Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №3 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №3 InfoMaster Aprel 6, 2022 91 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №3 SON VA RAVISH SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH MATNDA KO’P MA’NOLI MA’NODOSH SO’ZLARDAN FOYDALANISH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 32 Donolik ramzi –so’z ,bilib so’zlansa , Nodonning o’zi ham so’zi qo’lansa Ushbu she’riy misralardagi yasama so’zlar sonini toping A) 4 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 2 ta 2 / 32 Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) o’timli va o’timsiz fe’llarga B) to’liq va to’liqsiz fe’llarga C) harakat va holat fe’llariga D) bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarga 3 / 32 Ma’nodosh ravishlar berilgan qatorni aniqlang . A) yakka, yagona, batamom B) olg’a, oldinda, o’rtada C) jindek, jichcha, ozgina D) sal, picha, ko’p 4 / 32 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in B) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin C) Meng ikki dona non bering D) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi 5 / 32 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi B) Bu xola yillab kutdi C) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi D) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud 6 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi manosi ifodalangan?Bemorga yengil ovqat bering, oshni ko’tarolmaydi A) ichmoq. B) yo’qotmoq C) oshirmoq D) hazm qilmoq 7 / 32 Qaysi gapda o’lchov so’zi qo’llanmagan ?1.Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu,uch-to’rt piyola choy ichdi.2.Uch-to’rt qadam narida yotgan aravani endi ko’rdi.3.Hali o’ngga, hali so’lga burilib, ikki soat, uch soat yo’l yurdik.4.Shoikrom uni har kuni maktabdan o’zi olib ketar,ikkinchi smenada dars tugaguncha poylab turar edi.5.Abdulla qovunchiga o’sha va’da qilingan 50 gektar yer berildi. A) 3 B) 4 C) 1,5 D) barcha gaplarda hisob so’zi qo’llangan 8 / 32 So’zning ko’chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi ? A) nutq tarkibidagi boshqa so’zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi B) so’zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi C) morfologik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi D) sintaktik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi 9 / 32 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch B) burda, para, karch, chimdim, dasta C) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq D) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq 10 / 32 Yomon so’zi qaysi gapda og’ir,xatarli ma’nosida qo’llangan? A) Inoyat oqsoqol uni ko’pchilik o’rtasida yomon haqorat qilgan edi B) Hoy do’stim,birovning do’ppisini birovga uddalab kiygizish yomonmi? C) Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab-hiqillab yotibdi D) Ostonada turgan yomon bo’ladi,qizim,joyingizni bilib o’tiring 11 / 32 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Osmon bulut. B) Buloqdan nariroqda do’nglik bo’lib ,atrofga shox otib ketgan tok Shoxlari ko’zga tashlanar C) Atrofga kulrang harir parda bo’lib yoyila boshlagan oqshom qorong’iligi quyuqlashib borardi D) Nihoyat ,kichik bir qiyalikda so’qmoq ko’rindi 12 / 32 Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang. A) yonlab , egatlab , maktab B) qarab , aqrab , mansab C) tiklab, pag’alab , mo’ylab D) haftalab ,kilolab ,saharlab 13 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Buni oradan ko’tarmasak ish bitmaydi A) hazm qilmoq B) yo’qotmoq C) oshirmoq D) ichmoq 14 / 32 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi B) Bu xola yillab kutdi C) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi D) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud 15 / 32 Maqsad ravishi qo’llangan gapni aniqlang A) Noiloj orqaga qaytdik B) Biz kecha sizni orziqib kutgan edik C) Nodira ataylab kech qoldi D) Bir oz tashqarida kuta olmaysizmi? 16 / 32 1 Yaxshiyam universitet yaqinda 2 Yaqinda o’qishni tugatadi Ushbu gaplardagi yaqinda so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ? A) har ikkala gapda o’rin ravishi B) har ikkala gapda payt ravishi C) birinchi gapda payt ravishi ,ikkinchi gapda o’rin ravishi D) birinchi gapda o’rin ravishi ,ikkinchi gapda payt ravishi 17 / 32 Darja -miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Maqsadimiz –tinch yashash ,o’qish va baxtli bo’lish B) Ulg’aygach kashfiyotlar qilamiz ,kurashamiz va g’alaba qozonamiz C) Eshik sal ochildi D) Fidokorona mehnat qilayotgan odam doim niyati tomon intiladi 18 / 32 Qaysi javobda arab raqamlarining rim muqobili noto'g'ri ifodalangan? A) LXX - 70, yetmish B) M- 1000, ming C) CCD - 200, ikki yuz D) CM - 900, to'qqiz yuz 19 / 32 Ko’tarmoq fe’li qaysi so’zga biriksa yetishtirmoq ma’nosi anglashiladi ? A) kitob B) qo’l C) hirmon D) ovozini 20 / 32 Ravish ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Shu gapni aytganim uchun o'zimdan o‘zim uyalib ketaman . B) Hamma ayb o‘z-o‘zimda. C) Savol bersam, o'zidan o‘zi yig’lab yuborsa bo'ladimi! D) 0‘z-o‘zimga shuiiday va’da bergan edim. 21 / 32 Qaysi gapda yomon so’zi qattiq , juda, nihoyatda so’zlariga sinonim bo’la oladi? A) Bugun Ahmad yomon uxladi. B) Ishqilib yomon xabar kelmasin-da C) Eng yomoni - xona goyatda. sovuq. edi. (Mirrmuhsin ) D) Inoyat oqsoqol uvi ko’pchilik o’rtasida yomon haqorat qilgan edi. 22 / 32 Gaplarning qaysi birida ko’chma ma’noli so’z berilgan ? A) Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o’rgangan B) Tikansiz gul bo’lmas ,mashaqqatsiz hunar C) Tabriklardan keyin majlisning rasmiy qismi tugadi D) Oltin o’tda bilinear odam mehnatda 23 / 32 Sonlar juftlashganda qaysi ma'no turini hosil qiladi. A) kasr. B) miqdor. C) tartib. D) chama. 24 / 32 Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. B) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . C) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . D) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . 25 / 32 Yigirma so’zidan sonlarning qaysi turini hosil qilib bo’lmaydi. A) jamlovchi. B) tartib. C) chama. D) dona. 26 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Xo’jaligimiz har gektar yerdan 30 sentenerdan hosil ko’tardi A) hazm qilmoq B) yo’qotmoq C) oshirmoq D) yetishtirmoq 27 / 32 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) jamlovchi va chama son B) taqsim va kasr son C) sanoq va tartib son D) dona va chama son 28 / 32 So’zning o’z va ko’chma ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) Qishloq markaziga shu yo’l bilan boriladi .Bahslashishga yo’l qolmagan edi B) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi . Daraxtlar uyg’ondi C) Ilgari ostonamiz tuyoq ko’rmagan . Harbiy intizom temir intizomni talab qiladi D) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi . Mehribon qo’llar sizni hamisha qo’llab quvatlaydi 29 / 32 Sabab ravishi qatnashgan gapni toping A) Saida jo’rttaga bilmaslikka oldi B) Hayotning o’z bayramlari bo’lganidek ,ozgina azoblari ham b’ladi,bolam chidash kerak C) Bo’taboyev noiloj maslahatga ko’ndi D) Bir oz dam olishgach ,yo’lga tushishdi 30 / 32 Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Qari bilganni pari bilmas B) Ertaga ishxonada uchrashamiz C) Bekatda juda ko’p odam to’plangan edi D) Adolat sekingina atrofga razm soldi 31 / 32 So’zlarning o’z ma’nosi deganda nimani tushunasiz? A) so’zlarning faqat asosdan iborat bo’lgan ma’nosini B) so’zlarning grammatik ma’nosini C) so’zlarning bevosita nutq jarayoniga bog’liq bo’lgan atash ma’nosini D) so’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan ma’nosini 32 / 32 Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo‘lsa ham, qomati sambitdek tik.Ushbu gapda qo‘llangan miqdor sonning ma’no turini aniqlang. A) sanoq son B) jamlovchi son C) chama son D) dona son 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz