Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №1 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №1 InfoMaster Aprel 6, 2022 366 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №1 FONETIKA BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH IMLO BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH QO’SHIMCHALAR VA ULARNING IMLOSI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 Siz borliqning mo’jizakor qudratini ,shiddatkor sevgi bo’ronini ,bunyodkorlik ,ijodkorlik girdobini ,intiqlik bilan kutganingiz : poklanishni ,bardamlik ,yangilanish ,yengillik ,saxiylik va mehrni o’zingizga singdirasiz Ushbu gapda nechta yasama so’z qo’llangan? A) 12 B) 11 C) 10 D) 9 2 / 30 Til oldi undoshi qaysi qatorda berilgan? A) g B) p C) к D) d 3 / 30 Tuyalar suvsizlikka chidamliligi bilan boshqa cho’l hayvonlaridan ajralib turadi. Ushbu gapda qo’llanilgan so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 4 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 5 ta 4 / 30 Qaysi qatordagi barcha so'zlarda nuqtalar o'rnida f harfi qo'yiladi? A) a... zun, sa... sargul, ta... tish B) a... zal, a.. .g'on, ta... fiq C) a..g’on, a... gor, ta... silot D) a... sona, sha... qat, ta... siflamoq 5 / 30 Til oldi undoshlari to'g'ri berilgan qatomi toping. A) r, s, g B) t, z, sh C) q, g',d D) 1, d, t 6 / 30 Qaysi qatordagi barcha so'zlarda “ng” tovushi ishtirok etgan? A) unga, donga, o'tinga B) nonga, keng, tushuncha C) maymunga, yurganga, borganga D) ongga, yurting, o’zingga 7 / 30 Qaysi so'zda keng unlilar bilan bog’liq xato mavjud emas? A) novvotli B) notovon C) navvos D) natarius 8 / 30 Yo'qolmasdan ilgari bormidi? Mazkur gapda nechta yasama so'z mayjud? A) mavjud emas B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta 9 / 30 1) kav…sh, 2) kib…r, 3) kir…m, 4) lut…f, 5)moy Ilmo qoidasiga ko’ra nuqtalar o’rnida i unlisi qo’shilishi kerak bo’lgan so’zlarni belgilang.. A) 3,5 B) 1,4,5 C) 1.4 D) 1,2,3,5 10 / 30 Paydo bo'lish usuliga ko’ra undoshlar qanday turlarga bo'linadi? A) sof va shovqinlilar B) portlovhi, sirg'aluvchi C) jarangli, jarangsiz D) sonor, shovqinli 11 / 30 Donolik ramzi –so’z ,bilib so’zlansa , Nodonning o’zi ham so’zi qo’lansa Ushbu she’riy misralardagi yasama so’zlar sonini toping A) 1 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta 12 / 30 Telbalik, aslida, ko'pchilik ko'nikkan tarzga xilof yondashish samarasidir. Ushbu gapda nechta yasama so'z qatnashgan? A) 2 B) 4 C) Yasama so'z mayjud emas. D) 3 13 / 30 Joy nomi qaysi javobda to'g'ri yozilgan? A) Katta farg'ona kanali B) Katta Farg'ona kanali C) katta Farg'ona kanali D) Katta Farg'ona Kanali 14 / 30 Gulnor Yo‘lchining onasini mehribon, ko‘ngilchan, g‘oyat samimiy bir qaynona kabi tasavvur qildi.Ushbu gapdagi yopiq bo‘g‘inlar soni nechta? A) 17 ta B) 15 ta C) 14 ta D) 16 ta 15 / 30 Sovuqni sovuq saqlar , Issiqni issiq (Termos) Ushbu topishmoqda nechta yasama so’z mavjud ? A) 4 B) 1 C) 5 D) 3 16 / 30 Lab-tish , sirg'aluvchi, jarangli undosh tovush qaysi qatorda to'g'ri berilgan? A) ng B) m C) f D) d 17 / 30 Aqlli o’zini ayblar, aqlsiz-do’stini.Ushbu gapdagi so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 1 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta 18 / 30 Faqat sirg'aluvchilar ishtirok etgan so'zni toping. A) vafoli B) bilimdon C) bodom D) cholg'om 19 / 30 Lug’aviy shakl qo’shimchalariga qaysilar kiradi? A) –lar, -roq, -cha, -choq B) –ni, -ga, -dan, -ning C) –chi, dosh, -simon D) –man,-san, -miz 20 / 30 Qaysi so‘z imlosiga ko‘ra xato yozilgan? A) badhazim B) boshmaldoq C) boshboshdoq D) burushmoq 21 / 30 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) tanbex, taxmin B) timsox, tuxmat C) tuxfa, tahlit D) rahnamo, rayhon 22 / 30 Qaysi javobdagi barcha so'zlar noto'g'ri yozilgan? A) uchirmoq, taziya, tavsilot B) ishtaha, jaxd, jaholat C) vaxshiy, zuvillamoq, uxlamoq D) raxmat, ma’sul, ma’sud 23 / 30 Lablanmagan o'rta keng unlisini toping? . A) i B) u C) e D) a 24 / 30 “Human ” o’quv markazi tikuvchilik,astarli kastum shim ,pardalar,oqshom liboslari ,modellash va malaka oshirish kurslariga o’qishga taklif etadi Gapdagi yasama so’zlar miqdorini toping A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta 25 / 30 Sirg'aluvchi undoshlar qaysi qatorda berilgan? A) g',v,z,f,sh B) d,t,l,m C) ch,sh,g,ng D) d,r,h,r,g 26 / 30 Ariqlarning bo‘yi yam- yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, nafarmon gullar bilan bezandi. Yuqoridagi gapda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang. A) 11 B) 10 C) 9 D) 8 27 / 30 hokandoz, nomoyish, jaholat, tamosha, tadbiq, mabodo, mojora, tag‘dimot, ma’shum. Ushbu so'zlardan nechtasi noto‘g‘ri yozilgan? A) 5 tasi B) hammasi to‘g‘ri yozilgan C) 7 tasi D) 6 tasi 28 / 30 Qaysi so'zlarda qo‘sh undosh xato qo‘llangan? A) himmatli, haqqoniyat B) tirqirramoq, ushshatmoq C) taajjub, horittirmoq D) uwos, sodda 29 / 30 Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi qatordagi so‘zlaming ikkinchisi xato yozilgan? A) aks-akis B) qism-qisim C) adl-adil D) ahl-ahil 30 / 30 Natijaga mehnatsiz erishib bo’lmaydi.Ushbu gapdagi to‘ldiruvchi tarkibida qatnashgan undosh tovushlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Jarangli til orqa undoshi qatnashgan. B) Jarangli lab undoshi qatnashgan C) Jarangsiz til orqa undoshi qatnashgan. D) Jarangsiz til oldi undoshi 2 o‘rinda qatnashgan. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz