Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №3 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №3 InfoMaster Aprel 6, 2022 149 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №3 SON VA RAVISH SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH MATNDA KO’P MA’NOLI MA’NODOSH SO’ZLARDAN FOYDALANISH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 32 Qaysi so‘z imlosiga ko‘ra xato yozilgan? A) badhazim B) boshmaldoq C) burushmoq D) boshboshdoq 2 / 32 Berilgan misralaming qaysi birida qo’shma fe’l ishtirok etgan? A) Chiqdi, g’unchaladi, kuldi - to’kildi. B) Gul bargini nasim tildi - to’kildi C) Saboga hikoyat qildi - to’kildi D) Falak ishiga boq: bir haftada gul 3 / 32 Gaplarning qaysi birida ko’chma ma’noli so’z berilgan ? A) Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o’rgangan B) Tikansiz gul bo’lmas ,mashaqqatsiz hunar C) Oltin o’tda bilinear odam mehnatda D) Tabriklardan keyin majlisning rasmiy qismi tugadi 4 / 32 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Atrofga kulrang harir parda bo’lib yoyila boshlagan oqshom qorong’iligi quyuqlashib borardi B) Buloqdan nariroqda do’nglik bo’lib ,atrofga shox otib ketgan tok Shoxlari ko’zga tashlanar C) Osmon bulut. D) Nihoyat ,kichik bir qiyalikda so’qmoq ko’rindi 5 / 32 Sonlar juftlashganda qaysi ma'no turini hosil qiladi. A) tartib. B) chama. C) miqdor. D) kasr. 6 / 32 Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Adolat sekingina atrofga razm soldi B) Ertaga ishxonada uchrashamiz C) Bekatda juda ko’p odam to’plangan edi D) Qari bilganni pari bilmas 7 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Buni oradan ko’tarmasak ish bitmaydi A) hazm qilmoq B) oshirmoq C) yo’qotmoq D) ichmoq 8 / 32 Maqsad ravishi qo’llangan gapni aniqlang A) Bir oz tashqarida kuta olmaysizmi? B) Biz kecha sizni orziqib kutgan edik C) Noiloj orqaga qaytdik D) Nodira ataylab kech qoldi 9 / 32 Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo‘lsa ham, qomati sambitdek tik.Ushbu gapda qo‘llangan miqdor sonning ma’no turini aniqlang. A) sanoq son B) jamlovchi son C) chama son D) dona son 10 / 32 1 Yaxshiyam universitet yaqinda 2 Yaqinda o’qishni tugatadi Ushbu gaplardagi yaqinda so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ? A) birinchi gapda payt ravishi ,ikkinchi gapda o’rin ravishi B) har ikkala gapda payt ravishi C) har ikkala gapda o’rin ravishi D) birinchi gapda o’rin ravishi ,ikkinchi gapda payt ravishi 11 / 32 So’zlarning o’z ma’nosi deganda nimani tushunasiz? A) so’zlarning faqat asosdan iborat bo’lgan ma’nosini B) so’zlarning grammatik ma’nosini C) so’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan ma’nosini D) so’zlarning bevosita nutq jarayoniga bog’liq bo’lgan atash ma’nosini 12 / 32 Ma’nodosh ravishlar berilgan qatorni aniqlang . A) sal, picha, ko’p B) jindek, jichcha, ozgina C) yakka, yagona, batamom D) olg’a, oldinda, o’rtada 13 / 32 Yomon so’zi qaysi gapda og’ir,xatarli ma’nosida qo’llangan? A) Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab-hiqillab yotibdi B) Ostonada turgan yomon bo’ladi,qizim,joyingizni bilib o’tiring C) Inoyat oqsoqol uni ko’pchilik o’rtasida yomon haqorat qilgan edi D) Hoy do’stim,birovning do’ppisini birovga uddalab kiygizish yomonmi? 14 / 32 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi B) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud C) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi D) Bu xola yillab kutdi 15 / 32 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Bu xola yillab kutdi B) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi C) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud D) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi 16 / 32 Qaysi gapda o’lchov so’zi qo’llanmagan ?1.Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu,uch-to’rt piyola choy ichdi.2.Uch-to’rt qadam narida yotgan aravani endi ko’rdi.3.Hali o’ngga, hali so’lga burilib, ikki soat, uch soat yo’l yurdik.4.Shoikrom uni har kuni maktabdan o’zi olib ketar,ikkinchi smenada dars tugaguncha poylab turar edi.5.Abdulla qovunchiga o’sha va’da qilingan 50 gektar yer berildi. A) 3 B) barcha gaplarda hisob so’zi qo’llangan C) 1,5 D) 4 17 / 32 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq B) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq C) burda, para, karch, chimdim, dasta D) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch 18 / 32 Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. B) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . C) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . D) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . 19 / 32 Sabab ravishi qatnashgan gapni toping A) Bo’taboyev noiloj maslahatga ko’ndi B) Hayotning o’z bayramlari bo’lganidek ,ozgina azoblari ham b’ladi,bolam chidash kerak C) Bir oz dam olishgach ,yo’lga tushishdi D) Saida jo’rttaga bilmaslikka oldi 20 / 32 Yigirma so’zidan sonlarning qaysi turini hosil qilib bo’lmaydi. A) tartib. B) chama. C) dona. D) jamlovchi. 21 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi manosi ifodalangan?Bemorga yengil ovqat bering, oshni ko’tarolmaydi A) oshirmoq B) yo’qotmoq C) hazm qilmoq D) ichmoq. 22 / 32 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin B) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in C) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi D) Meng ikki dona non bering 23 / 32 So’zning o’z va ko’chma ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) Qishloq markaziga shu yo’l bilan boriladi .Bahslashishga yo’l qolmagan edi B) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi . Daraxtlar uyg’ondi C) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi . Mehribon qo’llar sizni hamisha qo’llab quvatlaydi D) Ilgari ostonamiz tuyoq ko’rmagan . Harbiy intizom temir intizomni talab qiladi 24 / 32 Ravish ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Hamma ayb o‘z-o‘zimda. B) 0‘z-o‘zimga shuiiday va’da bergan edim. C) Savol bersam, o'zidan o‘zi yig’lab yuborsa bo'ladimi! D) Shu gapni aytganim uchun o'zimdan o‘zim uyalib ketaman . 25 / 32 Qaysi javobda arab raqamlarining rim muqobili noto'g'ri ifodalangan? A) CM - 900, to'qqiz yuz B) LXX - 70, yetmish C) M- 1000, ming D) CCD - 200, ikki yuz 26 / 32 Darja -miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Fidokorona mehnat qilayotgan odam doim niyati tomon intiladi B) Eshik sal ochildi C) Ulg’aygach kashfiyotlar qilamiz ,kurashamiz va g’alaba qozonamiz D) Maqsadimiz –tinch yashash ,o’qish va baxtli bo’lish 27 / 32 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) dona va chama son B) jamlovchi va chama son C) sanoq va tartib son D) taqsim va kasr son 28 / 32 Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang. A) haftalab ,kilolab ,saharlab B) qarab , aqrab , mansab C) tiklab, pag’alab , mo’ylab D) yonlab , egatlab , maktab 29 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Xo’jaligimiz har gektar yerdan 30 sentenerdan hosil ko’tardi A) yo’qotmoq B) oshirmoq C) hazm qilmoq D) yetishtirmoq 30 / 32 Qaysi gapda yomon so’zi qattiq , juda, nihoyatda so’zlariga sinonim bo’la oladi? A) Inoyat oqsoqol uvi ko’pchilik o’rtasida yomon haqorat qilgan edi. B) Eng yomoni - xona goyatda. sovuq. edi. (Mirrmuhsin ) C) Bugun Ahmad yomon uxladi. D) Ishqilib yomon xabar kelmasin-da 31 / 32 So’zning ko’chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi ? A) sintaktik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi B) so’zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi C) morfologik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi D) nutq tarkibidagi boshqa so’zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi 32 / 32 Ko’tarmoq fe’li qaysi so’zga biriksa yetishtirmoq ma’nosi anglashiladi ? A) ovozini B) qo’l C) hirmon D) kitob 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz