Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 16-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 16-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 102 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Adabiyot 16-mavzu yuzasida testlar 16 – MAVZU: ROBINDRANATH THAKUR 1 / 35 “Kuntug’mish” dostonida Xolbeka dorga qarab aytgan nolasida kimdan madad so’raydi ? A) Bobo Zangi podachidan B) Xolmo’min yasovulboshidan C) Kuntug’mishdan D) ) mashhur so’fiy Mansur Hallojdan 2 / 35 Lutfiy qaysi g'azalida maqol keltirish orqali yorni zimdan tik turgan shamga o'xshatadi va o'quvchiga uning shamdek oppoqligi-yu yuzining yonib turgan shamdek yorug'ligini tasawur qildiradi, yorning sochini esa qorong'ulikka o'xshatadi? A) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» B) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» C) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» D) «Xoh inon, xoh inonma» 3 / 35 Alisher Navoiy alohida mustaqil asar sifatida bitilgan barcha fardlarini bir yerga jamlab, qaysi devonining tarkibiga kiritgan? A) «Badoye' ul-vasat» devonining B) «G'aroyib us-sig'ar» devonining C) «Favoyid ul-kibar» devonining D) «Navodir ush-shabob» devonining 4 / 35 Nodiraning «Oqibat» radifli g'azalidagi eng muhim badiiy san'at qaysi? A) tashbeh B) mubolag'a C) tazod D) tashxis 5 / 35 G'afur G'ulomning qaysi she'rida «Jabrda masala qo'sh muammodir. Xuddi shunda bir ulug' qurilish jodir» misralari uchraydi? A) «Kuzatish» she'rida B) «Vaqt» she'rida C) «Sog'inish» she'rida D) «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» she'rida 6 / 35 Oybekning Ikkinchi jahon urushi qurbonlari haqida uzluksiz kelayotgan shum xabarlar dahshatini o'zida ifoda etgan to'rtligi nomini toping A) «Olovli уо'Иаг» B) «Front bo'ylab» C) «0'zbekiston» D) «Qoraxat» 7 / 35 Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy o'zining qaysi asarida Jaloliddin Manguberdining hayoti va faoliyatini mufassal yozib qoldirgan? A) «Gulshani davlat» B) «Ravzat us-safo» C) «Shohidi iqbol» D) «Tarixi Jaloliya» 8 / 35 Usmon Nosir qalamiga mansub «Nil va Rim» she'rida qaysi yunon shoirlarining nomlari tilga olinadi? A) Homer va Minis B) Minis va Vergiliy C) Homer va Tifon D) Homer va Vergiliy 9 / 35 "Ufq" da tasvir etiigan qishloq hayotini, odamlarini ko'rib, bar bir katta o'zbek katta iftihor bilan: "Biz o'zbeklar !" -deydi. Mazkur ta'rif egasi qaysi javobda tog'ri ko'rsatilgan? A) P. Qodirov B) A.Oripov C) O.Yoqubov D) "A.Qahhor 10 / 35 “Chinor” romani boshida qaysi obraz butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlanadi? A) Akbarali B) Ochilbobo C) Azimjon D) Bektemir 11 / 35 Ozod Sharafiddinov kimning ijod maktabida tahsil olgan edi ? A) P Qodirov B) A Qahhor C) G’afur G’ulom D) A Qodiriy 12 / 35 To’ra Sulaymon “Iltijo “she’rida nimani go’zallikka ishora deb aytadi ? A) zamonga oshiqligim B) o’langa oshiqlikni C) bo’stonga oshiqligim D) ummonga oshiqligim 13 / 35 «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omon ayrim jonivorlarni sira otmas, aksincha, uzoq-uzoq tomosha qilishni yaxshi ko'rardi, ularning tundek unlariga singishib o'tirishni istardi, inson ruhiyatidagi bu aynish holati G'arb psixologiya fanida qanday talqin etiladi? A) «optimizm» — «nekbinlik» B) «tragediya» — «fojia» C) «nekrofiliya» — «o'limsevariik» D) «pesimizm» — «tushkunlik» 14 / 35 Muhammad Yusufning «Vatanim» she'rida xalq og'zaki ijodidagi qaysi ot tilga olinadi? A) Boychjbor B) G'irot C) Qora tulpor D) Saman ot 15 / 35 Fuzuliy qalamiga mansub «0'landan so'r» radifli g'azalning qofiyasidagi arabiy so'zlarni toping. A) hushyor, yor B) bemor, diydor C) xummor, vor D) asror, xummor 16 / 35 Thakurning qaysi asarida bag'ritosh, insoniy sifatlardan mahrum, nafs bandalari hamda ezgu tuyg'ular egasi, pokiza qalbli insonlar o'rtasidagi ixtilof va ziddiyatlar mahorat bilan tasvirlangan? A) «Nur va soyalar» B) «Ko'zga tushgan cho'p» C) «Shubxa» D) «Gang daryosining qizi» 17 / 35 Thakur asari asosida «0'zbekfilm» kinostudiyasida (1961-yilda) suratga olingan badiiy film qanday nomlangan? A) «Gang daryosining qizi» B) «Ko'zga tushgan спо'р» C) «Nur va soyalar» D) «Halokat» 18 / 35 Thakurning «Shubxa» hikoyasida Banikontxaning qaysi qizining ismi «shirin zabon» ma'nosini anglatar edi? A) Sharbashining B) Shubxashining C) Shuxashining D) Shukeshining 19 / 35 R. Thakurning рок insoniy muhabbat ulug’langan kitoblarini toping. A) «Chitra», «Lahza» B) «Tonggi qo'shiqlar», «Suratlar va qo'shiqlar» C) «Bibla sohili», «Donishmand Roja» D) «Oqshom qo'shiqlari», «Suratlar va qo'shiqlar» 20 / 35 «Shubxa» hikoyasida qaysi obraz suv paisi bo'lishni orzu qilardi? A) soqov qiz B) Shukeshi C) shol qiz D) Shuxashi 21 / 35 R. Thakurning ilk she'riy to'plami qanday nomlangan? A) «Bibha sohili» B) «Suratlar va qo'shiqlar» C) «Tonggi qo'shiqlar» D) «Oqshom qo'shiqlari» 22 / 35 Thakurning ijtimoiy-siyosiy faoliyatining ijtimoiy-badiiy ko'rinishi sifatida yaratilgan she’riy to’plamlarini toping. A) «Roja va Rani», «Qurbonlik» B) «Chitra», «Lahza» C) «Tonggi qo’shiqlar», «Malini» D) «Chitrangoda», «Malini» 23 / 35 «Shubxa» hikoyasida Shubxa kimga ilonlar shohining boshidagi tojdan qimmatbaho toshni olib kelib berishni va u suvosti saltanatiga tushganida, kumush saroydagi oltin taxt ustida Shubxani ko'rishini xayol qilardi? A) otasiga B) Protapga C) Gonshayga D) onasiga 24 / 35 Thakur qaysi asaridagi bosh qahramonning ayanchli taqdiri orqali kitobxonni, insonni tushunishga, uning qalbiga quloq solishga da'vat etadi, nainki to'rt muchasi sog', balki jismoniy kamchiligi bor har bir insonni ardoqlashga chorlaydi? A) «Pochta» pyesasidagi B) «Nur va soyalar» pyesasidagi C) «Nur va soyalar» hikoyasidagi D) «Shubxa» hikoyasidagi 25 / 35 Thakurning «Shubxa» hikoyasida Shubxashilar oilasi qayerga ko'chib ketadilar? A) Bombeyga B) Agraga C) Dehliga D) Kalkuttaga 26 / 35 «Shubxa» hikoyasida qaysi qahramon Shubxaga juda yaqin ekanini ko'rsatish uchun sodda qilib Shu deb chaqirar edi? A) otasi B) Protap C) onasi D) Shukeshi 27 / 35 Thakurning «Shubxa» hikoyasida Banikontxaning qaysi qizining ismi «xushtabassum» ma'nosini anglatar edi? A) Shubxashining B) Shukeshining C) Shuxashining D) Sharbashining 28 / 35 Thakurning «Shubxa» hikoyasida Shubxa qaysi qishloqda turar edi? A) Kotxamala B) Darapat C) Akyanomonjori D) Chondipur 29 / 35 Thakurning ijtimoiy-siyosiy faoliyati natijasi o'laroq yaratilgan falsafiy dramalari qaysilar? A) «Roja va Rani», «Qurbonlik», «Chitrangoda», «Malini» B) «Hisob-kitob», «Jazo», «Roja va Rani», «Qurbonlik» C) «Roja va Rani», «Qurbonlik», «Jazo», «Nur va soyalar» D) «Chitra», «Lahza», «Chitrangoda», «Malini» 30 / 35 Thakurning «Shubxa» hikoyasida Shubxashi uchun qayerdan kuyov topadilar? A) Bombeydan B) Kalkuttadan C) Agradan D) Dehlidan 31 / 35 Thakurning «Shubxa» hikoyasidagi yalqov obrazni toping A) Shubxashi B) Protap C) Banikontxa D) Shukeshi 32 / 35 Thakurning qaysi qo'shig'i Bangladesh Xalq Respublikasining milliy madhiyasiga aylangan? A) «Xalq qalbi» B) «Bengaliya qalbi» C) «Mening oltin Bengaliyam» D) «Oltin Bengaliya» 33 / 35 Thakur qaysi she'riy to'plami uchun Xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo'ladi? A) «Gitanjali» B) «Oqshom qo'shiqlari» C) «Lahza» D) «Chitra» 34 / 35 Thakurning o'zbek tiliga necha jildlik tanlangan asarlar to'plami tarjima qilingan? A) 8 jildlik B) 3 jildlik C) 5 jildlik D) 10 jildlik 35 / 35 Thakur qaysi kitobini o'zi ingliz tiliga tarjima qilgan? A) «Gitanjali» B) «Lahza» C) «Chitrangoda» D) «Chitra» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz