Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 9-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 9-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 169 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 2 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Adabiyot 9-mavzu yuzasida testlar 9 – MAVZU: SAID AHMAD 1 / 28 “Kuntug‘mish” dostonida Kuntug‘mishning vujudidan kasallik topolmay, dardini ishqdan bilgan va buni podshoga yetkazgan ayyor timsolni aniqlang. A) qushnoch B) eshon C) baxshi D) mulla 2 / 28 Lutfiy haqida bitilgan quyidagi misralar qaysi manbadan olingan? «...To'qson to'qqiz yoshida olamdin o'tdi. Qabri Dehikanordadur, o'z maskani erdi». A) «Tazkirat ush-shuaro» B) «Majolis un-nafois» C) «Nasoyim ul-muhabbat» D) «Muzakkir ul-ahbob» 3 / 28 Sof turkiy she’riyatgagina xos bo`lgan janr? A) fard B) ruboiy C) g`azal D) tuyuq 4 / 28 Nodiraning qaysi g'azalida lirik qahramon gapni to'g'ridan-to'g'ri yorga murojaatdan boshlaydi, ammo g'azalning boshidan-oxirigacha biror joyda «yor» so'zi ishlatilmaydi? A) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et..» deb boshlanuvchi g'azalining B) «Etib ket» radifli g'azalining C) «Oqibat» radifli g'azalining D) «Eshit..» radifli g'azalining 5 / 28 G'afur G'ulomning qaysi she'rida ortiqcha nasihatbozlikdan, aql o'rgatishdan, yo'l ko'rsatishdan asar ham yo'q, aksincha, mehribon, jonkuyar otaning ezgu umidlari ko'ngilga xush yoquvchi ovozda farzandga izhor etiladi? A) «Vaqt» she'rida B) «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» she'rida C) «Kuzatish» she'rida D) «Sog'inish» she'rida 6 / 28 Oybekning «Na'matak» she'rida qaysi obrazning na'matakning poyida yum-yum yig'lashi tasvirlanadi? A) oq yulduzning B) vahshiy toshlarning C) viqor-la o'shshaygan qoyalarning D) kumush qorning 7 / 28 «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida qaysi sardorning o'n yara yesa ham otda tik turganligi ta'kidlanadi? A) Temur Malikning B) Jaloliddin Manguberdining C) Amir Badriddinning D) Elbors pahlavonning 8 / 28 Usmon Nosirning dostonlari qaysilar? A) «Atlas», «Norbo'ta», «So'nggi kun» B) «Naxshon», «Norbo'ta», «Atlas», «Zafar» C) «Atlas», «Zafar» D) «Naxshon», «Norbo'ta» 9 / 28 Said Ahmad qaysi ijodkorning psixologik tasvir mahoratini o'zida mujassamlashtira olgan adib hisoblanadi? A) G'afur G'ulomning B) Abdulla Qahhorning C) Usmon Nosirning D) Oybekning 10 / 28 S.Ahmadning "Ufq" romani necha kitobdan iborat va bunday roman nima deb ataladi? A) to'rt kitobdan – tetralogiya B) Besh kitobdan - pentalogiya C) Ikki kitobdan - diologiya D) Uch kitobdan - trilogiya 11 / 28 Said Ahmad qaysi ijodkorning ixcham va teran fikrlash fazilatini o'zida mujassamlashtira olgan adib hisoblanadi? A) Furqatning B) Fitratning C) Hamid Olimjonning D) Abdulla Qahhorning 12 / 28 "Ufq" da tasvir etiigan qishloq hayotini, odamlarini ko'rib, bar bir katta o'zbek katta iftihor bilan: "Biz o'zbeklar !" -deydi. Mazkur ta'rif egasi qaysi javobda tog'ri ko'rsatilgan? A) P. Qodirov B) "A.Qahhor C) O.Yoqubov D) A.Oripov 13 / 28 «Qochoq» hikoyasi «Ufq» romanining nechanchi kitobidan olingan? A) ikkinchi kitobidan B) birinchi kitobidan C) to'rtinchi kitobidan D) uchinchi kitobidan 14 / 28 «Ufq» romanining qaysi qismida qahramonlarning urushda va front ortidagi qahramonliklari haqida hikoya qilinadi? A) «Qirq besh kun» B) «Hijron kunlarida» C) «Ufq bo'sag'asida» D) «Ufq» 15 / 28 Said Ahmad qaysi ijodkorning yumorini o'zida mujassamlashtira olgan adib hisoblanadi? A) G'afur G'ulomning B) Mirtemirning C) Mirkarim Osimning D) Abdulla Qahhorning 16 / 28 «Qochoq» hikoyasida Tursunboyning (hamma narsadan kechganida ham) ko'nglining bir chekkasidagi ilinjini toping A) aybini avf etishi mumkin bo'lgan otasi B) ovqat olib keladigan onasi C) sevgan qizi - Zebixon bilan topishishi D) qachonlardir odamlar orasiga qaytishi 17 / 28 «Ufq» romanining qaysi qismida Katta Farg'ona kanali qurilishi qalamga olingan? A) «Ufq bo'sag'asida» B) «Qirq besh kun» C) «Ufq» D) «Hijron kunlarida» 18 / 28 «Qochoq» hikoyasida Nizomjon Jannat xolaning o'limi haqidagi xabarni Tog'aga yetkazish maqsadida qayerga ot choptirib ketadi? A) Mingbuloq qishlog'iga B) Bildirsoy qishlog'iga C) Zirillama qishlog'iga D) Kapsan qishlog'iga 19 / 28 «Qochoq» hikoyasida Tursunboy bilan birga o'qigan, birga katta bo'lgan, urushda qahramon bo'lgan raisning o'g'li kim? A) To'lanboy B) A'zamjon C) Nizomjon D) Azizxon 20 / 28 Said Ahmadning mustaqillik yillarida yaratgan hajviy to'plamlarini toping. A) «Yo'qotganlarim va topganlarim», «Bir o'pichning bahosi» B) «Xandon pista», «Bir o'pichning bahosi» C) «Yo'qotganlarim va topganlarim», «Qorako'z majnun» D) «Jimjitlik», «Xandon pista» 21 / 28 Said Ahmadning qaysi romanida «qizil imperiya»ning rang-barang nayranglari tufayli hayoti fojiali kechgan kishilar taqdiri bo'yab-bejalmasdan, haqqoniy ko'rsatilgan? A) «Ufq» B) «Kiprikdagi tong» C) «Kelinlar qo'zg'oloni» D) «Jimjitlik» 22 / 28 Said Ahmadning xalqimizning sho'ro hukumati davridagi zohiran tinch, turg'unlik yillarida kechirgan kunlaridan hikoya qiladigan asari qaysi? A) «Kelinlar qo'zg'oloni» B) «Jimjitlik» C) «Ufq» D) «Kiprikdagi tong» 23 / 28 «Qochoq» hikoyasida Nizomjon orden (qizil quticha)ni ilk bora kim orden olganda ko'rgan edi? A) Asrora B) Dildor C) Ikromjon D) A'zamjon 24 / 28 «Qochoq» hikoyasida urushdan bir oyog'idan ajrab kelgan kim edi? A) Ikromjon B) Rayim C) A'zamjon D) To'lanboy 25 / 28 «Qochoq» hikoyasida yigitlik qasamidan kecha olgan, ona vujudini kemirayotgan dardni pisand qilmagan, sharmandalikda yashashga rozi bo'lgan yigit kim? A) A'zamjon B) Tursunboy C) Nizomjon D) To'lanboy 26 / 28 Said Ahmad qalamiga mansub komediyani toping. A) «Qorako'z majnun» B) «Kelinlar qo'zg'oloni» C) «Jimjitlik» D) «Yo'qotganlarim va topganlarim» 27 / 28 «Ufq» roman-trilogiyasining ikkinchi kitobi qanday nomlangan? A) «Qirq besh kun» B) «Ufq bo'sag'asida» C) «Qochoq» D) «Hijron kunlarida» 28 / 28 Said Ahmadning dastlabki hikoyalar to'plamini toping. A) «Cho'l burguti» B) «Farg'ona hikoyalari» C) «Tortiq» D) «Ег уигак» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz