Geografiya fanidan attestatsiya savollari №9

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Geografiya fanidan attestatsiya savollari №9

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Ozon tuynugi deb nom olgan holat so’ngi yillarda qayerda xosil bo’ldi?

2 / 40

Iqlimi asosan mo'tadil bo'lib, musson shamollari ta'sirida shakllanadi. Yozi issiq va nam bo'lib, uzoq davom etadi, qish esa uncha sovuq emas, lekin quruq. Yuqoridagi iqlim xususiyati qaysi mamlakatga xos?

3 / 40

Suratdagi olim haqida ma’lumot: O’rta Osiyo va arab geografiyasi asoschisi hisoblanadi, ,,Jahon xaritalari’’ asosida o’z asarini yozgan. Savol: qaysi variantda suratdagi olimga tegishli jumla aytilgan?

4 / 40

Ma’lum bir sutkaning haroratlar yig’indisi + 84 °C chiqgan bo’lsa,o’sha sutkaning o’rtacha haroratini aniqlang.

5 / 40

Afrikaning qaysi qismida 34 ta davlat BMT tomonidan jahonning eng sust rivojlangan davlatlar guruhiga kiritilgan?

6 / 40

Hind okeaning eng sho’r dengizi bilan Sargossa dengizing sho’rligi qancha farq qiladi?

7 / 40

Iqlim mintaqalari va tabiat zonalari, tabiat komplekslarinig qanday tuzilishiga misol bo’ladi?

8 / 40

Quydagi ma’lumotlarni tahlil qilib Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni aniqlang. I.Janubiy Amerika II.Avstraliya 1.gondvana quruqliging bir bo’lagi 2.emu tuyaqushi yashaydi 3.nandi tuyaqushi yashaydi

9 / 40

Gondvana materigidan ajralib chiqan eng katta materik qaysi?

10 / 40

Jadvalni to’g’ri taqsimlang.

11 / 40

Fransiya bilan chegaradosh bo‘lgan davlatni belgilang.

12 / 40

Turkiya qaysi davlatlar bilan chegaradosh?

13 / 40

Marganes rudasining yirik koni quyidagi qaysi davlat hududida ochilgan?

14 / 40

Afrika materigiga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlarni belgilang. 1) tabiat zonasi har ikkala kengliklar bo‘yicha takrorlanib joylashgan; 2) eng quruq materik; 3)chuchuk suvli eng uzun ko‘li bor; 4)o‘rtasidan janubiy tropik chizig‘i o‘tgan, 5)sayyoramizning yaxlit noyob qo‘riqxonasi bor; 6) o‘rtacha balandligi bo‘yicha eng baland.

15 / 40

Asaka shahridagi avtozavodga Jizzax, Navoiy, Andijon shaharlaridagi korxonalar akkumulyatorlar, avtomobil elektr o‘tkazgichlari, avtomobil o‘rindiqlari yetkazib bersa, bunday ishlab-chiqarish shakli nima deb ataladi?

16 / 40

Buxoro viloyatining yozuvsiz xaritasida Gazli va Qorovulbozor sanoat punktlari qaysi raqamlar bilan tasvirlangan?

17 / 40

Dunyo bo‘yicha quyidagi qaysi hududlarda aholi juda zich joylashgan?

18 / 40

O‘rta Osiyoning tog‘ mintaqasining 2700-2800 metr va undan baland bo‘lgan joylarida yillik yog‘in miqdori necha millimetr atrofida o‘zgarib turadi?

19 / 40

Materik sayozlik Atlantika okeanining qaysi qismida katta maydonni egallaydi?

20 / 40

O‘zbekiston hududining janubiy qismida ko‘proq qaysi shamollar harakat qiladi?

21 / 40

Hududning korxonalarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan qulay qismi nima deyiladi?

22 / 40

Toshkent iqtisodiy rayonida yalpi sanoat mahsulotining necha foizi og‘ir sanoat hissasiga to‘g‘ri keladi?

23 / 40

Turon tabiiy geografik kichik o‘lkasiga g‘arbdan va sharqdan qaysi hududlargacha bo‘lgan joylar kiradi?

24 / 40

O‘rta Zarafshon okrugida joylashgan eng muhim soylarni belgilang.

25 / 40

Havo haroratining sutkalik amplitudasi 15◦C ni tashkil etdi. Sutkalik havo haroratining eng past ko‘rsatkichi 4◦C ga teng. Sutkalik havo haroratining eng yuqori ko‘rsatkichini aniqlang.

26 / 40

Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining qaysi hududlarida yozda ba’zan eng yuqori harorat +43◦C ga ko‘tariladi?

27 / 40

"Pampa" indeyeslar tilida qanday ma’noni anglatadi?

28 / 40

Janubiy Amerika materigiga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlarni belgilang. 1) eng baland harakatdagi vulqoni bor; 2) eng uzun tog‘i bor; 3) yirtqich hayvonlari yo‘q; 4)endemik organizmlarga boy; sayyoramizning yaxlit qo‘riqxonasi bor; eng katta deltasi bor

29 / 40

Selning tezligi soatiga necha kilometrni tashkil etishi mumkin?

30 / 40

Relyef shakllari va ularning balandligi mos tushadigan to‘g‘ri javobni aniqlang. 1) 200 m gacha; 2) 200 m dan 500 m gacha. а) pasttekislik; b) qir; с) botiq.

31 / 40

Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugida, qishda ba’zan sovuq havo massalarining turib qolishi natijasida eng past harorat necha gradusga tushib ketadi?

32 / 40

Mis rudasini qazib olish va uni jahon bozoriga chiqarishda quyidagi qaysi davlatlar yetakchilik qiladi?

33 / 40

Quyidagi qaysi davlat ikkita okean akvatoriyasiga chiqish imkoniyatiga ega?

34 / 40

Ma’muriy-hududiy tuzilishiga ko‘ra federativ bo‘lgan davlatlarni belgilang.

35 / 40

Hind okeaniga tegishli bo‘lgan dengizlarni belgilang. 1) Arafur; 2) O‘rta; 3) Mouson; 4) Filippin; 5) Seram; 6) Liguriy

36 / 40

Afrikaning qaysi yirik shaharlari atrofida aglomeratsiyalar shakllangan?

37 / 40

Panj va Vaxsh daryolarining qo‘shilishidan qaysi daryo hosil bo‘ladi?

38 / 40

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra qadimgi kishilar bundan qancha yil ilgari Yerning shaklini chizmada tasvirlashga harakat qilishgan?

39 / 40

2016-yil ma’lumotiga ko‘ra, Yevrosiyo aholisining o‘rtacha zichligi 1 km2 ga necha kishi to‘g‘ri kelgan?

40 / 40

So‘nggi yillarda Yevropaning aluminiy korxonalari qaysi mamlakatlardan olinadigan xomashyoga tayanmoqda?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0