’ladi. A) ko’rsatish. B) olmoshlarning barcha turlari. C) bo’lishsizlik va belgilash. D) gumon. 12 / 36 Qaysi so’z faqat -alla qo’shimchasi yordamidagina gumon olmoshiga aylanadi? A) narsa B) kim C) nima D) qachon 13 / 36 Bo’lishsizlik olmoshi qaysi gapda berilgan. A) Allaqanday tovushlar, hayqiriqlar eshitildi. B) Bizga birov ish buyursa, darrov ho’p bo’ladi, deymiz. C) Hech kim hech qachon unitilmaydi. D) Poydevor qurilishi o’z vaqtida bajarildi. 14 / 36 Tarkibida quyidagi so’zlardan qaysi biri mavjud bo’lsa qo’shma olmosh yasaladi? 1. bir 2.yo’la 3.zum 4.hech 5.dam A) yuqoridagilarning barchasi B) 1,4 C) 1,2,3,5 D) 1,3,4,5 15 / 36 Qaysi gapda qo’shma olmosh mavjud? A) Hamma unga o’girilib qarar, ammo Sarkor Roziyadan boshqa hech kimni ko’rmas edi. B) Shu -shu buldi-yu, Tursunboyning qulog’idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi. C) Siz o’zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo’lgansiz, lekin men Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim. D) O’zboshimcha unmas, o’zbilarmon yolchimas. 16 / 36 Qaysi olmoshlar tuzilish jihatidan sodda va qo’shma turlarga bo’linadi. A) ko’ rsatish, va belgilash olmoshlari. B) kishilik, belgilash, ko’rsatish va gumon olmoshlari. C) kishilik, bo’lishsizlik va ko’rsatish olmoshlari. D) so’roq, belgilash, ko’rsatish, o’zlik olmoshlari. 17 / 36 Qaysi gарdа bo'lishsizlik olmoshi ishtirok etgan ? A) Biz hech gapni eshitmadik. B) Hech qanday dard Vatandan ayrilish dardidan kuchli emas C) Mo'minjon jimgina o'tirdi. hech indamadi D) Men bunday serhosil daraxtni hech ko'rmagan edim 18 / 36 Hech so'zini qaysi so'zlar oldidan keltirish bilan bo'lishsizlik olmoshlari hosil qilsa bo'ladi? A) А, В, С. B) bir, narsa, C) nima, qachon D) kim, qanday, qancha 19 / 36 Qaysi gapdagi birov so’zini allakim ma’nodoshi bilan almashtirish mumkin A) Bolalardan birovi ko’zlarini chirt yumdi B) Botirlar birov eshitmasin deb ,sekin –sekin qadam bosishdi C) Bu gaplarni birov eshitmasin D) Uzoqdan birovning qorasi ko’rindi 20 / 36 Mana shu ,o’sha-o’sha ,siz-biz ,hech kim , allaqaysi ,har bir Yuqoridagi qo’shma olmoshlar olmoshning ma’no jihatdan qaysi turiga mansub ? A) ko’rsatish ,kishilik, bo’lishsizlik ,gumon,belgilash B) ko’rsatish ,kishilik,bo’lishsizlik ,belgilash C) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,belgilash D) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,gumon, belgilash 21 / 36 Qaysi gapda gumon olmoshi ishtirok etgan? A) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? B) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi D) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi 22 / 36 Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri gumon olmoshlariga xos? A) narsa so'zi faqat alla- qo'shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi B) so'roq olmoshlariga va narsa so'ziga alla- yoki -dir qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi C) A va B. D) faqat kim, nima olmoshlariga alla- yoki -dir qo 'shimchalarini qo 'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi 23 / 36 Qo’shma olmoshlar.... A) ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar qo’shma olmoshlardir. B) tarkibida so’z yasovchi qo’shimchasi bo’lgan olmoshlardir. C) old qo’shimchali so’z bilan kelgan olmoshlardir. D) faqat bir asosdan iborat bo’lgan olmoshlardir. 24 / 36 Bir so'zi qaysi so'zlarga qo'shiiib ularga gumon ma'nosini yuklaydi? A) inson. nimarsa, nimadir B) kishi, narsa, nima C) odam, kim, predmet D) В va C. 25 / 36 Tarkibida gumon olmoshi qo’llangan gapni belgilang. A) Birov uni bo’g’ayotgandek, yelkalarini qimirlatib, nafasini rostladi. B) Hech kim uni xunuk demaydi. C) Hamma xotirjam.... D) Bu hovuz ikki odam bo’yi chamasida chuqur edi. 26 / 36 9 Bo’lishsizlik olmoshi qaysi qatorda ko’rsatilgan? A) Yoshlik shu narsa bilan bahtiyorki, uning kelajagi bor. B) Olg’irlar hech narsadan jirkanmaydilar. C) Iroda barcha dori darmonlardan ko’ra ko’proq yordam beradi. D) O’z tilin idora qilolmagan odamda haqiqat bo’lmaydi. 27 / 36 Qanday olmoshlar ajratib yoziladi? A) yasama sodda olmoshlar B) B, C C) qo’shma olmoshlar D) tub olmoshlar 28 / 36 Berilgan olmoshlardan qaysilari bo’lishsizlik olmoshi hisoblanadi. A) kim, u, bu B) hech kim, hech qachon. C) kim, qachon, bu. D) qayer, birov, kimdir. 29 / 36 Bo'lishsizlik olmoshlari ishtirok etgan gaplarning kesimlari qanday shaklda bo'ladi? A) А, В, С. B) o'tgan zamon shaklida C) inkor shaklida D) ko'plik shaklda 30 / 36 Berilgan olmoshlardan qaysilari bo’lishsizlik olmoshi hisoblanadi. A) kim, u, bu. B) qayer, birov, kimdir. C) kim, qachon, bu. D) hech kim, hech qachon. 31 / 36 Quyidagilarning qaysi biri bo’lishsizlik olmoshi emas? A) hech nima B) barchasi bo’lishsizlik olmoshi C) hech bir D) hech qachon 32 / 36 Gumon olmoshi ishtirok etmagan qatorni aniqlang. A) Balki,svet yongandir . B) Kimlarningdir kasriga qolib, qamalib ketishni istamayman C) Allakim sizni so‘rab kelgandi. D) Eshikdan kimdir mo‘ralab, o‘tirganlarga bir-bir qaradi. 33 / 36 Qo’shma olmoshlar qatorini aniqlang. A) qachondir, kimningdir, nimadir. B) kimdir , hech kim, hech qachon. C) har bir, ana shu , hech qachon D) hech bir, har xil, har doim. 34 / 36 Olmoshlarning yozlishi haqidagi qaysi fikr noto’g’ri? A) yasama sodda olmosh qismlari qo’shib yoziladi. B) juft va takroriy olmoshlar chiziqcha bilan yoziladi. C) qo’shma olmosh qismlari qo’shib yoziladi. D) sodda olmoshlar ayrim yoziladi. 35 / 36 Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi qo’llanmagan ? A) Ali Qushchi allanimalarni o’ylab ketdi B) Vaqt allamahal bo’lib qolgan edi C) Ot nima uchundir o’rnidan jilmasdi D) Negadir taftishchining ovozi menga yoqmadi 36 / 36 Sodda kishilik olmoshlari qaysi qatordagi gapda mavjud. A) Yuzta siz-u bizdan bitta jiz-u biz yaxshi. B) . Kimda savol bor. C) Salimaxon shu-shu qishloqqa qaytmadi. D) Bular siz ekkan daraxtlar. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz