Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №3 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №3 InfoMaster Aprel 6, 2022 151 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №3 SON VA RAVISH SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH MATNDA KO’P MA’NOLI MA’NODOSH SO’ZLARDAN FOYDALANISH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 32 Tuyalar suvsizlikka chidamliligi bilan boshqa cho’l hayvonlaridan ajralib turadi. Ushbu gapda qo’llanilgan so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 6 ta 2 / 32 Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo’llangan? A) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug’orayotgan edim, yap-yangi “Moskvich” kelib to’xtadi. B) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda C) Hovli tor, devorlari baland edi. D) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. 3 / 32 Ravish ishtirok etgan gapni aniqlang. A) 0‘z-o‘zimga shuiiday va’da bergan edim. B) Shu gapni aytganim uchun o'zimdan o‘zim uyalib ketaman . C) Savol bersam, o'zidan o‘zi yig’lab yuborsa bo'ladimi! D) Hamma ayb o‘z-o‘zimda. 4 / 32 Gaplarning qaysi birida ko’chma ma’noli so’z berilgan ? A) Tikansiz gul bo’lmas ,mashaqqatsiz hunar B) Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o’rgangan C) Oltin o’tda bilinear odam mehnatda D) Tabriklardan keyin majlisning rasmiy qismi tugadi 5 / 32 Darja -miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Fidokorona mehnat qilayotgan odam doim niyati tomon intiladi B) Eshik sal ochildi C) Maqsadimiz –tinch yashash ,o’qish va baxtli bo’lish D) Ulg’aygach kashfiyotlar qilamiz ,kurashamiz va g’alaba qozonamiz 6 / 32 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch B) burda, para, karch, chimdim, dasta C) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq D) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq 7 / 32 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) jamlovchi va chama son B) dona va chama son C) sanoq va tartib son D) taqsim va kasr son 8 / 32 Yigirma so’zidan sonlarning qaysi turini hosil qilib bo’lmaydi. A) chama. B) tartib. C) jamlovchi. D) dona. 9 / 32 Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . B) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. C) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . D) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . 10 / 32 Maqsad ravishi qo’llangan gapni aniqlang A) Bir oz tashqarida kuta olmaysizmi? B) Noiloj orqaga qaytdik C) Biz kecha sizni orziqib kutgan edik D) Nodira ataylab kech qoldi 11 / 32 So’zlarning o’z ma’nosi deganda nimani tushunasiz? A) so’zlarning faqat asosdan iborat bo’lgan ma’nosini B) so’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan ma’nosini C) so’zlarning bevosita nutq jarayoniga bog’liq bo’lgan atash ma’nosini D) so’zlarning grammatik ma’nosini 12 / 32 Qaysi javobda arab raqamlarining rim muqobili noto'g'ri ifodalangan? A) LXX - 70, yetmish B) M- 1000, ming C) CCD - 200, ikki yuz D) CM - 900, to'qqiz yuz 13 / 32 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi B) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi C) Bu xola yillab kutdi D) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud 14 / 32 So’zning o’z va ko’chma ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi . Mehribon qo’llar sizni hamisha qo’llab quvatlaydi B) Ilgari ostonamiz tuyoq ko’rmagan . Harbiy intizom temir intizomni talab qiladi C) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi . Daraxtlar uyg’ondi D) Qishloq markaziga shu yo’l bilan boriladi .Bahslashishga yo’l qolmagan edi 15 / 32 Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Adolat sekingina atrofga razm soldi B) Bekatda juda ko’p odam to’plangan edi C) Ertaga ishxonada uchrashamiz D) Qari bilganni pari bilmas 16 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi manosi ifodalangan?Bemorga yengil ovqat bering, oshni ko’tarolmaydi A) ichmoq. B) yo’qotmoq C) hazm qilmoq D) oshirmoq 17 / 32 Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang. A) qarab , aqrab , mansab B) tiklab, pag’alab , mo’ylab C) yonlab , egatlab , maktab D) haftalab ,kilolab ,saharlab 18 / 32 Qaysi gapda yomon so’zi qattiq , juda, nihoyatda so’zlariga sinonim bo’la oladi? A) Inoyat oqsoqol uvi ko’pchilik o’rtasida yomon haqorat qilgan edi. B) Bugun Ahmad yomon uxladi. C) Ishqilib yomon xabar kelmasin-da D) Eng yomoni - xona goyatda. sovuq. edi. (Mirrmuhsin ) 19 / 32 Yomon so’zi qaysi gapda og’ir,xatarli ma’nosida qo’llangan? A) Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab-hiqillab yotibdi B) Hoy do’stim,birovning do’ppisini birovga uddalab kiygizish yomonmi? C) Inoyat oqsoqol uni ko’pchilik o’rtasida yomon haqorat qilgan edi D) Ostonada turgan yomon bo’ladi,qizim,joyingizni bilib o’tiring 20 / 32 Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo‘lsa ham, qomati sambitdek tik.Ushbu gapda qo‘llangan miqdor sonning ma’no turini aniqlang. A) jamlovchi son B) chama son C) dona son D) sanoq son 21 / 32 Qaysi gapda o’lchov so’zi qo’llanmagan ?1.Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu,uch-to’rt piyola choy ichdi.2.Uch-to’rt qadam narida yotgan aravani endi ko’rdi.3.Hali o’ngga, hali so’lga burilib, ikki soat, uch soat yo’l yurdik.4.Shoikrom uni har kuni maktabdan o’zi olib ketar,ikkinchi smenada dars tugaguncha poylab turar edi.5.Abdulla qovunchiga o’sha va’da qilingan 50 gektar yer berildi. A) 3 B) barcha gaplarda hisob so’zi qo’llangan C) 4 D) 1,5 22 / 32 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin B) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in C) Meng ikki dona non bering D) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi 23 / 32 Ma’nodosh ravishlar berilgan qatorni aniqlang . A) olg’a, oldinda, o’rtada B) sal, picha, ko’p C) jindek, jichcha, ozgina D) yakka, yagona, batamom 24 / 32 Sabab ravishi qatnashgan gapni toping A) Hayotning o’z bayramlari bo’lganidek ,ozgina azoblari ham b’ladi,bolam chidash kerak B) Bir oz dam olishgach ,yo’lga tushishdi C) Saida jo’rttaga bilmaslikka oldi D) Bo’taboyev noiloj maslahatga ko’ndi 25 / 32 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Bu xola yillab kutdi B) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud C) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi D) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi 26 / 32 Sonlar juftlashganda qaysi ma'no turini hosil qiladi. A) miqdor. B) kasr. C) tartib. D) chama. 27 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Xo’jaligimiz har gektar yerdan 30 sentenerdan hosil ko’tardi A) hazm qilmoq B) yetishtirmoq C) oshirmoq D) yo’qotmoq 28 / 32 So’zning ko’chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi ? A) so’zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi B) nutq tarkibidagi boshqa so’zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi C) morfologik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi D) sintaktik yo’l bilan yasalgan so’zlar ma’nosi 29 / 32 Ko’tarmoq fe’li qaysi so’zga biriksa yetishtirmoq ma’nosi anglashiladi ? A) ovozini B) hirmon C) qo’l D) kitob 30 / 32 1 Yaxshiyam universitet yaqinda 2 Yaqinda o’qishni tugatadi Ushbu gaplardagi yaqinda so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ? A) har ikkala gapda o’rin ravishi B) har ikkala gapda payt ravishi C) birinchi gapda payt ravishi ,ikkinchi gapda o’rin ravishi D) birinchi gapda o’rin ravishi ,ikkinchi gapda payt ravishi 31 / 32 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Atrofga kulrang harir parda bo’lib yoyila boshlagan oqshom qorong’iligi quyuqlashib borardi B) Nihoyat ,kichik bir qiyalikda so’qmoq ko’rindi C) Osmon bulut. D) Buloqdan nariroqda do’nglik bo’lib ,atrofga shox otib ketgan tok Shoxlari ko’zga tashlanar 32 / 32 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Buni oradan ko’tarmasak ish bitmaydi A) yo’qotmoq B) oshirmoq C) ichmoq D) hazm qilmoq 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz