Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №2 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №2 InfoMaster Aprel 6, 2022 373 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №2 LEKSIKOLOGIYA BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH FE’L SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH OT ,SIFAT SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 31 Qaysi so'zlarda qo‘sh undosh xato qo‘llangan? A) uwos, sodda B) tirqirramoq, ushshatmoq C) himmatli, haqqoniyat D) taajjub, horittirmoq 2 / 31 Bo’lishli fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Hali hech kim uyg’onmay ,ko’zin ochdi binafsha B) Bu ham azamat , hech qanday dushman bas kelolmas C) Hech bir ikkilanmay ,yakka o’zi bo’ri quvib ketdi-yu ?! D) Birni birov beradi ,ko’pni mehnat 3 / 31 Quyida yo’l so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Kechga borib ,avtobuslar o’z yo’lini o’zgatiradigan bo’lib qoldi A) safar B) yo’nalish C) tadbir D) masofa 4 / 31 Madrasa masalasini unutdirish maqsadida arab, fors nahv-sarfidan o'zi dars berishga tirishdi.Yuqoridagi jumlada ajratib ko'rsatilgan so'zning ma'rtosini aniqlang. A) nahv —nasr, sarf-nazm B) nahv - morfologiya, sarf- sintaksis C) arab till grammatikasi D) nahv - sintaksis, sarf— morfologiya 5 / 31 Morfologik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang. A) dum-dumaloq, yap-yangi B) zahar qalampir, olov bola C) toza ko’ylak, yumshoq non D) eng kichik, zo’r-zo’r polvonlar 6 / 31 Bugungi ishni ertaga qo’yma Ushbu gapdagi sifatning qanday ma’no ifodalanayotganini aniqlang A) paytga ko’ra munosabatni B) darajani C) o’ringa ko’ra munosabatni D) holatni 7 / 31 Sifatdosh qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Kosmonavt bo’lish uchun ko’p narsani bilish ,qunt bilan o’qish va ishlash lozim . B) Terakzorda chalinayotgan musiqa tobora yaqqol eshitilardi . C) Chin do’stlikning alangasi so’nmasin D) Erib ,sehrlanib quloq soldi uning yoniq so’ziga . 8 / 31 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar mavjud? A) Andishali odam qo’rqoq bo’lmaydi. B) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik. C) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi. D) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda. 9 / 31 Takroriy sifat qatnashmagan gapni toping A) Sarvinozxon gul-gul ochilib bog'chaga ketdi B) Ko'chani sho'x-sho'x bolalar to'ldirib o'tishdi C) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko'kni avalay ketdi D) To'p-to'p daraxtlar tag'in lipillab orqada qolib ketdi 10 / 31 Qaysi qatordagi otlarga qo’shilgan -lar qo’shimchasi ma'noni kuchaytiradi? A) yog’lar, suvlar, unlar. B) maysalar, daraxtlar, tog’lar. C) farhodlar, oybeklar, matrosovlar. D) ko’ngillar, baxtlar, uyqular. 11 / 31 Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo’llangan? A) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda B) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug’orayotgan edim, yap-yangi “Moskvich” kelib to’xtadi. C) Hovli tor, devorlari baland edi. D) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. 12 / 31 Insonning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday nomlanadi? A) holat fe’llari B) o’timli fe’llar C) harakat fe’llari D) o’timsiz fe’llar 13 / 31 Agar so’zlar o’zi ifodalangan tushuncha bilan birgalikda eskirsa, qanday nomlanadi? A) arxaik so’zlar B) iste’moldan chiqqan so’zlar C) tarixiy so’zlar D) eskirgan so’zlar 14 / 31 Tub otlar berilgan qatorni toping. A) qalpoqcha, do’stlarimizga, archalar B) g’azalxonlar, ijodkorlik, C) qassob, zargarlik, quroldosh D) saroydagi, ijodkorlar, sartarosh 15 / 31 Agar so’zlar eskirib, ular ifodalagan tushuncha boshqa so’zlar bilan ifodalansa, bunday so’zlar qanday nomlanadi. A) iste’moldan chiqqan so’zlar B) tarixiy so’zlar C) sinonimi mavjud so’zlar D) arxaik so’zlar 16 / 31 Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) to’liq va to’liqsiz fe’llarga B) o’timli va o’timsiz fe’llarga C) bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarga D) harakat va holat fe’llariga 17 / 31 Rivojlanmoq ,zavqlanmoq ,ajablanmoq fe’llari qaysi nisbatda ekanligini aniqlang A) aniq B) majhul C) orttirma D) o’zlik 18 / 31 Shaxs otlari berilgan qatorni aniqlang A) yulduz,sayyora,samo B) bobo,onajonim,,yigit C) Yer,Quyosh,Oy D) shohko’cha,yo’lak,darcha 19 / 31 Qanday holatlarda otlarda grammatik ko’plikni ifodalayotgan qo’shimcha egalik qo’shimchasidan keyin joylashishi mumkin? A) hurmat ma'nosi ifodalangan otlarda. B) shaxs yoki narsada asli bir dona bo’ladigan predmedlarni bildirgan so’zlarga qo’shilganda. C) atoqli otlarga qo’shilganda. D) ko’plik qo’shimchasi har doim egalik qo’shimchasidan oldin joylashadi. 20 / 31 Atamalar qo’llanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) ilmiy atamalar va kasbiy atamalar B) atamalar bu kabi turlarga bo’linmaydi C) ilmiy atamalar va siyosiy atamalar D) yangi atamalar va eskirgan atamalar 21 / 31 Sifat darajalari qaysi qatorda to’g’ri sanalgan. A) oddiy, qiyosiy, ozaytirma, orttirma. B) sodda, qiyosiy, orttirma. C) oddiy, qiyosiy, orttirma. D) oddiy, qiyosiy, ozaytirma. 22 / 31 Qaysi qatorda juft sifat ishtirok etmagan? A) Menga o'xshash esli -hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan B) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat ,dadillik baxh etgandek bo'ldi C) Ba'zan pi ilka shokoladni ,arzon-garov qo'g'irchoqni olib keladi D) Qo'llari kctmon ,o'roq ,ayri ushlayverganlaridan g'adir-budir haqiqiy dchqon edilar 23 / 31 Qaysi qatordagi gapda fe’lning harakat nomi shakli qatnashgan? A) Ular bog’ o’stirishdi ,paxta ekishdi . B) Mehmonxona yaxshi isitilgan katta stolga dasturxon yozishgan edi . C) Gul ekib daraxt o’stirish kishini ezgulik sari yetaklaydi D) Bu yerda odamlar choy ichishadi chaq –chaqlashishadi ish yuzasidan maslahat qilishadi. 24 / 31 O’rin joy otini yasovchi qo’shimchalar qatorini toping. A) -zor, - iston, -loq. B) -gich., - q, - k. C) –do’z, - bon, -gich. D) -dosh, -zor, -loq. 25 / 31 Berilgan misralaming qaysi birida qo’shma fe’l ishtirok etgan? A) Falak ishiga boq: bir haftada gul B) Saboga hikoyat qildi - to’kildi C) Gul bargini nasim tildi - to’kildi D) Chiqdi, g’unchaladi, kuldi - to’kildi. 26 / 31 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) badbo’y, sovuq B) nimtatir, chuchmal C) serob, kamchil D) bo’ydor, xushbo’y 27 / 31 Berilgan gapdagi fe’l maylini aniqlang Jahli chiqib yurmasin tag’in A) maqsad B) shart C) buyruq –istak D) ijro 28 / 31 Sifat so’z turkumlari berilgan qatorni toping. A) to’lqin,qoziq,maysa B) go’zallik,yaxshilik,xotirjamlik C) oltin,kumush,yoqut D) salqin,jimjit,durkun 29 / 31 Faqat yasama otlar berilgan qatorni toping. A) kalxat, gulchi, o’t. B) chorva, baxt, guldon. C) quvonch, tinchlik, duradgorlik. D) chaqmoq, obkash, uy. 30 / 31 Fe'l nisbatlarining ta'rifi to'g'ri berilgan javobni toping. A) bajaruvchining harakat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari B) B.C. C) bajaruvchining holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari D) Harakatning kim yoki nima tomonidan bajarilishini bildiruvchi fe’l shakllari 31 / 31 Shevaga xos so’zlar qaysi qatorda berilgan? A) momo,moyak,inak B) og’ir,qo’l,ikki C) maktab,suv,tosh D) yaxshi,yomon,sariq 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz