Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 7-sinf Adabiyot » 7-sinf Adabiyot 9-mavzu 7-sinf Adabiyot 7-sinf Adabiyot 9-mavzu InfoMaster Mart 19, 2022 386 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Adabiyot 9-mavzu yuzasida testlar 9-MAVZU: "RAVSHAN" DOSTONI 1 / 28 Qaysi javobdagi ma’lumot Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida? A) U jamiyat a’zolarini ma’rifatli, o‘qimishli va ilg‘or fikrli qilishga qaratilgan «Millatimga», «Ahvolimiz» she’rlari va «Juvonboz» hikoyasi muallifidir. B) U insonlarning kelajagi uchun tarbiya muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab, shunday deydi: «.. .tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidur» C) U Shahrisabz va Karkida yangi usulda ta’lim berishga ixtisoslashgan jadid maktablari ochadi. Yangi maktablar uchun «Muxtasar islom tarixi», «0‘qu» singari darsliklarni yaratadi. D) U yangi usulda ta’lim berishga ixtisoslashgan jadid maktablari ochgan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun «Yengil adabiyot», «Qiroat kitobi» singari darslik va majmualar yaratgan. 2 / 28 S. Zunnunova qaysi she'rida «sevgili yor rasmini Chizmoqqa munosib rang topolmayin chamanda tentirab yurgan rassomday» misralarini keltiradi? A) «Yer uzra qo'ndi oqshom» B) «Mening Vatanim» C) «Qizimga» D) «Buvilar duoga qo'llarin ochib» 3 / 28 Qaysi qatordagi asarlar Shuhrat qalamiga mansub? A) «Navoiy», «Quvosh qoraymas», «Singan umid». B) «Shinelli yillar». «Oltin zanglamas», «Jannat qidirganlar». C) «Tushda kechgan umrlar», «Shamol esaveradi», «Odamlar nima derkin». D) «Bahor qaytmaydi», «Qatog'on», «Inson sadoqati». 4 / 28 Rasul Hamzatov she’rlaridan birida nimani “Jonimga Masihdir” deb e’zozlaydi ? A) ona tuprog’ini B) muhabbatni C) ona tilini D) she’riyatni 5 / 28 «Yo‘l» she’rida shoir (Asqad Muxtor) uchun yoi qanday mazmun kashf etgan? A) Ijod. B) Ayriliq. C) Uzoq safarga sayohat. D) Turmushdagi muammolar. 6 / 28 Qaysi javobda Mirmuhsinning "Me’mor" romani qahramonlari keltirilgan? A) Zulfiqor, Ma'suma, Badia, Zulxumor B) Zulliqor, Bug'uboy, Ma’suma, Zavrak C) Zulfiqor, Husayn, Muhtaram, Muborak D) Zulfiqor, Ma’suma, Badia, Zavrak 7 / 28 Milliy ma'naviyatimizdagi bir kemtiklik - sarguzasht yo'sinida aks ettirilgan romanni toping. A) «Odam bo'lish qiyin» B) «Fotima va Zuhra» C) «Kimning tashvishi yo'q» D) «0'zgalar uchun» 8 / 28 Chingiz Aytmatovning «Oq kema» qissasida Mo'min chol nimani «...qo'y suruvi emas, tarqalib ketmaydi, lekin tashvishi oz emas. Tasodif o't tushsa, tog'dan sel kelsa bormi, ... joyi-dan qo'zg'almaydi, turgan joyida nobud bo'laveradi», - deb ta'riflanadi? A) gulzorni B) o'rmonni C) bug'doyzorni D) tog'dagi yog'ochdan qurilgan uylarni 9 / 28 Nima uchun Avazxon qizini Ravshanga berishni istamaydi? A) Ravshanni u qadar o'ktam va ko'rkam yigit deb bilmasdi B) Manmaniigi sababli Avazxon o'zini Xasanxondan ortiq hisoblardi C) Gulanor boshqa yigitni sevardi D) Avazxon bilan Xasanxon o'rtasida adovat bor edi 10 / 28 "Ot, tuya, arava ko'tarolmas edi. Doim bir yoqqa ko'chirmoqchi bo'lsa, piyoda ketar edi". Ushbu tasvir qaysi qahramon haqida? A) Tersak B) Ersak C) Jaynoq D) Aynoq 11 / 28 Ravshan tulporining nomi qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan? A) Boychibor B) Raxsh C) G'irko'k D) Jiyronqush 12 / 28 Go'ro'g'Ii asrandi o'g'li Xasanxonni qaysi shahardan olib kelgan? A) Vayangandan B) Shirvondan C) Arzrumdan D) Xunxordan 13 / 28 "Ravshan" dostonida zindonda yotgan Ravshanni qutqarish uchun G'irko'kni minib kelgan Xasanxonni dastlab qaysi kal taniydi? A) Aynoq B) Tersak C) Jaynoq D) Ersak 14 / 28 "Ravshan" dostonidagi Go'ro'g'libek Yunus va Misqol parilarni qayerdan olib kelgan? A) Qo'ng'irotdan B) Boysundan C) Chambildan D) Ko'hi qof, bog'i Eramdan 15 / 28 «Ravshan» dostonida Ravshan Zulxumorni bozordan qidirayotganida yorini nimaga o'xshatadi? A) asov toyga B) qo'l yetmas yulduzga C) ko'kdagi oyga D) gulga 16 / 28 "Ravshan" dostonida Ravshan Zulxumorni qayerdan qidiradi? A) Bo'z bozoridan B) Jelak bozoridan C) Qalpoq bozoridan D) Elak bozoridan 17 / 28 Avazxon bilan Hasanxonni quda qilish kimning fikri edi? A) Yunus B) Aynoq C) Go’ro’g’li D) Misqol 18 / 28 "Agar birovni aldamoqchi bo'lsa, har tusli bo'lganda o'zining jo'ralari ham tanimas edi". Ushbu tasvir qaysi qahramon-haqsda? A) Tersak B) Ersak C) Aynoq D) Jaynoq 19 / 28 "Ravshan" dostonida Ravshanning zindonda ekanligi xabarini olib borgan mayna kimning qo'liga qo'nadi? A) Dallining B) Misqol parining C) Yunus parining D) Xasanxonning 20 / 28 "Ravshan" dostonida Hasanxon shirvon eliga kimni podsho qilib qaytadi? A) Aynoq B) Ersak C) Ravshan D) Jaynoq 21 / 28 “Ravshan “dostonida qalpoq bozori qaysi bozordan keyin joylashgan ? A) pichoq va qin bozori B) to’n bozor C) jun bozori D) un bozor 22 / 28 “Ravshan “ dostonidagi “yilqi tulporini suyagidan tanuvchi qilichning o’tkirini qinidan biluvchi “qahramon nomi qaysi qatorda berilgan ? A) Aynoq kal B) Ersak kal C) Jaynoq kal D) Tersak kal 23 / 28 Hasanxon («Ravshan» dostoni ) Shirvongacha bo'lgan uch oylik yo'lni qancha vaqtda bosib o'tdi? A) o'n kunda B) yigirma kunda C) bir yarim oyda D) bir oyda 24 / 28 Go'ro'g'li asrandi o'g'li Avazxon qaysi shahardan olib kelgan? A) Vayangandan B) Zangar shahridan C) Xunxordan D) Chambildan 25 / 28 " Ravshan " dostonida kimning darvozabon bilan do'st ekanligi aytilgan? A) Go'ro'g'li B) Hasanxon C) Avazxon D) Ravshan 26 / 28 Hasanxon kimga uylandi,yorini qayerdan olib keldi? A) Yunus pariga, Eram bog’idan B) Misqol pariga,Ko’hi Qofdan C) Gulqizga,Vayangandan D) xon Dalliga,Arzrumdan 27 / 28 "Go'ro'g'li" turkimidagi dostonda "sher haybatli yo'lbars kelbatli qoplon yurakli arslon bilakli yigitlar" deb ta'riflangan qahramonlar nomini belgilang? A) Ravshan, Hasanxon B) Aynoq kal, Jaynoq kal Ersak kal Tersak kal C) Alpomish Qorajon D) Avazxon ,Hasanxon 28 / 28 Aka-uka kallarga xos bo'lgan harakter belgilarini ko'rsating. A) O'z onalariga itoat, yumshoq tabiatlilik B) Vatanparvarlik, o’z shohiga sadoqat C) Manfaatparastlik, amal-mansabni suyish D) Mardlik, haqiqatgo'ylik,o’z ishiga mohirlik 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz