Kimyo attestatsiya №8

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Kimyo fanidan attestatsiya savollari №8

Ma'rifat jurnalidagi testlar

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Biror element izotopining radioaktiv yemirilishida pozitron ajralib chiqsa, qanday jarayon sodir bo‘ladi?
1) massasi deyarli o‘zgarmaydi;
2) elektron yadroga qulaydi;
3) neytron protonga aylanadi;
4) proton neytronga aylanadi.

2 / 40

Elementning oksidlanish darajasi -2 va +4 bo’lgan ionlaridagi elektronlari yig’indisi 30 ta bo’lsa, shu element atomidagi nuklonlar elektronlardan nechtaga ko’pligini toping.

3 / 40

Ni+3 ioni nechta 3d-elektronga ega?

4 / 40

22,4 litr (n.sh) noma'lum gaz tarkibida 9, 03·10²⁴ ta proton bo'lsa, uni aniqlang.

5 / 40

4 mol litiyning massasi qaysi metallning 0,5 molidan 8 g og‘ir?

6 / 40

¼ moli 7,0 g keladigan oksidning formulasini ko‘rsating.

7 / 40

243Pu → 224Ac + xα + y-e + 7n Ushbu yadro reaksiyasida 3,01∙1019 dona elektron ajralgan bo’lsa, reaksiyada hosil bo’lgan aktiniy miqdorini (mg) hisoblang.

8 / 40

Quyidagi qaysi o‘zgarishlarda molekula tarkibidagi uglerod qaytariladi? 1) etanal → etanol; 2) toluol → benzoy kislota; 3) propanal → propan kislota; 4) propen kislota → propan kislota; 5) 2-nitropropan → 2-aminopropan; 6) siklogeksen → siklogeksan.

9 / 40

Monogalogenalken tarkibida 7 ta vodorod atomlari mavjud bo‘lsa, unga to‘g‘ri keladigan ochiq zanjirli, uglerod atomlari tarmoqlanmagan izomerlar soni eng ko‘pida nechta? (Fazoviy izomerlar hisoblanmasin.)

10 / 40

5 litr hajmli idishda A + В → С + D reaksiyaning 10°C dagi tezligi 0,6 mol/(l–min) . 50°C da esa 4 mol D modda 5 sekundda hosil bo‘lsa, reaksiyaning temperature koeffeiyentini ( γ )aniqlang.

11 / 40

A(g) + 3B(g) = C(g) + 2D(g) reaksiyada A va В moddaning boshlang‘ich konsentratsiyalari mos ravishda 5 va 9 mol/l ga teng. 20 sekunddan so‘ng ularning konsentratsiyalari tenglashgan bo‘lsa, D moddaning hosil bo‘lish tezligini (mol/(l•s) ) hisoblang.

12 / 40

Metan gomologi yondirilganda 1,2•10²³ dona CO2 va 4,5 sm³ (P=1 atm, T=277 K) suv hosil bo‘ldi. Alkanning molar massasini (g/mol) hisoblang. ( NA = 6•10²³ mol–1)

13 / 40

Qaysi birikma(lar)da fosfor III valentli hisoblanadi? 1) PCl5; 2) PCl3; 3) P4 4) P2O5 .

14 / 40

Molar massasi 86 g/mol bo‘lgan uglevodorodning ikkilamchi uglerod tutgan izomerlar soni eng ko‘pida nechta?

15 / 40

Geliy bilan qaysi gaz teng massada aralashtirilsa, molar massa 7.0 g/mol bo‘ladi?

16 / 40

HF va ozondan iborat gazlar aralashmasidagi moddalar mos ravishda 1,204·10²³ va 0,72•NA dona neytronga ega bo‘lsa, gazlar aralashmasining molar massasini (g/mol) hisoblang.

17 / 40

X+1, X–3, X+5 zarrachalaridagi proton va elektronlar yig‘indisi 87 ga teng bo‘lsa, X elementning yuqori oksidi molar massasini (g/mol) hisoblang.

18 / 40

Quyidagi moddalarni bog‘ energiyasi ortish tartibida joylashtiring. 1) HCl; 2) HF; 3) HJ 4) HBr.

19 / 40

720 g (p = 1,2 g/ml) 0,3M li sulfat kislota eritmasi bilan 200 ml 0,6M li X eritmasi to‘liq reaksiyaga kirishdi. X ni toping.

20 / 40

Zichligi 1,2 g/ml bo‘lgan 600 g eritmada 147 g ortofosfat kislota mavjud. Eritma konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang. (Zichlik nisbiy olingan)

21 / 40

Dixlorsikloalkan tarkibida 6 ta H atomi mavjud bo‘lsa, uning siklik izomerlari soni eng ko‘pi bilan nechta bo‘lishi mumkin? (Fazoviy izomerlar hisobga olinmasin.)

22 / 40

Kimyoviy elementlar davriy sistemasining asosiy guruhchasida tartib raqami kamayishi bilan element xossalari qanday o‘zgaradi?

23 / 40

Is gazi va karbonat angidriddan iborat gazlar aralashmasida jami kislorod atomlarining massa ulushi 64% bo‘lsa, is gazining massa ulushini (%) hisoblang.

24 / 40

Qaysi element atomining qo‘zg‘almagan holatida tashqi qobig‘idagi toq va juft elektronlar soni o‘zaro teng?

25 / 40

O‘rtacha tezligi 2,5 mol/(l•min) bo‘lgan reaksiya (X(g) ↔ Y(g) ) uchun 5 mol X modda olindi. Agar 24 sekunddan keyin 12,04•10²³ dona X sarflanmay qolgan bo’lsa, reactor hajmi qancha (litr) bo‘lganligini toping.

26 / 40

Agar alkan molekulasidagi uglerod atomlari orasidagi ?-bog‘lar soni m ga teng bo‘lsa, molekuladagi jami atomlar sonini aniqlang

27 / 40

Ozon (1) va olmos (2) ning kristall panjaralarini aniqlang. a) atom; b) molekular.

28 / 40

Quyidagi reaksiya uchun koeffitsiyentlar yig‘indisini aniqlang. C3H6(OH)n +xO2 →yCO2 + 4H2O

29 / 40

Bog‘i qutbli, molekulasi qutbsiz bo‘lgan moddani belgilang.

30 / 40

Bariy gidroksid va mo‘l miqdordagi nitrat kislota ta ’sirlashuvidan olingan tuz molekulasi tarkibidagi atomlar sonini aniqlang.

31 / 40

40 g natriy gidroksid eritmasida 14,2 g fosfat angidrid eritilganda ekvimolar nisbatdagi nordon tuzlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Ishqor eritmasining konsentratsiyasini (%) hisoblang.

32 / 40

Yopiq idishda kislorod gazi ozonlantirilganda bosim 10% ga kamaydi. Ozonlangan kislorodda (Оз) qiymatini hisoblang.

33 / 40

Qaysi moddalarning tarkibi olinish usuliga bog‘liq? 1) CO2; 2) FeO; 3) H2O; 4) NO2; 5) Ca3N2; 6) VO.

34 / 40

8 g NaOH dan foydalanib qanday massali (g) 4 molyalli eritma tayyorlash mumkin? (Molyallik – 1 kg erituvchiga mos keluvchi erigan modda miqdori)

35 / 40

Alyuminiy gidroksid va mo‘l miqdordagi nitrat kislota ta ’sirlashuvidan olingan tuz molekulasi tarkibidagi atomlar sonini aniqlang.

36 / 40

C6H5CH2CH3+KMnO4 + H2SO4→ Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini tugallang hamda chap tomondagi koeffitsiyentlar yig‘indisini aniqlang.

37 / 40

ClO⁻n ioni tarkibida 50 ta elektron bo‘lsa, undagi sp2 – orbitallar sonini aniqlang.

38 / 40

Qaysi zarrachalar tarkibida elektrolar farqi 2 ga teng?

39 / 40

Fe2+ ioniga izoelektron bo‘lgan organic zarrachalarni ko‘rsating. 1) propen; 2) xlormetan; 3) +CH2Cl; 4) etanol

40 / 40

Metall, kovalent va ion bog‘lanishli moddalar ketma – ketligini toping.

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0